Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Ibratli Statuslar🌿

manoli_ibratli_statuslar
🍃 Assalomu alaykum! #Aforizmlar #Ibratlar #Statuslar #Tafakkur CEO: @proud_turkic 25.08.2020-yil
Subscribers
1 010
24 hours
30 days
-10
Post views
395
ER
39,11%
Posts (30d)
10
Characters in post
338
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Religion and Spirituality
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Psychology & Counseling
Summary
May 24, 05:23
Media unavailable
1
Show in Telegram

Haqiqat ikki kishiga - uni gapiradigan va tushunadigan kishiga muhtojdir.
Ibratli Statuslar
🌿

May 24, 05:21

AQSHda yashayman. Ilovadan taksi chaqirdim.
Muhojir taksi haydovchisi uyim qayerdaligini so‘radi. G‘alati tuyuldi, chunki manzil allaqachon ilovada bor edi, lekin baribir aytdim. Keyin u: “Yo‘q, aslida qayerliksiz?” dedi. Men aytdim. Shundan keyin u o’z vatanidagi qizi haqida gapira boshladi. Bu yerda kuniga 14 soat mashina haydashini, faqat qizi o‘qisin deb shuncha mehnat qilayotganini aytdi.
Uyim oldida mashinada 2 soat gaplashib qoldik. U meni shoshiltirmadi, ilovaga ham qaramadi. Faqat qizi haqida gapirardi… xuddi boshqa boradigan joyi yo‘qdek.
Men unga yo‘l haqqidan ikki baravar ko‘p choychaqa qoldirdim. Uzoq masofadan turib ham kimnidir bunchalik sevishga qodir insonni hurmat qilganim uchun. Chunki men esa bunaqa sevgini hatto bir dasturxon qarshisida o‘tirib ham bera olmaganman.
Abdulloh Xojimurodov tarjimasi.
Ibratli Statuslar
🌿

May 20, 05:46

Baxt-saodatning siri orzu qilgan narsamizda emas, borimizga qanoat qilishdadir. Chunki insonda orzuning nihoyasi yo’q!
Ibratli Statuslar
🌿

May 20, 05:45
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Tafakkur
❗️
Boshingga har balo kelsa,
Xato bosgan izingdan ko’r.
❗️
Agar o’g’ling yomon bo’lsa,
Xarom bergan tuzingdan ko’r.
❗️
Ahlingga kim nazar solsa,
Qiyo boqqan ko’zingdan ko’r.
❗️
Ko’p musibatlar yozilganda
Boshqadanmas o’zingdan ko’r.
Ibratli Statuslar
🌿

May 19, 06:39

#Tafakkur
Yong‘oq qurti o‘zi sig‘adigan teshik ochib, yong‘oqni ichiga kirib nima bo‘lsa yeydi. Yegan sari semiradi va to‘yadi. Yong‘oq ichida hech narsa qolmagandan so‘ng, tashqariga chiqishga intiladi. Teshik kichik bo‘lgani uchun tashqariga chiqolmaydi. Undan ham yomoni yong‘oqning ichi quriy boshlaydi, endi teshikni kengaytirishni imkoni qolmaydi. Birgina chora ozmoq bo‘ladi. Yong‘oq ichida majbur ochlikdan ozib, eski zaif holiga qaytib tashqariga chiqadi. Qarasaki uning uchun mavsum tugab ortda qurigan yong‘oqdan boshqa hech narsa qolmagan bo‘ladi.
Ba’zi insonlarning yashash tarzi xuddi yong‘oq qurti kabidir.
Mol-dunyo dardida umrini behuda narsalar bilan xabada qilib o‘tkazib yuboradi. Endi bo‘ldi munosib shaklda buyurilaganday yashay deganda umrining so‘nggi damlarini yashayotgan bo‘ladi...
Ibratli Statuslar
🌿

May 19, 06:33
Media unavailable
1
Show in Telegram

Haqiqiy boylik mol-dunyoning ko’pligida emas, nafsning to’qligidadir.
Ibratli Statuslar
🌿

May 18, 05:59

Sher afzalmi yoki qarg‘a?
Bir kishi o‘g‘lini ishlab tirikchilik uchun pul topib kelishini talab qildi. O‘g‘il otasining talabiga rozi bo‘lib, yo‘lga tushdi. Bir necha soat o‘tmasidan o‘g‘il qaytib keldi. Otasi: "Nima uchun qaytding?" desa, o‘g‘il: "Ey otajon! Men daraxt ostida o‘tirgan edim, bir payt o‘limi yaqinlashib qolgan kasal bir qarg‘ani ko‘rdim. U qanday qilib rizq topadi, deb o‘zimga savol berib turgan edim to‘satdan bir sher katta o‘lja bilan kelib, undan o‘zi tusaganicha tanovul qildi. Qorni to‘ygach qolganini tashlab ketdi. O‘sha zahoti haligi xasta qarg‘a undan tanovul qila boshladi. Rizq kafolatlangan ekan, deb qaytib keldim", dedi. Shunda ota: "Odamlardan ortib qolgan narsa hisobiga kun ko‘radigan qarg‘adan ko‘ra, ortiqcha qoldig‘idan odamlar naflanadigan sher kabi bo‘lishni afzal ko‘rmaysanmi?!" deb aytdi.
Ibratli Statuslar
🌿

May 17, 07:11
Media unavailable
1
Show in Telegram

​​
Yaxshilik qil, jahon yaxshilik olsin,
Yaxshilar boshiga yaxshilik solsin.
Mol-dunyo barchadin - sendan ham qolur,
Yaxshisi mol emas, yaxshilik qolsin!
©
Jomiy
Ibratli Statuslar
🌿

May 17, 07:10

Channel photo updated

May 14, 03:56
Media unavailable
1
Show in Telegram

Hamma o'zida borini beradi,
Kimlardir baxt
Yana kimlardir dard!
@Izhorim