Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

MARKAZDA YOSHLAR

markazda_yoshlar
Murojaat yoki taklifingiz bormi? Botga yozing, tezda javob beramiz: 👉 @TezkorQabulBot 👉 @Markazda_yoshhamkor Yoshlar! Sizni qiynayotgan masalalarga yechim topish, axborot olish, yangi g‘oyalar sari ilhomlanish uchun hoziroq safimizga qo'shiling.
Subscribers
5 712
24 hours
-7
30 days
-249
Post views
124
ER
2,17%
Posts (30d)
333
Characters in post
897
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
News
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
October 26, 15:54
Media unavailable
3
Show in Telegram

🔺
Deraza
…
🌐
Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz
⭕️
🚀
Telegram
.
📷
Instagram
.
🔵
Facebook
.
🎬
You tube

October 26, 13:21
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

❓
Maktab oshxonasiga qo'yiladigan gigiyenik
talab
larni bilasizmi?
🌐
Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz
⭕️
🚀
Telegram
.
📷
Instagram
.
🔵
Facebook
.
🎬
You tube

October 26, 12:17
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

✴️
YeXHTning OAV erkinligi bo‘yicha vakili O‘zbekistondagi islohotlarni e’tirof etdi
O‘zbekistonda so‘z erkinligini mustahkamlash, jurnalistlar xavfsizligini ta’minlash va zamonaviy media muhitini rivojlantirish yo‘lidagi islohotlar xalqaro muloqotning muhim mavzusiga
aylanmoqda
.
🌐
Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz
⭕️
🚀
Telegram
.
📷
Instagram
.
🔵
Facebook
.
🎬
You tube

October 26, 11:41
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

"Yoshlar biznes maktabi" yangi mavsumiga qabul boshlandi!
O'z biznesingizni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqmoqchimisiz? Unda bu e'lon aynan siz uchun!
Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg'armasi hamda
FAZZA
management school hamkorligida o'tkazilayotgan
"Yoshlar biznes maktabi"
o'zining yangi, yanada qaynoq mavsumini boshlamoqda!
Yil oxirigacha
Andijon, Samarqand va Nukus
shaharlarida yosh tadbirkorlarni o'qitishni, ularga real biznes ko'nikmalarini berishni rejalashtirganmiz.
Biznes maktabda sizni nimalar kutmoqda?
- Tajribali mentorlar va muvaffaqiyatli tadbirkorlardan amaliy darslar;
- Biznes strategiya, moliya, marketing va sotuv sirlari;
- Fikrdoshlar bilan kuchli netvorking va yangi hamkorlar;
Dastur uchun 70% li grant yutib olish imkoniyati mavjud
Joylar soni chegaralangan. Ro'yxatdan o'tish uchun pastdagi havola ustiga bosing!
👉
Ro'yxatdan o'tish uchun havola
📞
Murojaat uchun: +998 77 150 00 52
@ybmmanager2026
🕊
Telegram
📸
Instagram
📺
YouTube
🌍
Linkedin
🌍
Veb sayt

October 26, 10:46
Media unavailable
2
Show in Telegram

🔥
Joylarda suyultirilgan gaz taqsimotidagi qonunbuzilishlar aniqlandi
❗️
Tabiiy gaz tarmoqlariga ulanmagan aholi uchun ajratilgan suyultirilgan gazni talon-toroj qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida DXX, IIV, BP, FVV, “O‘zenergoinspeksiya” va “Hududgazta’minot” AJ hamkorligida respublika bo‘ylab reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Jumladan, Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida bir guruh shaxslar gaz tarqatish shoxobchasi mansabdorlari bilan til biriktirgan holda, o‘zlariga tegishli noturar binoda
6 tonna
hajmli
sisterna
o‘rnatib, aholiga tarqatish uchun mo‘ljallangan suyultirilgan gaz to‘ldirilgan ballonlarni kompressor orqali ushbu sisternaga bo‘shatib, so‘ngra uni o‘zlariga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida noqonuniy sotish bilan shug‘ullanishgan.
Tekshiruv davomida ushbu manzilda qiymati
32,2 mln so‘mlik
3,1 tonna
suyultirilgan gaz aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirildi. Ta’kidlash lozim,
3,1 tonna
suyultirilgan gaz o‘rtacha
150 ta xonadonning
45 kunlik ehtiyojini qoplaydi
.
Bundan tashqari, mazkur shaxslar tomonidan elektr energiyasiga noqonuniy ulanish orqali davlat manfaatlariga
1 mlrd so‘mlik
zarar yetkazilganligi fosh bo‘ldi.
Hozirda aniqlangan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Boshqa holatda esa Qo‘shrabot tumanida yashovchi, 1993 y.t. fuqaroning uyida
130 kg suyultirilgan gaz
bilan to‘ldirilgan
35 ta gaz balloni
noqonuniy saqlanayotgani ma’lum bo‘ldi.
Reyd tadbirlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham faol tarzda amalga oshirilayotgan bo‘lib, birgina Amudaryo tumangaz bo‘limi ishchisi va 1969 y.t. fuqaroning yashash xonadonlarida jami
23 ta gaz balloni
borligi aniqlandi.
Xorazm viloyati Bog‘ot tumangaz bo‘limining 3 nafar chilangari esa o‘z tanishlarining yashash xonadonlarida jami
300 kg suyultirilgan gaz
bilan to‘ldirilgan
25 ta gaz ballonni
qimmat narxlarda sotish uchun saqlab kelishgan.
Andijon viloyatida o‘tkazilgan tadbirlar davomida
980 kg suyultirilgan gaz
to‘ldirilgan
243 ta gaz balloni
qimmat narxda sotish maqsadida noqonuniy saqlanayotgani ma’lum bo‘ldi.
Jumladan, Ulug‘nor tumangaz bo‘limi chilangarining uyidan aholi uchun mo‘ljallangan
17 ta gaz balloni
, Shahrixon tumangaz bo‘limi chilangarining xonadonidan esa
13 ta gaz balloni
olindi.
Jizzax viloyatida kuzatilgan holatda Yangiobod tumangaz ta’minoti bo‘limi haydovchisi o‘ziga tanish bo‘lgan 2 nafar fuqaroning yashash xonadonlarida jami
720 kg suyultirilgan gaz
to‘ldirilgan
57 ta gaz ballonni
noqonuniy saqlayotganligi hujjatlashtirildi.
Navoiy viloyati Nurota tumangaz chilangari va haydovchisi esa o‘zaro til biriktirib, “Hududgaz Navoiy” GTF balansida bo‘lgan va suyultirilgan gaz bilan to‘ldirilgan
2 dona gaz ballonni
xaridorga
280 ming so‘mga
sotayotgan vaqtlarida ushlandi.
Ta’kidlash lozim, ushbu yo‘nalishdagi nazorat tadbirlari mutasaddi idoralar hamkorligida muntazam ravishda o‘tkazib boriladi.
Hurmatli fuqarolar, aholi uchun mo‘ljallangan suyultirilgan gaz bilan bog‘liq noqonuniy holatlarga duch kelsangiz DXX Call-markazining
1520
qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering. Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi.
🌐
Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz
⭕️
🚀
Telegram
.
📷
Instagram
.
🔵
Facebook
.
🎬
You tube

October 26, 10:14
Media unavailable
2
Show in Telegram

⚡️
Samarqandda bir gektardan 80-90 sentnerdan paxta olinmoqda
Bunga “Shinjon” nomli agrotexnologiya yordamida erishilmoqda. Bunday yangicha amaliyot Kattaqo‘rg‘on tumanidagi fermer xo‘jaligida sinab ko‘rildi. Natijada, oldingi yillarga nisbatan xarajat kamayib, hosildorlik
oshdi.
🌐
Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz
⭕️
🚀
Telegram
.
📷
Instagram
.
🔵
Facebook
.
🎬
You tube

October 26, 08:43
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

ICESCO Samarqandga bag‘ishlangan she’riyat tanlovi g‘oliblarini e’lon qildi
Islom olami ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti ICESCO Samarqand shahriga bag‘ishlangan “She’riyat shaharlari” tanlovi g‘oliblarini e’lon qildi.
Laureatlarning nomlari tashkilotning Rabat shahridagi qarorgohida Butunjahon roman haftaligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda e’lon qilindi. Mazkur tanlov ICESCO She’riyat va adabiyot markazi tomonidan Samarqandning 2025-yilda islom olami madaniyat poytaxti deb e’lon qilinishi munosabati bilan tashkil etilgan edi. Hay’at raisi, ICESCOning Sivilizatsiyalararo muloqot markazi direktori, elchi Xolid Fath ar-Rahmon tanlovga 600 ta she’r kelib tushgani, ulardan 174 tasi chuqur ekspertlik bahosidan o‘tkazish uchun saralab olinganini bildirdi. Tanlovda birinchi o‘rinni yamanlik Muhammad Darvish Hasan Maksai, ikkinchi o‘rinni falastinlik Ahmad Yusri Hasan al-Xattob, uchinchi o‘rinni esa misrlik Muhammad Ismoil Abdulloh Suveylim qo‘lga kiritdi. G‘oliblarga sovrinlar va faxriy yorliqlar topshirildi.
Birinchi o‘rin uchun 3000 AQSh dollari, ikkinchi o‘rin uchun 2000, uchinchi o‘rin uchun esa 1000 dollar mukofot belgilangan. Shuningdek, Suriya, Iroq, Jazoir, Tunis va Mavritaniyadan kelgan yana yetti nafar shoir rag‘batlantiruvchi mukofotlarga sazovor bo‘ldi.
🌐
Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz
⭕️
🚀
Telegram
.
📷
Instagram
.
🔵
Facebook
.
🎬
You tube

October 26, 07:47
Media unavailable
4
Show in Telegram

#yoşlar_oşxonasi
🌐
Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz
⭕️
🚀
Telegram
.
📷
Instagram
.
🔵
Facebook
.
🎬
You tube

October 26, 06:11
Media unavailable
2
2
Show in Telegram

🎖
Kino uçun Oskar, ilmiy kaşfiyot uçun Nobel, kitob uçun-çi?
📚
Pulitzer
— Amerikaning bosma jurnalistika, musiqiy kompozitsiya va eng muhimi, adabiyot böyiça taqdim etiladigan boş mukofoti hisoblanadi.
🗣
Mukofot 1917-yilda jurnalist va gazeta noşiri
Jozef Pulitzerning
özi tomonidan ajratilgan mablaği evaziga taşkil etilgan.
☯️
Sovrinlar har yili
21 nominatsiya
böyiça beriladi. Har bir ğolib sertifikat va
$15000 miqdoridagi pul mukofoti
bilan taqdirlanadi.
Uşbu mukofot haqidagi qolgan ma'lumotlarni izohlarda davom ettirişni sizga qoldiramiz. Bu mukofot haqida kim nima biladi?
🌐
Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz
⭕️
🚀
Telegram
.
📷
Instagram
.
🔵
Facebook
.
🎬
You tube

October 26, 05:27
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

⚡️
V yozgi Paraosiyo öyinlarida Özbekiston ğalabasining teng yarimi qizlarga hissasiga töğri keldi
8-24-oktyabr kunlari Yaponiyada ötkazilgan V yozgi Paraosiyo öyinlarida Özbekiston delegatsiyasi öz tarixidagi eng yuqori natijalarni qölga kiritdi. Özbekistonlik sportçilar jahon va Osiyo rekordlarini yangilab, Paraosiyo öyinlari rekordlarini örnatdi. Delegatsiya tarkibidagi 15 yoşli Boburbek Toştemirov esa musobaqaning eng yoş çempioni sifatida tarixga kirdi. Prezident Şavkat Mirziyoyev sportçilarga yöllagan tabrigida Yaponiyaning Aiçi-Nagoya şahrida ötkazilgan musobaqada 45 ta oltin, 49 ta kumuş va 51 ta bronza medalini qölga kiritib, umumjamoa hisobida Xitoy va Yaponiyadan keyin 3-örinni egallagan Özbekiston delegatsiyasi aʼzolariga, ularning murabbiylari hamda ota-onalariga minnatdorlik
bildirdi
.
"Yaponiyada bölib ötgan V yozgi Paraosiyo öyinlarida Özbekiston jamoasi tom maʼnoda tarixiy ğalabani qölga kiritgani bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman", deydi Prezident.
U şuningdek, uşbu tarixiy ğalaba mamlakatda Paralimpiya harakati yuqori bosqiçga kötarilganini namoyon etganini taʼkidlab, bu natija va tajriba 2028-yili Los-Anjelesda bölib ötadigan Paralimpiya öyinlari uçun mustahkam zamin bölişiga işonç bildirdi.
🔴
Davlat rahbari tabrigida Özbekiston sport delegatsiyasi qölga kiritgan oltin medallarning
teng yarmi qizlarimiz hissasiga töğri kelganini
alohida mamnuniyat bilan taʼkidladi.
🌐
Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz
⭕️
🚀
Telegram
.
📷
Instagram
.
🔵
Facebook
.
🎬
You tube