
Filning nasibasini chumoli yesa — yoriladi.
Chumolining nasibasini fil yesa — ochlikdan o‘ladi.
Agar Alloh ikkisining ham nasibasini aralashtirmayotgan bo‘lsa, sening ham nasibangni aralashtirmaydi.
Mazmun: Rizq o‘ziga yarasha va o‘z vaqtida keladi.
@maxzunsizlik_pg
Inson ayoliga halimlik qilishi, uning ba’zi ozorlariga sabr qilishi ba’zi johil kishilar o‘ylaganidek xorlik, zaiflik alomati yoki erkaklik g‘ururiga zid keladigan narsa emas. Balki, bu ummatning eng yaxshilarining xulqidan, insonning oliy va sharafli ekanidan alomatdir.
• “Ulamolarning ayollariga qilgan sabrlari”
@maxzunliksiz_pg
#nasihat
Insonlarga Qur’ondan qancha o’qishing qancha yodlashing haqida xabar berma, ularni o’zlari senda Qur’onni ko’rsinlar.
Ibrat Qur’onni o’qib qayeriga yetib kelganingdamas, balki ibrat Qur’on seni qayeringa yetganidadir.
@maxzunliksiz_pg
Ramazon oyida namoyish qilingan har qanday serial yoki teledastur Ramazondan keyin ham qaytadan beriladi. Lekin taroveh, tungi bedorlik, Qadr kechasi, rahmat, mag‘firat va do‘zaxdan ozod bo‘lish faqat Ramazonda bo‘ladi, xalos! Harakat qilib qoling!
•Ikrom Sharif
@maxzunliksiz_pg
Munosabatlarda bir narsani tushunish muhim: biz hislarni har xil kechirishimiz mumkin.
Men uchun og‘ir tuyulgan narsa senga arzimas bo‘lib ko‘rinishi mumkin.
Yoki sen xavotir olayotgan holat menga uncha ahamiyatsizdek tuyuladi.
Ammo gap kim haq yoki nohaq ekani haqida emas. Gap
bir-birini eshita bilish haqida.
Ba’zan shunchaki aytishning o‘zi kifoya:
“Men bu holatni sen kabi his qilmayapman, lekin senga shunday tuyulgani men uchun muhim".
Bu — hurmat.
Bu — yetuklik.
Bu — sevgi.
•G'iyosiddin Yusuf
@maxzunliksiz_pg
Oila qurgandan keyin qilinadigan eng katta xatolardan biri shundaki, yo'qotib qo'yishdan cho'chimaymiz. Aniqrog'i, yo'qotib qo'ymaydigandek yashaymiz.
"Shu mening xotinim", "Shu mening erim", "Qayerga ham borar edi" kabi o'ylar bilan o'zaro munosabatlarimizga beparvo bo'lamiz. O'zimizdagi kamchiliklarni ketkazmaymiz.
Balki, siz uni jisman yo'qotmasligingiz mumkin, ammo faqat jismiga ega bo'la olasiz, xolos. Qalbini yo'qotasiz!..
#Eslatma
✍
@Hubbuna
—
oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Bugun har bir mo‘min qalbi, masofalarga qaramay, Ka’ba atrofida aylanadigan kun.
Arafa muborak!
🎁
🪶
G'amga botganingda Qurʼon oʻqisang, oyatlar qalbingni xuddi bint kabi oʻrab, ogʻriq berayotgan dardlaringni soʻrib oladi. Goʻyoki qalbingni siylab, noumid boʻlmaslik kerakligini, Robbing sen bilan birga ekanligini eslatib, umidsizlikdan chiqaradi.
📖
Qurʼon naqadar goʻzal!