
Medical planet🪐
☑️
BEL CHIGALI — PLEXUS LUMBALIS
📌
Joylashuvi
: bel umurtqalari sohasida, katta bel mushagi — m. psoas major ichida va uning atrofida joylashgan.
🤔
BEL
CHIGALINING HOSIL BO‘LISHI
🔶
Bel chigali — plexus lumbalis asosan L1–L4 orqa miya nervlarining oldingi shoxlaridan hosil bo‘ladi.
🟧
Bel chigalining nervlari o‘zaro tutashib, bir necha asosiy tarmoqlarni hosil qiladi.
◾️
L4 nervining yuqori qismi bel chigalida qatnashadi, pastki qismi esa L5 nervi bilan qo‘shilib, truncus lumbosacralis — bel-dumg‘aza poyasini hosil qiladi. Bu poya dumg‘aza chigalining shakllanishida ishtirok etadi.
🟣
BEL CHIGALINING ASOSIY TARMOQLARI
1️⃣
N. iliohypogastricus
[Yonbosh-qorin usti nervi]
Manbasi
: asosan Th12–L1.
➡️
Katta bel mushagining lateral chetidan chiqib, belning kvadrat mushagi — m. quadratus lumborum oldingi yuzasi bo‘ylab yo‘naladi. Keyinchalik qorin devori mushaklari orasidan o‘tadi.
🔹
Tarmoqlari
:
❗️
R. cutaneus lateralis — lateral teri tarmog‘i.
❗️
R. cutaneus anterior — oldingi teri tarmog‘i.
❗️
Mushak tarmoqlari.
🟠
Harakatlantiruvchi innervatsiyasi:
❗️
M. obliquus internus abdominis — qorinning ichki qiyshiq mushagi.
❗️
M. transversus abdominis — qorinning ko‘ndalang mushagi.
🤩
Sezuvchi innervatsiyasi
: qorin pastki qismining terisi va yonbosh usti sohasining ayrim qismlari.
☑️
Vazifasi
: qorin devorini mustahkamlash va teri sezgisini ta’minlashda qatnashadi.
2️⃣
N. ilioinguinalis
[Yonbosh-chov nervi]
Manbasi
: L1.
➡️
Katta bel mushagining lateral chetidan chiqadi, belning kvadrat mushagi va qorinning ko‘ndalang mushagi sohasidan o‘tadi. Keyinchalik chov kanaliga kiradi va uning yuzaki halqasi orqali tashqariga chiqadi.
🟠
Harakatlantiruvchi innervatsiyasi:
❗️
Qorinning ichki qiyshiq mushagi.
❗️
Qorinning ko‘ndalang mushagi.
🤩
Sezuvchi innervatsiyasi:
❗️
Chov sohasi terisi.
❗️
Sonning yuqori medial qismidagi terining bir qismi.
❗️
Erkaklarda olat ildizi va yorg‘oqning oldingi qismining ayrim sohalari.
❗️
Ayollarda katta jinsiy lablar va qov sohasi terisining bir qismi.
3️⃣
N. genitofemoralis
[Jinsiy-son nervi]
Manbasi
: L1–L2.
➡️
Katta bel mushagining oldingi yuzasidan pastga qarab yo‘naladi va ikki tarmoqqa bo‘linadi.
🔹
R. genitalis
—
jinsiy tarmoq:
❗️
Chov kanaliga chuqur chov halqasi orqali kiradi.
❗️
Erkaklarda m. cremaster — moyakni ko‘taruvchi mushakni innervatsiya qiladi.
❗️
Tashqi jinsiy a’zolar terisining ayrim qismlariga sezuvchi tolalar beradi.
🔹
R. femoralis — son tarmog‘i:
❗️
Chov boylami ostidan son sohasiga o‘tadi.
❗️
Sonning yuqori oldingi qismi terisini innervatsiya qiladi.
4️⃣
N. cutaneus femoris lateralis
[Sonning lateral teri nervi]
Manbasi
: L2–L3.
➡️
Katta bel mushagining lateral chetidan chiqadi, yonbosh mushagi — m. iliacus yuzasi bo‘ylab yo‘naladi va odatda chov boylami ostidan, oldingi yuqori yonbosh o‘sig‘i — spina iliaca anterior superior yaqinidan son sohasiga o‘tadi.
☑️
Vazifasi
:
❗️
Sonning oldingi-lateral yuzasi terisidan sezgi olib keladi.
❗️
Harakatlantiruvchi tolalarga ega emas.
5️⃣
N. femoralis
[Son nervi]
Manbasi: L2–L4.
Bel chigalining eng yirik tarmog‘i hisoblanadi.
➡️
Katta bel mushagining lateral chetidan chiqadi, yonbosh-bel mushagi — m. iliopsoas orasidan pastga yo‘naladi va chov boylami ostidan mushakli lakuna — lacuna musculorum orqali songa o‘tadi.
🔶
Asosiy tarmoqlari:
A) Rami musculares
— mushak tarmoqlari
Quyidagi mushaklarni innervatsiya qiladi:
❗️
M. iliacus — yonbosh mushagi.
❗️
M. sartorius — tikuvchilar mushagi.
❗️
M. quadriceps femoris — sonning to‘rt boshli mushagi.
❗️
M. pectineus — taroqsimon mushak; innervatsiyasi o‘zgaruvchan bo‘lib, son nervidan ham tolalar olishi mumkin.
B) Rami cutanei anteriores
— oldingi teri tarmoqlari
Sonning oldingi yuzasi terisini innervatsiya qiladi.
C) N. saphenus
— yashirin nerv
Son nervining eng uzun sezuvchi tarmog‘i hisoblanadi.
Son kanalidan o‘tib, tizza va boldirning medial tomoni bo‘ylab yo‘naladi.
🤩
Innervatsiyasi:
❗️
Tizza bo‘g‘imi atrofidagi terining bir qismi.
❗️
Boldirning medial yuzasi.
❗️
Oyoq panjasining medial chetidagi terining bir qismi.
🟠
Harakatlantiruvchi vazifasi:
❗️
Sonni bukishda qatnashadi.
❗️
Tizza bo‘g‘imida boldirni yozishni ta’minlaydi.
6️⃣
N. obturatorius
[Yopqich nerv]
Manbasi
: L2–L4.
➡️
Katta bel mushagining medial chetidan chiqadi, kichik chanoqning yon devori bo‘ylab yo‘naladi va yopqich kanal — canalis obturatorius orqali songa o‘tadi.
🔶
Asosiy tarmoqlari
:
A) R. anterior — oldingi tarmoq
❗️
M. adductor longus — uzun yaqinlashtiruvchi mushak.
❗️
M. adductor brevis — kalta yaqinlashtiruvchi mushak.
❗️
M. gracilis — nozik mushak.
❗️
M. obturatorius externus — tashqi yopqich mushakning innervatsiyasida qatnashadi.
B) R. posterior — orqa tarmoq
❗️
M. obturatorius externus.
❗️
M. adductor magnusning yaqinlashtiruvchi qismi.
🤩
Sezuvchi innervatsiyasi:
sonning medial yuzasidagi terining kichik qismi va son bo‘g‘imi sohasining ayrim qismlari.
☑️
Asosiy vazifasi
: sonni tananing o‘rta chizig‘iga yaqinlashtirish — adduksiya.
7️⃣
Rami musculares
[Mushak tarmoqlari]
Quydagi muskullarni inervatsiya qiladi:
❗️
M. psoas major — katta bel mushagi.
❗️
M. psoas minor — kichik bel mushagi, mavjud bo‘lsa.
❗️
M. quadratus lumborum — belning kvadrat mushagi.
🌐
Medical_planet
🐱
😎
Renin-Angiotenzin-Aldosteron tizimi
🤔
To'liq mexanizm birgina rasmda sxematik ko'rinishda to'liq va batafsil tushuntirilgan ko'ring va o'rganib oling
🌐
Medical_planet
🐱
☑️
KO‘KRAK NERVLARI — NERVI THORACICI
Ko‘krak nervlari 12 juft orqa miya nervlaridan iborat:
🟧
N. thoracicus I–XII — T1–T12.
Har bir orqa miya nervi orqa va oldingi tarmoqlarga bo‘linadi:
▪️
Ramus posterior — orqa tarmoq.
▪️
Ramus anterior — oldingi tarmoq.
Ko‘krak nervlarining oldingi tarmoqlari asosan qovurg‘alararo nervlarni hosil qiladi. Ular odatda alohida chigal hosil qilmaydi.
☑️
V. QOVURG‘ALARARO NERVLAR — NERVI INTERCOSTALES
📌
Ko‘krak nervlarining oldingi tarmoqlari T1–T11 qovurg‘alararo nervlar sifatida davom etadi.
▪️
T1 — birinchi ko‘krak nervi.
▪️
T2–T6 — yuqori va o‘rta qovurg‘alararo nervlar.
▪️
T7–T11 — pastki qovurg‘alararo nervlar.
▪️
T12 — qovurg‘a osti nervi
(N. subcostalis).
🟧
Joylashuvi:
Qovurg‘alararo nervlar qovurg‘alar orasida, qovurg‘aning pastki chetidagi egat — Sulcus costae bo‘ylab qon tomirlari bilan birga o‘tadi.
🟠
Qovurg‘a egatidagi asosiy tuzilmalar yuqoridan pastga:
🩸
V – A – N
▪️
Vena intercostalis — vena.
▪️
Arteria intercostalis — arteriya.
▪️
Nervus intercostalis — nerv.
☑️
QOVURG‘ALARARO NERVLARNING INNERVATSIYASI
♨️
Harakatlantiruvchi:
▪️
Mm. intercostales externi — tashqi qovurg‘alararo mushaklar.
▪️
Mm. intercostales interni — ichki qovurg‘alararo mushaklar.
▪️
Mm. intercostales intimi — eng ichki qovurg‘alararo mushaklar.
▪️
Ko‘krak devorining boshqa ayrim mushaklari.
🫁
Bu mushaklar nafas olish va chiqarishda ko‘krak qafasi harakatlariga yordam beradi.
♨️
Sezuvchi:
▪️
Ko‘krak devori terisi.
▪️
Qovurg‘alararo sohalar terisi.
▪️
Ko‘krakning oldingi va yon yuzasidagi teri sohalari.
🟧
Qovurg‘alararo nervlarning oldingi teri tarmoqlari — Rami cutanei anteriores, lateral teri tarmoqlari esa — Rami cutanei laterales deyiladi.
☑️
KO‘KRAK NERVLARINING MUHIM XUSUSIYATLARI
1️⃣
Birinchi ko‘krak nervi — T1
▪️
Oldingi tarmog‘ining katta qismi yelka chigalini hosil qilishda qatnashadi.
▪️
Qolgan qismi birinchi qovurg‘alararo nerv sifatida davom etishi mumkin.
2️⃣
Ikkinchi ko‘krak nervi — T2
▪️
Uning lateral teri tarmog‘i — N. intercostobrachialis qo‘ltiq va yelkaning medial yuqori qismi terisi sezgisida qatnashadi.
3️⃣
T7–T11 nervlari
▪️
Qovurg‘alararo sohalardan qorin devoriga davom etadi.
▪️
Qorin mushaklari va terisining bir qismini innervatsiya qiladi.
▪️
Shu sababli ular ko‘krak-qorin nervlari sifatida ham qaraladi.
4️⃣
O‘n ikkinchi ko‘krak nervi — T12
▪️
12-qovurg‘a ostidan o‘tadi.
▪️
N. subcostalis deb ataladi.
▪️
Qorin devorining mushaklari va terisini innervatsiya qilishda qatnashadi.
🤩
KLINIK AHAMIYATI
☑️
N. phrenicus shikastlanishi: diafragma harakatining susayishi yoki falajiga olib kelishi mumkin.
☑️
Qovurg‘alararo nervlar shikastlanishi: ko‘krak devorida og‘riq, uvishish yoki sezuvchanlikning o‘zgarishiga sabab bo‘lishi mumkin.
☑️
Interkostal nevralgiya: qovurg‘alararo nervlar yo‘nalishi bo‘ylab og‘riq kuzatilishi bilan tavsiflanadi.
🌐
Medical_planet
👩🚀
Ayrish sistemasi 5-qism. Yiğuv naylari.
https://youtu.be/9kDNLdqeEd4
☑️
BO‘YIN CHIGALI — PLEXUS CERVICALIS
Bo‘yin chigali — Plexus cervicalis orqa miya nervlarining oldingi tarmoqlaridan hosil bo‘ladi.
🟠
Hosil bo‘lishi: C1–C4 bo‘yin orqa miya nervlarining oldingi tarmoqlari.
🟧
Joylashuvi: bo‘yinning chuqur qismida, M. sternocleidomastoideus mushagi ostida, umurtqalarning yon tomonida.
✅
Asosiy vazifasi: bo‘yin terisi, ensaning ayrim qismlari va bo‘yin mushaklarini innervatsiya qilish; diafragma faoliyatida qatnashish.
Bo‘yin chigali tarmoqlari 2 guruhga bo‘linadi:
1️⃣
Sezuvchi tarmoqlar — Rami cutanei.
2️⃣
Harakatlantiruvchi tarmoqlar — Rami musculares.
☑️
BO‘YIN CHIGALINING SEZUVCHI TARMOQLARI
Bo‘yin chigalining sezuvchi nervlari bo‘yin terisi va boshning ayrim sohalaridan sezgi impulslarini olib keladi.
1️⃣
Kichik ensa nervi — N. occipitalis minor
⚫️
Asosan C2 dan.
🟧
Quloq orqasi va ensaning lateral qismlari terisini innervatsiya qiladi.
2️⃣
Katta quloq nervi — N. auricularis magnus
⚫️
C2–C3.
🟧
Quloq suprasi, quloq orqasi va quloqoldi sohasi terisining bir qismini innervatsiya qiladi.
3️⃣
Bo‘yinning ko‘ndalang nervi — N. transversus colli
⚫️
C2–C3.
🟧
Bo‘yinning oldingi yuzasi terisini innervatsiya qiladi.
4️⃣
O‘mrov usti nervlari — Nn. supraclaviculares
⚫️
C3–C4.
🟧
O‘mrov sohasi, yelkaning yuqori qismi va ko‘krakning yuqori oldingi sohasi terisini innervatsiya qiladi.
☑️
BO‘YIN CHIGALINING HARAKATLANTIRUVCHI TARMOQLARI
Harakatlantiruvchi tarmoqlar bo‘yin mushaklari va diafragma faoliyatida qatnashadi.
1️⃣
Bo‘yin halqasi — Ansa cervicalis
⚫️
Asosan C1–C3 tolalaridan hosil bo‘ladi.
🟧
Yuqori ildizi — Radix superior ansae cervicalis.
🟧
Pastki ildizi — Radix inferior ansae cervicalis.
💯
Innervatsiyasi:
◾️
M. sternohyoideus — to‘sh-tilosti mushagi.
◾️
M. sternothyroideus — to‘sh-qalqonsimon mushak.
◾️
M. omohyoideus — kurak-tilosti mushagi.
✅
Bu mushaklar tilosti suyagi va hiqildoqning harakatlarida, ayniqsa yutish jarayonida qatnashadi.
2️⃣
Diafragma nervi — N. phrenicus
🟠
C3–C5 bo‘yin orqa miya nervlari tolalaridan hosil bo‘ladi. Asosiy hissasi C4 dan keladi.
🫁
Asosiy vazifasi
:
◾️
Diafragmaning asosiy harakatlantiruvchi nervi.
◾️
Diafragma qisqarishini ta’minlab, nafas olishda qatnashadi.
◾️
Diafragmaning markaziy qismining sezgir innervatsiyasida ham qatnashadi.
3️⃣
Mushak tarmoqlari — Rami musculares
◾️
Mm. scaleni — narvonsimon mushaklar.
◾️
M. levator scapulae — kurakni ko‘taruvchi mushak.
◾️
Bo‘yinning ayrim umurtqaoldi mushaklari.
M. sternocleidomastoideus va M. trapezius asosan qo‘shimcha nerv — N. accessorius (XI) orqali harakatlantiriladi; C2–C4 nervlari ularga sezgir-proprioseptiv tolalar beradi.
🌐
Medical_planet
👩🚀
🟣
Kassaliklarda dori davolaydi,
to‘g‘ri parhez esa davolash samaradorligini oshiradi va organizmning tiklanishiga yordam beradi.
🌐
Medical_planet
👩🚀
💭
Klinik fanlar uchun mustahkam asos qurmoqchimisiz?
📌
Patologiya kursi
siz uchun yaxshi tanlov boʻladi. Kurslarimizda
qabul ochiq
, qoʻshiling va klinik fikrlash uchun muhim qadamni tashlang!
⭐️
Darslarni
Raxmatov Erkinjon
ustozni shaxsan o'zlari olib boradilar.
✅
Kurs tematikasi:
Havola
✅
Talabalar fikrlari:
Havola
🔷
Kursga yozilish uchun
🔷
🤩
@rakhmatovs_1
Pnevmotoraks vs Gidrotoraks
Keling, birgalikda farqlaymiz
‼️
🌐
Medical_planet
👩🚀