Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

FC Metallurg

metallurguz
Official channel
Subscribers
2 252
24 hours
3
30 days
50
Post views
901
ER
40,01%
Posts (30d)
404
Characters in post
1 147
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Sports
Audience gender
Male
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Industry & Engineering
Summary
September 11, 12:14
Media unavailable
2
2
Show in Telegram

PRO-Ligada 19-tur endi "boshlanadi", ammo "Metallurg" unda g‘alaba qozonib bo‘lgan
😉
Bugun, 11-sentyabr kuni PRO-Ligada 19-turdan o‘rin olgan bitta, ertaga — 3 ta va 13-sentyabr kuni yana 2 ta bahs bo‘lib o‘tadi.
Qiziq tomoni, jamoamiz ushbu turdagi
3 ochkosini qo‘lga kiritib bo‘lgan
. Gap shundaki, “Olimpik Mobiuz”ga qarshi o‘yin muddatidan avvalroq o‘tkazildi va unda “Metallurg” g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ha, bu o‘sha
Marko Milichkovich benefisiga
aylangan to‘qnashuv.
———————————
19-й тур Про-лиги только "начинается", но "Металлург" уже набрал свои 3 очка
😉
Сегодня, 11 сентября, в Про-Лиге состоится один матч 19-го тура, завтра - 3 игры и еще 2 матча пройдут 13 сентября.
Примечательно, что наша команда уже набрала 3 очка в этом туре. Дело в том, что матч против "Олимпик Мобиуз" состоялся досрочно и в нем победу одержал "Металлург". Да, это та самая встреча, которая стала бенефисом Марко Миличковича.
———————————
Matchday 19 of the Pro League is only just getting underway, but Metallurg has already secured its 3 points
😉
Today, September 11, one match from Matchday 19 is taking place in the Pro League; tomorrow features three games, with another two scheduled for September 13.
Notably, our team has already picked up 3 points for this round. This is because the match against Olympic Mobius was played early, resulting in a victory for Metallurg—yes, the very same game that served as a showcase for Marko Miličković.
😎
Telegram
😎
Instagram
😎
YouTube

September 10, 13:28
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

Akademiya faoliyati sarhisob qilinib, yangi ustuvor vazifalar belgilandi
“Metallurg” futbol akademiyasida avgust–sentabr oylarida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, oktabr, noyabr va dekabr oylariga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar muhokama qilingan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
“Metallurg” Bosh direktori Shavkat Saidov rahbarligida o‘tgan yig‘ilishda akademiyaning faoliyati, amalga oshirilgan ishlar hamda erishilgan natijalar atroflicha tahlil qilindi. Ta’kidlanganidek, hisobot davrida bir qator asosiy ko‘rsatkichlar kutilganidan ham yuqoriroq natijalar bilan yakunlanib, belgilangan rejalar ortig‘i bilan bajarildi.
Shuningdek, bo‘lim rahbarlarining hisobotlari tinglanib, har bir yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.
Shu bilan birga akademiyada faoliyat olib borayotgan mas’ul xodimlarning ish samaradorligi alohida qayd etilib, o‘z vazifalarini sidqidildan va yuqori saviyada bajarayotgan xodimlarning mehnati alohida e’tirof etildi.
Yig‘ilish davomida mavjud kamchiliklar ham tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi. Shu bilan birga, akademiya faoliyatini yanada rivojlantirish, mavjud ijobiy natijalarni mustahkamlash va yangi, yuqori maqsadlarga erishish bo‘yicha aniq rejalar ishlab chiqildi.
Akademiyaning so‘nggi davrdagi faoliyatida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilayotgani, xususan, iqtisodiy ko‘rsatkichlar sezilarli darajada yaxshilangani alohida qayd etildi. Endilikda ushbu ijobiy tendensiyani sport yo‘nalishidagi natijalarda ham namoyon etish zarurligi, tarbiyalanuvchilarning sport ko‘rsatkichlarini yanada oshirish asosiy vazifalardan biri sifatida belgilab olindi.
Yig‘ilishda akademiya jamoalari faoliyatini yanada kuchaytirish, seleksiya ishlarini takomillashtirish va iqtidorli futbolchilarni saralashga alohida e’tibor qaratish masalalariga ham urg‘u berildi. Bu borada asosiy maqsad — jamoalar tarkibini sifatli va istiqbolli futbolchilar bilan to‘ldirish, sog‘lom raqobat muhitini kuchaytirish hamda yuqori sport natijalariga erishish.
Yig‘ilish yakunida akademiyaning rivojlanish strategiyasidan kelib chiqib, oktabr–dekabr oylarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi. Oldinda turgan asosiy maqsad — erishilgan ijobiy natijalarni yanada mustahkamlash, kamchiliklarni bartaraf etish va akademiyaning sport hamda tashkiliy faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishdan iborat.
😎
Telegram
😎
Instagram
😎
YouTube

September 09, 12:34
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

😎
Telegram
😎
Instagram
😎
YouTube

September 09, 11:40
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

PRO-Liga. Eng yaxshi assistentlar kurashidagi vaziyat
"Metallurg" himoyachisi Doston Abdulhayev va yakkapeshqadamni bor yo‘g‘i 1 ta uzatma ajratib turibdi.
—————————
ПРО-Лига. Лучшие ассистенты чемпионата
Защитник "Металлурга" Достон Абдулхаев отстает от лидера всего на 1 ассист.
—————————
PRO League. The Championship's Top Assists
Metallurg defenseman Doston Abdulkhaev is just one assist behind the leader.
😎
Telegram
😎
Instagram
😎
YouTube

September 08, 15:06
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

PRO-Liga. To‘purarlar poygasidagi vaziyat
"Metallurg" klubi hujumchisi Navro‘z Iminjonov 11 ta goli bilan 2-o‘rinda bormoqda.
——————————
ПРО-Лига. Гонка бомбардиров
Форвард "Металлурга" Навруз Иминжонов занимает 2-место с 11 голами.
——————————
PRO League. Top Scorers'
Metallurg forward Navruz Iminzhonov is in 2nd place with 11 goals.
😎
Telegram
😎
Instagram
😎
YouTube

September 08, 09:39
Media unavailable
2
Show in Telegram

“Metallurg” — "Paxtakor" FJ uchrashuvi videoroligini tomosha qiling
🎞
Avval
xabar berganimizdek
, 18-tur doirasida jamoamiz Bekobodda "Paxtakor" futbol jamoasini qabul qildi.
Qiziqarli ruhda kechgan bahsda Ilyos Qurbonov jamoasi 1:0 hisobidagi g‘alabani tantana qildi va muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
E’tiboringizga mazkur uchrashuv videoroligini taqdim etamiz.
————————————
Видеороликматча ФК "Металлург" - "Пахтакор"
🎞
Как мы сообщали ранее, в рамках 18-го тура наша команда приняла футбольную команду "Пахтакор" в Бекабаде.
Встреча прошла в интересной атмосфере, команда Ильёса Курбанова отпраздновала победу со счетом 1:0 и набрала важные 3 очка.
Представляем видеоролик этой встречи.
————————————
Video of the FC Metallurg vs. FC Pakhtakor match
🎞
As previously reported, our team hosted the "Pakhtakor" football team in Bekabad as part of the 18th round.
The match was held in an interesting atmosphere, with Ilyos Kurbanov's team celebrating a victory with a score of 1:0 and securing an important 3 points.
We present a video clip of this meeting.
😎
Telegram
😎
Instagram
😎
YouTube

September 08, 03:04
Media unavailable
2
Show in Telegram

“O‘zmetkombinat”ning ramziy madhiyasi
“O‘zmetkombinat” AJ Boshqaruv raisi - Bosh direktor Bahodir Abdullayev tashabbusi bilan korxonaning ramziy madhiyasi yaratilgan. Ushbu madhiya kombinatning kuchli va boy tarixini, mehnatsevar jamoaning fidoyiligini hamda kelajakka bo‘lgan ishonchini o‘zida mujassam etadi.
Madhiyada “O‘zmetkombinat” nafaqat yirik sanoat korxonasi, balki umumiy maqsad yo‘lida birlashgan jamoa sifatida ifodalanadi. Ijodiy asar mehnatga hurmat, an’analarga sadoqat va barqaror taraqqiyot ramzi hisoblanadi.
(reklama huquqi asosida)
————————————
Символический гимн "Узметкомбината"
По инициативе председателя правления - генерального директора АО "Узметкомбинат" Баходира Абдуллаева создан символический гимн предприятия. Этот гимн олицетворяет сильную и богатую историю комбината, самоотверженность трудолюбивого коллектива и веру в будущее.
В гимне "Узметкомбинат" представлен не только как крупное промышленное предприятие, но и как коллектив, объединенный общей целью. Творческое произведение является символом уважения к труду, верности традициям и устойчивого развития.
(на правах рекламы)
————————————
Uzmetkombinat's Symbolic Anthem
At the initiative of Bakhodir Abdullaev, Chairman of the Board and CEO of JSC Uzmetkombinat, a symbolic anthem was created for the company. This anthem embodies the plant's strong and rich history, the dedication of its hardworking team, and its faith in the future.
The anthem presents Uzmetkombinat not only as a large industrial enterprise but also as a team united by a common goal. This creative work is a symbol of respect for labor, loyalty to traditions, and sustainable development.
(advertising)
😎
Telegram
😎
Instagram
😎
YouTube

September 07, 20:53
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

G‘ALABA QUVONCHI
PRO-Liga 18-turi doirasida Bekobodda "Paxtakor" FJni mag‘lubiyatga uchratdik.
Uchrashuv yakunlangach, jamoa quvonchi tarixga muxrlandi.
———————————
Радость победы!
В рамках 18-тура ПРО-Лиги наша команда одержала победу над ФК "Пахтакор".
После матча радость победы была зафиксирована на объективы пресс-службы клуба.
———————————
The joy of victory!
Our team defeated FC Pakhtakor in the 18th round of the PRO League.
After the match, the club's press service captured the joy of victory on camera.
😎
Telegram
😎
Instagram
😎
YouTube

September 07, 15:22
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

"Metallurg" Bekobodda muhim g'alabani qo'lga kiritdi
Ilk daqiqalardanoq kim mezbon ekanligini ko‘rsatib qo‘ygan "Metallurg" 7-daqiqadayoq hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. O‘ng qanotdan uzatmadan so‘ng mehmonlar himoyachisi to‘pni qaytarishga urinib, to‘g‘ri Abdumo‘minov tomonga tepib berdi, Azizbek birinchi urinishda to‘pni o‘ziga o‘nglab, ikkinchi urinishda aniq zarba yo‘lladi — 1:0.
13-daqiqada qanotdan uzatmadan keyin Mohirbek Komilov ishonchli harakat qilib, xavfni bartaraf etdi.
Keyingi daqiqalarda bir qanotda Dostonbek Abdulhayev va Asadbek Karimov, boshqasida Javohir Jo‘rayev va Azizbek Abdumo‘minov muntazam ravishda hujumlarga o‘tishda faollik ko‘rsatishdi. Sanjar Shoahmedov, Marko Milichkovich hamda Navro‘z Iminjonov bevosita raqib darvozasiga xavf solishga, vaziyatlar keskinlashishi va har bir hujum zarbagacha yetib borishini ta’minlashga urindi.
So‘nggi o‘yinlarda tayanch zonasi ishonib topshirilayotgan Sherzod Komilov bir nechta vaziyatda foydali harakatlari bilan raqibni to‘psiz qoldirdi, hujumlarni buzishda faollik ko‘rsatdi. Zarurat tug‘ilgan epizodlarda esa Najmiddin Normurodov va markaziy himoyachi roliga ko‘nikib ulgurgan Samandar Ochilov raqib hujumchilarini zararsizlantirishdi.
Umuman olganda har bir futbolchi ma’lum bir funksiyaga javobgar va barcha o‘z ishini ishonchli tarzda bajarib, jamoaviy harakatlar kishini quvontirardi. Natijada, birinchi bo‘limda "Metallurg" har jabhada raqibdan ustunlik qildi. Biroq tanaffusgacha boshqa gol urish nasib qilmadi.
O‘yinni va birinchi navbatda raqibni tinchlantirish uchun ham yana gol talab qilinardi. Buni tushunib turgan murabbiylar shtabi ikkinchi bo‘limning ilk daqiqalaridan yana bir forvard Jasurbek Hakimovni jangga tashladi.
Ikkinchi bo‘limning ilk hujumidayoq Sanjar Shoahmedov hisobni o‘zgartirishi mumkin edi. Biroq jamoamiz sardori niyatiga yeta olmadi.
57-daqiqada Hakimovning havodagi kurashda yutib chiqib, to‘pni tashlab berganidan keyin Navro‘zbek Iminjonov zarba uchun qulay vaziyatga chiqib borishi mumkindek edi. Lekin himoyachilar zarba berishga imkon qoldirishmadi.
78-daqiqada avvaliga Marko Milichkovich hisobni o‘zgartirishi mumkin edi. Biroq soniyalar ichida legionerimiz yuzaga kelgan 2 ta qulay imkoniyatdan unumli foydalana olmadi.
Javob hujumida esa Mohirbek Komilov jamoamizni muqarrar goldan qutqarib qoldi.
80-daqiqada endi Navro‘z Iminjonov zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Jasur Hakimovning uzatmasidan keyin kuchli va aniq zarba berdi, darvozabon o‘z o‘rnida.
Shunday qilib, jamoamiz ancha qiyin bahsda muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
Onlayn jadvalda "Metallurg" 2-o‘ringa qaytdi. "Aral" bilan oradagi farq 6 ochkoni tashkil qilsa, "Sho‘rtan" 1 ochkoga ortda qolmoqda, lekin jamoaning xuddi qolgan klublar singari 1 tadan o‘yini kamroq. Biroq navbatdagi turni jamoamiz o‘tkazib yuboradi. Mazkur tur doirasiga kiruvchi bahsda Ilyos Qurbonov shogirdlari bir necha kun avval "Olimpik Mobiuz" jamoasini Toshkentda taslim etgandi.
Jamoamiz nafaqat g‘alabaga erishdi, balki buni o‘z darvozasi daxlsizligini ham saqlab qola oldi.
Ma’lumot uchun, keyingi o‘yinini "Metallurg" 20-sentyabr kuni Bekobodda "Jayxun" klubiga qarshi o‘tkazadi.
🔵
"Metallurg" 1:0 "Paxtakor" FJ
🟡
Gol:
Azizbek Abdumo'minov, 7 (1:0).
😎
Telegram
😎
Instagram
😎
YouTube

September 07, 15:22

90+4-daqiqa.
Bosh hakam final hushtagini chaldi. Azizbek Abdumo'minovning goli jamoamizga g'alaba keltirdi