Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Mezana ayollar akademiyasi

mezana_ayollar
Mezana Xalqaro Ilmlar Akademiyasi —Ayollar Bo‘limi, Istanbul. Shar’iy ilmlarni o‘rganish, qadriyatlarni anglash va bilim bilan ma’naviy yuksalish sari. @mezanamurojaat
Subscribers
2 250
24 hours
-1
30 days
1
Unusual 24 hours drop
Post views
357
ER
15,73%
Posts (30d)
53
Characters in post
489
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Religion and Spirituality
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
February 23, 03:00
Media unavailable
1
Show in Telegram

@mezana_ayollar

February 22, 03:01
Media unavailable
1
Show in Telegram

@mezana_ayollar

February 21, 14:32
Media unavailable
1
Show in Telegram

Ramazonga qanday tayyorgarlik ko‘rgandingiz?
Har kim bu savolga o‘z qalbidan javob beradi.
Bizning talabamizdan samimiy javob…
Bismillahir rohmanir rohim
Ramazon – taqvimdan ilgari qalbimni ziyorat qiladigan muborak oydir. Unda hayot biroz sekinlashgandek, ruhim esa o‘zgarish uchun imkon topgandek tuyuladi. Ramazon yaqinlashgani sayin uning iforini har yerda his qilaman. Ayniqsa tonglari sukunat, xotirjamlik va qalb osoyishtaligida

Go‘yo men xasta edim yoki bir dardim bor edi-yu, shifoyim kelgandek. Shuning uchun uning har bir lahzasidan unumli foydalanish uchun tayyorlanaman va qalbimda doimo shu oyatni takrorlayman:
“أياما معدودات”
"Sanoqli kunlar..."
(Baqara surasi, 184-oyat).
Axir ro‘za faqat kun tartibimizni emas, qalblarimizni ham o‘zgartiradi. Ramazon – tunning sukunatida uzoq, bedor qolish demakdir.
Banda, Parvardigor va uzun tun

Demak joynamozimni yozaman, sajdalarni uzaytiraman.
Ramazon – Anisa uchun ko‘z yoshlaridan namlangan joynamozda o‘tgan lahzalar demakdir.
@
mezana_ayollar

February 21, 11:06

📢
E’LON
Madrasamiz jamoasiga ishga taklif etamiz!
Madrasamizda bo‘sh ish o‘rni mavjud. Ushbu lavozimga
omonatdor, hushmuomali, mas’uliyatli va o‘z ishiga sidqidildan yondashadigan
xodim qabul qilinadi.
Nomzodlardan talab etiladi:
• Halollik va ishonchlilik
• Xushmuomalalik va jamoa bilan ishlay olish qobiliyati
• Mas’uliyat va tartib-intizom
• O‘z vazifalariga jiddiy yondashuv
Biz taklif qilamiz:
• Ahil va do‘stona jamoa
• Qulay ish sharoiti
• Barqaror ish o‘rni
Agar siz yuqoridagi talablarga javob bersangiz va madrasa jamoamizning bir a’zosi bo‘lishni istasangiz, murojaat qilishingizni so‘raymiz.
📌
Bog‘lanish uchun:
@
mezana_ayollar
Sizni jamoamiz safida ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz!

February 21, 07:01

⭐️
Ramazon – shunchaki taomdan voz kechish orqali oshqozonni dam oldirish oyi emas. Bu – nafsni tarbiyalash maktabidir.
Keling, o‘zimizga savol beraylik:
🔹
Oshqozonimiz ro‘za tutgan bir paytda, tilimiz ham g‘iybatdan ro‘za tutyaptimi?
🔹
Ko‘zlarimiz nomahramdan, quloqlarimiz esa nojo‘ya gaplardan tiyilyaptimi?
🔹
Qo‘limiz ehson qilyaptimi yoki birovning haqqiga cho‘zilyaptimi?
Haqiqiy ro‘za – bu vujudning har bir a’zosi bilan Allohga qaytishdir. Faqat yeyishdan tiyilib, yomon xulqdan tiyilmasak, biz shunchaki och qolgan bo‘lamiz.
Keling, bu yilgi Ramazonimiz faqatgina taomdan emas, yomon amallardan ham poklanish oyi bo‘lsin.
📱
@mezana_ayollar

February 21, 03:00
Media unavailable
1
Show in Telegram

@mezana_ayollar

February 19, 03:30
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

📱
@mezana_ayollar

February 18, 20:05
Media unavailable
3
Show in Telegram

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh, aziz Qur’on va ilm muhabbatida jam bo‘lgan qadrdonlarimiz!
Alloh taologa beadad shukrlar bo‘lsinki, bizni yana sog‘-omonlikda, qalbimizda umid va iymon bilan muborak Ramazon oyiga yetkazdi. Bu oy – nafaqat ro‘za tutish, balki ruhimizni poklash, Qur’on bilan sirlashish va Rahmonning mag‘firatiga erishish faslidir.
Madrasamiz jamoasi nomidan sizlarni, oilangizni va barcha yaqinlaringizni ushbu ulug‘ ayyom bilan chin qalbdan muborakbod etamiz!
“Ramazon oyi – unda odamlarga hidoyat hamda hidoyat-u furqondan iborat ochiq-oydin hujjatlar bo‘lib, Qur’on nozil qilingan" (Baqara surasi, 185-oyat).
Bu oyda tutadigan ro‘zalaringiz, kechalari qiladigan qiyomul-layl va tarovehlaringiz, tilovat qilgan har bir oyatingiz Alloh huzurida husni qabul topsin. Duolar ijobat bo‘ladigan bu damlarda, qalbingizdagi eng ezgu niyatlaringizga yetishingizni tilaymiz.
Bu Ramazon siz uchun xonadoningizga fayz va baraka, qalbingizga halovat va sakinat, ilmingizga ziyodalik va gunohlardan butkul poklanish oyi bo‘lsin.
Dunyoning turli chekkalaridagi barcha mo‘min-musulmonlarga omonlik va tinchlik tilaymiz. Alloh taolo tutgan ro‘zalarimizni jannatning "Rayyon" darvozasidan kirishimizga vasila qilsin.
Ramazon oyi barchamizga muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
"Mezana" ayol-qizlar madrasa jamoasi
.
📱
@mezana_ayollar

February 18, 17:30
Media unavailable
2
Show in Telegram

"Mohi Ramazon – qalbimizning bahori"
📱
@mezana_ayollar

February 18, 17:05
Media unavailable
6
2
Show in Telegram

🌙
"Mezana"da ruhiy tarbiya darsi
Bugun akademiyamizda o‘zgacha bir tarovat hukm surdi. Ramazonning muborak nafasi eshik qoqayotgan bir pallada, talabalarimiz bilan
"Mohi Ramazon – qalbimizning bahori"
mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.
Darsning ilk daqiqalarida talabalarimiz bu muborak oyni qanday intizorlik bilan kutayotganlarini, qalblaridagi shirin hayajonni ulashdilar. Ustozamiz har birimizning qalbimizdagi bu hayajonni ilm bilan quvvatlantirdilar. Ro'zaga oid oyat va hadislarni sharhlab berdilar. Darsning eng amaliy qismi – har bir talaba uchun ustozimiz tomonidan ishlab chiqilgan shaxsiy
"Ramazon rejasi"
bo‘ldi. Ustozamiz dars davomida faqat til emas, balki ko‘z, quloq va qalb ro‘zasini tutish, har kuni Qur'ondan ma’lum sahifalarni nafaqat o‘qish, balki tadabbur qilish, oy davomida kamida bitta yomon odatdan voz kechish va bitta go‘zal xulqni odatga aylantirish, iftorlik oldidan qilinadigan duolarning ijobat bo‘lish sirlari kabi manfaatli mavzularni yoritib berdilar.
Siz-chi, Ramazonni qanday hayajon bilan kutyapsiz?
Izohlarda yozib qoldiring
.
📱
@mezana_ayollar