Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Микрофон Ашуровда

mikrofon_ashurovda
Рустам Ашуровнинг ўта субъектив фикрлари
Subscribers
1 950
24 hours
30 days
-30
Post views
9 583
ER
4,91%
Posts (30d)
Characters in post
1 008
January 06, 12:42

Мана бу мақола одамни эсанкиратиб қўяди. Мақолада номзодлар илмий даражасини олиш қай даражада бўлиб кетгани ҳақида сўз боради. Масъуллар ҳолатга изоҳ бериши, чора кўриши керак. Бу бутун Ўзбекистон фан оламини шубҳа остига олади. Дунё миқёсида жуда катта обрўсизланишимиз турган гап.
Агар мақоладаги гаплар рост бўлса, бу ишлар ортида жуда катта илм "мафияси" ва соққа ётибди. Соққанинг энг охирги нуқтаси жуда катта ташкилотга бориши турган гап. Президент Мирзиёев ҳолатга реакция билдириши керак. Махсус ишчи гуруҳ тузилиб, охирги йилларда доктор унвонини олган ҳамма плагиат ва бошқаларга бошқатдан текширувдан ўтказилиши лозим. Қайтараман, ҳамма.
Ўзи твиттерда "PhD олдим, урраа" деганларнинг айримлари аҳволиниям кўрдим, гап-сўзлари, фикрларини кузатдим. Жуда бир умумий гаплар гапиради, фикрларидан илмнинг "ҳиди" умуман келмайди, ўта содда ечимлар берадиганлари (ҳатто соҳаси бўлса ҳам) кўп. Булар қандай PhD олдикан деворасан беихтиёр. Нетга кирмайдиганлари қанча экан? Ноҳақ олганларичи?
Мақола
👉
@Zafarbek_Solijonov

January 06, 12:36

Oʻzbek ilm-fanida feyk ilmiy darajalar va sharlatan olimlar bilan bogʻliq sharmandali ahvolga birinchi boʻlib oʻzbek ilmiy hamjamiyati reaksiya bildirishi kerak edi. Ilmiy hamjamiyat oʻzini oʻzi iflosliklardan tozalay olish hususiyatiga ega boʻlishi kerak.
Oyina nashri tayyorlagan ushbu
maqolani
shu tozalanish yoʻlida birinchi qadam deb bilaman.
Oʻzbekistondagi barcha ziyolilar Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Institutida ilm-fanni bulgʻashga qaratilgan aqlga sigʻmas darajadagi ishlarga reaksiya qilishi shart. Maqola bilan albatta tanishing
https://oyina.uz/uz/article/2391

December 29, 07:31
Media unavailable
1
Show in Telegram

Fankastning navbatdagi mehmoni – Mexanika va inshootlarning mustahkamligi instituti katta ilmiy xodimi, texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori Ne’matillo Nishonov bo’ldi.
Mutaxassis bilan birgalikda biz yangi qurilayotgan binolarning seysmik mustahkamligi mavzusiga to’xtaldik. Shu bilan birga qaysi turdagi turar-joy binolari konstruksiyalari bugungi kunda zilzilalarga eng chidamli ekanligi, zilzilaviy huhudlar, binolarning zilzilabardoshligini sinab ko’rish va ularda zilzila ta’sirini kamaytirish, shuningdek zilzilabardosh innovatsiyalar qurilish industriyasining kelajagiga qanday ta'sir qilishini muhokama qildik.
Videoning to’liq shakli ushbu
havolada
https://youtu.be/ZalYusi_CZI?si=5_sbWVsHA2jNMS9s

October 07, 05:59

Ботаника боғи бизнес "нишонида".
Пойтахга космосдан назар ташласангиз, булутсиз моментда айрим кичик яшил қопламали масканларга кўзингиз тушади.
Бу атрофга нисбатан умумий "оқариб" ётган пойтахтнинг атиги 10 %, ана яна борса 12 % ини ташкил этувчи яшил фитомассали "пойтахт ўпкалари" бўлиб, ҳозиргача бизнес яқинлаштирилмаган, ноёб яшил архитектура масканларимиздан бири зич дарахтли боғ ҳудудларимиздир.
Масалан, шундай боғлардан бири "Ботаника боғи"да бир нечта экотадбирлар, кинолар учун клиплар ҳам олинган. Шовқинсиз, қандайдир атракцион қурилмаларидан ҳоли, сокин дам олиш ҳудуди бўлган "Ботаника боғи" ҳам энди "бинес нишонига" айланиши кутилмоқда.
Экофаол, жонкуяр собиқ депутат Расул Кушербаевнинг
ёзишича
: "Давактив агентлиги ишлаб чиққан Ҳукумат қарори лойиҳасида Ўзбекистондаги барча истироҳат боғлари ҳокимликлар ҳузурида тузиладиган "
Истироҳат боғларини бошқариш дирекцияси
"га ўтказилади.
Дирекциялар истироҳат боғларида савдо, пуллик хизмат кўрсатиш, объект ва ер участкаларини ижарага бериш ваколатига эга бўлмоқда.
Лойиҳа муаллифлари шу баҳонада Фанлар академиясига қарашли ноёб дарахт, ўсимлик турлари мавжуд, аҳоли тоза ва салқин ҳавоси учун борадиган Тошкентдаги "Ботаника боғи"ни ҳам ҳокимиятларнинг ушбу чўнтак дирекциясига бермоқчи.
Агар боғ ҳокимиятга ўтса,
у олимлар қарамоғидаги табиат дунёси объектидан, бизнес объектига айланади.
"
Фанлар академияси олимлари, илмий тадқиқотчилар, илм аҳли, фаол жамоатчилик бунга ўз муносабат, таклифларингизни билдиринг. Унутманг, сизлар қарор чиқарувчилардан каррасига кўпсизлар ва уларнинг мийясини ўзгартиришга қодирсизлар.
@uzb_meteo

October 03, 12:35
Media unavailable
1
Show in Telegram

Bu yil Attofizikaga berishdi. Attofizika o'zi yaqinda paydo bo'lgan yo'nalish. Unda o'ta tez, atto sekundlarda kechadigan fizik jarayonlar o'rganiladi. Ular asosan atom va molekulalar ichida elektronlarning harakati va energiya o'zgarishlariga qaratilgan
Bunaqa o'ta tez jarayonlarni kuzatish uchun attosekundlik yorug'lik impulslarini generatsiya qilish kerak edi. Aynan shu generatsiya metodi uchun nobel berildi. Bu narsa bizga juda kichik obyektlarda juda tez kechadigan jarayonlar mexanizmini tushunishga yordam beradi.
Pierre Agostini bu sohaning pioneri. Pierre bilan birga Ferenc Krausz va Anne L'Huillier ham laureatlar qatorida. Ferenc attofizikada eng oldi institutlaridan biri Max Plankning kvant optoelektronika institutida direktor ham bo'lgan. Asli fransuz bo'lgan Anne esa Shvedsiyaning Lund Universitetida ishlaydi.
Qizig'i Ferenc Krausz ham huddi kecha meditsinadan nobel olgan Katalin Kariko bali asli Vengeriyalik, ammo boshqa davlatga ko'chib o'tgan.

October 02, 12:30

​Нобель ҳафтасида барча йўналишларда лауреатлар аниқ бўлди. 4 октябрда медицина ва 6 октябрь куни химия топширилганда ман фақат бир шахс учун мухлислик қилдим. Афсуски, бу йил уни на биология ва медицинада, на химияда эътироф этишди. Ўтган асрда АҚШга кўчиб…

September 27, 14:57
Media unavailable
2
Show in Telegram

Fancastning 9 sonida Marburg universitetining psixologik klinikasining hodimasi Dilbar G`afforova bilan, muhim va afsuski, ko‘pincha tabu bo`lgan mavzu – ruhiy salomatlik haqida suhbatlashdik. Suhbat davomida ruhiy buzilishlar tashxisi qanday qo‘yilishi, psixologik klinika xodimlari bemorlar bilan muloqot qilishda va ularni davolashda qanday ko‘rsatmalarga amal qilishini bilib oldik.
Dilbar G`afforova o‘zining kasbiy tajribasi va psixologik kasallik odamlar hayotiga qanday ta’sir qilishi va yordam berish uchun qanday resurslar mavjudligi haqida muhim tushunchalari bilan o‘rtoqlashdi. Biz, shuningdek, nega ruhiy salomatlik jamiyatimizda tabu mavzu bo'lib qolayotgani va stereotiplarni buzish va mavzu bo'yicha ochiq muloqotni targ'ib qilish nega muhimligi haqida to'xtaldik.
Videoga havola:
https://youtu.be/Ywsi5oFImCI?si=4JjOAjr59lM9F_KO

August 14, 19:28
Media unavailable
1
Show in Telegram

• Alyuminiy-ion akkumulyatorlaridagi asosiy element hisoblangan alyuminiy, an'anaviy litiy-ion akkumulyatorlaridagi litiyga nisbatan nazariy jihatdan yuqoriroq hajmiy sig'imga ega (Al=8046 mA soat/sm³, Li=2062 mA soat/sm³). Boz ustiga, alyuminiy yer yuzida kislorod va kremniydan keyin uchinchi eng ko'p tarqalgan element va eng keng tarqalgan metal hisoblanadi va litiyga nisbatan ancha ko'proq zahiraga ham ega.
• Aluminum, the primary element utilized in aluminum-ion batteries, boasts a significantly higher theoretical capacity than lithium, which is the primary element in traditional lithium-ion batteries (Al = 8046 mAh/cm³, Li = 2062 mAh/cm³). Additionally, aluminum stands as the third most abundant element following oxygen and silicon and the most abundant metal on Earth's crust. It possesses substantially greater reserves than lithium.

August 01, 12:10

AI vs Doctors.
Henry Ford aytganidek, "Qashshoqlik ko'p jihatdan befoyda yukni tashib yurishdan yuzaga keladi. Og'irlik bu kuch emas. Uni kamaytirishimiz kerak". Bu so'zlarning yadrosida ishchi yollashdan ko'ra mashinalardan foydalanishga o'tish ideologiyasi turadi. Mashinalar va AI'dan foydalanish energiya tejash va ko'proq daromad olishning qimmatli yechimidir. Rustam Ashurov
aytganidek
, AI sabab eksperimental fan ham juda ko'p resursini tejaydi.
Bunga tibbiyot rakursidan qarab ko'rsak, hozirgi AI modellarining tibbiyotdagi o'rni borasida populyatsiya orasida kognitiv dissonanslar kelib chiqishi mumkin. Ya'ni AI shifokorlarga yordamchimi? Yoki kompensator pozitsiyadami? AI informatsiyalarni qabul qiladigan, o'rganadigan, analiz qiladigan, xulosa va prognoz qiladigan sun'iy intellekt dasturi ekanligini hisobga olsak, tibbiyotdagi uning roli ijobiy va kamchiliklaridan ko'ra ustunliklari ko'proq.
AI u bilan ishlashni biladigan shifokorlarga yordam beradi. Bilmaydiganlar esa bu sohada ishsiz qoladi yoki markazdan chetlashishga majbur bo'ladi. Tabiiy tanlanish qonuni shu. AI ham bir yangi tur. U bilan diplomatiya qilolmaydiganlarni shunchaki yutib yuboradi. Javobi shu. Quyida AI tibbiy sohalar kesimida qanday foyda berayotgani haqida uyqodan-buyoqdan o'qigan ba'zi insaytlarim xulosasini keltirib o'tmoqchiman.
Oncology. AI saraton bilan kasallangan bemorlarning qon, rentgen, DNK ma'lumotlarini analiz qildi, kasallikni erta tashxisladi, eng to'g'ri davolash rejasini berdi va o'limni prognoz qila oldi [
1
]. Saraton bo'yicha AI modellari tibbiyotda inqilobni amalga oshirdi va davom etmoqda [
2
].
Radiology. AI bemorlarning ma'lumotlarini tahlil qilib 5 yil ichida o'lish yoki o'lmasligini prognoz qila oldi [
3
]. Radiolog ko'zi bilan ko'ra olmaydigan, tahlil qilolmaydigan, diagnoz qo'yolmaydigan vaziyatlarda AI 3D modeldan foydalanib juda aniq, chuqur va tez analiz qilib, diagnoz qo'ya oldi [
4
].
Cardiology. AI bemorning EKG, EXO'sidan tortib MRT va qon tomirlar tasvirini o'rganib, yuz berishi mumkin bo'lgan kasalliklarni oldindan aniqladi va profilaktika rejasi bera oldi [
5
]. Yurak transplantatsiyasi o'tkazishdan avval bemor organizmi, immun tizimi donor yurakni qabul qila oladimi, yo'qmi, AI buni aniq va tez aniqlab bera oldi [
6
].
Surgery. Laparoskopik va robotlashtirilgan operatsiyalar AI va jarrohlar hamkorligida avvalgidan samarali tarzda o'tkazilmoqda [
7
]. Sun'iy yurak nafaqat donor topilguncha, balki doimiy ish bajarishi uchun AI bilan sun'iy yurak modellashtirishmoqda [
8
].
Xullas, sun'iy intellekt tibbiyotning boshqa sohalarida ham shifokorlarga asosan kasallikning diagnostikasi, davolash protsessi va profilaktikasida juda katta yordam berib kelmoqda. Natijada millionlab kasallar sog'ayib, o'lim statistikasi keskin pasaymoqda. AI shifokorlarning ishsizlik foizini oshirishdan ko'ra, ularning og'irini yengillashtirishni boshladi va shunday davom etadi. AI davriga adaptatsiya bo'lolmagan mutahassislar esa bora-bora keraksiz kadrga aylanib boraveradi.
@ceotony

July 23, 16:14
Media unavailable
2
Show in Telegram

Fancastning navbatdagi mehmoni botanik olim akademik Komiljon Tojibaey. O'zbekiston florasi haqida shahsan o'zim bilmagan ko'plab yangliklarni oldim
Podkastning to’liq shakli:
https://youtu.be/YI1aVXBpHKc