Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

MINENERGY.UZ

minenergy_uz
Energetika vazirligining rasmiy kanali gov.uz/oz/minenergy instagram.com/energetika_vazirligi 71-231-81-18 press@minenergy.uz https://t.me/minenergychat Manzil: Yangi Toshkent markazi, Energetika vazirligi koʻchasi, 22-bino
Subscribers
26 656
24 hours
-44
30 days
-419
Post views
4 757
ER
17,85%
Posts (30d)
158
Characters in post
1 652
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Business & Economy Blog
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Industry & Engineering
Summary
October 26, 04:02
Media unavailable
5
Show in Telegram

Energetika vaziri Samarqand viloyatida barpo etilayotgan yirik quvvatli shamol elektr stansiyasi qurilish jarayonlari bilan tanishdi
Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida Xitoyning “Universal Energy” kompaniyasi tomonidan
quvvati 500 MVt
bo‘lgan
shamol elektr stansiyasi
qurilmoqda. Mazkur loyiha yurtimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish ko‘lamini kengaytirish, elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Energetika vaziri Sherzod Xodjayev
Bulung‘ur tumanida bo‘lib, loyihaning amalga oshirilish jarayoni, qurilish-montaj ishlari va belgilangan vazifalar ijrosi bilan tanishdi. Tashrif davomida mutasaddilar tomonidan obyekt qurilishining borishi, bajarilayotgan ishlar hamda stansiyani belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan axborot berildi.
Loyihaning umumiy qiymati
500 mln AQSh dollarini
tashkil etib,
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan
amalga oshirilmoqda. Stansiya to‘liq quvvatda ishga tushirilgach, yiliga qariyb
1 mlrd 752 mln kVt·soat elektr energiyasi
ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi. Bu o‘rtacha
730 mingta xonadonning bir yillik
elektr energiyasi iste’moliga teng.
Shuningdek, yiliga qariyb
467 mln kub metr
tabiiy gaz tejalishi va atmosferaga chiqariladigan zararli moddalar miqdori
1 mln tonnadan ortiqqa
kamayishi kutilmoqda.
Loyihaning birinchi bosqichini joriy yil yakuniga qadar,
2027-yilda esa to‘liq quvvatda ishga tushirish
rejalashtirilgan.
Ushbu yirik energetika obyektining foydalanishga topshirilishi yurtimiz energetika tizimida “yashil” energiya ulushini oshirish, tabiiy gaz sarfini kamaytirish va elektr ta’minoti barqarorligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
|
Veb-sayt

October 25, 14:37
Media unavailable
2
Show in Telegram

Hurmatli yurtdoshlar!
Isitish mavsumida gazdan xavfsiz foydalaning: o‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini xavf ostiga qo‘ymang
Havo haroratining pasayishi bilan xonadonlarda isitish moslamalaridan foydalanish boshlanmoqda.
Biroq ayrim fuqarolar tomonidan xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik, qo‘lbola
yoki
nostandart isitish qurilmalaridan foydalanish, gaz uskunalarini malakasiz ustalarga o‘rnattirish kabi holatlar inson hayoti
va
salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda.
Ayniqsa, texnik talablarga javob bermaydigan qozon va boshqa isitish moslamalarini o‘rnatish, dudburonlarning noto‘g‘ri ulanishi, shamollatish kanallarining talab darajasida ishlamasligi hamda qurilmalardagi himoya tizimlarining nosozligi is gazidan zaharlanish va boshqa baxtsiz hodisalarga sabab bo‘lishi mumkin. Is gazining rangsiz va hidsiz ekanligi esa uni o‘z vaqtida sezishni qiyinlashtiradi.
Hurmatli gaz iste’molchilari!
Sizlardan isitish mavsumida xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etishingizni, o‘zingiz va oila a’zolaringiz hayotiga befarq bo‘lmasligingizni so‘raymiz.
Buning uchun:
🔹
Faqat xavfsizlik talablariga javob beradigan isitish moslamalaridan foydalaning. Qo‘lbola, nostandart va nosoz qurilmalarni ishlatmang.
🔹
Gaz uskunalarini malakali mutaxassislarga o‘rnattiring va tekshirtiring. Ularning texnik holati, himoya tizimlari va xavfsiz ishlashini mavsum boshlanishidan oldin tekshirtiring.
🔹
Dudburon va mo‘rkonlarning sozligini ta’minlang. Ularning to‘g‘ri ulanganini tekshiring, qurum va boshqa to‘siqlardan muntazam tozalab turing.
🔹
Shamollatish tizimlariga e’tiborli bo‘ling. Havo almashinuvi uchun mo‘ljallangan kanallarni berkitmang va ularning sozligini nazorat qiling.
🔹
Gaz plitasi orqali xonalarni isitmang. Gaz uskunalaridan faqat belgilangan maqsadda va foydalanish qoidalariga muvofiq foydalaning.
🔹
Isitish moslamalarini nazoratsiz qoldirmang. Qurilmalarning ishlashida nosozlik yoki gaz hidi sezilsa, xavfsizlik choralarini ko‘ring va tegishli xizmatlarga murojaat qiling.
Is gazidan zaharlanishning dastlabki belgilari bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi va holsizlik bo‘lishi mumkin. Bunday alomatlar kuzatilganda, darhol toza havoga chiqing, boshqalarni ham xavfli hududdan olib chiqing va tez tibbiy yordamga murojaat qiling.
Unutmang, is gazi bilan bog‘liq xavfni o‘z vaqtida sezish har doim ham mumkin emas.
Shu bois xavfsizlik choralarini oldindan ko‘rish, gaz uskunalari va isitish tizimlarini soz holatda saqlash hayotiy ahamiyatga ega.
Aziz yurtdoshlar!
Isitish mavsumini xavfsiz o‘tkazish — har birimizning mas’uliyatimiz.
O‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini xavf ostiga qo‘ymang. Xavfsizlik qoidalariga rioya qiling va beparvolikka yo‘l qo‘ymang!
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
|
Veb-sayt

October 24, 12:25
Media unavailable
3
2
Show in Telegram

#yashil_energiya
👨‍👩‍👧‍👦
Ushbu so‘rovnomada aks etgan
elektr stansiyasi — Jizzax viloyatining Forish tumanida joylashgan, quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasidir.
Mazkur stansiya yiliga
1,1 mlrd kVt·soat
elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Joriy yil boshidan buyon stansiyada
897 mln kVt·soat
elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Natijada
239,2 mln kub metr
tabiiy gaz tejaldi va atmosferaga
515,8 ming tonna
chiqindi chiqarilishining oldi olindi.
Maʼlumot uchun: ushbu hajmdagi elektr energiyasi
oʻrtacha 448,5 mingta
xonadonning o‘rtacha
10 oylik
elektr energiyasi isteʼmoliga teng.
—————
#зеленая_энергия
👨‍👩‍👧‍👦
Солнечная фотоэлектрическая станция,
представленная в данном опросе
, расположена в Фаришском районе Джизакской области. Её установленная мощность составляет 500 МВт.
Станция способна вырабатывать
1,1 млрд кВт·ч
электроэнергии в год.
С начала текущего года станция выработала
897 млн кВт·ч
электроэнергии. В результате удалось сэкономить
239,2 млн кубометров
природного газа и предотвратить выброс в атмосферу
515,8 тыс.
тонн вредных веществ.
Для справки: данный объём электроэнергии эквивалентен среднему потреблению электроэнергии
448,5 тыс.
домохозяйств
за 10 месяцев.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
|
Veb-sayt

October 24, 06:07
Media unavailable
1
Show in Telegram

October 24, 04:10
Media unavailable
6
Show in Telegram

Energetika vaziri Samarqand viloyatidagi yirik energetika loyihasining qurilish jarayonlari bilan tanishdi
Samarqand viloyatining Nurobod tumanida aholi va sanoat tarmoqlarini elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash, shuningdek, Toshkent shahri va vodiy viloyatlarining elektr ta’minoti ishonchliligini oshirishga xizmat qiladigan yirik energetika loyihasi amalga oshirilmoqda.
Energetika vaziri Sherzod Xodjayev
ushbu hududda bo‘lib, Saudiya Arabistonining “Acwa” kompaniyasi bilan hamkorlikda barpo etilayotgan
quyosh fotoelektr stansiyasi va energiya saqlash tizimining qurilish jarayonlari bilan tanishdi.
Loyiha doirasida umumiy quvvati
1000 MVt
bo‘lgan
quyosh fotoelektr stansiyasi, 1336 MVt·soat sig‘imga ega energiya saqlash tizimi
hamda yangi
500 va 220 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari
barpo etilmoqda. Joriy yil sentyabr oyida stansiyaning birinchi bosqichi doirasida
100 MVt quvvatli qismi
ishga tushirildi.
Tashrif davomida
vazir ishga tushirilgan
100 MVt
quvvatli stansiyaning faoliyati, shuningdek, loyihaning
keyingi bosqichlarida amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlari bilan tanishd
i. Quyosh panellarining samaradorligini oshirishga qaratilgan yechimlar, jumladan, ularning quyosh harakatiga qarab yo‘nalishini o‘zgartiruvchi tizimlar va robotlar yordamida tozalash texnologiyalari ham loyihaning muhim jihatlaridan hisoblanadi.
Energiya saqlash tizimlarini 2027-yilning birinchi yarmida,
stansiyani esa to‘liq quvvatda 2027-yil yakuniga qada
r ishga tushirish rejalashtirilgan.
Vazir qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda, yuqori sifat talablariga muvofiq amalga oshirish, uskunalarni o‘rnatishda texnik meyorlarga qat’iy rioya etish
hamda
loyihaning barcha bosqichlarini o‘zaro muvofiqlashtirib borish
yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.
Mazkur loyihaning o‘z vaqtida ishga tushirilishi elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmini oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish va elektr ta’minoti barqarorligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Eslatib o‘tamiz
, loyiha doirasida
Markaziy Osiyoda ilk bor
amalga oshirilayotgan texnik yechimlar asosida
500
va
220 kV
kuchlanishli
ikki zanjirli elektr uzatish tarmoqlari
ham qurilmoqda. Ushbu
tarmoqlar yangi elektr quvvatlarini yagona energetika tizimiga integratsiya qilish
va
hududlar o‘rtasida elektr energiyasini uzatish imkoniyatlarini kengaytirishga
xizmat qiladi.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
|
Veb-sayt

October 23, 13:16
Media unavailable
1
Show in Telegram

#mutolaa_vaqti
“Daraxt ortidagi xatar”
📚
Energetiklar uchun
“Bir xatoning ming jafosi” kitobidan
eng muhim va ibratli parchalarning navbatdagisi.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
|
Veb-sayt

October 23, 09:37
Media unavailable
1
Show in Telegram

October 23, 07:01
Media unavailable
4
Show in Telegram

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Rosatom” atom energiyasi boʻyicha davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyovni
qabul qildi.
—————
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев
принял
генерального директора Государственной корпорации по атомной энергии «Росатом» Алексея Лихачёва.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
|
Veb-sayt

October 22, 17:42
Media unavailable
1
Show in Telegram

Suyultirilgan gazning noqonuniy savdosiga qarshi nazorat tadbirlari kuchaytirildi
Suyultirilgan gaz aholining ehtiyojlarini ta’minlash uchun ajratiladigan muhim resurs hisoblanadi. Ushbu resurslardan belgilangan maqsadlarda, adolatli va shaffof foydalanish, ularning aholiga o‘z vaqtida va belgilangan tartibda yetkazib berilishini ta’minlash muhimdir.
Aholi uchun ajratilgan gaz ballonlarini noqonuniy saqlash, belgilangan tartibni buzgan holda sotish, shuningdek, ushbu jarayonda mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish kabi xatti-harakatlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlik choralari qo‘llaniladi.
Ana shunday salbiy holatlarga chek qo‘yish hamda davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning manzilliligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda
“O‘zenergoinspektsiya”
xodimlari tomonidan joylarda reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Xususan, joriy yilning 19-21-oktyabr kunlari respublika bo‘yicha
120 dan ortiq holat
fosh etilib, shundan
39 ta holatda gaz idoralari xodimlarining bevosita aloqadorliklari aniqlandi.
Tadbirlar davomida noqonuniy muomalada bo‘lgan
3 mingdan ziyod gaz ballonlari
va ularda saqlanayotgan
13636 kg suyultirilgan gaz mahsuloti
ashyoviy dalil sifatida olindi.
Xususan,
Jizzax viloyati
da jami 9 ta holatda
239 ta gaz ballon
sotish maqsadida noqonuniy saqlab kelinayotganligi fosh bo‘ldi. Jumladan, muqaddam
Zomin tumangaz ta’minot bo‘limida yuqori lavozimlardan birida ishlagan shaxs
o‘zining qarindoshiga tegishli xonadonda
152 ta gaz ballon
ni yashirincha saqlab kelgan.
Qo‘shni
Sirdaryo viloyati
da ham shu kabi holatlar aniqlanib, birgina Xovos tumangaz bo‘limi mansabdorlaridan birining uyidan hech bir hujjatlarsiz saqlanayotgan
30 dona gaz balloni
olindi.
Samarqand viloyati
da o‘tkazilgan tezkor tadbirda Urgut tumangaz to‘ldirish shoxobchasi qorovuli gaz bilan to‘ldirilgan
3 dona ballon
ni
2,5 mln so‘m
ga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Viloyatning Pastdarg‘om tumanida yashovchi, 1972 y.t. fuqaroning xonadoni ko‘zdan kechirilganda esa, ushbu manzilda gaz bilan to‘ldirilgan
22 ta ballon
borligi ma’lum bo‘ldi. Aniqlanishicha, u gaz ballonlarni tumangaz bo‘limi haydovchisidan 70 ming so‘mdan sotib olib, fuqarolarga 100 ming so‘mdan sotish bilan shug‘ullangan.
Farg‘ona viloyati
da ham hamkorlikdagi reyd tadbirlari o‘tkazilib, Qo‘shtepa tumangaz bo‘limi muhandisi hamda chilangari aholi uchun mo‘ljallangan 8 ta gaz ballonlarini o‘z yashash xonadonlarida noqonuniy sotish maqsadida saqlab kelayotganliklari fosh etildi.
Mamlakatimizning janubiy mintaqasi hisoblangan
Surxondaryo viloyati
da o‘tkazilgan reyd tadbirlarida noqonuniy saqlovda bo‘lgan jami
65 ta gaz ballon
tegishli tartibda hujjatlashtirildi. Jumladan, Bandixon tumanida yashovchi 39 yoshli fuqaro tumangaz bo‘limi haydovchisidan 70 ming so‘mdan sotib olgan
32 ta gaz ballon
ni iste’molchilarga qimmat narxlarda sotib, mo‘may daromad topmoqchi bo‘lgan.
Navoiy viloyati
ning Xatirchi tumangaz bo‘limi haydovchisining uyidan ham jami
26 ta gaz balloni
protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Bu kabi noqonuniy holatlar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Namangan
va boshqa viloyatlarida ham aniqlandi.
Ta’kidlash lozim, ushbu yo‘nalishdagi reyd tadbirlari
Davlat xavfsizlik xizmati
va boshqa mutassaddi idoralar hamkorligida muntazam ravishda o‘tkazib boriladi hamda qonunbuzarlarga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi.
Hurmatli fuqarolar! Agar aholi uchun mo‘ljallangan suyultirilgan gazni noqonuniy sotish yoki boshqa qonunbuzarlik holatlariga duch kelsangiz, quyidagi aloqa kanallari orqali xabar berishingizni so‘raymiz:
Davlat xavfsizlik xizmati
Call-markazi: 1520;
“Hududgazta’minot” AJ: 1104;
Energetika vazirligi:
+998 71 231-10-64;
Telegram-bot:
@anticorenergetikauz_bot
;
Elektron pochta: aniticor@minenergy.uz.
Har bir murojaat belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi. Murojaat qiluvchilarning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
|
Veb-sayt

October 22, 12:32
Media unavailable
1
Show in Telegram

#elektr_xavfsizligi_oyligi
Elektr xavfsizligi — bolalar nigohida
Bolalar xavfsizligi faqat taqiqlar bilan emas, to‘g‘ri bilim va kattalarning shaxsiy namunasi bilan
ta’minlanadi
.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
|
Veb-sayt