Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

UFC|777

mma_uzsxb
Следите за всей информацией и боями UFC MMA BOXING и других видов спорта на нашем канале! Мы заблокируем на канале тех, кто оскорбляет и оскорбляет других. По предложениям: @suxrob_xasanov
Subscribers
536
24 hours
30 days
-19
Post views
381
ER
0,71%
Posts (30d)
Characters in post
455
April 01, 05:07
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🥊
🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿
Peddy Pimblett Maykl Chandler bilan bo'lajak jang haqida:
🗣️
Menga 5 roundlik jang taklif qilishganda, ular men bunga rozi bo‘lishimga ishonchlari komil emas edi. Ammo u 2 round ichida mag‘lub bo‘lishini hisobga olsak, jang nechta raunddan iborat ekanligi muhim emas. Hamma 12-aprel kuni muddatidan oldin g‘alaba qozonishimga ishonishi mumkin!"

March 31, 12:49
Media unavailable
2
Show in Telegram

🥊
🇬🇪
Merab Dvalishvili - metin ruhiyat egasi!
🔥
⚡️
Mana nima uchun u 34 yoshda ham o'z chempionlik pozitsiyasini saqlab kelmoqda!

March 31, 05:19
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🥊
🇪🇸
Ilia Topuriya: «UFC har doim va'dasini bajaradi – menga chempionlik jangi va'da qilingan!»
🗣️
UFC menga chempionlik jangi va'da qilgan. Shu sababli men o'z chempionlik kamarimni bo'sh qoldirdim. Ular har doim va'dasini bajaradi va bergan so'zida turadi!"
– dedi ispan-gruzin jangchisi Madridda bo'lib o'tgan matbuot anjumanida.

March 31, 05:18
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🥊
🇬🇪
Roman Dolize – Chimaevga qarshi imkoniyatlari haqida: «Men u uchun qiyin raqibman!»
🗣️
Men Xamzat bilan shug‘ullanganman va uning imkoniyatlarini juda yuqori baholayman. Unga qarshi jang qilish men uchun juda qiziq bo‘lardi, chunki, birinchidan, men uni eng kuchli jangchilardan biri deb hisoblayman. Ikkinchidan, stil jihatidan men u uchun noqulay raqibman.
U istalgan raqibni parterga tushira oladi, men u bilan shug‘ullanganman, u jismonan juda baquvvat. Lekin biz ko‘rib turibmizki u jang davomida charchaydi. Agar u birinchi yoki ikkinchi raundda o‘z ishini bajarmasa – ya’ni raqibni yiqitmasa yoki bo‘g‘ish usulini bajarmasa – keyinchalik bu unga ancha qiyinlashadi.
Men esa jahon darajasidagi grappler, jahon chempioniman, Osiyo va Okeaniyani yutganman. Shu sababli, menimcha, u bilan parterda ishlashim unga juda og‘ir kechadi. Shuning uchun, unga qarshi imkoniyatlarimni juda yuqori baholayman. U juda kuchli sportchi, ustiga-ustak, mediamaydonida ham katta e’tiborga ega. Shu sababli, u men uchun juda qiziqarli raqib!"
– dedi gruziyalik o‘rta vazn toifasi jangchisi.

March 30, 17:53
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🥊
🇺🇸
Jon Jons Tom Aspinall bilan janga tayyorgarlikni boshlab yuborgan ko'rinadi
😄
.

March 30, 14:11
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🥊
🇺🇸
Sobiq UFC yarim og‘ir vazn chempioni Jamal Hill oyog‘idan jarohat oldi va katta ehtimol bilan u to‘rt haftadan keyin Kanzas-Siti shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Xalil Rauntri bilan jangga chiqa olmaydi.
Amerikalik jangchining jarohati haqida vaziyatga yaqin manbalar xabar berdi, biroq hali hech bir tomon jangning bekor qilinganini rasman tasdiqlamadi.
Agar yarim og‘ir vazn toifasidagi jangchilar bahsi haqiqatan ham bekor qilinsa, bu ikkinchi marta yuz beradi. O‘tgan yilning may oyida Rauntri doping testidan o‘tolmagani sababli Hill bilan jangdan chetlatilgandi. Biroq u qisqa muddatli diskvalifikatsiyani o‘tab, oktabr oyidayoq Aleks Pereyra bilan chempionlik jangi o‘tkazdi. Ushbu jangda u to‘rtinchi raundda texnik nokaut bilan mag‘lub bo‘ldi.

March 30, 00:31
Media unavailable
3
Show in Telegram

🥊
⚡️
Meksika uchun yana bir ajoyib NOKAUT!!!
👊
💥
Devid Martinez 1-rounddayoq raqibi Saymon Oliverani chiroyli tarzda texnik nokautga yubordi!

March 29, 18:13
Media unavailable
3
Show in Telegram

🔝
📸
Bugun tongda XFC ligasida qayd etilgan ushbu nokaut menga Hoakin Baklining UFCdagi shedevrini eslatib yubordi!

March 29, 06:30
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🥊
🇺🇿
Nursulton Ro‘ziboyev o‘zbek jangchilarini Octagon ligasini boykot qilishga chaqirdi!
💬
UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev o‘zbekistonlik sportchilarini Qozog‘istonning Octagon ligasida qatnashmaslikka chaqirdi. Bu haqda “
Sportnews.kz
” xabar bermoqda.
Ro‘ziboyev ushbu murojaatni Instagram sahifasidagi jonli efir davomida yo‘llagan. Sportchi Olmaotadagi Octagon ligasi matbuot anjumani oldidan sodir bo‘lgan janjal sabab bu qarorga kelgan.
Qozog‘istonlik jangchi Erkabulan To‘ktar o‘zbekistonlik Odilxon Kamolov bilan tortishib qolib, to‘satdan unga shapaloq tushirgan. Ushbu hodisa aralash jang san’ati muxlislari va jamoatchilik orasida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Ayrimlar bu voqea rejalashtirilgan harakat bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.
Jumladan, tojikistonlik jangchi Kamariddin “Kamil Karate” Hasanov ushbu voqea To‘ktar va Kamolov o‘rtasidagi uchinchi jangga bo‘lgan qiziqishni oshirish uchun uyushtirilganini ta’kidladi.

Octagon ligasi mojaro yuzasidan tezda munosabat bildirdi hamda sportchilarga qat’iy chora ko‘rdi – To‘ktar va Kamolov olti oyga musobaqalardan chetlashtirildi.

March 28, 05:26
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🥊
🇮🇪
Konor McGregor prezidentlikka saylanganidan so'ng qaytmoqchi!
🗣️
Mening shartnomam bo‘yicha yana ikki jangim bor... Erishgan yutuqlarimdan mamnunman. Hozir esa boshqa rejalarim bor»
Mening qaytishim barcha zamonlarning eng buyuk qaytishi bo‘ladi. Ammo hozir fikrlarim faqat Irlandiya haqida. Tasavvur qiling: "Oktagonga mashhur Irlandiya prezidenti Konor McGregor chiqmoqda". Mana, aynan shu sababli men qaytishni xohlayman, la'nati!»