Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Kechki ta'lim va magistratura fakulteti (rasmiy kanal)

moliyakechki
Subscribers
1 426
24 hours
-2
30 days
-45
Post views
735
ER
51,54%
Posts (30d)
9
Characters in post
1 028
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation Student Life
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
October 23, 16:35
Media unavailable
1
Show in Telegram

🏆
⚽
DEKAN KUBOGI — FUTBOL MUSOBAQASI YAKUNLANDI!
⚽
🏆
🎓
Kechki ta’lim va magistratura fakultetida 1-kurs talabalari o‘rtasida
Dekan kubogi futbol musobaqasi
yuqori kayfiyat va qizg‘in bellashuvlarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi!
🔥
Musobaqa davomida jamoalar o‘zlarining mahorati, tezkorligi va jamoaviy birdamligini namoyish etib, g‘oliblik uchun munosib kurash olib bordilar.
💪
⚽️
🥇
1-o‘rin — KM 901 guruhi
🥈
2-o‘rin — KBIA 900 guruhi
🥉
3-o‘rin — KBHA 901 guruhi
👏
Barcha g‘olib jamoalarni samimiy tabriklaymiz! Musobaqada faol ishtirok etgan barcha talabalarga minnatdorchilik bildiramiz.
⚽
Bunday sport musobaqalari talabalar o‘rtasida do‘stlik, hamjihatlik va sog‘lom turmush tarzini mustahkamlashga xizmat qiladi.
🏆
G‘oliblarni tabriklaymiz! Yangi marralar va zafarlar sari olg‘a!
🔥

October 21, 08:47
Media unavailable
6
Show in Telegram

Talabalarning ijara xonadonlari o‘rganilmoqda
☑️
TDIUda fakultet dekani va dekan muovinlari ijarada istiqomat qiluvchi talabalarning yashash xonadonlariga tashrif buyurib, ularning turmush sharoitlari, xavfsizligi va ehtiyojlarini o‘rganmoqdalar.
▶️
Tashriflar davomida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, fikr va takliflari tinglanmoqda.

October 21, 07:32
Media unavailable
9
Show in Telegram

🇺🇿
«TIL BILAN MILLAT BARHAYOTDIR!»
Ona tiliga ehtirom – millatga ehtirom, til ravnaqi esa millat ravnaqidir!
📚
Kechki ta'lim va magistratura fakulteti
da O‘zbek tili bayrami munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.
🏛
“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi
katta o‘qituvchisi
Sanjarbek Shoyimov
tashabbusi bilan
KBHA-900
va
KBHA-901
-guruh talabalari ishtirokida “Til bilan millat barhayotdir” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
💬
Tadbir davomida talaba-yoshlar o‘zbek tilining shakllanishi va taraqqiyot tarixi, davlat tilini rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda o‘zbek alifbosiga oid o‘zgarishlar bo‘yicha atroflicha ma’lumotga ega bo‘ldilar.
🎓
Davra suhbati faol muloqot, fikr-mulohazalar va savol-javoblar ruhida davom etdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olib, ona tilining milliy o‘zlikni anglash, ma’naviy merosni asrab-avaylash va uni kelajak avlodga yetkazishdagi o‘rni xususida fikr almashdilar.
🌱
Zero, til – millatning ruhi, tarixning tirik xotirasi va avlodlarga qoldiriladigan bebaho ma’naviy merosdir. Uni e’zozlash, boyitish va ravnaq toptirish har birimizning sharafli burchimizdir!
🇺🇿
Ona tilimiz – faxrimiz, g‘ururimiz va milliy o‘zligimiz!
━━━━━━━━━━━━━━
📢
TDIU Axborot xizmati
🚀
Kechki ta'lim va magistratura fakulteti
rasmiy Telegram kanali:
@moliyakechki

October 17, 14:17
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🎭
Poytaxt yoshlari “Sahna Quiz” intellektual shousiga taklif etiladi!
🙋
Bilimingizni sinash, zukkoligingizni namoyon etish va do‘stlaringiz bilan maroqli vaqt o‘tkazishga tayyormisiz?
🎯
“Sahna Quiz”
— bilim, mantiqiy fikrlash, ko‘tarinki kayfiyat va qiziqarli bellashuvlarni o‘zida jamlagan intellektual shou!
✨
Ishtirokchilarni nimalar kutmoqda?
✨
Qiziqarli va noodatiy savollar;
✨
Kutilmagan javoblar va kulgili lahzalar;
✨
Hayajonli intellektual bellashuvlar;
✨
Homiylar tomonidan taqdim etiladigan qimmatbaho sovg‘alar;
✨
Shou-biznes vakillari bilan bir jamoada o‘ynash va yangi tanishlar orttirish imkoniyati.
🤔
Qanday ishtirok etish mumkin?
5 nafardan iborat jamoangizni shakllantirib, intellektual bellashuvda ishtirok etishingiz mumkin.
Jamoangiz yo‘qmi? Unda yakka tartibda ham ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin. Tashkilotchilar sizni boshqa ishtirokchilar bilan bir jamoaga birlashtiradi.
📍
Manzil:
Matbuotchilar ko‘chasi, 17
📲
Ro‘yxatdan o‘tish:
Sahna Quiz Telegram boti
📩
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
@Umidulla_Zayliyev
#sahna_quiz
#foydali
🔎
Bizni kuzatishda davom eting!
🕊
Telegram
|
📱
Instagram
📱
Facebook
|
📺
YouTube

October 15, 08:55
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

❤️‍🔥
❤️‍🔥
❤️‍🔥
🇺🇿
TDIUni birga yaxshilaymiz!
📰
Universitetimizni yanada yaxshi qilishga o‘z hissangizni qo‘shmoqchimisiz? Rektoratga aytmoqchi bo‘lgan, ammo hali imkon topolmagan muammo yoki taklifingiz bormi?
⏺
Universitetimizni qanday ko‘rishni xohlashingizni bizga ayting. Sizning fikringiz TDIUni talabalar uchun yanada qulay va foydali qilishimizga katta yordam beradi.
• Qisqa, anonim so‘rovnomani to‘ldiring
📅
Muddat: 25-oktabrgacha
👉
So'rovnoma uchun havola
💬
Fikrlaringizni suhbatda aytmoqchimisiz?
Ekspertimiz bilan onlayn uchrashuvga yoziling va barcha taklif hamda g‘oyalaringizni bevosita yetkazing.
👉
Uchrashuv uchun havola
Har bir fikr muhim. Birgalikda TDIUni yanada yaxshiroq qilamiz!
🚀
#TDIU
#SizningOvozingiz
🚀
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali:
@tsueuzofficial

October 13, 16:26
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🎓
STIPENDIYA SOHIBI BO‘LISH SIRLARI!
🔥
🏆
Nomdor stipendiyalarni qo‘lga kiritish sirlarini bilishni istaysizmi?
🚀
Unda sizni
Bekzod Abduqaxorov
ishtirokidagi maxsus mahorat darsiga taklif qilamiz!
👤
Bekzod Abduqaxorov haqida:
🏅
2024–2025-o‘quv yilida magistratura bosqichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi g‘olibi.
🏆
2022–2023-o‘quv yilida bakalavr bosqichida Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi.
🌟
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasining universitet lideri.
🥇
“Yozgi Universitet – 2022” loyihasi g‘olibi.
📆
Sana:
17-oktabr, 2026-yil
⏰
Vaqt:
11:00
📍
Manzil:
Asosiy kampus
🔗
Ro‘yxatdan o‘tish
✨
Stipendiya sari ilk qadamingizni biz bilan boshlang!
🤩
Bizni kuzatishda davom eting:
😎
Telegram
😎
Instagram

October 09, 14:00
Media unavailable
1
Show in Telegram

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari
Turdimov
Erkinjon Oqbutayevich
nomzodini Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimiga tasdiqladi. Bu haqida O‘zA
xabar bermoqda
.
U bunga qadar Sirdaryo viloyati hokimi edi.
Eslatib o‘tamiz, 2026-yil-3-oktyabrdagi PF-213-sonli Prezident
farmoni
bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yagona
Ta’lim va ilm-fan vazirligi
sifatida qayta tashkil etilgan edi.
👉
@xushnudbek
👈

October 06, 06:09
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Tayinlov
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga rektor tayinlandi
Professor
Sharipov Kongratbay Avezimbetovich
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori etib tayinlandi.
U mazkur tayinlovga qadar
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri
lavozimida faoliyat yuritgan.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti jamoasi
Kongratbay Avezimbetovichni
ushbu mas’uliyatli lavozimga tayinlangani munosabati bilan samimiy tabriklab, universitetning ilmiy va ta’lim salohiyatini yuksaltirish, xalqaro hamkorligini kengaytirish hamda malakali kadrlar tayyorlash yo‘lidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.
🇺🇿
TDIU Axborot xizmati
🚀
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali:
@tsueuzofficial

September 30, 13:16
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Xushxabar
#Rasman
#Reyting
#TOP700
#THE
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “THE World University Rankings–2027” xalqaro reytingida dunyoning TOP–700 talik oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatidan joy oldi
Buyuk Britaniyaning nufuzli
Times Higher Education (THE)
reyting agentligi tomonidan e’lon qilingan
“
World University Rankings–2027”
global
baholash natijalariga ko‘ra, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dunyodagi yetakchi universitetlar orasida
651–700-o‘rinlar
oralig‘idan joy oldi.
Ushbu akademik muvaffaqiyat universitetning jahon oliy ta’lim makonidagi mavqeini yanada mustahkamlab, uni global miqyosdagi OTMlarning yuqori uchdan bir qismi hamda Markaziy Osiyo mintaqasidagi kuchli uchta ta’lim muassasasi qatoriga olib chiqdi.
Times Higher Education World University Rankings
baholash tizimi xalqaro akademik hamjamiyatda oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyati sifatini xolis va shaffof belgilab beruvchi nufuzli mezonlardan biri hisoblanadi. Universiteting faoliyati 5 ta asosiy institutsional yo‘nalish -
ta’lim sifati
,
tadqiqot muhiti
,
tadqiqotlar sifati
,
sanoat va tarmoqlar integratsiyasi
hamda
xalqaro hamkorlik va ko'rsatkichlar
bo‘yicha har tomonlama tahlil qilindi.
E’lon qilingan xalqaro ko‘rsatkichlarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasidan ushbu global reytingga jami 8 ta oliy ta’lim muassasasi kiritilgan bo‘lib,
TDIU mamlakatimiz bo‘yicha TOP-700 talik qatoridan joy olgan ikkita yetakchi universitetning biri
sifatida e’tirof etildi.
Erishilgan ushbu natija so‘nggi yillarda davlatimiz rahbari boshchiligida oliy ta’lim tizimini isloh qilish, akademik mustaqillikni ta’minlash hamda milliy ta’lim tizimini global integratsiyaga tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan maqsadli va ustuvor chora-tadbirlarning amaliy samarasidir.
📰
–
Xalqaro akademik hamjamiyat tomonidan berilgan ushbu yuksak e’tirof universitetimiz professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilari va iqtidorli talabalarining hamjihatlikdagi tizimli faoliyati hamda fidokorona mehnati mahsulidir. Bizning muhim maqsadimiz universitetning ilmiy-tadqiqot salohiyatini izchil oshirish, ilg‘or xalqaro ta’lim standartlarini amaliyotga keng joriy etish va TDIUni dunyoning eng nufuzli iqtisodiy ta’lim hamda ilm-fan markazlaridan biriga aylantirishdan iboratdir, – deya qayd etib o’tdi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori, professor To‘lqin Teshabayev.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti jamoasi xalqaro akademik integratsiyani chuqurlashtirish, ta’lim va ilmiy faoliyat sifatini yanada yuksaltirish hamda belgilangan strategik marralarga erishish yo‘lida izchil va tizimli faoliyatni davom ettiradi.
🇺🇿
TDIU Axborot xizmati
🚀
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali:
@tsueuzofficial

September 18, 05:10
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

❤️‍🔥
❤️‍🔥
❤️‍🔥
💙
💙
💙
📣
Bilimdonlar diqqatiga!
TDIU universitet zakovat terma jamoasiga yangi bilimdonlarni saralash va musobaqalarga tayyorlash maqsadida "
Zakovat-kasting
" o'tkaziladi.
⚠️
Nomzodlarga qo'yiladigan talablar quyidagicha:
•
TDIU bakalavr ta'limi 1-2-3-bosqich talabasi bo'lishi;
•
Har payshanba "
Talabalar ligasi
" va har shanba "
Professional yoki birinchi liga
" undan tashqari "
Ikkinchi liga
" o'yinlarida muntazam qatnashishi;
•
Mashg'ulotlarda doimiy qatnashishi va o'z ustida ishlashi talab qilinadi.
📌
Kasting o'tkazilish tartibi:
• Barcha ishtirokchilar
individual tartib
da o'ynaydi
;
• 20
ta mantiqiy savol;
• 10 ta faktga asoslangan savol;
• 5 ta mavzu shaxsiy o'yin savoli;
• 10 ta breyn-ring savollari o'ynaladi;
🎬
"
Kasting
" natijalariga ko'ra yaxshi natija ko'rsatgan ishtirokchilardan jamoa shakllantiriladi.
⚠️
Qo'shimcha savollar uchun:
@HR_Zakovat
❗️
Eslatma:
Ishtirokchilar o'zlari bilan qog'oz va ruchka olib kelishi kerak!
🗓
Sana:
19-sentabr
shanba kuni, soat
13:00
da
📍
Manzil:
Asosiy kampus, 2-bino maʼruzalar zali
🤩
TDIU Zakovat klubi
💬
Telegram
|
📹
Instagram