Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Mom & Me | onalar blogi

momme_onalarblogi
Eng asosiy ta’lim maktabgacha bo’ladi https://t.me/momme_busybooks erta ta’lim materiallari sotuv kanalim
Subscribers
2 880
24 hours
30 days
20
Post views
931
ER
33,61%
Posts (30d)
12
Characters in post
667
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
April 20, 17:15

Bolam uchun nimalar qilay?
1. Bolaga mehr bering, hurmat ko’rsating, munosabatingizdan insoniylik va odobni o’rganadi
2. Jismoniy sog’lom rivojlanishi uchun 3-4 soat sayr, uyqu, to’g’ri ovqatlanish va sportga jiddiy e’tibor qarating.
3. Bolani tartibga o’rgating, o’zi mustaqil ishlarini qila olishi uchun sharoit yarating, uy yumushlarini o’rgating, ishlaringizga sherik qiling.
4. Yuqoridagilarni o’z vaqtida a’lo bajarib qo’ysangiz ana endi aqliy rivojlanishini ko’ring.
Nimaga qiziqsa shuni ko’proq rivojlantiring, boshqalarning rejasi sizning bolangizga tushavermaydi, kim qaysi trenddagi kitobni olsa, siz ham o’shani olaverishni bas qiling, bolangizning ehtiyoji-qiziqishiga qarab kitob tanlang.
Aslida bolangiz uchun eng yaxshi kitob siz bo’lasiz, o’zingiz ko’proq ilm oling! 4-5 yoshdan bolaga atrofidagi muhit katta ta’sir o’tkaza boshlaydi, yaxshi do’stlar tanlashga kirishing, Alloh o’zi oson qilsin!

April 20, 15:47
Media unavailable
3
Show in Telegram

Bugun kechki ovqat atrofida shaxmat haqida suhbat boshlandi, 2 soatdan beri bolalar bilan qiziqarli suhbatimiz darsga aylanib ketdi.
Bolalarga gapirib berish kerak, Javohir Sindarov, Nodirbek Abdusattorov haqida 30 ga yaqin videolarni ko’rib chiqishdi. Shaxmat bo’yicha jahon chempionlari bilan tanishishdi, 6-7 yosh bolalarim uchun bu suhbat naqadar manfaatli bo’lganini his qildim.
Ko’pchilik uyda ta’lim muhiti haqida gapiradi, muhit deganda shunday foydali suhbatlar tushunilishi kerak.
https://t.me/momme_onalarblogi

April 17, 15:18
Media unavailable
17
Show in Telegram

Tovush va harflarni farqlash, bo’g’inlab o’qishga oid videolarni arxivdan yig’ib keldim.
Biz uchun bu esdalik videolar chinakam nastalgia bo’lyapti
😍
Yangilar uchun manfaatli bo’lsa deb qayta yukladim.
❤️
https://t.me/momme_onalarblogi

April 17, 11:28

Asosan yosh onalarga!
Mendan erta yoshda o’qishga tushurish haqida ko’p so’rashadi.
To’g’risi 5 yoshda bu ish oson kechadi, shu paytdan boshlab ehtiyoj yuzasidan bolada o’zi qiziqish uyg’onadi. Undan oldin o’qishga tushishi bolaga emas onalarga kerak bo’ladi
😉
Tajribada sinaganman, ha bolaga 1 yoshda ham harf tanitish mumkin, hatto ba’zi so’zlarni ko’rish orqali eslab qolib o’qiy ham oladi. Lekin ishoning bu muhim emas va hech narsa anglatmaydi, ungacha bundan muhimroq ishlar bor.
Ko’p kitob o’qib berilavergach bolada o’zi o’qishga qiziqish uyg’onadi. O’sha paytni ilg’asangiz undan keyin harakatni boshlang. Siz istaganda emas o’zi istaganda o’qishga tushishi oson kechadi, uyog’i 3-4 oylik ish bo’ladi. 4-5 yoshdan boshlash erta boshlash emas, bu davrda tabiiy jaroyondek oson kechadi.
Birinchi farzandimga 1-2 yoshdayoq 2 tilda harf tanitganman, 3 yoshda arabcha o’qishdan boshlagan, har yil 1 tilni o’rgatishga fokus qaratganman, kunlik 25-30 daqiqa shug’ullanardik.
Ikkinchi farzandim istamadi, bolalar har xil bo’ladi, majburlamadik, asosan yod olishga qaratilgan vazifalar qildirdik. 4 yoshda arabcha, 5 yoshda ruschadan savodini chiqarishni boshladik. Opasiga tenglashib olishi oson, chunki aqlini olgan bolaga o’rgatish ko’p vaqt olmaskan.
https://t.me/momme_onalarblogi

April 17, 11:17

O’zi bolalarizni bog’chaga bermay nima qildiz, biror natija bormi deganlar ham chiqdi. Shu haqda yozmasam bo’lmaydiyov
☺️
30 yoshimda farzandli bo’lganman. To’ng’ichim Aziza (7ga to’ldi) qizim hozir o’zbek, ingliz, rus tillarida o’qib, yozib, muloqot qila oladi. Mingta kitob o’qiganini yaqinda nishonladik. Birinchi arab tilida harf tanigan, Qur’on o’qiydi, arab tili bilishi boshlang’ich darajada, o’zim bilmaganim uchun bu tilda natijamiz past bo’ldi, ona bilganini o’rgatarkan, bilmasa qancha kitob bo’lmasin ustozsiz qiyin ekan. Yana shaxmat va suv sporti bilan shug’ullanadi. Shu yil 1-sinfga o’zbek sinfga chiqdi.
O’glim Muhammadazim 5 ga to’ldi, 2028da maktabga chiqadi, u ham ingliz tilida ravon muloqot qila oladi, rus tilida ham fikrini tushuntira olyapti. Arab va rus tilida harf tanigan, o’qishga tushgan. Ingliz tilida nutqi ravon chiqqan bo’lsayam hali o’qishga tushmadi, o’zim rus tilida harflar o’xshash bo’lganiga chalg’imasin deb oxiriga qo’ygandim, endi boshladik inglizcha o’qishni. Matematikaga o’ta qobiliyatli, Kumon Maths kitoblarini 8-9 yoshlar ishlaydigan Grade 3gacha tugatdi.
Aisha qizim 1.5 yosh endi tili chiqyapti, ingliz va o’zbekcha gapirganimizda, tushunib reaksiya ko’rsatyapti. Kichik bilingual xonimniyam birdan 2 tilda tili chiqsa kerak inshaaAllah!
Farzandlarim bog’chaga bormasa ham maxsus kurslar va sport to’garakalarga borib turamiz, uyda har kun 2 sahifa bo’lsa ham dars qilamiz, alhamdulillah, bolalar bilan jamiyatda qo’shilishga tortinchoqlik qilishmadi, aksincha kirishimli.
Bo’lsa juft bo’lsin deb, yozda yana ko’payamiz, kamnamoligim shundan edi, duo qilib qo’yinglar:)

April 17, 09:55
Media unavailable
11
Show in Telegram

Muhammadazimning videolari
Videodagi 2 yosh og’lim mana 6ga kiribdi, o’sha paytda blogda videolar ulashgan ekanman, hozir mazza qilib ko’rib chiqyapmiz. Biz uchun esdalik bo’lib qoldi, haqiqatda bolalar tez katta bo’lisharkan…
Nega to’xtab qoldingiz deb yozishadi, sababi ISH!
Ona ishlamasa bolasi bilan shug’ullanadi, ishim online kitob savdosi, xususiy ish bo’lgani uchun mendan yaxshigina energiya oladi, haqiqatda ishlamagan paytimda bolalarim bilan ko’p narsaga ulgurardik.
https://t.me/momme_onalarblogi

April 17, 09:38
Media unavailable
1
Show in Telegram

Eslatma
Ey muslima, solih farzand tarbiyalashning sirini ochaymi?!
Eng avval Allohga, keyin eringga go’zal itoat qil! Itoating nafsingning darajasidir, nafsingni tarbiyala!
Farzandlaring shu itoat, shu muhabbat, shu axloq va shu ibodating hosiloti bo’ladilar!
Yana, farzandlaringning nomlarini aytib bittalab duo qil! Unutma, sening qo’lingdan keladigan eng katta ishing bu samimiy duoyingdir!
Imkon qilganingda har bir farzandingning nomini aytib ilmi uchun, sog’lig’i uchun deb aniq niyat bilan sadaqa berishga odatlan!
Eng muhimi tarbiyani o’zingdan boshla, NAFSINGNI TARBIYALA, BOLANGNI TARBIYALAGAN BO’LASAN!
Balki, farzand sen uni tarbiya qilishing uchun emas, o’zingni tarbiya qilishing uchun berilgandir, tafakkur qil!
✍️
Zarifa Bozorova
https://t.me/momme_onalarblogi

April 10, 13:52
Media unavailable
3
Show in Telegram

Sun’iy intellekt orqali bo’lsayam dardimizni kuylashibdi
😄
Kimga yuborishni o’ziz bilasiz-a
🙃
https://t.me/momme_onalarblogi

April 09, 18:48

Hammasini o’zgartirish yo’li bu tarbiyachi kasbini o’ta qiyin va o’ta muhim, shuningdek yaxshigina haq tolanadigan kasbga aylantirishda.
Bizda tarbiyachilikni boshqa hech ish qo’lidan kelmaydigan odamgagina topshiriladi. Mana oqibati, hatto onalar ham uy ishidan qochib o’zlarini boshqa sohalardan izlashyapti.
Muslimalarga eeeng sharafli ish bu onalikdir, qolgani bolalarni katta qilib olgach bo’laveradi. Takrorlayman MUSLIMALARGA!

April 09, 18:37
Media unavailable
1
Show in Telegram

Aslida qoidalar aniq belgilanmagan joyda ular ko’p buziladi deyishadi.
Bir tanishim Yevropada bog’chada ishlaganda “kayfiyatim yomon, bugun men bolalar bilan ishlashga tayyormasman”, — deb yozma javob so’rash mumkinligini aytgandi.
https://t.me/momme_onalarblogi