
GLORY GLORY MANCHESTER UNITED ГЛОРИ ГЛОРИ МАНЧЕСТЕР ЮНАЙТЕД
🚨
💣
BREAKING: Manchester United rahbariyati Michael Carrickni bosh murabbiylikdan bo‘shatish yoki bo‘shatmaslik masalasida shoshilinch muzokaralar olib bormoqda.
Eddie Howe futbol direktori Jason Wilcoxning asosiy nomzodi hisoblanadi. Bunga uning Premier League’dagi tajribasi va Unai Emeryga qaraganda kamroq xarajat talab qilishi sabab bo‘lmoqda.
Manchester United’ning transferlar bo‘yicha rahbari Christopher Vivell Julian Nagelsmannni yuqori baholaydi. Biroq klubdagi futbol siyosatini nazorat qiluvchi Sir Jim Ratcliffe bilan munosabatlarda Wilcoxning fikri ko‘proq ta’sirga ega bo‘lishi mumkin.
Antonio Conte ham ehtimoliy nomzodlar qatorida.
Jamie Jackson:
@MURODJON_MAHSUDOV
🏴
BIZ YANA QAYTAMIZ…
❤️🔥
Bir vaqtlar dunyo futboli uchun Manchester United nomining o‘zi yetarli edi…
1999…
🏆
Camp Nou…
So‘nggi daqiqalar…
Va tarixdagi eng buyuk kambeklardan biri.
❤️
2008…
🏆
Moskva…
Tun yarimigacha davom etgan kurash…
Va Yevropaning eng katta sovrini yana Old Traffordga qaytdi.
👑
2013…
🏆
Sir Alex Ferguson…
😀
So‘nggi chempionlik…
Va biz hali bu kunlarning qanchalik qadrli ekanini bilmasdik…
💔
O‘sha paytlarda biz shunchaki futbol tomosha qilmasdik.
Biz tarixning yaratilishiga guvoh bo‘lardik.
🔥
Giggs.
🔥
Scholes.
🔥
Rooney.
🔥
Ferdinand.
🔥
Vidic.
🔥
Ronaldo.
🔥
Van Persie.
🔥
Va boshqalar…
Ularning har biri Manchester United tarixining bir bo‘lagiga aylandi.
Bugun esa biz ba’zan eski videolarni ko‘rib qolamiz…
📺
Eski gollar…
Eski stadion…
Eski qo‘shiqlar…
Eski g‘alabalar…
Va ichimizdan bitta savol o‘tadi:
“Qachon yana shunday bo‘ladi?”
🥹
Bugungi kunlar og‘ir bo‘lishi mumkin.
Natijalar biz xohlagandek bo‘lmasligi mumkin.
Ba’zan jamoamizni tanimay qolishimiz ham mumkin.
Ammo biz taslim bo‘lmaymiz.
Chunki Manchester United — faqat bugungi tarkib emas.
Bu — tarix.
Bu — an’ana.
Bu — Old Trafford.
Bu — millionlab muxlislarning yuragi.
Bu — oxirgi hushtakkacha kurashish ruhi.
❤️🔥
Bir kun yana Old Traffordda kubok ko‘tariladi.
🏆
Bir kun yana tun yarmida ko‘chalarda qizil libosdagi muxlislar bayram qiladi.
🔴
Bir kun yana butun dunyo bizga qarab:
“Manchester United qaytdi.”
deydi.
👑
O‘sha kun kelganda biz bugungi og‘ir kunlarni ham eslaymiz.
Va shunda bitta narsani tushunamiz:
Biz hech qachon ketmaganmiz.
Biz shunchaki qaytishimizni kutganmiz.
🔴
⚫️
MANCHESTER UNITED — BIZNING TARIXIMIZ. BIZNING YURAGIMIZ. BIZNING UYIMIZ.
❤️
🎶
GLORY GLORY MAN UNITED!
🎶
Bir marta qizil — oxirigacha qizil.
🔴
❤️
#MUFC
#GGMU
#ManchesterUnited
#RedDevils
@MURODJON_MAHSUDOV
Hozirda barcha Manchester United muxlislari uchun ajoyib tarona ayni muddao.
@MURODJON_MAHSUDOV
8/38
✅
Angliya Premier League’ning 8-turi yakunlanganidan keyingi to‘liq turnir jadvali quyidagicha.
🏴
Manchester United — 16-o‘rin
😔
@MURODJON_MAHSUDOV
🗣️
Michael Carrick o‘yin yakunidagi hissiyotlar haqida:
«O‘yin oxirida turli xil hissiyotlarni boshdan kechirdim. Uchrashuvni bunday yakunlash yoqimli bo‘lmadi. Futbolchilar uchun og‘ir kun bo‘ldi. Biz o‘yinga allaqachon ruhiy zarba olgan holda kirib keldik. Buni his qilish mumkin. Kiyinish xonasidagi futbolchilar juda qattiq ranjigan va hafsalasi pir bo‘lgan. Bu yoqimli holat emas. Buni qabul qilishimiz kerak, hozir aynan shunday vaziyatdamiz.
Bu futbol klubida shunday kunni boshdan kechirish, bugungi voqealar qanday hissiyotlar va vaziyatni yuzaga keltirganini his qilish juda qiyin. Bu shaxsan men uchun emas, balki Manchester United uchun og‘ir. Turli xil hissiyotlarni boshdan kechirdim. Egallab turgan lavozimim sababli o‘zimni mas’ul deb his qilaman. Bu klubda uzoq vaqt bo‘lganman. Bunday vaziyatni boshdan kechirish juda og‘riqli».
Bruno Fernandesni zaxirada qoldirgani haqida:
«Ba’zida o‘yin davomida uning borishini o‘zgartirish va vaziyatga ta’sir ko‘rsatish uchun qarorlar qabul qilasiz. Bugun biz aynan shunday qarorlar qabul qildik.
Vaziyat juda qiyin. Keyin nima bo‘lishini bilmayman. Men har doim ushbu futbol klubi uchun eng yaxshi bo‘lgan ishni qilaman. Hozir ham bu pozitsiyamni o‘zgartirmayman. Men o‘z ishimni yaxshi ko‘raman. Mas’uliyatni o‘z zimmamga olishni yaxshi ko‘raman. Ammo kutib, nima bo‘lishini ko‘rishimiz kerak.
Kiyinish xonasida hissiyotlar juda kuchli. Ko‘plab futbolchilar bu vaziyatdan qattiq ranjigan va hafsalasi pir bo‘lgan. Bu ularning klubga befarq ekanini anglatmaydi. Hamma bilan alohida gaplashmadim, ammo suhbatlashgan futbolchilarimga bu vaziyat juda qattiq ta’sir qilayotganini sezish mumkin».
Manchester United rahbariyati vaziyat yuzasidan bayonot berishi kerakmi, degan savolga:
«Kim gapirishi yoki gapirmasligi kerakligini aytish mening vazifam emas. Men o‘z vazifamni bilaman — sizlar bilan suhbatlashish va futbol klubini imkon qadar munosib tarzda namoyon etish».
Ishdan bo‘shatilishini kutyaptimi, degan savolga:
«Men biror muayyan qarorni kutayotganim yo‘q. Odatdagidek ishlarimni davom ettiryapman. Men bu joyni yaxshi ko‘raman va ushbu futbol klubi uchun eng yaxshi ishlarni qilishni istayman».
Manchester United’da nimalar noto‘g‘ri ketgani haqida:
«Agar javoblarini bilganimda, bunday holat yuz berishiga yo‘l qo‘ymasdim. Bu vaziyatga tushib qolmaslik uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilishga harakat qildim»
@MURODJON_MAHSUDOV
🗣️
Jamie Carragher:
«Carrick ketishi kerak, ammo uning o‘rniga kimni tayinlash borasida to‘g‘ri qaror qabul qilishiga Manchester United egalari va rahbariyatiga ishonish yoki umid qilish mumkinmi? Eng katta xavotir ham shunda».
@MURODJON_MAHSUDOV
🗣️
Owen Hargreaves:
«Muxlislar Carrick qo‘lidan kelgan barcha ishni qilayotganini tushunishadi, ammo yozgi transferlar vaqtida unga yetarlicha yordam berilmadi. Bu vaziyatdan eng ko‘p aziyat chekadigan ham uning o‘zi bo‘ladi»
@MURODJON_MAHSUDOV
🗣️
Gary Neville:
«Michael Carrick muxlislar orasida mashhur. Ammo klub egalari, sport bo‘limi va futbolchilar muxlislar orasida obro‘ga ega emas. Ular klubga juda qattiq pand berishdi.
Ertaga ular, ehtimol, Manchester United muxlislarining g‘azabini keltiradigan qaror qabul qilishadi, ammo bu qaror zarur bo‘lishi mumkin. Klubning ahvoli juda yomon»
@MURODJON_MAHSUDOV
🚨
Romain Molina: Michael Carrickning Manchester United’dan ketishi allaqachon hal qilingan. Biroq klub rahbariyati uning o‘rniga kim tayinlanishi borasida ikkiga bo‘lingan.
Hozircha rahbariyatning yuqori lavozimli vakillari orasida uning o‘rnini kim egallashi borasida yakdil fikr yo‘q.
@MURODJON_MAHSUDOV
🚨
Michael Carrick yaqin 48 soat ichida bosh murabbiylik lavozimidan bo‘shatilishi kutilmoqda!
[Sky Sport:]
@MURODJON_MAHSUDOV