Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

my.gov.uz

mygovuz
Rasmiy kanal Fikringiz biz uchun muhim: 🤖 @MyGovRasmiyBot 📞 1242 ✉️ epigu@egov.uz 🌐 my.gov.uz 🌐 e-gov.uz 📱 @eGovUz Youtube: https://www.youtube.com/@mygovuzb Facebook: https://www.facebook.com/mygovuzb Instagram: https://www.instagram.com/my.gov.uz
Subscribers
269 966
24 hours
-5
30 days
6 764
Post views
40 780
ER
15,11%
Posts (30d)
38
Characters in post
865
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
POOther
Audience gender
Slightly Male
Audience age
25-45
Audience financial status
Middle to Upper-Middle Class
Audience professions
Government/Public Sector & Tech-Savvy Professionals
Summary
October 24, 07:14
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

📣
Musiqa madaniyati fanidan milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi
📆
Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2026-yil 25-sentabr kuni musiqa madaniyati fani o‘qituvchilarining bilim darajasi hamda kasbiy mahoratini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan imtihon natijalari e’lon qilindi.
🪪
Talabgorlar o‘z natijalarini
my.gov.uz
portalidagi “Mening arizalarim” bo‘limi orqali ko‘rishlari hamda sertifikatni elektron shaklda yuklab olishlari mumkin.
📊
Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:
🗄
70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🗄
65 - 69,9 ball — A daraja;
🗄
60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🗄
55 - 59,9 ball — B daraja;
🗄
50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🗄
46 - 49,9 ball — C daraja.
🌐
my.gov.uz
|
egov.uz
🚀
Telegram
🔵
Facebook
📷
instagram
▶️
YouTube
🎰
LinkedIn
🚀
Bot

October 23, 09:07
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🔥
Gaz ta’minotiga oid masalalarni
my.gov.uz
orqali hal qiling!
❓
Gaz tarmog‘ida qurilish-montaj ishlarini bajarish kerakmi? Yoki uyingizdagi gaz jihozlarini texnik ko‘rikdan o‘tkazmoqchimisiz? Buning uchun idoraga borishga shoshilmang — kerakli xizmatlar
my.gov.uz
’da bor.
⏺
Gaz tarmoqlarida qurilish-montaj xizmatiga murojaat qilish
🗄
Loyiha hujjatlari asosida gaz tarmoqlarida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish, qurilayotgan uy-joylarda esa gaz quvurlari joylashuvini o‘zgartirish bilan bog‘liq murojaatlarni portal orqali yuborish mumkin.
⏺
Gaz jihozlariga profilaktik va texnik xizmat ko‘rsatish
🗄
Gaz plitasi, isitish pechi, gaz qozoni (kotel), gaz hisoblagichi, gaz balloni va unga ulangan moslamalarning texnik holatini tekshirtirish uchun ham onlayn murojaat qilish mumkin.
❓
Profilaktik tekshiruvda nimalarga e’tibor beriladi?
🔵
Gaz sizib chiqishi ehtimoli;
🔵
Shlang va birikmalarning holati;
🔵
Gorelkalarni tozalash;
🔵
Ventilyatsiya va tutun yo‘llari;
🔵
Gaz hisoblagichi hamda kranlarning sozligi.
👉
Xizmat haqida qisqacha:
⏺
Murojaatni ko‘rib chiqish muddati — 9 ish kuni;
⏺
Ariza to‘ldirish — 4–20 daqiqa;
⏺
Xizmat narxi — shartnoma asosida.
Vaqtingizni tejang!
Gaz ta’minotiga oid masalalar bo‘yicha murojaatni uydan chiqmasdan,
my.gov.uz
orqali yuboring.
✨
my.gov.uz
— davlat xizmatlari bir joyda, sizga qulay!
🌐
my.gov.uz
|
egov.uz
🚀
Telegram
🔵
Facebook
📷
instagram
▶️
YouTube
🎰
LinkedIn
🚀
Bot

October 23, 07:01
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Milliy_sertifikat
❗️
Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari diqqatiga!
☄️
Boshlang‘ich ta'lim o‘qituvchilari uchun
milliy sertifikat malaka imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!
🆔
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qaroriga muvofiq, boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining bilim darajasi va pedagogik mahoratini baholash bo‘yicha
milliy sertifikat imtihonlariga
ro‘yxatdan o‘tish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali –
my.gov.uz
orqali amalga oshiriladi.
💼
Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni – 5-noyabr.
💬
Eslatib o‘tamiz
:
⏺
Imtihon natijalariga ko‘ra talabgorlarga 3 yil muddatga amal qiluvchi A+, A, B+, B, C+ va C darajali milliy sertifikatlar beriladi;
⏺
B+ va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan, boshlang‘ich sinflarda dars beruvchi boshlang‘ich ta’lim mutaxassisligiga ega o‘qituvchilarga lavozim maoshining 15 foizi miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi.
🌐
Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola:
https://my.gov.uz
🌐
my.gov.uz
|
egov.uz
🚀
Telegram
🔵
Facebook
📷
instagram
▶️
YouTube
🎰
LinkedIn
🚀
Bot

October 22, 10:01
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

❗️
#KIBERHUSHYOR
| Firibgarlar eng ko‘p ishlatadigan 5 ta gap!
🗣
Quyidagi jumlalar internet yoki telefon firibgarlarining eng ko‘p ishlatadigan so‘zlaridir:
🗄
“Hoziroq qiling!”
(Vaqt bermaslik, shoshiltirish)
🗄
“Hisobingiz bloklanadi!”
(Qo‘rquv uyg‘otish)
🗄
“SMS-kodni ayting!”
(Maxfiy ma'lumotni qo‘lga kiritish)
🗄
“Bu haqda hech kimga aytmang!”
(Shubhali vaziyatni yashirishga undash)
🗄
“Pulni xavfsiz hisobga o‘tkazing!”
(Pulni o‘zlashtirish)
⏺
Yodda tuting:
Shu belgining bittasi uchrasa ham darhol to‘xtang va shoshilmang! Agar ulardan bir nechtasi aytilsa, bu 100% firibgarlikdir.
💬
Firibgarlar sizni fikrlashga emas, qo‘rqishga va shoshilinch qaror chiqarishga majbur qilishadi. Hushyor bo‘ling!
🌐
my.gov.uz
|
egov.uz
🚀
Telegram
🔵
Facebook
📷
instagram
▶️
YouTube
🎰
LinkedIn
🚀
Bot

October 22, 07:21
Media unavailable
2
Show in Telegram

❗️
Jarimalarni tekshirish uchun doʻstingizga qoʻngʻiroq qilishga hojat yoʻq!
👮‍♂️
Koʻpchiligimiz jarima bor-yo'qligini bilish uchun tanish-bilishlarni bezovta qilamiz yoki turli shubhali saytu ilovalarni qidiramiz.
👉
Aslida hammasi juda oddiy va qulay:
🗄
MyGov ilovasiga (
Google Play
va
AppStore
) kiring.
🗄
"Jarimalarni tekshirish" boʻlimiga oʻting.
🗄
Kerakli maʼlumotlarni kiriting va "Tekshirish" tugmasini bosing.
☄️
Tayyor! Natijani darhol ekranda koʻrasiz.
⏱
Vaqtingiz va asabingizni tejang, jarimalaringizni oʻz vaqtida MyGov orqali tekshirib boring!
📱
Foydali boʻlgan boʻlsa, yaqinlarga ham ulashib qoʻying!
🌐
my.gov.uz
|
egov.uz
🚀
Telegram
🔵
Facebook
📷
instagram
▶️
YouTube
🎰
LinkedIn
🚀
Bot

October 22, 05:04
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Qulay_hayot
▶️
Raqamli hukumat tizimidagi so‘nggi yangiliklar haqida suhbatlashamiz
🗣
ICT WEEK 2026 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmada Raqamli hukumat ekotizimida amalga oshirilayotgan eng so‘nggi loyihalar, texnologik yangiliklar hamda innovatsion yechimlar keng jamoatchilik e’tiboriga havola etildi.
🔝
“Qulay hayot”ning navbatdagi soni haftalikdagi qaynoq jarayonlar asosida tayyorlandi.
✅
Shuningdek, soha mas’ullari Raqamli hukumat tizimidagi asosiy yutuqlar, joriy etilayotgan yangi qulayliklar hamda istiqboldagi rejalar haqida so‘zlab berishdi.
▶️
Batafsil videoda:
https://youtu.be/YsgriwxUBow
🌐
my.gov.uz
|
egov.uz
🚀
Telegram
🔵
Facebook
📷
instagram
▶️
YouTube
🎰
LinkedIn
🚀
Bot

October 21, 12:33
Media unavailable
3
Show in Telegram

❗️
O‘zbek tili bayrami muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar!
🗣
Butun O‘zbekiston xalqini 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz.
✨
Barchangizga mustahkam sog‘liq, tinchlik-xotirjamlik va ezgu ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
🇺🇿
Ona tilimizning qadri har doim baland bo‘lsin!
🌐
my.gov.uz
|
egov.uz
🚀
Telegram
🔵
Facebook
📷
instagram
▶️
YouTube
🎰
LinkedIn
🚀
Bot

October 21, 06:25
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Umumtaʼlim fanlaridan navbatdagi milliy sertifikat imtihonlari sanalari belgilandi
🔶
Geografiya, ona tili va tarix
fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari uchun ruxsatnomalar eʼlon qilindi.
⏱️
Unga ko‘ra, imtihonlar
2026-yil 23-26- va 31-oktyabr
kunlari o‘tkaziladi, jumladan:
✔️
23-oktyabr kuni geografiya fanidan;
✔️
24–26-oktyabr kunlari ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq tili) va adabiyot fanidan;
✔️
31-oktyabr kuni tarix fanidan.
💼
Bunda geografiya fanidan imtihonlar elektron shaklda o‘tkaziladi.
🆔
Test sinovlarida ishtirok etuvchi talabgorlar ruxsatnomani
my.gov.uz
'dagi “Mening arizalarim” bo‘limidan yuklab olishlari mumkin.
❗️
Ruxsatnomada test sinovi o‘tkaziladigan sana, vaqt va manzil ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtda ruxsatnomada koʻrsatilgan manzilga yetib kelishlari so‘raladi.
🪪
Talabgorlar test sinoviga faqat shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kiritiladi.
🌐
my.gov.uz
|
egov.uz
🚀
Telegram
🔵
Facebook
📷
instagram
▶️
YouTube
🎰
LinkedIn
🚀
Bot

October 20, 11:16
Media unavailable
2
Show in Telegram

🎁
Xalqaro kuryerlik jo‘natmalarini MyGov orqali tasdiqlang yoki rad eting!
🛃
Endi nomingizga kelgan xalqaro kuryerlik jo‘natmalari haqida MyGov ilovasi orqali o‘z vaqtida xabardor bo‘lasiz va ularni onlayn boshqarishingiz mumkin.
👉
Buning uchun:
🔵
MyGov ilovasini ochib (
Google Play
va
AppStore
), qidiruvga "
xalqaro
" deb yozing va tegishli xizmatni tanlang.
🔵
Jo‘natmalar ro‘yxati bilan tanishib chiqib,
o‘zingiznikini tasdiqlang, begonalarini esa rad eting
(diqqatli bo‘ling, begona jo‘natma uchun bojxona muammolari kelib chiqishi mumkin!)
.
🔵
Xavfsizlik uchun MyID biometriyasi orqali shaxsingizni tasdiqlang.
⏱️
Vaqtingizni tejang! Xizmat kechayu kunduz (24/7) ishlaydi va shaxsiy ma'lumotlaringiz to‘liq himoyalangan.
📱
my.gov.uz
orqali onlayn xizmatlardan foydalaning!
🌐
my.gov.uz
|
egov.uz
🚀
Telegram
🔵
Facebook
📷
instagram
▶️
YouTube
🎰
LinkedIn
🚀
Bot

October 20, 06:18
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

❗️
#KIBERHUSHYOR
|
"U mening ma’lumotlarimni biladi-ku!”
⌨️
Firibgarlar ko‘pincha sizning ismingiz, telefon raqamingiz yoki boshqa shaxsiy ma’lumotlaringizni oldindan bilib olib, o‘zlarini haqiqiy tashkilot xodimi sifatida tanishtirishadi. Lekin bu ma’lumotlari ularning haqiqiy xodim ekanini isbotlamaydi.
💻
Shaxsiy ma’lumotlarning ayrim qismlari ochiq manbalar, ijtimoiy tarmoqlar yoki turli bazalar orqali tarqalib ketgan bo‘lishi odatiy holga aylangan.
👉
Shu bois quyidagilarni unutmang:
⏺
«Ismimni va raqamimni bilyapti, demak ishonchli»
degan xulosaga shoshilmang.
⏺
Suhbatdoshning kimligini u keltirgan ma’lumotlar asosida emas, balki rasmiy kanalga qo‘ng‘iroq qilish orqali aniqlang.
🌐
my.gov.uz
|
egov.uz
🚀
Telegram
🔵
Facebook
📷
instagram
▶️
YouTube
🎰
LinkedIn
🚀
Bot