Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Namangan viloyati adliya boshqarmasi yangiliklari

namanganadliya
Kanalga Qonunchilikdagi yangiliklar, viloyat adliya boshqarmasi hamda uning tizimidagi organlar faoliyatiga bog'liq yangilikar qo'yib boriladi Instagram: https://www.instagram.com/adliyanamangan/ Facebook: https://www.facebook.com/namanganviloy
Subscribers
15 157
24 hours
-5
30 days
10 015
Post views
159
ER
1,05%
Posts (30d)
194
Characters in post
1 170
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Law
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Law & Legal Services
Summary
October 26, 12:57
Media unavailable
6
Show in Telegram

#Adliya_xabari
Yoshlar ishtirokida sud jarayoni taqlidlari o‘tkazildi
Yoshlarning mualliflik va turdosh huquqlar bo‘yicha huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularni huquqiy savodxon, ijtimoiy faol hamda mas’uliyatli shaxslar etib tarbiyalash maqsadida Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Halima Kadirovna Muhitdinova nomidagi Namangan viloyat akademik litseyida o‘quvchilar ishtirokida sud jarayoni taqlidlari tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan sahnalashtirilgan sud jarayoni orqali huquqbuzarliklarning oqibatlari, qonun talablariga rioya etish va har bir xatti-harakat uchun mas’uliyatni his qilish muhimligi namoyon etildi. Ayniqsa, arzimagan moddiy manfaat ortidan quvish yoki o‘ylamay qabul qilingan qarorlar insonning kelajagiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi hayotiy misollar orqali yoritildi.
Mazkur jarayon yoshlarning mualliflik va turdosh huquqlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi, qonuniylik tamoyillariga amal qilishi hamda o‘z huquq va majburiyatlarini chuqur anglashiga xizmat qildi.
Sud jarayonini sahnalashtirgan o‘quvchilar o‘zlariga yuklatilgan obrazlarni mahorat bilan ijro etib, tomoshabinlarning e’tirofi va olqishlariga sazovor bo‘lishdi.
Bunday amaliy tadbirlar yoshlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, ularda qonunga hurmat tuyg‘usini shakllantirish va kelajakda mas’uliyatli fuqarolar bo‘lib voyaga yetishida muhim ahamiyat kasb etadi.
🏢
Namangan viloyati adliya boshqarmasi
Tarmoqlarimizda bizni kuzatib boring
Youtube
|
Facebook
|
Telegram
|
Instagram

October 26, 12:37
Media unavailable
1
Show in Telegram

#OAV_biz_haqimizda
Intellektual mulk markazi Namangan viloyati filiali bosh maslahatchisi Sh.To’xtamirzayevning “Raqamli meros: huquqiy maqom va vorislik munosabatlarini takomillashtirish” nomli ilmiy-huquqiy maqolasi preprint sifatida e’lon qilindi.
Maqolada kripto-aktivlar, daromadli kanallar, domen nomlari va bulutli arxivlarning meros tarkibiga kirishi, notarius guvohnomasi va platforma qoidalarining nisbati hamda vasiyatda qoldirilgan parol bilan tizimga kirishning huquqiy bahosi tahlil qilinadi. Xorijiy tajriba bilan qiyoslanib, qonunchilikni takomillashtirish bo’yicha takliflar beriladi.
🔗
DOI:
https://doi.org/10.13140/RG.2.2.18128.06406
🏢
Namangan viloyati adliya boshqarmasi
Tarmoqlarimizda bizni kuzatib boring
Youtube
|
Facebook
|
Telegram
|
Instagram

October 26, 12:17
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Adliya_xabari
Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish: javobgarlik yanada kuchaytirildi
Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga nisbatan javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan muhim qonun qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 14-oktabrdagi O‘RQ–1180-sonli Qonuni bolalarning hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishga qaratilgan.
Jinoyatlar uchun jazo choralari kuchaytirildi
Qonunga ko‘ra, o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlarni sodir etganlik uchun 15 yildan 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi.
Shuningdek, voyaga yetmaganlarga nisbatan og‘irlashtiruvchi holatlarda sodir etilgan ayrim jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan shartli hukm qo‘llanilmaydi.
Ma’muriy javobgarlik ham kuchaytirildi
Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solinishi belgilandi.
Bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborot mahsulotlarini tarqatganlik, shuningdek, bolalar masalalari bo‘yicha komissiyalar qarorlarini bajarmaganlik uchun ham jarimalar nazarda tutilgan.
Ta’lim muassasalarida bolalar xavfsizligi ustuvor
Bolani tarbiyalash va unga ta’lim berish majburiyati yuklatilgan ta’lim tashkiloti xodimi bolaga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgani uchun javobgarlikka tortilsa, bu mehnat shartnomasini bekor qilish uchun qo‘shimcha asos hisoblanadi.
Jabrlangan bolalarga davlat hisobidan yuridik yordam
Qonunda zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki zo‘ravonlikka guvoh bo‘lgan bolalarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish kafolatlari ham belgilangan. Jinsiy zo‘ravonlikka oid ishlar bo‘yicha voyaga yetmagan jabrlanuvchining manfaatlarini himoya qilish uchun davlat hisobidan advokat ishtiroki ta’minlanadi.
Mazkur o‘zgarishlar bolalarning huquqlarini himoya qilish, zo‘ravonlik holatlarining oldini olish va aybdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Bolalarni himoya qilish nafaqat davlat organlari, balki butun jamiyatning vazifasidir. Har bir ota-ona, pedagog va fuqaro bolalarning xavfsizligi hamda farovonligiga mas’uliyat bilan yondashishi lozim.
Doniyor Temirov,
Uychi tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Tarmoqlarimizda bizni kuzatib boring
Youtube
|
Facebook
|
Telegram
|
Instagram

October 26, 11:59
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Adliya_xabari
🎥
Namangan viloyati teleradiokompaniyasining "Guldasta" dasturi "Suhbatdosh" sahifasida
Chust tumani DXM bosh mutaxassisi O'.Tursunov
fuqarolarning savollariga javob berdi.
🏢
Namangan viloyati adliya
boshqarmasi
Tarmoqlarimizda bizni kuzatib boring
Youtube
|
Facebook
|
Telegram
|
Instagram

October 26, 11:10
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Siz_uchun_muhim
📢
Talabalar uchun ijara shartnomasini rasmiylashtirish tartibi
Bugungi kunda talabalarga yaratilayotgan qulayliklardan biri — turar joy ijarasi bilan bog‘liq jarayonlarni soddalashtirishdir.
Xususan, talabalar bilan tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini soliq organlarida hisobga qo‘yishda ulardan elektron raqamli imzo (ERI) talab etilmaydi.
📌
Ijara shartnomasini hisobga qo‘yishning ikki xil usuli mavjud:
🌐
Birinchi usul —
ijara.soliq.uz
sayti orqali.
Bunda ijaraga beruvchi saytga kirib, “Talabalar ijarasi” bo‘limini tanlaydi. “Ijaraga oluvchi talaba to‘g‘risida ma’lumot” oynasiga talabaning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR) kiritilgach, uning familiyasi, ismi, otasining ismi, ta’lim olayotgan oliy ta’lim muassasasi, fakulteti, ta’lim shakli va bosqichi hamda doimiy ro‘yxatga olingan manzili haqidagi ma’lumotlar avtomatik shakllanadi.
Zarur hollarda “Qo‘shish” tugmasi orqali birga yashayotgan boshqa talabalar haqidagi ma’lumotlar ham kiritiladi. Keyin talabaning telefon raqami yozilib, tasdiqlash kodi yuboriladi. SMS orqali kelgan besh xonali kod tegishli maydonga kiritilib, tasdiqlash amalga oshiriladi.
📱
Ikkinchi usul — “Soliq” mobil ilovasi orqali.
Buning uchun ilovadagi “Ijaraga berish” bo‘limidan “Talabalar uchun ijara shartnoma” xizmati tanlanadi. Ijaraga beruvchi talabaning JShShIRini kiritgach, uning shaxsiy ma’lumotlari avtomatik shakllanadi. Talaba esa shartnomani Face ID yoki telefon raqamiga SMS orqali yuborilgan besh xonali tasdiqlash kodi yordamida tasdiqlashi mumkin.
🎓
Talabalar uchun qanday qulayliklar mavjud?
Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalarining elektron tarzda hisobga qo‘yilishi tegishli ma’lumotlarning ta’lim muassasalari tizimida shakllanishiga xizmat qiladi. Bu esa talabalarning turar joy xarajatlarini qoplashga oid jarayonlarni soddalashtirish va zarur ma’lumotlarni tekshirishda qulaylik yaratadi.
💰
Soliq imtiyozlari ham mavjud.
Soliq kodeksining 378-moddasiga muvofiq, soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etiladi. Turar joyni ijaraga oluvchi talabalarda esa ijara to‘lovi bo‘yicha alohida soliq majburiyati yuzaga kelmaydi.
✅
Demak, ijara shartnomasini elektron shaklda rasmiylashtirish talaba va ijaraga beruvchilar uchun ortiqcha ovoragarchiliklarni kamaytirib, jarayonning tez va qulay amalga oshirilishiga yordam beradi.
✍️
Ulug‘bek Abdullayev,
Namangan davlat xizmatlari markazi katta mutaxassisi
Tarmoqlarimizda bizni kuzatib boring
Youtube
|
Facebook
|
Telegram
|
Instagram

October 26, 09:15
Media unavailable
2
Show in Telegram

#Adliya_xabari
🎥
Namangan TRKning "Guldasta" musiqali dasturining "Huquqingizni bilasizmi?" sahifasida
Yangi Namangan tumani Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti B.Mahmudov
fuqarolardan kelib tushgan savollarga javob berdi.
🏢
Namangan viloyati adliya boshqarmasi
Tarmoqlarimizda bizni kuzatib boring
Youtube
|
Facebook
|
Telegram
|
Instagram

October 26, 09:14
Media unavailable
1
Show in Telegram

October 26, 07:02
Media unavailable
1
Show in Telegram

🚘
Avtomobilingizga gaz ballon o‘rnatmoqchimisiz? Buning uchun ruxsatnoma kerakligini bilasizmi?
✅
Avtotransport vositasiga gaz ballon oʻrnatish
transport vositasini qayta jihozlash
turlaridan biridir. Shu bois, bunday o‘zgartirishlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma olishingiz lozim.
🌐
Xizmatdan foydalanish uchun
my.gov.uz
yoki
"Litsenziya” AT
orqali murojaat qilishingiz mumkin.
⏰
Arizalar
10 ish kuni
davomida koʻrib chiqiladi.
💳
Arizani koʻrib chiqish uchun umumiy tartibda
BHMning 30 foizi
miqdorida toʻlov amalga oshiriladi.
⚖️
Asos:
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son
qarori
✨
Raqamli davlat xizmatlari Sizning qulayligingiz uchun!
🌐
website
|
facebook
|
instagram
|
linkedIn
|
youtube
|
twitter

October 26, 07:02
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Bilasizmi
☑️
Qonunçilikka köra,
xonalarni isitiş ehtiyojlari uçun issiqlik energiyasini
berişda yetkazib beruvçi isitiş davrini
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari
tomonidan belgilangan muddatlarda boşlaydi va
tamomlaydi.
❗️
Bunda, isitiş davri taşqi havoning
örtaça sutkalik harorati
8°Sdan past bölgan
5 kunlik davr
tamom bölgan kundan keyingi kundan boşlanişi,
8°Sdan yuqori
bölganda esa tamomlanişi kerak.
Kanalga ulaniş
👇
👇
👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin

October 26, 04:41
Media unavailable
1
Show in Telegram