Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

nambiolog

nambiolog
Biologiya fani o`qituvchilari uchun metodik yordam kanali. Murojaat uchun: @Qahramon_Niyozov Internetdagi manzil: http://nambiolog.zn.uz/ https://mover.uz/channel/biolog/ Rasmiy bot: https://t.me/nambiolog_bot Muhokama: https://t.me/nambiolog_group
Subscribers
2 220
24 hours
10
30 days
-10
Post views
1 671
ER
0,76%
Posts (30d)
Characters in post
1 625
October 11, 10:42
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🩸
QANDLI DIABET
💬
Qandli diabet
—bu
insulin gormoni yetishmovchiligi
yoki
to‘qimalarning insulinga sezuvchanligi pasayishi
natijasida organizmda uglevod, yog‘ va oqsil almashinuvining buzilishi bilan kechadigan surunkali endokrin kasallikdir. Qonda
giperglikemiya
(qand miqdorining ortishi)
kuzatiladi.

Tasnifi
1) I tip
-
insulinga qaram diabet
🔴
Asosan bolalar va o‘smirlarda uchraydi.
🔴
Kasallik sababi—
oshqozon osti bezining Langerhans orolchalaridagi β-hujayralarning autoimmun yo‘l bilan nobud bo‘lishi.
🔴
Natijada organizmda insulin gormoni umuman ishlab chiqilmaydi.
🔴
Kasallikning genetik asosiy omillari 6-xromosomaning qisqa yelkasida (6p21.3) joylashgan HLA-DR3, HLA-DR4, DQ genlari bilan bog‘liq.
🔴
Bemorlar umr bo‘yi insulin terapiyasiga muhtoj.
2) II tip
-
Insulinrezistent diabet
🔴
Asosan o‘rta va katta yoshli odamlarda uchraydi.
🔴
Kasallik sababi—
to‘qimalarning insulinga sezuvchanligi pasayadi (insulin rezistentlik).
🔴
Dastlab insulin ishlab chiqilishi ortadi, keyinchalik β-hujayralar charchab, sekretsiya kamayadi.
🔴
Ortiqcha vazn, kamharakatlik va irsiy moyillik asosiy xavf omillaridir.
3) Gestatsion diabet
🔴
Homiladorlik davrida paydo bo‘ladi.
🔴
Gormonlar ta’sirida insulin rezistentlik rivojlanadi.
🔴
Tug‘ruqdan keyin odatda yo‘qoladi, ammo keyinchalik II tip diabet rivojlanish xavfini oshiradi.
4) Boshqa shakllar
🔴
Ayrim dori vositalari, endokrin kasalliklar (
Kushing sindromi, feoxromotsitoma
) yoki genetik nuqsonlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Patogenez

I tipda:
🔵
Autoimmun tizim
β-hujayralarni
begona sifatida tanib, ularga qarshi antitanalar hosil qiladi.
🔵
Natijada
β-hujayralar
nobud bo‘ladi va insulin ishlab chiqilishi to‘xtaydi.
🔵
Glyukoza hujayralarga kira olmaydi → qonda to‘planadi
(giperglikemiya)
.
🔵
Hujayralar energiya manbai sifatida yog‘larni parchalaydi → keton jismlar ortadi →
metabolik asidoz
rivojlanadi.
🔵
Bu holat
diabetik ketoatsidoz
va
diabetik komaga
olib keladi.

II tipda:
🔵
Insulin ishlab chiqiladi, ammo to‘qimalar (mushak, yog‘, jigar) uni tanimaydi (
insulin rezistentlik
).
🔵
Glukozaning hujayralarga kirishi cheklanadi, qonda glyukoza miqdori doimiy yuqori bo‘ladi.
🔵
Sekin-asta
tomirlar, buyraklar, nervlar, ko‘z to‘r pardasi
zararlanadi.
🩺
Klinik belgilari
🔴
Poliuriya
—tez-tez siydikka chiqish;
🔴
Polidipsiya
—kuchli chanqash;
🔴
Polifagiya
—ko‘p ovqat iste’mol qilish, ammo vazn kamayadi;
🔴
Holsizlik, charchoq, ish qobiliyatining pasayishi
;
🔴
Teri qichishishi, yaralarning sekin bitishi;
🔴
Og‘ir holatlarda:
nafasning chuqurlashuvi
(Kussmaul nafas), aseton hidi, diabetik koma.
🩺
Asoratlari
🔴
Mikroangiopatiya
-Mayda tomirlarning zararlanishi → ko‘z, buyrak, nervlarda o‘zgarishlar.
🔴
Makroangiopatiya
-Yurak va miya tomirlarining aterosklerozi.
🔴
Diabetik nefropatiya
-Buyrak faoliyatining buzilishi.
🔴
Diabetik retinopatiya
-Ko‘rishning pasayishi yoki ko‘rlik.
🔴
Polinevropatiya
-Sezuvchanlikning kamayishi, uvishish.
🔴
Diabetik oyoq sindromi
-Yaralar, infeksiyalar, gangrena rivojlanishi.
🔬
Diagnostika
Laborator mezonlar:

Qon plazmasida glyukoza miqdori:
🔴
Och qoringa ≥ 7,0 mmol/l
🔴
Tasodifiy o‘lchashda ≥ 11,1 mmol/l

Glikozillangan gemoglobin (HbA1c):
≥ 6,5 %

Siydikda glyukozuriya
va
ketonuriya
aniqlanishi mumkin.

OGTT
(og‘iz orqali glyukoza tolerantlik testi)
yordamida glyukozaning so‘rilishi baholanadi.
🩺
Davolash

I tip:
🔴
Insulin terapiyasi
—hayot davomida majburiy.
🔴
Diyetoterapiya:
uglevodlar miqdori qat’iy nazorat qilinadi.
🔴
Gipoglikemik
holatlarning oldini olish
uchun muntazam shakar nazorati zarur.

II tip:
🔴
Sog‘lom ovqatlanish
va
jismoniy faollik
-asosiy davolash omillari.
💊
Tabletkali dori vositalari:
🔵
Metformin
—insulinga sezuvchanlikni oshiradi;
🔵
Sulfonilmochevina preparatlari
—insulin sekretsiyasini kuchaytiradi.
💉
Zarurat tug‘ilganda insulin qo‘llanadi.
🩺
Profilaktika
🥗
Sog‘lom ovqatlanish-shakarli, yog‘li va yuqori kaloriyali mahsulotlarni cheklash.
🕺
Jismoniy faollik-har kuni kamida 30 daqiqa piyoda yurish yoki yengil mashqlar.
🤷‍♂️
Vaznni me’yorida saqlash.
😴
Stressni kamaytirish va yetarli uyqu.
🩸
Qon glyukozasini muntazam nazorat qilish.
📱
@nambiolog
kanaliga a'zo bo`ling :
https://t.me/joinchat/AAAAAENOp8mJirabTXVsew

October 11, 06:47
Media unavailable
3
Show in Telegram

🟢
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤

😴
🔤
🔤
🔤
🔼
O‘z ishidan qoniqish — bu muvaffaqiyatga erishish emas, balki har kuni qilgan mehnatingdan ma’no topishdir.
🔼
📖
@
nambiolog
📖
📱
@
nambiolog
kanaliga a'zo bo`ling :
https://t.me/joinchat/AAAAAENOp8mJirabTXVsew

October 09, 11:16
Media unavailable
2
2
Show in Telegram

#biokimyo
#fiziologiya
#nutrisiologiya
#diyetologiya
Qo‘y, mol va tovuq go‘shtlarining biokimyoviy tarkibi va klinik ahamiyati
💬
Go‘sht inson ratsionining eng muhim oziq-ovqat manbalaridan biri bo‘lib, unda yuqori biologik qiymatga ega oqsillar, yog‘ kislotalari, vitaminlar va minerallar mavjud. Qo‘y, mol va tovuq go‘shti kimyoviy tarkibi va sog‘liq uchun ahamiyati jihatidan farq qiladi. Ularning o‘ziga xos biokimyoviy tarkibini bilish klinik amaliyotda va sog‘lom ovqatlanishda muhim ahamiyatga ega.
🧪
Biokimyoviy tarkibi

Suv, oqsil, yog‘ va uglevod

Suv:
barcha go‘shtlarda 70–75 % atrofida.

Oqsillar:
🔴
Qo‘y go‘shti
– 16–18 %
🔴
Mol go‘shti
– 18–20 %
🔴
Tovuq go‘shti
– 20–23 %

Oqsillar tarkibida barcha zaruriy aminokislotalar mavjud.

Yog‘lar:
🔴
Qo‘y go‘shti
– 14–20 %, ko‘proq to‘yingan yog‘ kislotalari.
🔴
Mol go‘shti
– 10–15 %, nisbatan ko‘proq to‘yinmagan yog‘ kislotalar.
🔴
Tovuq go‘shti
– 5–10 %, asosan to‘yinmagan yog‘ kislotalar; diyetik jihatdan qulay.

Uglevodlar:
barcha go‘shtlarda juda oz (0,5–1 %), asosan glikogen shaklida.

Vitaminlar va minerallar

Vitaminlar:
B guruhi vitaminlari (B1, B2, B3, B6, B12) ko‘p miqdorda.
🔴
Qo‘y go‘shti
– niatsin (PP vitamini) ko‘p.
🔴
Mol go‘shti
– B12 vitamini yuqori.
🔴
Tovuq go‘shti
– B6 vitamini va niatsin ko‘proq.

Minerallar:
🔴
Mol go‘shti
– temir va rux manbai.
🔴
Qo‘y go‘shti
– kaliy va fosfor ko‘proq.
🔴
Tovuq go‘shti
– magniy, fosfor va kaliy yaxshi miqdorda.
🩺
Klinik ahamiyati
☄️
Energiya manbai sifatida
🔵
Qo‘y go‘shti
yuqori kaloriyaga ega, sovuq iqlimda foydali.
🔵
Mol go‘shti
muvozanatli oqsil va yog‘ manbai.
🔵
Tovuq go‘shti
esa past yog‘li diyetik mahsulot sifatida qadrlanadi.
🩸
Qon hosil bo‘lishiga ta’siri
🔴
Mol go‘shti
gem temiri va B12 vitaminiga boyligi sababli anemiyada foydali.
🔴
Tovuq go‘shti
B6 vitamini tufayli gemopoezni qo‘llab-quvvatlaydi.
🔴
Qo‘y go‘shti
esa o‘rtacha miqdorda temirga ega.
❤️
Yurak-qon tomir tizimiga ta’siri
🔴
Qo‘y go‘shti
tarkibidagi to‘yingan yog‘ va xolesterin yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshirishi mumkin.
🔴
Mol go‘shti
nisbatan xavfsizroq.
🔴
Tovuq go‘shti
esa eng qulay diyetik mahsulot hisoblanadi.
🥙
Diyetik foydalanish
🔵
Qo‘y go‘shti
– energiyaga ehtiyoji yuqori bo‘lganlar uchun.
🔵
Mol go‘shti
– anemiyaga moyil shaxslar uchun.
🔵
Tovuq go‘shti
– yurak-qon tomir kasalligi xavfi bo‘lganlar, sportchilar va bolalar uchun eng mos.
📌
Eslatma:

SFA
(Saturated Fatty Acids)
- to‘yingan yog‘ kislotalari (palmitin, stearin) yurak uchun xavfli(ko‘p miqdorda).

MUFA
(Monounsaturated Fatty Acids)
- to‘yinmagan(olein kislota)yog‘ kislotalari (bitta qo‘shbog‘ mavjud) yurakka foydali.

PUFA
(Polyunsaturated Fatty Acids)
- to‘yinmagan(
Omega-6
guruhi: Linol kislota.
Omega-3
guruhi: α-Linolen kislota, Araxidon kislota, EPA (eikosapentaen kislota), DHA (dokozageksaen kislota)) yog‘ kislotalari (ikki yoki undan ortiq qo‘shbog‘ mavjud)
📱
@
nambiolog
kanaliga a'zo bo`ling :
https://t.me/joinchat/AAAAAENOp8mJirabTXVsew

October 09, 04:21
Media unavailable
3
Show in Telegram

🟢
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤

😴
🔤
🔤
🔤
🔼
Kichik qadamlar — katta natijalarga olib boradi
🔼
📖
@
nambiolog
📖
📱
@
nambiolog
kanaliga a'zo bo`ling :
https://t.me/joinchat/AAAAAENOp8mJirabTXVsew

September 25, 04:54
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#biokimyo
#fiziologiya
#neyrofiziologiya
#sinaps
Serotoninergik sinaps
(Serotonergic synapse
)
va uning retseptorlari
💬
Serotonin
(5-gidroksitriptamin, 5-HT)
— markaziy va periferik asab tizimida muhim neyrotransmitterlardan biridir. U kayfiyat, uyqu, og‘riq sezgisi, xulq-atvor, ovqat hazm qilish va yurak-qon tomir tizimi faoliyatini tartibga solishda ishtirok etadi. Serotoninergik sinapslar orqali neyronlar o‘zaro axborot almashadi, bu jarayon turli fiziologik va psixologik holatlarning asosida turadi.

Serotoninergik sinapsning tuzilishi va ishlash mexanizmi
Serotoninergik sinaps
— bu nerv impulsini serotonin yordamida uzatadigan sinapsdir. U quyidagi bosqichlarda ishlaydi:
1.Sintez
– Serotonin triptofan aminokislotasidan hosil bo‘ladi. Bu jarayonda ikki asosiy ferment ishtirok etadi:

Triptofan gidroksilaza,

Aromatik L-aminokislota dekarboksilaza.
2.Saqlanish
– Sintez qilingan serotonin presinaptik hujayra vezikulalariga joylashtiriladi.
3.Ajralib chiqish
– Nerv impulsi kelganda serotonin sinaptik yoriqqa chiqariladi.
4.Retseptorlar bilan bog‘lanish
– Serotonin postsinaptik membranadagi maxsus retseptorlar bilan birikib, turli fiziologik reaksiyalarni yuzaga keltiradi.
5.Inaktivatsiya
– Ortiqcha serotonin:

SERT oqsili
(serotonin qayta qabul qiluvchi tashuvchi) orqali presinaptik hujayraga qaytariladi,

yoki
monoaminooksidaza A
(MAO-A)
fermenti yordamida parchalanadi.

Serotonin retseptorlari
🔵
Serotonin retseptorlari turli tuzilishga ega bo‘lib, hozirda 7 ta asosiy oilasi
(5-HT1–5-HT7)
ma’lum. Ularning ko‘pchiligi
G-oqsil
bilan bog‘langan metabotrop retseptorlardir. Faqatgina
5-HT3
ion kanali hisoblanadi.
1. 5-HT1 oilasi

Gi/o oqsili orqali adenilat-siklazani tormozlaydi → cAMF kamayadi.

Subtiplar: 5-HT1A, 1B, 1D, 1E, 1F.

Ta’siri: tashvish va qo‘rquvni kamaytirish, qon tomir tonusini boshqarish, og‘riq sezgisiga ta’sir.

Klinik qo‘llanish: 5-HT1D agonistlari — triptanlar migren davosida.
2. 5-HT2 oilasi

Gq oqsili orqali fosfolipaza C ni faollashtiradi → IP3 va DAG ortadi, hujayrada Ca²⁺ miqdori ko‘payadi.

Subtiplar: 5-HT2A, 2B, 2C.

Ta’siri: xulq-atvor, kayfiyat, gallusinasiyalar, silliq mushaklarning qisqarishi.

Klinik qo‘llanish: 5-HT2A antagonistlari — atipik antipsixotiklar (klozapin, risperidon).
3. 5-HT3

Ligand-bog‘langan ion kanali (Na⁺, K⁺ va Ca²⁺ o‘tkazadi).

Asosiy joylashuvi: miya sopi, orqa miya, ichak nerv tizimi.

Ta’siri: ko‘ngil aynishi va qusish refleksi.

Klinik qo‘llanish: 5-HT3 antagonistlari — ondansetron (qusishga qarshi vosita).
4. 5-HT4

Gs oqsili orqali adenilat-siklazani faollashtiradi → sAMF ortadi.

Joylashuvi: ovqat hazm qilish tizimi, yurak.

Ta’siri: ichak peristaltikasini kuchaytirish, xotira jarayonlariga ta’sir.

Klinik qo‘llanish: prokinetik vositalar (tegaserod).
5. 5-HT5

Kam o‘rganilgan, Gi/o mexanizmi orqali ishlaydi.

Joylashuvi: asosan markaziy asab tizimida.
6. 5-HT6

Gs mexanizmi orqali sAMF ishlab chiqarishni kuchaytiradi.

Ta’siri: kognitiv jarayonlar, o‘rganish va xotira.
7. 5-HT7

Gs mexanizmi orqali adenilat-siklazani faollashtiradi.

Ta’siri: uyqu va sirkadiy (kunlik) ritmni boshqarish, qon tomirlarning kengayishi.
🩺
Klinik ahamiyati
🔵
Depressiya va tashvish buzilishlari

SSRI
(selektiv serotonin qayta qabul qilinish ingibitorlari:
fluoksetin, sertralin
) qo‘llaniladi.
🔵
Migren
– 5-HT1B/1D agonistlari (triptanlar) samarali.
🔵
Qusish
– 5-HT3 antagonistlari (ondansetron) ishlatiladi.
🔵
Psixoz
– 5-HT2A antagonistlari (atipik antipsixotiklar) qo‘llaniladi.
📱
@
nambiolog
kanaliga a'zo bo`ling :
https://t.me/joinchat/AAAAAENOp8mJirabTXVsew

September 25, 04:37
Media unavailable
3
Show in Telegram

🟢
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤

😴
🔤
🔤
🔤
🔼
Orzular yo‘liga tushgan insonning qanotini hech kim sindira olmaydi
🔼
📖
@
nambiolog
📖
📱
@
nambiolog
kanaliga a'zo bo`ling :
https://t.me/joinchat/AAAAAENOp8mJirabTXVsew

September 24, 13:20
Media unavailable
4
Show in Telegram

📱
@
nambiolog
kanaliga a'zo bo`ling :
https://t.me/joinchat/AAAAAENOp8mJirabTXVsew

September 24, 13:19
Media unavailable
1
Show in Telegram

September 24, 13:17
Media unavailable
1
Show in Telegram

September 24, 13:15
Media unavailable
1
Show in Telegram