
NamDTU | Yoshlar bilan ishlash
“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!”
2026-yil 13–14-mart kunlari respublika bo‘ylab “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
Mazkur ezgu tashabbus doirasida Namangan davlat texnika universiteti
Texnologiya fakulteti
professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari hamda talabalari ham faol ishtirok etmoqda.
Hashar jarayonida o‘quv binosi hududi va uning atrofi obodonlashtirilib, daraxtlarga agrotexnik ishlov berildi, hududdagi ekin maydonlari yumshatildi hamda atrof-muhit tozalandi.
Bunday ezgu tadbirlar hududlarni yanada obod va fayzli saqlash, atrof-muhitni asrash hamda jamoada ekologik madaniyatni yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
“Yurt obodligi – mahalladan boshlanadi”
Namangan davlat texnika universiteti Toʻqimachilik sanoati injeneringi fakulteti volontyor talabalari
“Yurt obodligi – avvalo mahalladan boshlanadi”
shiori ostida oʻtkazilgan umumxalq xayriya hashari jarayonlarida faol ishtirok etdilar.
Talabalar tomonidan hududlarni tozalash, obodonlashtirish va tartibga keltirish ishlari amalga oshirildi. Ushbu videolavhada volontyor talabalarning hashar jarayonidagi faoliyati, jamoaviy mehnati hamda tashabbuskorligi aks etgan.
Bunday ezgu tashabbuslar yoshlar orasida birdamlik, masʼuliyat va yurtga boʻlgan mehr tuygʻularini yanada mustahkamlaydi.
Professor-oʻqituvchilar uchun “Sunʼiy intellekt savodxonligi” o‘quv kursi tashkil etildi
Namangan davlat texnika universiteti Toʻqimachilik sanoati injeneringi fakultetida professor-oʻqituvchilarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida “Sunʼiy intellekt savodxonligi” o‘quv kursi tashkil etildi.
Mazkur o‘quv kursi masʼul mentor-o‘qituvchi "Raqamli texnologiyalar kafedrasi" Texnika fanlari nomzodi, professor O.Jakbarov tomonidan olib borilib, unda fakultet professor-oʻqituvchilari faol ishtirok etdi. Kurs davomida sunʼiy intellekt texnologiyalarining imkoniyatlari, taʼlim jarayonida ulardan samarali foydalanish hamda raqamli savodxonlikni oshirish masalalari yuzasidan batafsil maʼlumotlar berildi.
Ushbu o‘quv kursi professor-oʻqituvchilarning zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha bilimlarini yanada mustahkamlash hamda taʼlim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni keng joriy etishga xizmat qilishi taʼkidlandi.
Namangan davlat texnika universitetida “Magistrlar bog‘i” tashkil etildi
Namangan davlat texnika universiteti hududida
“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!”
shiori ostida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari doirasida “Magistrlar bog‘i” tashkil etildi.
Tashabbus doirasida universitet magistratura bosqichi talabalari faol ishtirok etib, hududni yanada ko‘kalamzorlashtirish maqsadida 40 ga yaqin manzarali va mevali ko‘chatlar ekildi.
Ko‘chat ekish jarayoni ko‘tarinki ruhda o‘tib, magistrlar tomonidan hudud tartibga keltirildi hamda yangi ekilgan daraxtlar parvarish qilish uchun shay holatga keltirildi. Ushbu tashabbus universitet hududining yanada obod bo‘lishiga, ekologik muhitning yaxshilanishiga xizmat qiladi.
“Magistrlar bog‘i” kelgusida universitet talabalari uchun yashil maskan bo‘lib, tabiatga e’tibor va ekologik madaniyatni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Namangan davlat texnika universitetida umumxalq hashari ko‘tarinkilik bilan o‘tmoqda
Namangan davlat texnika universitetida “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostidagi umumxalq xayriya hasharining ikkinchi kuni ham ko‘tarinkilik bilan o‘tkazilmoqda.
Hasharning ikkinchi kuni ham erta tongdan boshlandi. Unda universitet rektori va prorektorlar, dekanlar va dekan o‘rinbosarlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar, xo‘jalik bo‘limi xodimlari faol ishtirok etmoqda.
Hashar davomida universitetning bog‘ hududi tozalanib, ko‘chatlar ekish uchun shay holatga keltirilmoqda. Buning uchun texnika, xususan, maxsus mashinalar ham jalb etilgan.
Umumxalq xayriya hashari universitetning barcha o‘quv korpuslari va talabalar turar-joylarida uyushqoqlik bilan davom etmoqda.
NamDTU media markazi
🌿
To‘qimachilik sanoati injineringi fakultetida umumxalq hashari faollik va uyushqoqlik bilan o‘tmoqda
To‘qimachilik sanoati injineringi fakultetida tashkil etilgan umumxalq hashari yuqori faollik va uyushqoqlik ruhida davom etmoqda. Professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talabalar birgalikda fakultet hududini obodonlashtirish, atrof-muhitni tozalash va yashil hududlarni tartibga keltirish ishlarida faol ishtirok etishmoqda.
Hashar davomida hududlarni tozalash, daraxt va gul ko‘chatlarini parvarishlash, yo‘laklar va yashil maydonlarni obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Bunday tadbirlar nafaqat atrof-muhitni yanada obod qilish, balki jamoada hamjihatlik va birdamlik muhitini mustahkamlashga ham xizmat qiladi.
🌱
Obod maskan — fayzli hayot garovi!
🇺🇿
Nam DTU jamoasi “Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovi hududiy bosqichi g‘oliblari qatoridan o‘rin oldi
🇺🇿
“Yurtim qadriyatlari”
ko‘rik-tanlovi yoshlar o‘rtasida milliy g‘urur tuyg‘usini oshirishga, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga va kelajak avlodga qadriyatlarimizni yetkazishga xizmat qiladi.
✅
Ishtirokchilar 3 ta shart bo'yicha o'z iqtidorlarini sinovdan o'tkazishdi:
🇺🇿
1-shart: Milliy an’ana, qadriyat va urf odatlar;
🎼
2-shart: Kompozitsion musiqiy chiqishlar;
📖
1-shart: Jadidlar jasorati - millatimiz faxri.
🔹
Murosasiz kechgan ko‘rik-tanlovning yakuniy natijalari bilan tanishing:
1-o‘rin:
Namangan davlat pedagogika instituti
jamoasi;
2-o‘rin: Namangan davlat texnika unversiteti
jamoasi;
3-o‘rin:
Namangan davlat chet tillari instituti
jamoasi
;
🏆
G‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalar diplom hamda tashakkurnomalar bilan taqdirlandi. Ular endi respublika bosqichida omadlarini sinab ko‘radi.
#Biz_tayyormiz_sizchi
#Umumxalq_xayriya_hashari
2026-yil 13–14-mart kunlari respublika bo‘ylab
“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!”
shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
➖
Buxoro davlat texnika
universiteti
➖
Buxoro davlat
universiteti
➖
Qarshi davlat
universiteti
➖
Buxoro davlat pedagogika
instituti
➖
Namangan davlat
universiteti
➖
Urganch davlat
universiteti
➖
Jizzax davlat pedagogika
universiteti
➖
Urganch davlat tibbiyot
instituti
➖
Termiz davlat
universiteti
➖
O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax
filiali
➖
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyala
r
universiteti
➖
Samarqand iqtisodiyot va servis
instituti
➖
Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar
instituti
➖
Samarqand davlat arxitektura-qurilish
universiteti
➖
Jizzax politexnika
instituti
➖
Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat
instituti
➖
Nukus davlat texnika
universiteti
➖
Guliston davlat
universiteti
➖
Andijon davlat
universiteti
➖
Samarqand davlat pedagogika
instituti
➖
Namangan davlat texnika
universiteti
➖
O'zbekiston Milliy
universiteti
➖
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport
universiteti
➖
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik
akademiyasi
➖
Andijon davlat pedagogika
instituti
➖
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Nukus filiali
➖
Farg'ona davlat
universiteti
➖
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar
universiteti
➖
Qoʻqon davlat
universiteti
➖
Toshkent kimyo-texnologiya
instituti
➖
Nukus davlat pedagogika
instituti
➖
Andijon davlat texnika
instituti
➖
“Ipak yo‘li” Xalqaro turizm va madaniy meros
universiteti
➖
Toshkent arxitektura-qurilish
universiteti
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
NamDTU va O‘sh Texnologiya universiteti vakillari Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi bilan tanishdi
Namangan davlat texnika universiteti Texnologiya fakulteti Kimyo muhandisligi kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari O‘sh Texnologiya universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan birgalikda Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodiga amaliy tashrif amalga oshidi.
Safar davomida talabalar neftni qayta ishlash jarayonlari, zamonaviy texnologiyalar va ishlab chiqarish tizimi bilan yaqindan tanishdi. Zavod mutaxassislari tomonidan ishlab chiqarish bosqichlari, xavfsizlik qoidalari hamda neftni qayta ishlash yo‘nalishida zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikmalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Amaliy mashg‘ulotlar jarayonida talabalar neftni qayta ishlash texnologiyasining asosiy bosqichlari, uskunalar ishlash prinsipi hamda ishlab chiqarish jarayonlarining real muhitda tashkil etilishi bilan tanishib, o‘z bilimlarini amaliy tajriba bilan mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Xayrli tong!
Bugungi ob-havoning harorati kunduzi
15°
va kechasi
6°
bõlib õtadi.
Ayni paytdagi ob-havo harorati
2°
Shamol tezligi: 11 km/h, Northwest
Quyosh chiqishi: March 14, 2026 at 06:27AM
Quyosh botishi: March 14, 2026 at 06:19PM
Ultrabinafsha indeksi: 0
Havo namligi: 63 %
Kanalga ulanish
@nammtiuz
Facebook
|
Instagram
|
X
|
YouTube