
Namangan shahridagi Prezident maktabi
#Namangan_PM
#Sport_kuni
#Jamoaviylik_qadriyati
🏆
Prezident maktabida — sport kuni!
📌
Namangan shahridagi Prezident maktabida xodimlar ishtirokida navbatdagi
"Sport kuni"
tashkil etildi.
🎯
Tadbirning asosiy maqsadi — xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish, jamoaviylik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, shuningdek, mehnat jarayonidagi ruhiy va jismoniy faollikni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
🔎
Bugungi kunda sog‘lom va faol turmush tarzini shakllantirish nafaqat shaxsiy ehtiyoj, balki jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biri sifatida davlat siyosati darajasida e’tirof etilmoqda. Sportni ommalashtirish, aholining jismoniy faolligini oshirish va sog‘lom avlodni tarbiyalashga qaratilgan qaror va tashabbuslarning ijrosi ta’lim muassasalarida ham izchil davom ettirilmoqda.
✔️
Shu ma’noda, Sport kuni — tegishli topshiriq va tashabbuslarning amaliy ifodasi bilan birga, sog‘lom mehnat jamoasini shakllantirishga qaratilgan muhim qadamdir.
🤝
Sport maydonida lavozimlar va kundalik ish majburiyatlari bir chetga surilib, xodimlar bir jamoa sifatida harakat qildilar. Jamoaviy o‘yinlar, bellashuvlar va faol mashg‘ulotlar nafaqat jismoniy chiniqish, balki o‘zaro ishonch, hamkorlik va do‘stona muhitni kuchaytirishga xizmat qildi.
📎
📈
Zero, ta’lim sifatini ta’minlaydigan muhim omillardan biri — sog‘lom, faol va ahil jamoadir.
©️
Namangan shahridagi Prezident maktabi
#Namangan_PM
#mutolaa_vaqti
#kitob_va_kitobxonlik
💡
Mutolaa vaqti — kunni kitob bilan boshlaymiz!
📚
Namangan shahridagi Prezident maktabida
“Mutolaa vaqti”
loyihasi davom etmoqda.
Tonggi saflanishdan so‘ng o‘quvchilar va ustozlar
30 daqiqani kitob mutolaasiga
bag‘ishlaydi.
🇺🇿
Bu — yurtimizda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan ezgu tashabbuslarning maktabimizdagi amaliy ifodasidir.
📖
Bu jarayonda ustozlar ham o‘quvchilar bilan birga kitob o‘qib,
mutolaaning eng yaxshi targ‘ibotchisi — shaxsiy namuna
ekanini ko‘rsatmoqda.
📌
Muhimi—ko‘p vaqt emas, muntazamlik.
Har kuni o‘qilgan bir necha sahifa ham vaqt o‘tib katta bilim va tafakkurga aylanadi.
📓
Bugun bir sahifa.
⭐️
Ertaga — yangi bir dunyo.
©️
Namangan shahridagi Prezident maktabi
#qayerga_qaytamiz
#film_namoyishi
#ibrat
✈️
“Qayerga qaytamiz?” — Dunyoni tani, Vatanni tanla!
✅
Namangan shahridagi Prezident maktabida “Qayerga qaytamiz?” filmi namoyish etildi.
📍
Filmda xorazmlik
Mushtariy Madraximova
va qashqadaryolik
O‘ktam Xo‘jaqulov
ning hayot yo‘li, ta’lim va izlanishlari, dunyoning nufuzli universitetlarida orttirgan bilim va tajribasi aks etgan. Eng muhimi, ular o‘z kelajagini
ona Vatan bilan bog‘lashni
tanlagan qahramonlar sifatida gavdalanadi.
🎞
Film namoyishi o‘quvchilarni
o‘zlikni anglash, oila va Vatanga sadoqat, ezgulik, mas’uliyat hamda kelajak oldidagi burch
haqida fikrlashga undadi.
✔️
Tadbir davomida o‘quvchilar nafaqat film qahramonlari hayoti bilan tanishdilar, balki
“Men kimman?”, “Kelajakda qayerda va qanday yashashni istayman?”, “Yurtim uchun qanday foyda keltira olaman?”
kabi muhim savollar ustida mushohada yuritish imkoniga ega bo‘ldilar.
📌
Bunday mazmunli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil hayotiy pozitsiyasini shakllantirish va
Vatanga daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlashga
xizmat qiladi.
©️
Namangan shahridagi Prezident maktabi
🔥
8-SINFDA IELTS 8.0? SHUBHASIZ, PREZIDENT MAKTABLARI STANDARTI!
Yosh chegara emas, salohiyat esa cheksiz ekanligini navbatdagi iqtidorli o‘quvchimiz amalda isbotladi.
Namangan shahridagi Prezident maktabining endigina 8-sinfiga qadam qo‘ygan o‘quvchisi — Muhammadyusuf Abdolimov xalqaro IELTS (IDP) imtihonidan aqlbovar qilmas 8.0 ballik (C1 daraja) natijani qayd etdi!
🎯
Muhammadyusufning rekord ko‘rsatkichlari:
• OVERALL: 8.0
📖
Reading: 9.0 (Maksimal natija — 100% aniqlik!)
🎧
Listening: 8.5
🗣
Speaking: 7.5
✍️
Writing: 6.0
O‘qib tushunish (Reading) bo‘limida mutlaq maksimal 9.0 ball olish — o‘quvchining akademik matnlarni tahlil qilish va qabul qilish salohiyati xalqaro ekspertlar darajasida ekanligidan dalolat beradi. 8-sinf o‘quvchisi uchun bu nafaqat maktab, balki butun mamlakat miqyosidagi nodir yutuqlardan biridir!
Ushbu ulkan va hayratlanarli g‘alaba bilan Muhammadyusufni, uning oilasini hamda unga erta yoshdanoq xalqaro standartlarda sifatli bilim bergan barcha ustozlarini samimiy qutlaymiz!
8-sinfda bu natijani qayd etgan o'quvchimizning kelgusidagi marralari yanada balandroq bo‘lishiga shubha yo‘q!
©️
Namangan shahridagi Prezident maktabi
#tonggi_saflanish
#KitobNuri_loyihasi
#mutolaa
#xalqaro_savodxonlik_kuni
📌
Namangan shahridagi Prezident maktabida kun an'anaviy tonggi uchrashuv va Davlat madhiyasi ijrosi bilan boshlandi. Bu o'quv yilida ham
"Kitob nuri", "Mutolaa vaqti" loyihalari
yanada kengroq va yangi ruhda davom etadi.
📖
"Kitob nuri"
loyihasining bu o'quv yilidagi ilk ishtirokchisi 10-02 - Al-Forobiy sinfi o'quvchisi
Mansurbek Abdujabborov
bo'ldi. O'quvchimiz Said Ahmadning "Ufq" trilogiyasi haqida taqdimot qildi. Unda asardagi insoniy taqdirlar, Ikromjon, Tursunboy, Nizomjon kabi qahramonlarning hayoti, tanlovlari va xarakteri haqida so‘z yuritildi. Ayniqsa, Ikromjon obrazi orqali jasorat, sadoqat, matonat va oila qadri yorqin aks etgani ta’kidlandi.
✨
“Kitob nuri”
— o‘qilgan kitobni boshqalarga ulashish, kitobxonlikni targ‘ib qilish va bir asar orqali ko‘plab qalblarga nur olib kirish imkonidir.
📚
Bugungi jarayonlar 8-sentabr — Xalqaro savodxonlik kuni mazmuni bilan hamohang bo‘ldi. Zero, savodxonlik — nafaqat o‘qish va yozish, balki mutolaa orqali fikrlash, anglash va bilimni boshqalar bilan baham ko‘rish madaniyatidir. “Kitob nuri” loyihasi esa ana shu ezgu qadriyatlarni yoshlar orasida keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.
©️
Namangan shahridagi Prezident maktabi
🏆
Yana bir katta yutuq!
Namangan shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi Maxamadaliyeva Yorqinoy “Yashil tashabbuslar jamg‘armasi” tomonidan tashkil etilgan “Ekologik ijtimoiy loyihalar” tanlovining Respublika bosqichida "Air Purity Mission" loyihasi bilan ishtirok etib, 20 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi.
Loyiha jamoasi a’zosi Rahmatullaev Javohirning ham loyiha rivojiga qo‘shgan hissasini alohida e’tirof etamiz.
🌱
"Air Purity Mission" — havo sifatini yaxshilash va ekologik muammolar bo‘yicha jamoatchilik xabardorligini oshirishga qaratilgan ijtimoiy loyiha.
O‘quvchilarimizni ushbu munosib g‘alaba bilan tabriklaymiz! Ularga kelgusi tashabbus va loyihalarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
👏
©️
Namangan shahridagi Prezident maktabi
#NamanganPM
#SportKuni
#UstozlarSportda
#TeamBuilding
PREZIDENT MAKTABIDA USTОZLAR O‘RTASIDA SPORT MUSOBAQALARI BO‘LIB O‘TDI
Namangan shahridagi Prezident maktabida o‘qituvchi va xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy birdamlikni mustahkamlash hamda faol dam olishni ta’minlash maqsadida navbatdagi an’anaviy "Sport kuni" tashkil etildi.
Darsdan so‘ng o‘tkazilgan mazkur musobaqalarda milliy va xalqaro pedagoglarimiz o‘zaro do‘stona va murosasiz bahslarda kuch sinashdilar:
⚽️
Futbol: Maktab stadionida kechgan qizg‘in va murosasiz o‘yinda jamoalar yuqori texnika va ajoyib jamoaviy kombinatsiyalarni namoyish etishdi.
🏐
Voleybol: Xodimlarimiz ishtirokidagi dinamik uchrashuvlar haqiqiy sport shijoatini baxsh etdi.
🏓
Stol tennisi: Chaqqonlik va tezkor reaksiya talab etuvchi bahslar tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.
♟
Shaxmat: Maydondagi harakat intellektual doska qarshisida chuqur strategik tahlillarga ulandi.
Kuchli aql va yuksak akademik natijalar faqat sog‘lom vujud hamda yuqori jamoaviy kayfiyat bilan chambarchas bog‘liqdir. Ushbu sport tadbiri barcha xodimlarimizga yangi ish haftasi uchun katta energiya va ko‘tarinki ruh bag‘ishladi!
©️
Namangan shahridagi Prezident maktabi
#ProfessionalDevelopment
|
#NamanganPM
|
#AcademicExcellence
AKADEMIK SIFAT VA STRATEGIK TAHLIL: NAVBATDAGI PD SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Namangan shahridagi Prezident maktabida o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, ta’lim sifatini uzluksiz tahlil qilish va yangi o‘quv yiliga aniq maqsadlar belgilashga qaratilgan
Professional Development
amaliy sessiyasi tashkil etildi.
Sessiya metod birlashmalar kesimida —
Aniq fanlar, Tabiiy fanlar, Tillar va Ijtimoiy-gumanitar fanlar
yo‘nalishlarida qizg‘in muhokamalar bilan o‘tdi.
📊
Muhokama markazidagi asosiy strategik vazifalar:
• Cambridge (May/June 2026), EOY imtihonlari hamda IELTS/SAT natijalari asosida fanlarning 5 yillik o‘sish dinamikasi ko‘rib chiqildi;
• Har bir fanning kuchli va rivojlantirilishi zarur bo‘lgan jihatlari aniq mezonlar bo‘yicha ajratildi;
• Qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoji bor o‘quvchilar bilan ishlash strategiyalari va fan samaradorligini oshirish uchun zarur resurslar belgilab olindi;
• Vaqtga bog‘langan metodik harakatlar rejasi ishlab chiqildi;
• O‘qituvchilarning kasbiy ehtiyojlaridan kelib chiqib, kelgusi PD mashg‘ulotlari uchun muhim mavzular shakllantirildi.
Xalqaro va milliy pedagoglarimizning o‘zaro tajriba almashinuvi hamda chuqur tahlillarga asoslangan bunday amaliy uchrashuvlar maktabimizda ta’lim sifatining doimiy yuqori standartlarda saqlanishini ta’minlaydi.
Keng qamrovli tahlil — yuksak akademik natijalarning mustahkam poydevoridir!
©️
Namangan shahridagi Prezident maktabi
#Namangan_PM
#Taʼlim_safari_taassurotlari
Namangan shahridagi Prezident maktabida yangi o‘quv yilida ham anʼanaviy “Ustoz o‘gitlari” loyihasi davom etadi.
📚
Loyihaning yangi o‘quv yilidagi ilk sonini matematika fani o‘qituvchisi Nozimjon Ummatillayev boshlab berdi.
Ustozimiz joriy yilning iyul-avgust oylarida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi nomidan Xitoy Xalq Respublikasining Guizhou (Gulzhou) provinsiyasi, Gulyang shahrida bo‘lib o‘tgan “China–ASEAN Education Cooperation Week 2026” taʼlim haftaligida ishtirok etdi.
Uchrashuv va tadbirlar davomida Xitoy taʼlim tizimi, zamonaviy, ilg‘or pedagogik yondashuvlar, taʼlimda innovatsion texnologiyalardan foydalanish hamda o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan tajribalar bilan yaqindan tanishildi.
Gulyang shahridagi taʼlim muhiti, zamonaviy infratuzilma va o‘qituvchi hamda o‘quvchilarga yaratilgan imkoniyatlar ustozimizda katta taassurot qoldirdi.
Zero, taʼlim safari — yangi joylarni ko‘rish bilangina emas, yangi g‘oyalarni kashf etish, tajriba almashish va uni o‘z taʼlim muhitimizga olib kirish imkoniyatidir.
©️
Namangan shahridagi Prezident maktabi
#Mustaqillik35
#Teatr_ibratxonadir
#Ibrat_spektakli
🇺🇿
Namangan shahridagi Prezident maktabi hamda Namangan viloyati musiqali drama teatri hamkorligida mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan
Ochiq eshiklar kuni
va jadid alloma, Namangan farzandi
Isʼhoqxon Ibrat
hayoti va faoliyati aks etgan
“Ibrat” spektakli
namoyishi bo‘lib o‘tdi.
🎭
Tadbir davomida o‘quvchilarimiz teatr san’atining betakror jozibasidan bahramand bo‘lib, buyuk ajdodimiz Isʼhoqxon Ibratning ma’rifatparvarlik faoliyati, ilm-fan va ta’lim rivojiga qo‘shgan hissasi haqida yanada chuqurroq tasavvurga ega bo‘ldilar.
📚
Spektakl o‘quvchilarni ilmga intilish, Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat va ajdodlar merosini asrab-avaylash ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.
✨
Zero, teatr — nafaqat san’at maskani, balki insonni fikrlashga, anglashga va ibrat olishga chorlaydigan tarbiya maktabidir.
©️
Namangan shahridagi Prezident maktabi