
Milliy kutubxona | Rasmiy
🚀
Kitob va ruhiyat: O‘smirlar uchun Milliy kutubxonaga sayohat
✅
2026-yil 10-sentabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga Toshkent viloyati va Toshkent shahar IIBB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida vaqtincha saqlanayotgan 32 nafar voyaga etmagan yoshlar hamda markazning 9 nafar fidoyi xodimlari tashrif buyurishdi.
✨
Tashrif dasturi doirasida:
📖
Kutubxonaning noyob xazinalari va o‘quv zallari bo‘ylab qiziqarli
tanishuv ekskursiyasi
tashkil etildi;
🧠
Malakali
psixolog Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti"Psixologiya" kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi
Abdullaeva Ranajon Matyoqubovna
bilan uchrashuv
o‘tkazilib, unda yoshlarning maqsadlari, hayotda to‘g‘ri yo‘l topishlari va shaxsiy rivojlanishlari haqida motivatsiyaga boy suhbat qurildi.
Ijtimoiy tashabbusdan ko‘zlangan bosh maqsad — qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan o‘smirlarni ma’naviy rag‘batlantirish, ularning dunyoqarashini kitob orqali boyitish.
🤔
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling
Telegram
l
Instagram
YouTube
l
Facebook
l
Twitter
l
Website
2026-yil 10-sentabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Kitob va mutolaa” haftaligi doirasida “Kutubxona xazinasiga sayohat” mavzusida viktorina tashkil etildi
Mazkur viktorinada Toshkent shahar Yashnobod tumanida joylashgan 153-maktabning 3-sinf o‘quvchilari ishtirok etdilar. Viktorina shartiga ko‘ra sinf o‘quvchilari 2 kichik guruhga bo‘linib, “Ertakli topishmoqlar”, “Mitti so‘zlar”, “Pantomimo” va “Qo‘l-oyoq o‘yini” shartlarini bajirishdi.
Bunda o‘quvchilar berilgan tasniflarga yordamida ertak qahramonlarini topish, uzun so‘zlardan ko‘plab kichik so‘zlar yasash, berilgan ertak nomini pantomimo yordamida ko‘rsatib berishda kuch sinashdilar hamda harakatli o‘yinda o‘z zukkoliklarini va jismoniy ko‘nikmalarini namoyish etdilar.
G‘olib jamoa va eng faol ishtirokchilar O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan kitob va yorliqlar bilan mukofotlandi.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling
Telegram
l
Instagram
YouTube
l
Facebook
l
Twitter
l
Website
2026-yil 10-sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Kitob va mutolaa” haftaligi doirasida Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti "Psixologiya" kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi Ranajon Abdullaeva “Psixologiya va yoshlar” mavzusida seminar-trening o‘tkazdi
Ranajon Abdullaeva yoshlar psixologiyasi haqida gapirar ekan, bunday seminarlar o‘smirlik davrida ta'lim va rivojlanishning ko‘p qirrali va ko‘p yo‘nalishli makonini qamrab olishga qaratilganini ta'kidladi. “Bunda alohida e'tibor zamonaviy bilimlar, ta'lim va o‘z-o‘zini rivojlantirishda yoshlar submadaniyati, yoshlar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi ta'lim hamkorligini rivojlantirish kabi dolzarb masalalarni tahlil qilishga qaratilgan.
Ba'zi mavzular umumiy xarakterga ega bo‘lib, tinglovchilarni kretiv yondashuvlar yordamida zamonaviy psixologik qarashlar bilan tanishtirishni maqsad qilgan. Bunday seminarlar yoshning o‘ziga xos xususiyatlarini tushunishga, tushkunlikni yengishga va avlodlar o‘rtasida muloqot qobiliyatlarini yaxshilashga yordam beradi”.
Trening davomida ishtirokchilar shaxsiy o‘sish, ichki salohiyatni ochib berish va uni hayotda amalga oshirish, maqsadlarga qat'iy intilish, shuningdek, hayotiy qiyinchiliklarni yengishda ijobiy fikrlashni shakllantirish masalalari bo‘yicha qimmatli bilim va motivasiyaga ega bo‘ldilar.
Jonli muloqot va qiziqarli mashg‘ulotlar shaklida o‘tkazilgan seminarda ruhshunos Ranajon Abdullaeva ishtirokchilarga sog‘lom turmush tarzini olib borish va psixologik salomatlikni saqlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdi.
Yosh kitobxonlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob olish bilan birga va o‘zlarini yanada takomillashtirish uchun yangi g‘oya va motivasiyalarga ega bo‘ldilar.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling
Telegram
l
Instagram
YouTube
l
Facebook
l
Twitter
l
Website
“MEXANIKA VA MATEMATIK MODELLASHTIRISH” YO‘NALISHI BO‘YICHA RESPUBLIKA KO‘RIK-TANLOVINING YAKUNIY BOSQICHI O‘TKAZILDI
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Respublika oliy ta’lim muassasalarining xorijiy talabalari o‘rtasida “Yo‘nalishning eng iqtidorli talabasi” ko‘rik-tanlovining “Mexanika va matematik modellashtirish” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yakuniy — Final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Milliy kutubxona bilan yaqindan tanishuv
: Tanlovning final bosqichi oldidan ishtirokchi talabalar va tashrif buyurgan professor o’qituvchilar Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Mehmonlarga kutubxonaning faoliyat yo‘nalishlari, ilmiy-ta’limiy imkoniyatlari, mavjud axborot va elektron resurslardan foydalanish tartibi, shuningdek, noyob qo‘lyozmalar majmuasi va boshqa qimmatli ilmiy-ma’rifiy manbalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Kutubxonaning yetakchi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tanishtiruv jarayonida talabalar ilmiy izlanish olib borish, zarur adabiyot va axborot resurslarini izlash hamda ulardan samarali foydalanish imkoniyatlari bilan tanishdilar.
Tanlovning final bosqichi
: Rasmiy dasturga ko‘ra, tanlovning yakuniy bosqichi 60530600 — “Mexanika va matematik modellashtirish” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etildi.
Mazkur tadbirda TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti Mexanika va kompyuterli modellashtirish kafedrasi professor-o‘qituvchilari — dotsent
Xudoynazov Sh.O.,
katta o‘qituvchi
Xamidov S.S.
ishtirok etdilar.
Tanlov jarayoni talabalar uchun nafaqat o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazish, balki turli ta’lim muassasalaridan kelgan tengdoshlari bilan tajriba almashish, o‘zaro muloqot qilish va kasbiy rivojlanish uchun muhim imkoniyat bo‘ldi.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling
Telegram
l
Instagram
YouTube
l
Facebook
l
Twitter
l
Website
https://uza.uz/uz/posts/milliy-kutubxonada-kitob-va-mutolaa-haftaligi-tadbirlari-davom-etmoqda_906958
Sizlarni “Ochiq eshiklar haftaligi” doirasida
xorijiy ilmiy-ta’limiy ma’lumotlar bazalaridan foydalanish
imkoniyatlariga bag‘ishlangan amaliy seminarga taklif etamiz!
SEMINAR MAVZUSI:
“Xorijiy ilmiy-ta’limiy ma’lumotlar bazalari: ilmiy axborotni samarali izlash imkoniyatlari”
📅
Sana:
11-sentyabr
🕝
Vaqti:
14:30–15:30
📍
Manzil:
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi,
“Amerikaga nigoh” o‘quv zali
🔎
Seminarda quyidagi masalalar haqida ma’lumot beriladi:
🔹
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida mavjud xorijiy ilmiy-ta’limiy ma’lumotlar bazalari;
🔹
Xalqaro ilmiy maqolalar, kitoblar, dissertatsiyalar va boshqa elektron resurslarni izlash;
🔹
Ma’lumotlar bazalaridan samarali foydalanish imkoniyatlari;
🔹
Ilmiy tadqiqot va ta’lim jarayonida xorijiy elektron resurslarning afzalliklari;
🔹
"Scopusda indekslangan jurnallar ro'yxatini aniqlash"
🔹
Kerakli ilmiy ma’lumotlarni tez va samarali izlash usullari.
Spikerlar
xorijiy ilmiy-ta’limiy ma’lumotlar bazalari bo‘yicha mutaxassislar:
Husniya Boysunova
Behbudshoh Anvarov
📚
Seminar davomida ishtirokchilar Milliy kutubxonada mavjud xalqaro elektron resurslar, ulardan foydalanish tartibi hamda ilmiy izlanishlar uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni tez va samarali topish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishadilar.
Talabalar, magistrantlar, doktorantlar, ilmiy tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar va ilmiy elektron resurslardan foydalanishga qiziqqan barcha kitobxonlarni seminarimizga taklif etamiz!
📖
Ilm-fan olamiga yo‘l — Milliy kutubxonadan boshlanadi!
✨
Barchangizni “Ochiq eshiklar haftaligi” doirasidagi seminarimizda kutib qolamiz!
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling
Telegram
l
Instagram
YouTube
l
Facebook
l
Twitter
l
Website
✅
Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligida “Eng yaxshi kutubxonachi” tanlovi bo‘lib o‘tdi
📚
Joriy yilning 9-sentabr kuni “Eng yaxshi kutubxonachi” tanlovining O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi bosqichi o‘tkazildi.
🤝
Bellashuvda qo‘mondonlik qoshidagi axborot-kutubxona tuzilmalarida faoliyat yuritayotgan, kasbiga sodiq, fidoyi va vatanparvar kutubxonachilar o‘zaro kuch sinashdilar.
❗️
Harbiy kutubxonachilarning kasbiy mahoratini baholashga qaratilgan ushbu ko‘rik-tanlov qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda, jami 3 ta shart asosida tashkil etildi:
1️⃣
Kutubxona faoliyati bilan tanishtiruv (Taqdimot);
2️⃣
Turli mavzularga oid bibliografik ko‘rsatkich tayyorlash;
3️⃣
Sohaviy va siyosiy-ma’rifiy bilimlar bo‘yicha test sinovlari.
🏆
Yakuniy natijalarga ko‘ra yuksak bilim va mahorat ko‘rsatgan hamda faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan 3 nafar g‘olib kutubxonachiga qo‘mondonlik tomonidan esdalik sovg‘alari va pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.
📚
Ochiq eshiklar haftaligi davom etadi bugun ham haftalik doirasida Mustaqilligimizning 35-yilligi bayram munosabati bilan o'tkazilgan aksiyada g'olib omadli kitobxonlarimiz aniqlandi
“Kitob va mutolaa haftaligi” doirasidagi aksiya davomida bugun
35-omadli kitobxonlar
aniqlandi. Unga kitob hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasining ID-kartasi taqdim etildi.
📖
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling
Telegram
l
Instagram
YouTube
l
Facebook
l
Twitter
l
Website
2026-yil 9-sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Kitob va mutolaa” haftaligi doirasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, tarjimon va telejurnalist, “Shuhrat” medali sohibi, shoir Orif To‘xtash bilan “Kuzgi mutolaa” mavzusida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Tadbirda O'zbekiston Milliy kutubxonasi direktor o'rinbosari Nasiba Xoldorova shoirning ijodiy faoliyatiga alohida to'xtalib o'tdi: “Hozirga qadar Orif To‘xtashning turkum she'rlari “Har doim bo‘lsin quyosh”, “Boychechak”, “Dovon oshgan avlodlar”, “Oltin belanchak”, “Zarband: kecha va bugun”, “Vatanim, deb seni, uyg‘ondim”, “Yoshlar kitobi”, “Bir qishloq bolalari”, “Miyonqol gurungi”, “Yurtni sevmoq saodati”, “Samarqand bayozi”, “G‘unchalar tabassumi”,”Quyosh yo‘li”, “Ko‘zmunchoq”, “Ko‘ngilga tashrif” va “Vatan atri” nomli kitoblari chop etilgan kabi she'riy to‘plamlarda chop etilgan. Orif To‘xtashning bolalarga bag‘ishlab yozgan bir turkum she'rlari “O‘zbek bolalar adabiyoti antologiyasi”ga kiritilgan” deya fikr bildirdi.
Uchrashuv davomida shoir o‘zining she'riyatga kirib kelishiga sabab bo‘lgan omillar, ustozlari, ilk asarlari haqida so‘zlab berdi va o‘zining Vatan, bugungi kunimiz, ona tabiatimiz go‘zalligi, kuz fasli manzaralarini tarannum etuvchi she'rlaridan o‘qib berdi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari ham o‘z o‘rnida Orif To‘xtash ijodiga mansub she'rlar o‘qidilar.
Tadbir davomida yosh kitobxonlar shoirga o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollar bilan murojaat etdilar va o‘z savollariga batafsil javoblar oldilar.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling
Telegram
l
Instagram
YouTube
l
Facebook
l
Twitter
l
Website