
Navoi.travel | Navoiy viloyati Turizm boshqarmasi rasmiy kanali
#Turizm
#Navoiy
#dam_olish_maskani
#sayyohlar
Navoiy viloyatining Karmana tumanida barpo etilayotgan zamonaviy “Malik karvon family Park” hamda “G‘ani bobo bog‘i”
ekobog‘ majmuasi
aholi uchun zamonaviy dam olish maskanini yaratish va turizm salohiyatini oshirishga qaratilgan yirik investitsiya loyihalaridan biri hisoblanadi.
Loyiha doirasida bolalar va kattalar uchun mo‘ljallangan zamonaviy attraksionlar, interaktiv o‘yin maydonchalari, yopiq ekobog‘, madaniy-ma’rifiy va ko‘ngilochar hududlar, oilaviy hordiq chiqarish zonalari, ovqatlanish maskanlari hamda servis xizmatlari tashkil etiladi. Barcha obyektlar tashrif buyuruvchilarga yil davomida qulay va xavfsiz dam olish imkoniyatini yaratishga xizmat qiladi.
Ekobog‘da banan, ananas, apelsin va mandarin kabi tropik o‘simliklarni yetishtirish rejalashtirilgan. Bir vaqtning o‘zida 500 nafar mehmonni qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan ushbu maskan nafaqat dam olish, balki ekologik-ma’rifiy ahamiyatga ega noyob turistik obyekt sifatida ham faoliyat yuritadi.
***
The “Malik Karvon Family Park” and “G‘ani bobo bog‘i” Eco Park, currently under construction in the Karmana District of the Navoi Region, represent one of the region’s major investment projects aimed at creating a
modern recreational destination
for residents while enhancing the area’s tourism potential.
The project will feature modern amusement attractions for children and adults, interactive playgrounds, an indoor eco park, cultural and educational venues, entertainment areas, family recreation spaces, food and beverage facilities, and a full range of visitor services. All facilities within the complex are designed to provide visitors with a comfortable and safe year-round leisure experience.
The eco park will also include tropical plants such as bananas, pineapples, oranges, and mandarins. Designed to accommodate up to 500 visitors at a time, the complex will serve not only as a recreational destination but also as a unique tourism attraction with ecological and educational value.
***
Строящиеся в Карманинском районе Навоийской области
современные комплексы
«Malik Karvon Family Park» и экопарк «G‘ani bobo bog‘i» являются одним из крупных инвестиционных проектов, направленных на создание современной зоны отдыха для населения и повышение туристического потенциала региона.
В рамках проекта будут созданы современные аттракционы для детей и взрослых, интерактивные игровые площадки, крытый экопарк, культурно-просветительские и развлекательные зоны, площадки для семейного отдыха, объекты общественного питания и сервисные службы. Все объекты комплекса будут обеспечивать посетителям комфортный и безопасный отдых в течение всего года.
На территории экопарка планируется выращивание тропических растений, таких как бананы, ананасы, апельсины и мандарины. Комплекс, рассчитанный на одновременный прием до 500 посетителей, станет не только местом отдыха, но и уникальным туристическим объектом экологического и просветительского значения.
Facebook
|
Instagram
|
X
|
YouTube
|
LinkedIn
#Turizm
#Xalqlar_dostligi_kuni
#festival
#sayyohlar
#tadbirlar
🤝
30-iyul – Xalqaro do‘stlik kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi
🗓
30-iyul – Xalqaro do‘stlik kuni
munosabati bilan Xatirchi tumanidagi
"Umummilliy birdamlik" bog‘ida
tuman
Madaniyat bo‘limi
,
Maʼnaviyat va maʼrifat bo‘linmasi
hamda
Axborot-kutubxona markazi
hamkorligida bayram tadbiri tashkil etildi.
🤝
Tadbirning asosiy maqsadi jamiyatda
millatlararo totuvlik
,
o‘zaro hurmat
,
hamjihatlik
va
do‘stlik qadriyatlarini
keng targ‘ib etish, fuqarolar o‘rtasida birlik va birdamlik muhitini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
🎭
Bayram dasturi davomida madaniy-ma’rifiy chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar, badiiy kompozitsiyalar hamda do‘stlik va hamjihatlikni ulug‘lovchi sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Ishtirokchilar mazmunli va ko‘tarinki ruhdagi tadbirdan iliq taassurotlar oldilar.
🇺🇿
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yurtimizda tinchlik, ahillik va millatlararo totuvlikni mustahkamlash, yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat, bag‘rikenglik va do‘stlik tuyg‘ularini kamol toptirishga xizmat qiladi.
✨
Do‘stlik — tinchlik va taraqqiyotning mustahkam poydevoridir!
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
🌐
Web sayt
|
▪️
Telegram|
✅
Facebook|
▪️
Instagram
💖
💖
💖
Angidon – dam olish uchun munosib maskan!
✅
Siz ham oilangiz bilan ushbu betakror tabiat qo‘yniga tashrif buyuring.
Ma'naviy hordiq va yuqori kayfiyat sizga hamroh bo'ladi!
👌
Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati
🧠
Veb Sayt |
✈️
Telegram
|
🌐
Facebook
|
📸
Instagram
|
▶️
Youtube
🎆
🎆
🎆
🎆
🎆
🎆
🎆
🎆
Ўзбекистон Республикаси Президенти маслаҳатчиси Мансурбек Оллоёров ҳамда Навоий вилояти ҳокими Нормат Турсунов Кармана туманида барпо этилаётган замонавий экобоғ мажмуаси лойиҳаси ва ундаги қурилиш- монтаж жараёнлари билан танишди.
Ташриф чоғида
“Malik karvon family Park”
ҳамда
“Ғани бобо боғи”
экобоғ мажмуаси доирасида амалга оширилаётган қурилиш ва ободонлаштириш ишлари кўздан кечирилди.
Лойиҳа доирасида болалар ва оилалар учун қулай шароит яратиш мақсадида замонавий аттракционлар, интерактив ўйин майдончалари, ёпиқ экобоғ ҳудуди, маданий-маърифий ва кўнгилочар зоналар, шунингдек, овқатланиш ва сервис хизматлари масканлари барпо этилиши режалаштирилган.
Раҳбарлар экобоғнинг аҳоли, айниқса, болалар ва ёшлар учун муносиб дам олиш маскани сифатидаги аҳамиятини қайд этишди. Шу билан бирга, қурилиш ишларини сифатли, хавфсиз ва белгиланган муддатларда якунлаш бўйича аниқ вазифалар белгиланди.
Янги экобоғ мажмуаси ҳудуддаги экологик муҳитни яхшилаш, яшил мaйдонларни кўпайтириш ва аҳоли учун замонавий, қулай инфратузилмага эга дам олиш масканини яратишга хизмат қилади.
👌
Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати
🧠
Veb Sayt |
✈️
Telegram
|
🌐
Facebook
|
📸
Instagram
|
▶️
Youtube
https://uza.uz/posts/883627
💜
💜
💜
💙
💙
💙
XATIRCHI TUMANI LANGAR VA ANGIDON TURIZM MAHALLALARIDA INVESTITSIYA IMKONIYATLARI!
📍
Navoiy viloyati, Langar qishlog‘i hamda Angidon qishlog‘i hududlarida turizm infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida yer uchastkalari auksion savdolariga chiqarildi.
Ekoturizmga ixtisoslashgan ushbu so‘lim maskanlar investorlar va tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlarni taqdim etadi.
Quyidagi loyihalarni amalga oshirish mumkin:
Piknik va dam olish zonalari
📥
Kemping va glamping majmualari
📥
Ziplayn va sarguzasht turizmi obyektlari
📥
Oilaviy hordiq chiqarish maskanlari
📥
Milliy taomlar va gastronomik xizmatlar
📥
Ekoturizm yo‘nalishlari va sayyohlik xizmatlari
⛰️
Musaffo tog‘ havosi, betakror tabiat, rivojlanib borayotgan turizm infratuzilmasi va yil davomida ortib borayotgan sayyohlar oqimi ushbu hududlarni turizm biznesi uchun istiqbolli manzilga aylantirmoqda.
📈
Siz ham Langar va Angidonda o‘z turizm loyihangizni amalga oshirib, hudud turizmini rivojlantirishga hissa qo‘shing!
📞
Batafsil ma’lumot uchun Navoiy viloyati Turizm boshqarmasi (F.Islomov +998 97 251 11 13)ga murojaat qilishingiz mumkin.
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
🌐
Web sayt
|
▪️
Telegram|
✅
Facebook|
▪️
Instagram
🏫
ℹ️
ℹ️
ℹ️
ℹ️
ℹ️
💹
Amir Olimxon otasining qabri qayerdaligini bilasizmi?
📍
Navoiy viloyatining qadimiy Karmana tumani ko‘p asrlik tarix, boy madaniy meros va buyuk siymolar bilan bog‘liq maskanlardan biridir. Bugungi kunda tumanda amalga oshirilayotgan
"Ko‘hna Karmana"
turistik loyihasi ana shu tarixiy merosni asrab-avaylash, keng targ‘ib etish hamda mahalliy va xorijiy sayyohlarni jalb etishga xizmat qilmoqda.
🎢
Ko‘pchilikka ma'lum emaski,
Buxoro amirligining so‘nggi hukmdori Amir Olimxonning otasi – Amir Abdulahadxonning maqbarasi aynan Karmana tumanida joylashgan.
U mashhur
Qosim Shayx Azizon majmuasi
hududida dafn etilgan bo‘lib, mazkur maskan O‘zbekistonning eng muhim tarixiy va ziyorat obyektlaridan biri hisoblanadi.
⬇️
Tarixiy manbalarga ko‘ra, Amir Abdulahadxon Karmanada tug‘ilgan va umrining muhim qismini ushbu hudud bilan bog‘lagan. Shu bois vafotidan so‘ng ham o‘z yurti hisoblangan Karmanada dafn etilgan.
Yillar davomida Amir Olimxonning afsonaviy xazinalari aynan shu hududga yashirilgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi rivoyatlar keng tarqalgan. Hatto XX asrda Abdulahadxon maqbarasi bir necha bor ochilib, xazina qidirilgan. Biroq bu taxminlar o‘z tasdig‘ini topmagan.
🌐
Bugungi kunda
Qosim Shayx Azizon majmuasi
nafaqat tarixiy obida, balki ziyorat turizmining muhim markazlaridan biri hisoblanadi. Majmua tarkibidagi qadimiy xonaqoh, maqbaralar va me'moriy yodgorliklar yurtimizning boy ma'naviy merosidan dalolat beradi.
▶️
Ayni paytda Karmana tumanida bunyod etilayotgan
"Ko‘hna Karmana"
turistik obyekti ana shunday tarixiy maskanlarni yagona turistik yo‘nalishga birlashtirishni maqsad qilgan. Loyiha doirasida tarixiy obidalarni restavratsiya qilish, zamonaviy turizm infratuzilmasini yaratish, ziyorat va madaniy turizm xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
🟢
Mazkur loyiha Karmananing boy tarixini dunyoga tanitish, hududga mahalliy va xorijiy sayyohlar oqimini oshirish hamda Navoiy viloyatini O‘zbekistonning muhim tarixiy va ziyorat turizmi markazlaridan biriga aylantirishga xizmat qilmoqda.
Manba:
O‘zA –
"Amir Olimxon otasining qabri qayerdaligini bilasizmi?
"
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
🌐
Web sayt
|
▪️
Telegram|
✅
Facebook|
▪️
Instagram
🌟
Nurota — ming yillik tarix, betakror tabiat va boy madaniyat uyg‘unlashgan maskan
🏛
Har bir toshi tarixni so‘zlaydi, har bir manzarasi esa qalbda unutilmas taassurot qoldiradi. Bu yerda qadimiy meros va zamonaviy hayot bir-biri bilan uyg‘unlashgan.
🏛
Nurota — nafaqat ziyoratgoh, balki kashf etishga arzigulik turizm markazi.
🌟
Bu go‘zal diyorni yangi nigoh bilan tomosha qiling.
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
🌐
Web sayt
|
▪️
Telegram|
✅
Facebook|
▪️
Instagram
#plyaj_turizmi
Yozning issiq kunlarida salqinlik istaysizmi?
Shunda ko‘z oldingizga musaffo osmon, tiniq suv va qushlarning sayrashi keladi...
Bu orzuni ro‘yobga chiqarish uchun sizni sahroning yuragidagi mo‘jiza — To‘dako‘lga taklif etamiz!
🏖
To‘dako‘l — sokinlik, tabiat va zavq uyg‘unligi.
Tiniq va sho‘x suvlar, tabiiy plyaj, qulay dam olish maskanlari siz va yaqinlaringiz uchun unutilmas lahzalarni tuhfa etadi.
🎣
Baliq ovlash, salqin ichimliklar bilan dam olish, do‘stlar va oila davrasida vaqtni maroqli o‘tkazish — barchasi To‘dako‘lda!
🌿
Tabiiy flora va faunasi boy bu hudud, nafaqat hordiq, balki ruhiy tetiklik manbaiga aylanadi.
📍
To‘dako‘lga boring — hayotingizning eng yorqin damlarini shu yerda qarshi oling!
Qayerda dam olamiz deysizmi?
🟡
"Lazurniy"
dam olish maskani
📍
Lokatsiya
🟡
"Silk Road Family Resort"
dam olish maskani
📍
Lokatsiya
🟡
"Mironshox chorbog‘i"
dam olish maskani
📍
Lokatsiya
👌
Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati
🧠
Veb Sayt |
✈️
Telegram
|
🌐
Facebook
|
📸
Instagram
|
▶️
Youtube
#plyaj_turizmi
#safari
💎
Aydarko‘l — sahro bag‘ridagi mo‘jiza!
🔄
S
ahroning o‘rtasida moviy rangda jilolanib yotgan Aydarko‘lni ko‘rgan odam uni bejizga “qumlikdagi dengiz” demaydi. Aydar–Arnasoy ko‘llari tizimi nafaqat betakror manzara, balki yurtimiz uchun muhim tabiiy boylikdir.
🐪
Sayyohlar bu yerda o‘tovlarda tunab, sahro bo‘ylab tuya sayriga chiqishi, sokinlik va tabiat qo‘ynida chinakam hordiq chiqarishi mumkin. Feruza rang suv, kenglik va osoyishtalik — barchasi bir maskanda jamlangan.
⬇️
Ayni paytda Aydarko‘l atrofida 7 ta zamonaviy o‘tovli lager faoliyat yuritib, bir vaqtning o‘zida 3 ming nafargacha mehmonni qabul qilish imkoniyatiga ega.
📍
2025–2027-yillarga mo‘ljallangan loyihalar doirasida ko‘l atrofidagi 150 gektar hududda plyaj va suv turizmi zonalari, mehmonxonalar, sog‘lomlashtirish markazlari hamda savdo-ko‘ngilochar majmualar barpo etilishi rejalashtirilgan.
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
🌍
Web sayt
|
✅
Telegram|
💬
Facebook|
📸
Instagram