
NAVOIY ŞAHAR HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI🇺🇿
Davlat xizmatchilari uchun Yaponiyada magistraturada ta’lim olish imkoniyati: JDS stipendiya dasturiga qabul boshlandi
Yaponiyaning
JDS (Project for Human Resource Development Scholarship by Japanese Grant Aid)
stipendiya dasturi doirasida davlat xizmatchilari uchun 2026-yilgi qabul boshlandi.
Dastur O‘zbekistonning istiqbolli mutaxassislariga Yaponiyaning yetakchi universitetlarida magistratura bosqichida bepul tahsil olish, kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda xalqaro tajriba orttirish imkoniyatini taqdim etadi.
👍
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar
(2027-yil 1-aprel holatiga ko‘ra)
Yosh: 25–40 yosh;
Ma’lumoti: bakalavr darajasi;
Ish tajribasi: kamida 2 yil;
Ingliz tili: IELTS 5.0 va undan yuqori.
👍
Arizalar 2026-yil 20-dekabrgacha qabul qilinadi.
Onlayn seminarlar jadvali:
3-noyabr — 15:00–16:30;
5-noyabr — 11:00–12:30;
10-noyabr — 15:00–16:30;
12-noyabr — 11:00–12:30;
17-noyabr — 15:00–16:30;
19-noyabr — 11:00–12:30.
Seminarlarda
dastur, ishtirok etuvchi universitetlar, ariza topshirish talablari va tanlov jarayoni
haqida batafsil ma’lumot beriladi. Ishtirok etish uchun oldindan
ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.
Batafsil ma’lumot va ariza topshirish:
https://jds-scholarship.org/
👍
JDS loyihasi ofisi (O‘zbekiston)
Manzil: Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 107B, Xalqaro biznes markazi, 2-qavat.
Telefon: +998 78 140-15-60 / 61
Elektron pochta: jds.uzbekistan1@jice.org
Ish vaqti: dushanba–juma, 09:00–13:00 va 14:30–17:30.
Eslatib o‘tamiz:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘iga muvofiq, Boshqaruv samaradorligi agentligiga davlat xizmatchilarining xorijda ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlovchi xalqaro stipendiya dasturlarida milliy hamkor funksiyasini amalga oshirish vazifasi yuklatilgan.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash doirasida Yaponiya xalqaro hamkorlik markazining JDS loyihasi bilan olib borilgan muzokaralar natijasida loyiha tashkiliy qo‘mitasiga raislik qiluvchi sifatida Boshqaruv samaradorligi agentligi vakili belgilangan.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
You Tube
|
X
|
in
|
WiKi
|
Aloqa
Haftaning eng muhim voqealari: Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan strategik sheriklikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. Raqamli iqtisodiyotda 2030-yilgacha yana 500 mingta ish o‘rni yaratish vazifasi qo‘yildi. Qashqadaryoda – umumiy qiymati 6 milliard dollardan ziyod bo‘lgan 161 ta loyiha.
—
Hápteniń eń áhmiyetli waqıyalarına sholıw: Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Mámleketlik xatkeri Marko Rubio menen strategiyalıq sheriklikti rawajlandırıw máselelerin dodaladı. Sanlı ekonomikada 2030-jılǵa shekem jáne 500 mıń jumıs ornın jaratıw wazıypası qoyıldı. Qashqadáryada ulıwma bahası 6 milliard dollardan aslam bolǵan 161 joybar
—
Главное за неделю: Президент Шавкат Мирзиёев обсудил с Госсекретарем США Марко Рубио развитие стратегического партнерства. Поставлена задача создать еще 500 тысяч рабочих мест в цифровой экономике к 2030 году. В Кашкадарье – 161 проект общей стоимостью свыше 6 миллиардов долларов.
—
Weekly review of the most important events: President Shavkat Mirziyoyev discussed the development of the strategic partnership with U.S. Secretary of State Marco Rubio. A target has been set to create an additional 500,000 jobs in the digital economy by 2030. In Kashkadarya Region, 161 projects worth more than $6 billion are planned.
Facebook
|
Instagram
|
X
❗️
Isitiş mavsumi qaçon boşlanadi?
Köp kvartirali uylarda isitiş davri qaçondan boşlanib, qaçondan tugaşi kerak?
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-son qaroriga 1-ilova "Köp kvartirali uylarda issiqlik ta’minoti xizmatlari körsatiş" Qoidalarining 13-bandiga köra, xonalarni isitiş ehtiyojlari uçun issiqlik energiyasini berişda yetkazib beruvçi isitiş davrini Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari tomonidan belgilangan muddatlarda boşlaydi va tamomlaydi.
Isitiş davri taşqi havoning örtaça sutkalik harorati 8° gradusdan past bölgan 5 kunlik davr tamom bölgan kundan keyingi kundan boşlanişi , 8° gradus yuqori bölganda esa tamomlanişi
kerak
.
🔊
🔊
🔊
🔊
NAVOIY ŞAHRI AHOLISI DIQQATIGA!
Navoiy şahar hokimi va örinbosarlari tomonidan jismoniy va yuridik şaxslar hamda ularning vakillarini şaxsiy qabul qiliş grafigi bilan tanişing:
Islomov Bobir Husnidinoviç
— şahar hokimi.
Qabul kuni va vaqti: Har haftaning payşanba kuni soat 15:00 – 16:00.
Haqberdiyev Ötkir Sadilloyeviç
— Moliya, iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosar.
Qabul kuni va vaqti: Har haftaning duşanba kuni soat 15:00 – 16:00.
Tursunov Iskandar Sirojoviç—
Quriliş, tösiqlarsiz muhit yaratiş, kommunikatsiyalar, kommunal xöjalik, ekologiya va kökalamzorlaştiriş masalalari böyiça örinbosar.
Qabul kuni va vaqti: Har haftaning seşanba kuni soat 9:00–10:00.
Mirzayev Javoxir Fazliddin ögli
— Investisiya va taşqi savdo masalalari böyiça örinbosar.
Qabul kuni va vaqti: Har haftaning çorşanba kuni soat 9:00 –10:00.
Yorqulov Azimjon Odiloviç
— Yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça örinbosar.
Qabul kuni va vaqti: Har haftaning payşanba kuni soat 9:00 –10:00.
Raximova Nasiba Dehqonovna
— Oila va xotin-qizlar masalalari böyiça örinbosar.
Qabul kuni va vaqti: Har haftaning juma kuni soat 9:00 –10:00.
📍
Qabul manzili: Navoiy şahridagi Xalq qabulxonasi.
📱
Murojaat uçun:
(79)-221-10-00
🇺🇿
Navoiy şahar hokimligi
Axborot xizmati
🌐
Veb Sayt
|
📸
Instagram
|
✈️
Telegram
|
👤
Facebook
|
🎥
You tube
💜
💜
💜
FVV OGOHLANTIRADI!
Is gazi
hayot uchun xavfli! Xonani isitish vaqtida
texnika xavfsizligi qoidalariga
rioya qiling.
👌
Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati
🧠
Veb Sayt |
✈️
Telegram
|
🌐
Facebook
|
📸
Instagram
|
▶️
Youtube
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️
Endi fuqarolar bir qator xizmatlardan foydalanishda hujjatlarning qog‘oz nusxasini taqdim etishlari shart emas
Adliya vazirligi hujjatlarning qog‘oz shakli o‘rniga elektron shaklini taqdim etishga oid idoraviy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘y
xat raqamlari 3958 va 3959, 2026-yil 20-oktyabr).
🔰
Mazkur hujjatlar bilan
33 ta idoraviy hujjatga
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Ular fuqarolar hujjatlarning elektron shaklini taqdim etishi
va
tegishli tashkilotlar ularni
qabul qilishi
imkoniyatini yaratadi.
📝
Unga ko‘ra, biometrik pasport, ID-karta, tug‘ilganlik va nikoh guvohnomalari, pensiya guvohnomasi, nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, urush qatnashchisi guvohnomasi yoki talabalik guvohnomasi kabi hujjatlarning qog‘oz shakli o‘rniga
my.gov.uz
va
"Ijtimoiy karta"
mobil ilovasidagi
elektron shaklidan
foydalanish mumkin.
✅
Raqamli hujjatlar quyidagi holatlarda qabul qilinadi:
🔹
banklarda
– bank xizmatlaridan foydalanishda va ayrim
moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda shaxsni tasdiqlashda;
🔹
notarial idoralarda
– tegishli notarial harakatlarni
amalga oshirishda;
🔹
aeroportlarda
– O‘zbekiston ichidagi aviareyslarga ro‘yxatdan o‘tishda;
🔹
urush qatnashchilariga kompensatsiya
berishda;
🔹
telekommunikatsiya xizmatlari
ko‘rsatishda –
abonent bilan xizmat shartnomasini tuzishda;
🔹
qon va uning tarkibiy qismlarini topshirishda –
donorning shaxsini tasdiqlashda;
🔹
lombardlar
bilan shartnoma tuzishda;
🔹
tibbiy-ijtimoiy muassasalarda
pullik xizmatlar ko‘rsatishda;
🔹
fuqarolarni
harbiy ro‘yxatga olishda
va boshqa bir qator xizmatlarni ko‘rsatishda.
🔎
Ma’lumot uchun, Hukumat qaroriga (897-son, 2
7.12.2024 y.) muvofiq shaxsni tasdiqlovchi va boshqa bir qator hujjatlarning unifikatsiyalangan raqamli servislari joriy etilgan.
Assalomu alaykum. Bugun 26-oktyabr, dushanba
☀️
Bugun Navoiy shahri hududida havo harorati
+9°...+19°C
bo‘lishi kutilmoqda.
Boshlangan yangi ish kuningiz muvaffaqiyatli va xayrli o‘tsin.
KUN HIKMATI:
Ming yil o‘qisamu, mendan "Nimani bilding", deb so‘rasalar, "Haddimni bildim" deyman.
Jaloliddin Rumiy
_________
КУН ҲИКМАТИ:
Минг йил ўқисаму, мендан "Нимани билдинг", деб сўрасалар, "Ҳаддимни билдим" дейман.
Жалолиддин Румий
❗️
Diqqat
Ertaga (26 oktabr 2026 yil)
mavsumga tayyorgarlik ko’rish maqsadida viloyatning ayrim hududlaridagi tarmoqlarda va transformator punktlarida ta'mirlash ishlari olib boriladi.
▪️
“Hududiy elektr tarmoqlari” Navoiy hududiy filiali talabnomasiga asosan:
➖
Navoiy shahrining
- Istiqlol, Yangi ariq, Muruvvat, Marifat MFYlari
soat 9:00
dan
18:00
gacha;
➖
Zarafshon shahrining -
“Navro’z, Rohat, Sharq MFYlari, Yangi Zarafshon MFY 4-kvartal
soat 9:00
dan
15:00
gacha;
➖
Qiziltepa tumanining
- - Husbiddin, Demas
soat 10:00
dan
16:00
gacha;
➖
Xatirchi tumanining
- A.Navoiy, Miyonqul, Qo’shchinor, Uyshin, Tasmachi MFYlari
soat 10:00
dan
15:00
gacha;
▪️
“Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filiali talabnomasiga asosan:
➖
Navbahor tumanining
- G’ujbog’tepa, Qalqonota, O’zbekiston, Yangiyo’l, Qorovultepa MFYlari
soat 8:00
dan
18:00
gacha;
“
Hududiy elektr tarmoqlari" АJ
Navoiy hududiy filiali matbuot xizmati
@navoienergo
#Bayram_tabrigi
25 oktyabr "Içki işlar organlari xodimlari kuni" munosabati bilan nafaqadagi ustozlar, xodimlar hamda Özbekiston Respublikasi IIV tizimidagi ta’lim muassasalari kursantlarini samimiy muborakbod etamiz!