Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

NAVOIY YOSHLARI

navoiyyoshlari_uz
Navoiy viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasining rasmiy Telegram sahifasi • Murojaat uchun: t.me/Yoshlar_murojaatt | 9:00-18:00 • Manzil: Navoiy shahar Me'morlar ko'chasi 42B Ijtimoiy tarmoqlarda biz: https://myurls.co/sanat
Subscribers
6 151
24 hours
-6
30 days
933
Post views
302
ER
4,91%
Posts (30d)
110
Characters in post
829
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
News
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
October 26, 12:21
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Davlat xizmatchilari uchun Yaponiyada magistraturada ta’lim olish imkoniyati: JDS stipendiya dasturiga qabul boshlandi
Yaponiyaning
JDS (Project for Human Resource Development Scholarship by Japanese Grant Aid)
stipendiya dasturi doirasida davlat xizmatchilari uchun 2026-yilgi qabul boshlandi.
Dastur O‘zbekistonning istiqbolli mutaxassislariga Yaponiyaning yetakchi universitetlarida magistratura bosqichida bepul tahsil olish, kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda xalqaro tajriba orttirish imkoniyatini taqdim etadi.
👍
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar
(2027-yil 1-aprel holatiga ko‘ra)
Yosh: 25–40 yosh;
Ma’lumoti: bakalavr darajasi;
Ish tajribasi: kamida 2 yil;
Ingliz tili: IELTS 5.0 va undan yuqori.
👍
Arizalar 2026-yil 20-dekabrgacha qabul qilinadi.
Onlayn seminarlar jadvali:
3-noyabr — 15:00–16:30;
5-noyabr — 11:00–12:30;
10-noyabr — 15:00–16:30;
12-noyabr — 11:00–12:30;
17-noyabr — 15:00–16:30;
19-noyabr — 11:00–12:30.
Seminarlarda
dastur, ishtirok etuvchi universitetlar, ariza topshirish talablari va tanlov jarayoni
haqida batafsil ma’lumot beriladi. Ishtirok etish uchun oldindan
ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.
Batafsil ma’lumot va ariza topshirish:
https://jds-scholarship.org/
👍
JDS loyihasi ofisi (O‘zbekiston)
Manzil: Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 107B, Xalqaro biznes markazi, 2-qavat.
Telefon: +998 78 140-15-60 / 61
Elektron pochta: jds.uzbekistan1@jice.org
Ish vaqti: dushanba–juma, 09:00–13:00 va 14:30–17:30.
Eslatib o‘tamiz:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘iga muvofiq, Boshqaruv samaradorligi agentligiga davlat xizmatchilarining xorijda ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlovchi xalqaro stipendiya dasturlarida milliy hamkor funksiyasini amalga oshirish vazifasi yuklatilgan.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash doirasida Yaponiya xalqaro hamkorlik markazining JDS loyihasi bilan olib borilgan muzokaralar natijasida loyiha tashkiliy qo‘mitasiga raislik qiluvchi sifatida Boshqaruv samaradorligi agentligi vakili belgilangan.
😎
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram

October 26, 11:33
Media unavailable
2
Show in Telegram

🇺🇿
“NAVOIY YOSHLAR TELEVIDENIYESI” VA O‘ZJOKU O‘RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI
✅
Navoiy viloyati “Fidoiy yoshlar” teleklubi muassisligida tashkil etilgan “Navoiy yoshlar televideniyesi” hamda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
📝
Mazkur memorandumga muvofiq, Toshkent shahrida “Navoiy yoshlar televideniyesi”ning muxbirlar tarmog‘i tashkil etiladi. Bu esa poytaxtda tahsil olayotgan navoiylik yoshlarning iqtidor va salohiyatini namoyon etish, ularning media sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda yosh jurnalistlar bilan hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.
O‘zaro hamkorlikning dastlabki kunida ko'plab iste‘dodli navoiylik talabalar tahsil olayotgan universitetda 600 nafardan ortiq talaba yoshlarga “Navoiy yoshlar televideniyesi” tomonidan ehson oshi tarqatildi. Shuningdek, tunda gulxan atrofida hamkorlar tomonidan tashkil etilgan madaniy-ma’rifiy tadbir ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, o‘zaro do‘stlik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamladi.
✔️
Ushbu hamkorlik yoshlar o‘rtasida ijodiy aloqalarni rivojlantirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda navoiylik yoshlarning yutuqlarini keng jamoatchilikka yetkazishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
😎
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram

October 26, 10:33
Media unavailable
8
2
Show in Telegram

MEDIA CAMP 2026 | Taqdirlash marosimi o’tkazildi
⚡️
Har bir muvaffaqiyat ortida mehnat, intilish va fidoyilik mujassam. Media Camp 2026 loyihasi ham o‘z bilimlari, ijodkorligi va tashabbuslari bilan ajralib turgan yoshlarni bir maydonda birlashtirdi!
✅
Loyihaning yakuniy kunida faol ishtirokchilar va loyiha tashkilotchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu e’tirof yoshlarning sa’y-harakatlari, egallagan bilimlari va loyihaga qo‘shgan hissasining munosib e’tirofi bo‘ldi.
⚫️
Taqdirlash marosimida Tillar fakulteti dekani
E. Musayev
, fakultet dekan o‘rinbosari
F. Muxidov
universitet yoshlar yetakchisi
A. Zokirov
hamda Yoshlar ishlari agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi matbuot kotibi
S.Temirov
ishtirok etdilar.
⚫️
Ishtirokchilar va tashkilotchilarning mehnati e’tirof etilib, ularga sertifikat hamda tashakkurnomalar topshirildi. Barcha taqdirlanganlarni muborakbod etamiz! Kelgusi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar va yangi yutuqlar yor bo‘lsin!
😎
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram

October 26, 08:31
Media unavailable
4
Show in Telegram

🇺🇿
“ADOLAT DEBATE” — VILOYAT BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI!
✅
Navoiy viloyati Yoshlar Front Ofisi jamoasi tomonidan yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida
“Adolat Debate”
loyihasining viloyat bosqichi tashkil etildi.
⚫️
Debat davomida yoshlar o‘z fikrlarini erkin ifoda etish, dalillar asosida munozara olib borish va turli masalalarga huquqiy nuqtayi nazardan yondashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
⚫️
Mazkur loyiha orqali yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va giyohvandlikning oldini olish, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda yoshlarni ezgu maqsadlar sari yo‘naltirishga alohida e’tibor qaratildi.
😎
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram

October 26, 06:03
Media unavailable
2
Show in Telegram

Ushbu video JADIDLARNING
OTASI deb atalgan inson haqida, MAHMUDXO'JA BEHBUDIY
.
Fikr uyg‘otamiz — ongni yuksaltiramiz — hayotni o‘zgartiramiz!
#2_qism
😎
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram

October 26, 04:55
Media unavailable
2
Show in Telegram

🎓
Navoiylik o‘quvchi qiz xalqaro SAT imtihonida 1580 ball to‘pladi
​Ma’lumot uchun, ushbu rekord ko‘rsatkich dunyo bo‘ylab imtihon topshirgan barcha o‘quvchilarning 99 foizidan yuqori natija hisoblanadi. IELTS natijasi esa — 8 ball
Bolaligidan ingliz tiliga bo‘lgan kuchli qiziqishi bilan ajralib turgan yosh iste’dodning bolalikdagi arxiv kadrlari bilan video so‘ngida batafsil tanishing.
😎
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram

October 25, 16:50
Media unavailable
1
Show in Telegram

Tarixiy g‘alabalar bilan yurtimizga qaytgan paralimpiyachilarimizni tantanali kutib oldik
Yaponiyaning Aichi–Nagoya shaharlarida o‘tkazilgan V Paraosiyo o‘yinlarida munosib ishtirok etib, mamlakatimiz para sporti tarixidagi eng yuqori natijani qayd etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarini Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib oldik.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining para atletlarimizga yo‘llagan samimiy tabrigi o‘qib eshittirildi. Tadbir davomida so‘zga chiqqan sportchilar, murabbiylar va ota-onalar mamlakatimizda sport sohasini rivojlantirish hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan yuksak e’tibor uchun davlatimiz rahbariga o‘z minnatdorliklarini bildirishdi.
Vatanimiz sharafini xalqaro maydonda munosib himoya qilib, yuksak g‘alabalarga erishgan barcha paralimpiyachilarimizni ushbu tarixiy natija bilan samimiy tabriklaymiz!
@alisher_sadullaev

October 25, 12:01
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🇺🇿
25-oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni!
Yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi, fuqarolarimiz xavfsizligi hamda qonun ustuvorligini ta’minlash yo‘lida tunu-kun fidokorona xizmat qilayotgan Ichki ishlar organlari xodimlarining mashaqqatli va sharafli mehnati alohida e’tirofga loyiq.
🇺🇿
Jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikning oldini olish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish
yo‘lidagi mas’uliyatli xizmatingiz bilan siz xalqimiz osoyishtaligi, oilalarimiz xotirjamligi va jamiyatimiz barqarorligining ishonchli posbonlarisiz.
⚫️
Barcha Ichki ishlar organlari xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz! Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
🔹
Instagram
🔹
Facebook
🔹
Telegram

October 24, 13:47
Media unavailable
7
Show in Telegram

145 ta medal! Osiyoda kuchli uchlikdamiz!
Yaponiyadagi Para Osiyo o‘yinlarida sportchilarimiz yana bir tarix yozdi.
45 ta
oltin,
49 ta
kumush,
51 ta
bronza! Jami
145 ta medal
bilan O‘zbekiston 45 ta davlat va hudud delegatsiyasi qatnashgan musobaqada
3-o‘rinni
egalladi.
Para Osiyo o‘yinlari
tarixida ilk bor kuchli uchlikka
kirdik. Bungacha eng yuqori natijamiz 2014-yilda qayd etilgan
5-o‘rin
edi. Bu safar sportchilarimiz medallar soni va sifati bo‘yicha ham
yangi rekord
o‘rnatdi.
Barcha sportchilarimizni, murabbiylar va delegatsiya a’zolarini tarixiy natija bilan chin dildan tabriklaymiz. Sizlar barchamizga katta quvonch ulashdingiz.
Barakalla, chempionlar!
@alisher_sadullaev

October 24, 06:15
Media unavailable
2
Show in Telegram

#Foydali
#1_qism
👍
Bir kechada ularni otib tashlashdi... YOZUVCHILAR, SHOIRLAR VA O'QITUVCHILAR
Nega aynan JADID
?
😎
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram