
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
❗️
Barcha talabalar diqqatiga!
📲
To‘lov shartnomasini olish uchun
kontrakt.edu.uz
platformasidan onlayn ariza yuboring.
➡️
Arizangiz oliygoh tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
✅
Tayyor shartnomani tizimdan yuklab olishingiz mumkin.
📌
“KONTRAKT EDU” mobil ilovasi
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
#Jarayon_AKTF
Bir maqsad, bir mas’uliyat: farzand kamoli — ota-ona va universitet hamkorligida…
Bugun Agromuhandislik va kommunikatsion texnologiyalar fakultetida ham 1-bosqich talabalarining ota-onalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda universitet rektori B.Mardonov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor J.Nazarov hamda fakultet dekani Sh.Jo‘rayev so‘zga chiqdi.
Mazkur fakultetga yangi o‘quv yilida kunduzgi va kechki ta’lim shakllarida jami 210 nafar talaba qabul qilingan. Uchrashuv davomida ularning ta’lim olishi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishi hamda universitet hayotida faol ishtirokini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muloqot davomida ota-onalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldilar.
📢
NDKTU Axborot xizmati
Bizni kuzatib boring:
📲
NDKTU RASMIY KANALI
#Eʼlon
Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar!
🆕
Yangi o‘quv yilida
intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va rasmiylashtirish
bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatiladi. Quyidagi yo‘nalishlarda maslahat va amaliy yordam olish mumkin:
💡
Ixtiro
— yangi qurilma, texnologiya yoki texnik yechim;
🔧
Foydali model
— qurilma va uning texnik yechimi;
🎨
Sanoat namunasi
— mahsulotning o‘ziga xos tashqi ko‘rinishi va dizayni;
🌱
Seleksiya yutug‘i
— yangi o‘simlik navi yoki hayvon zoti;
📖
Mualliflik huquqi
— kitob, maqola, ilmiy ish va boshqa ijodiy asarlar;
💻
EHM uchun dastur yoki mobil ilova yaratdingizmi? G‘oyangiz bormi, lekin unga guvohnoma olish tartibini bilmayapsizmi?
Xavotir olmang!
Sizga talabnomani tayyorlash, rasmiylashtirish va topshirish hamda
guvohnoma olish jarayonida amaliy yordam hamda maslahat beramiz.
📞
Tel.: +998 95 961 21 27
📢
Intellektual mulk markazi davlat muassasasi Navoiy filiali
Bizni kuzatib boring:
📲
NDKTU RASMIY KANALI
#Muloqot_KMF
Ta’lim, tarbiya va kelajak: ota-onalar bilan hamkorlik mustahkamlanmoqda
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida 1-bosqich talabalari ota-onalari bilan ochiq muloqotlar izchil davom ettirilmoqda. Navbatdagi uchrashuv Kimyo-metallurgiya fakultetida tashkil etilib, unda universitet rektori B.Mardonov, fakultet mas’ullari hamda talabalarning ota-onalari ishtirok etdi.
Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda talaba-yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarga jalb etish, sport hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirokini ta’minlash borasidagi imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.
Bunday uchrashuvlar universitet va ota-onalar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, talabalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ta’lim-tarbiyasi bilan bog‘liq masalalarni birgalikda hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
📢
NDKTU Axborot xizmati
Bizni kuzatib boring:
📲
NDKTU RASMIY KANALI
#CAIL
NDKTU ixtirochi yoshlari tomonidan sun’iy intellekt asosidagi “MedLive” tibbiy o‘quv uskunasi yaratildi
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti “Sun’iy intellekt va hisoblash laboratoriyasi (CAIL)” qoshida faoliyat yuritayotgan yosh ixtirochilar to‘garagi a’zolari tomonidan “MedLive” tibbiy o‘quv uskunasi yaratildi.
Mazkur ishlanma bo‘lajak tibbiyot mutaxassislarining amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish, klinik vaziyatlarni real holatga yaqin sharoitda o‘rganish va nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qiladi.
“MedLive” loyihasida tibbiy o‘quv manekeni raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirilgan. Shuningdek, “AI Bemor” ilovasi
orqali talaba turli kasalliklar bilan murojaat qilgan virtual bemor bilan muloqotga kirishib, undan shikoyatlari haqida ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bugungi kunda ixtiro mualliflari loyihani takomillashtirish ustida faol ishlamoqda.
📢
NDKTU Talabalar mediastudiyasi
Bizni kuzatib boring:
📲
NDKTU RASMIY KANALI
#Videolavha
1-kurs talabalari uchun “Tanishtiruv haftaligi” qizg‘in davom etmoqda
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti 1-bosqich talabalari uchun “Tanishtiruv haftaligi” doirasida yoshlarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan turli tadbirlar tashkil etilmoqda.
Haftalik davomida talabalar ishtirokida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat, yurt ravnaqi va xalq farovonligiga daxldorlik tuyg‘ularini yuksaltirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy dasturlar, ijodiy uchrashuvlar va badiiy kechalar tashkil etilmoqda.
Mazkur videolavhada “Tanishtiruv haftaligi” doirasida tashkil etilayotgan tadbirlardan lavhalar, talaba-yoshlarning faolligi va ko‘tarinki kayfiyati aks etgan.
📢
NDKTU Talabalar mediastudiyasi
Bizni kuzatib boring:
📲
NDKTU RASMIY KANALI
#Jarayon_AKTF
Talabalar o‘rtasida “Mustaqil O‘zbekiston – mening faxrim” insholar tanlovi o‘tkazilmoqda
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti barcha fakultetlar talabalari o‘rtasida “Mustaqil Oʻzbekiston – mening faxrim” insholar tanlovi oʻtkazilmoqda. Xususan, Agromuhandislik va kommunikatsion texnologiyalar fakultetida ham tanlov jarayonlari bo‘lib o‘tdi.
20 nafarga yaqin iqtidorli talaba qatnashgan tanlovda dastlab, ishtirokchilar tanlov nizomi, maqsadi va shartlari bilan batafsil tanishtirildi. Shundan so‘ng, qatnashchilarga insho yozish uchun vaqt belgilandi. Endilikda, yozilgan insholar mavzu to‘laqonli ochib berilganligi, imloviy savodxonlik, xulosaviy fikrlarning mavjudligi kabi jihatlarga ko‘ra baholanib, g‘oliblar taqdirlanadi.
Qayd etish kerak, insho tanlovlari talabalarning savodxonligini yuksaltirish barobarida, ularning ilmiy maqolalar yozish ko‘nikmasini oshirishda ham muhim sanaladi.
📢
NDKTU Axborot xizmati
Bizni kuzatib boring:
📲
NDKTU RASMIY KANALI
#Jarayon_KF
Universitet rahbariyati va 1-kurs talabalarining ota-onalari bilan uchrashuvlar davom etmoqda
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti rahbariyati hamda 1-bosqich talabalari ota-onalari bilan navbatdagi muloqot Konchilik fakultetida o‘tkazdi.
Mazkur uchrashuvda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor J.Nazarov ota-onalarni ularning farzandlari talaba sifatida ushbu nufuzli oliygohga qadam qo‘ygani bilan qutlar ekan, bugungi kunda yurtimiz oliy ta’lim tizimidagi islohotlar mohiyati, NDKTUda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, professor o‘qituvchilar ilmiy salohiyati, odob-axloq qoidalari haqida batafsil gapirib o‘tdi.
Muloqot davomida ota-onalar o‘quv jarayonlari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan savollar bilan murojaat qilishdi. Universitet rahbariyati tomonidan tegishli savollarga atroflicha javoblar berildi.
📢
NDKTU Axborot xizmati
Bizni kuzatib boring:
📲
NDKTU RASMIY KANALI
#Jarayon_KMF
Profilaktika inspektorlari ishtirokida kiberxavfsizlik mavzusidagi tadbirlar o‘tkazilmoqda
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti profilaktika inspektori G‘. Igamov tomonidan Kimyo-metallurgiya fakulteti 1-bosqich talabalari ishtirokida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida talabalarga kiberjinoyatlar va kiberxavfsizlik, internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar, firibgarlik holatlarining oldini olish hamda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha tushunchalar berildi.
Talabalarga internetdan foydalanishda hushyor va ehtiyotkor bo‘lish, noma’lum havolalarga kirmaslik hamda shaxsiy ma’lumotlarni begona shaxslarga bermaslik tavsiya etildi.
📢
NDKTU Axborot xizmati
Bizni kuzatib boring:
📲
NDKTU RASMIY KANALI
#Jarayon_KMF
“Birinchi kurs maktabi” haftaligi tadbirlari davom etmoqda
Kimyo-metallurgiya fakulteti 1- bosqich talabalarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Navoiy viloyati tarixi va madaniyati” davlat muzeyiga ekskursiya tashkil etildi.
Sayohat davomida talabalar muzeyda saqlanayotgan tarixiy-arxeologik topilmalar, xalqimizning qadimiy turmush tarzi, milliy madaniyati, san’ati hamda Navoiy viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga oid eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar.
Shundan so‘ng “Ma’naviyat va ma’rifat” markazida “Zakovat” intellektual o‘yini ham o‘tkazildi. Qiziqarli savollar va jamoaviy bellashuvlar talabalikka ilk qadam qo‘ygan yoshlarning bir-biri bilan yaqindan tanishishi, do‘stona muhit va hamjihatlikning shakllanishiga samarali xizmat qilmoqda.
📢
NDKTU Axborot xizmati
Bizni kuzatib boring:
📲
NDKTU RASMIY KANALI