Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Germaniya 360°

nemistili_uz
🇩🇪 2019-yildan buyon Germaniya haqida ishonchli ma'lumotlar. Nemis tili • Ta'lim • Ish • Hayot Faktlar, shaxsiy fikrlar va foydali tajribalar. Zafar Usarov: https://taplink.cc/zafar.u
Subscribers
835
24 hours
-2
30 days
-6
Post views
317
ER
37,96%
Posts (30d)
2
Characters in post
1 104
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Education
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Language Teaching
Summary
October 20, 13:20

​​
🩺
Germaniyada tibbiyot diplomlarini tan olish tartibi soddalashadi!
2026-yil 1-noyabrdan xorijda diplom olgan shifokorlar, stomatologlar va farmatsevtlar uchun yangi qoidalar kuchga kiradi.
🔗
Batafsil ma’lumot:
🌐
Vatandoshlar.de
→
Yangiliklar
Telegram
|
Instagram
|
Facebook

September 23, 15:01

​​
Ba’zi bloggerlarning “O‘zbekiston haydovchilik guvohnomasini Germaniyada imtihonsiz almashtirish mumkin” yoki “O‘zbekiston guvohnomasi uchun Germaniyada yangi imkoniyatlar yaratildi” degan videolariga ko‘zim tushib qoldi.
Afsuski, bunday ma’lumotlarning ayrimlari rasmiy manbalar bilan tasdiqlanmagan yoki noto‘g‘ri talqin qilinmoqda.
Shu sababli bu mavzuni o‘zim ham tekshirib, amaldagi rasmiy ma’lumotlar asosida
Vatandoshlar.de
platformasiga tushunarli qo‘llanma joyladim.
• O‘zbekiston guvohnomasi Germaniyada qancha vaqt amal qiladi?
• Uni qanday almashtirish mumkin?
• Theorie va Praxis imtihonlari kerakmi?
• Guvohnomadagi 70 kodi nimani anglatadi?
Barchasini bir joyda tushunarli qilib yozishga harakat qildim.
👉
To‘liq ma’lumot:
Vatandoshlar.de
—
Transport va haydovchilik
P.S.:
Postni foydali bo'limi mumkin bo'lgan tanishlaringiz bilan ham ulashib qo'ying, iltimos.
@Nemistili_uz
|
@Vatandoshlar_de

August 31, 17:32

​​
Vatandoshlar.de
bilan tanishing
Germaniyada hayot ko‘plab imkoniyatlar bilan birga, ko‘plab savollarni ham olib keladi. Kerakli va ishonchli ma’lumotni o‘z vaqtida topish esa har doim ham oson emas.
Vatandoshlar.de
— Germaniyada yashayotgan, tahsil olayotgan, ishlayotgan va bu yerda o‘z kelajagini qurayotgan o‘zbekistonliklar uchun yaratilgan axborot va hamjamiyat platformasi.
Platformada yangiliklar, foydali xizmatlar, mutaxassislar, ish va karyera imkoniyatlari, Germaniya bo‘yicha amaliy qo‘llanmalar, tadbirlar va vatandoshlar hamjamiyatiga oid ma’lumotlar bir joyda jamlanadi. Maqsad — Germaniyadagi hayot uchun kerakli ma’lumot va imkoniyatlarni topishni sodda va tushunarli qilish.
🎥
Vatandoshlar.de tanishtiruv videosini tomosha qiling va loyiha bilan yaqindan tanishing.
🌐
Vatandoshlar.de
— Germaniyada hayot. Tushunarliroq.
Telegram
|
Instagram
|
Facebook

August 31, 16:04

​​
Biz qaytdik. Yangi nom, yangi bosqich.
Uzoq muddatli tanaffusdan so‘ng faoliyatimizni yangi formatda davom ettiryapmiz.
Ko‘pchiligingiz bizni nemis tilini o‘rganish, Germaniyada ta’lim olish va Germaniyaga kelish bilan bog‘liq dasturlarimiz orqali taniysiz. Bu yo‘lda biz bilan birga bo‘lganingiz uchun rahmat.
Endi esa yangi bosqichni boshlaymiz.
Avvalgi yo‘nalishlarimiz va dasturlarimiz bosqichma-bosqich
Vatandoshlar.de
loyihasi doirasida qayta tiklanadi. Shu bilan birga, faoliyatimiz endi faqat ta’lim bilan cheklanib qolmaydi.
Vatandoshlar.de
— Germaniyada yashayotgan va Germaniyaga qiziqayotgan o‘zbekistonliklar uchun yaratilayotgan mustaqil axborot va hamjamiyat platformasi.
Ta’lim va nemis tili, ish va karyera, Germaniyaga kelish, hujjatlar, kundalik hayot, foydali xizmatlar, mutaxassislar va muhim yangiliklar — bularning barchasini bosqichma-bosqich yagona platformada birlashtiramiz.
Oldinda yangi loyihalar, qayta tiklanadigan dasturlar va ko‘plab foydali kontent bor.
🌐
Vatandoshlar.de
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
Telegram
·
Instagram
·
Facebook

July 28, 13:39

​​
Germaniyada yashayotgan ayrim o‘zbeklarning ijtimoiy tarmoqlarda Germaniya hayoti haqida juda saviyasiz Reelslar joylayotganiga ko‘zim tushib qoladi. Afsuski, ularning hammasi ham to‘g‘ri va xolis ma’lumot bermaydi. Natijada ko‘plab vatandoshlarimizda noto‘g‘ri tasavvur shakllanadi va ular shunday saviyasiz kontent tayyorlayotganlardan maslahat so‘rab, ularning yo‘lidan ketishni orzu qilishadi.
Aslida esa o‘z ustida ishlayotgan, sifatli ta’lim olayotgan, mehnat qilayotgan va hayotda aniq maqsad sari intilayotgan insonlarning aksariyati kun-u tun shov-shuvli va saviyasiz kontent tayyorlash bilan band emas. Hayotda siz-u bizga o‘rnak bo‘ladigan insonlar kuni bo‘yi: "Qanday video olsam ekan?" deb Instagramda yashashmaydi.
Hurmatli opa-singillar, aka-ukalar, iltimos, kimnidir faqat ijtimoiy tarmoqlardagi videolariga qarab o‘zingizga o‘rnak qilib olmang. Har qanday ma’lumotni tekshiring, turli manbalarni solishtiring va tanqidiy fikrlashni unutmang. Ilhomni bilimli, halol mehnat qilayotgan va amalda natija ko‘rsatgan insonlardan oling, ijtimoiy tarmoqlarda "yashaydigan"lardan emas.
P.S.
Ochig‘i, bu yozganlarim shu yerning o‘zida qolib ketishini ham bilaman. Shunchaki, o‘zimcha vatandoshlarimizning aldanib qolishining oldini olishga harakat qilyapmanmikan?. Ba'zan esa o‘ylab qolaman: balki o‘zimiz shunday kontentlarga loyiqmizmikan?!
Germaniya 360°

July 27, 06:52

​​
Bugun ertalab ishga kelsam, monitorimda
Xiva.
😊
Windows Spotlight avtomatik ravishda dunyoning turli go'zal maskanlari rasmlarini chiqaradi. Bugun esa navbat Xivaga kelibdi.
Germaniyada turib ish kunimni o'z yurtimning tarixiy shahri manzarasi bilan boshlash kayfiyatimni yanada ko'tardi.
P.S.
Chet elda yashaydiganlarning ko'pchiligi uchun, "vohalik", "vodiylik", "xorazmlik" degan tushunchalar asta-sekin ikkinchi o'ringa tushib boradi. Eng muhimi — Vatan. Qaysi viloyatdan bo'lishingdan qat'i nazar, o'z yurtingning bir parchasi ko'zingga tashlansa, qalbing iliydi.
Germaniya 360°

July 09, 11:56

​​
Allohning izni bilan ko‘plab vatandoshlarimizning o‘qish, ish, Ausbildung va boshqa yo‘nalishlar uchun tayyorlagan hujjatlarini o‘z bilim va tajribamga tayangan holda ko‘rib beraman. Afsuski, ularda juda ko‘plab xatolar bor. Yuqoridagi postlarda ham qanday qilib to‘g‘ri hujjat tayyorlash haqida bir necha bor yozgan edim.
Meni o‘ylantiradigan jihat shuki, muammo odamlarning hujjatlarini noto‘g‘ri tayyorlashida emas, balki bizlarga buni o‘rgatuvchi ta’lim tizimidamikan deb o'ylab qolaman.
Agar ushbu postni ona tili, chet tili yoki informatika o‘qituvchilari o‘qiyotgan bo‘lsa, sizlardan bir iltimosim bor: o‘quvchilaringizga
Motivationsschreiben, Lebenslauf (CV)
va
rasmiy E-Mail
qanday yozilishini ham o‘rgating. Chunki bugungi kunda bu ko‘nikmalar barchamizning ta’lim olishimiz, ish topishimiz va kelajagimizni qurishida juda muhim ahamiyatga ega.
Hurmatli ustozlar, agar bu mavzularda o‘zingizni hali yetarli tajribaga ega emasman deb hisoblasangiz, bemalol men bilan bog‘laning. O‘z tajribamni siz bilan bo‘lishaman. Siz esa bu bilimlarni o‘quvchilaringizga yetkazasiz. Zarurat bo‘lsa, mutlaqo bepul onlayn seminar ham o‘tkazib berishga tayyorman.
P.S.:
Iltimos, ushbu postni tegishli soha vakillariga va guruhlarda ulashing. Birgalikda ummatimiz, millatimiz ravnaqiga hissa qo‘shaylik.
Finlarda shunday gap bor:
„Nur mit Bildung können wir überleben.“
("Faqat ta’lim bilangina yashab qolishimiz mumkin.")
@Nemistili_uz

July 01, 14:36

​​
Germaniyada maktab tizimi qanday ishlaydi?
• 0–3 yosh — Krippe (yasli). Bolalar ayrim bog'chalarga 6–12 oylikdan qabul qilinadi. Ko'pchilik esa 1 yoshdan qatnay boshlaydi. Bu oilaning ehtiyoji va xohishiga bog'liq.
• 3–6 yosh — Kindergarten (bog'cha).
• 6 yoshdan — Grundschule (boshlang'ich maktab). Odatda 1–4-sinflarni o'z ichiga oladi.
Shundan so'ng o'quvchilar quyidagi yo'nalishlardan biriga o'tadi:
• Gymnasium
— universitetga tayyorlaydi. Yakunda Abitur olinadi va universitetga kirish mumkin.Bizni tilda aytganda a'lochilar maktabi.
• Realschule
— o'rta darajadagi yo'nalish. Uni tamomlagach Ausbildung qilish yoki yaxshi natijalar bilan Gymnasiumga o'tish mumkin.
• Hauptschule
— amaliy kasblarga yo'naltirilgan. Ko'pchilik bitirgach Ausbildung boshlaydi.
• Gesamtschule
— Gymnasium, Realschule va Hauptschule yo'nalishlarini birlashtirgan maktab. O'quvchi o'z natijalariga qarab yo'nalishini tanlashi yoki keyinchalik o'zgartirishi mumkin.
• Ausbildung
— Germaniyaning dual ta'lim tizimi bo'lib, o'quvchi bir vaqtning o'zida o'qiydi, ishlaydi va maosh oladi.
Germaniyada maktab tizimi Bundeslandlarga (federal yerlarga) qarab biroz farq qilishi mumkin, ammo umumiy tizim deyarli bir xil.
Bu tizimning afzalliklaridan biri shundaki, o'quvchilar bilim darajasiga mos ta'lim muhitida o'qiydi. Hamma ham akademik yo'lni tanlashi shart emas — jamiyatga yaxshi oshpazlar, sartaroshlar, yo'l quruvchilar, dehqonlar va boshqa malakali mutaxassislar ham kerak. Shu bilan birga, bu tizim sinfdagi o'quvchilar o'rtasidagi bilim darajasi tafovutini kamaytirishga yordam beradi. Balki bu tizim O'zbekistonda ham bo'lganida vaziyat hozirgidan yaxshiroq bo'larmidi...
@Nemistili_uz

June 30, 10:07

​​
Assalomu alaykum!
Bugun kanalimiz uchun kichik o'zgarish bo'ldi.
Bu kanalni 2019-yil 7-yanvar kuni ochgan edim. Oradan 7 yil 5 oy o'tibdi ammo o'sha kun kechagidek esimda. Shu vaqt ichida kanalda 583 ta post yozilibdi. Ular jami 1 million martadan ortiq (taxminan 1 020 250) marta o'qilgan.
2020–2021-yillarda bu kanal nemis tilini o'rganish bo'yicha O'zbekistondagi eng faol va eng ko'p obunachiga ega kanallardan biri edi. Keyinchalik o'qishim, ishim va hayotdagi boshqa mas'uliyatlar sabab ba'zan haftalab, hatto oylab yangi post ulasha olmagan vaqtlarim ham bo'ldi.
Rostini aytsam, kanalni butunlay o'chirib yuborish fikri ham bir necha bor kelgan. Lekin har safar: "Ehtimol, yozganlarim hech bo'lmaganda bir kishiga foydali bo'lar", degan o'y meni bu fikrimdan qaytargan.
Bugundan boshlab kanal nomi
"Germaniyada Bepul Ta'lim"
dan
"Germaniya 360°"
ga o'zgartirildi.
Buning sababi oddiy. Endi bu yerda nafaqat nemis tili, balki Germaniyadagi hayot, ish, ta'lim, shaxsiy kuzatuvlarim, fikrlarim va foydali ma'lumotlarni ham ulashib boraman. Eski nom esa kanal mazmunini to'liq ifodalay olmay qolgan edi.
Shu kungacha kanalni kuzatib kelayotganingiz, ayniqsa uzun postlarni erinmasdan o'qiganingiz va qo'llab-quvvatlaganingiz uchun chin dildan rahmat!
Umid qilamanki, Germaniya 360° siz uchun bundan keyin ham foydali va ishonchli manba bo'lib qoladi.
😊

June 20, 06:35

​​
Bugun tongda Germaniyaning Friedrich Schiller University Jena olimlari tomonidan o'tkazilgan qiziqarli bir ilmiy tadqiqotni
Oxford Academic
jurnalida o'qib qoldim.
Tadqiqot Global Burden of Disease (GBD) ma'lumotlari asosida tayyorlangan bo'lib, 1990–2016 yillar davomida ovqatlanish odatlarining yurak-qon tomir kasalliklaridan o'limga ta'sirini tahlil qilgan.
Men uchun eng qiziq joyi shundaki, tadqiqotda Oʻzbekiston haqida ham ma'lumotlar keltirilgan ekan. Tadqiqotning yangilangan hisob-kitoblariga ko'ra, Oʻzbekistonda yurak-qon tomir kasalliklari tufayli yuz bergan o'limlarning qariyb yarmi noto'g'ri ovqatlanish bilan bog'liq xavf omillari hissasiga to'g'ri keladi. Bu ko'rsatkich bo'yicha Oʻzbekiston WHO Yevropa mintaqasidagi eng yuqori davlatlardan biri hisoblanadi.
Bu yerda gap faqat ovqatlanish haqida emas. Tuzni me'yoridan ortiq iste'mol qilish, meva va sabzavotlarni kam iste'mol qilish, yong'oq va urug'larni yetarli darajada iste'mol qilmaslik kabi kundalik odatlar ham uzoq muddatda yurak salomatligiga jiddiy ta'sir ko'rsatishi mumkin ekanligi yozilgan.
P.S. Nemis tilidagi ilmiy maqolalar va jurnallarni mutolaa qilish yuqori til darajasini rivojlantirish uchun eng foydali mashqlardan biri. Til o'rganishdagi eng muhim qoidalardan biri — avvalo o'z ona tilini yaxshi bilish. O'z ona tilida boy lug'at zaxirasiga ega bo'lgan va fikrini ravon ifodalay oladigan inson uchun chet tilida yuqori darajaga erishish ancha oson kechadi.
@Nemistili_uz