
NeoJadid
Oldida "Islomiy" qo'shimchasi bor narsalarga ozgina tayyormasmizdek tuyulyapti. Iman Invest atrofidagi mash-mashalardan olgan xulosam:
Durust musulmon jamoasi (madaniyati) yo'q joyda na islomiy moliya, na islomiy siyosat imkonlidir. Avval Islomiy fazilatlar shakllanadi, keyin ushbu fazilatga ega bo'lgan insonlarga xizmat ko'rsatuvchi infratuzilma vujudga keladi.
Hozirgidek aksi bo'lsa, "Islomiy moliya" musulmonni ishtonsiz, "Islomiy siyosat" esa musulmonni (tom va ko'chma ma'noda) kallasiz qoldirish vositasiga aylanish xavfi juda katta ekan.
Islomofob Viktor Orban BMT boş kotibi bölişi mumkin.
Tramp ma’muriyati BMT boş kotibi lavozimiga Vengriyaning sobiq boş vaziri Viktor Orban nomzodini taklif qildi, deya yozadi The Wall Street Journal.
Rossiya va Xitoy ham Orban nomzodligini qöllab-quvvatlabdi. BMT Xavfsizlik Kengaşidagi AQŞ, Rossiya va Xitoy Boş kotiblikka ma’qullagan nomzodlargina odatda bu lavozimga saylandi.
Özbekiston ham uning nomzodini qöllab-quvvatlasa kerak, masala saylovgacha borsa.
BMT Boş kotibi lavozimiga hozir harakat qilayotgan yettita nomzodning barçasi 16 oktyabr kuni bölib ötgan dastlabki ovoz berişda Xavfsizlik Kengaşining doimiy a’zolaridan veto ovozi olgan. Ularning heç biri taşkilotga rahbarlik qiliş uçun yetarli qöllab-quvvatlaşga ega emas.
Orban nomzodi ötsa, u BMT’ga saylangan ilk oçiqçasiga rasist va islomofob rahbar böladi.
Takomillaşgan
özbek alifbosi posteri.
Texnarlar turkça klaviaturada I örniga İ qöyib berishsa, deyarli muammosiz yoziş mumkin ekan.
Cloe Drieu — Kino, millat va imperiya. O‘zbekiston 1919–1937 yillarda.
Cloe Drieu O‘zbekistonda davlatchilik va millatning shakllanish jarayonlari, shuningdek, millatchilikning yuzaga kelishini mahalliy kinematografiyaning tahlili orqali yoritgan. Kitob Rossiya imperiyasi tarkibiga kirgan Markaziy Osiyo dastlab qanday qilib mustamlakachilikdan xalos bo‘lgani, keyinchalik esa yana Moskva bosimi ostida qolganini tushunishga yordam beradi.
Сергей Абашин - Кокандский поход. К истории завоевания Центральной Азии в XIX веке
150 лет назад газеты Российской империи писали об очередном походе в Центральную Азию, который должен был продемонстрировать российскому обществу и всему миру мощь русского оружия, решительность русского правления и его цивилизаторскую миссию. Поход против Кокандского ханства 1875–1876 годов закончился победой: враг, объявленный варваром, был повержен, победители осыпаны наградами, а империя приросла огромными территориями и приобрела не менее миллиона новых подданных. Однако не успел дым пороха рассеяться, как страна забыла о произошедшем началась российско-турецкая война, мечты об Индии сменились мечтами о Константинополе, а Кокандский поход так и остался полузабытым эпизодом российской истории. Используя как опубликованные и архивные материалы, так и воспоминания, автор рассказывает об основных этапах и событиях похода, дает слово ведущим имперским чиновникам и рядовым офицерам, а также противоположной, кокандской стороне, чтобы ответить на вопросы: почему Российская империя была так устремлена на завоевание Центральной Азии? Кто и как принимал решение о новых походах и присоединении культурно и географически неблизких земель? И почему события 1875–1876 годов в Центральной Азии замалчивались или забывались в имперское и советское время?
Jamiyat «tepadan» ruxsat yoki iltifot kutmasdan, zaruriy oʻzgarishlarni qanday vujudga keltirishi mumkin?
2016-yilda qandaydir jo'yali islohotlardan umidvor bo'lgan insonlar 2026-yilda o'zining biroz aldangandek his qilmoqda. Buning sabablaridan biri, jo'yali islohotlar farmon bilan amalga oshirib bo'lmasligidadir.
Jamiyatda samarali o'zgarishlarni amalga oshirish borasida ikki hil, zid qarash mavjud.
Rus yozuvchisi Lev Tolstoy'ning fikricha, buyuk yetakchilar (qirollar, prezidentlar, peshvoi millatlar va hkz) aslida tarixning (jamiyatdagi jarayonlarning) quli. Yetakchilar, to'ralar o'zlarining nazorati, qudratidan tashqarida bo'lgan millionlab sabab va jarayonlar natijasida vujudga kelgan tarixiy to'lqinlarning cho'qqisiga tasodifan chiqib qolgan piyodalardir, ularning tarixiy jarayonlarga ta'siri deyarli nolga teng.
«Для изучения законов истории мы должны изменить совершенно предмет наблюдения, оставить в покое царей, министров и генералов, а изучать однородные, бесконечно малые элементы, которые руководят массами. Никто не может сказать, на сколько дано человеку достигнуть на этом пути понимания законов истории; но очевидно, что на этом пути только лежит возможность уловления исторических законов» deydi Tolsoy.
Ingliz tarixchisi Tomas Karlayl esa o'zining "Great man" nazariyasida "tarix -bu buyuk insonlarning tarjimai holi' deb hisoblaydi. Ya'ni, buyuk yetakchilargina (qirollar, prezidentlar va hkz) butun boshli millatlarni taqdirini hal etishi, tarixni (jamiyatni) o'z xohishiga ko'ra shakllantirishi mumkin. Millat g'oyoki buyuk insonlarning qo'lida plastilin, qanday shaklni xohlasa, shuni beraveradi.
Karlaylcha yondashuv sovet davrida urf bo'lgan. Ilk kommunistlar paydo bo'lgan 19 asrda Tomas Karlaylning fikrlarining mashhurligi eng avjiga chiqqan payt edi. Ilk kommunistlar o'zini tanlanganlar, sarbadorlar partiyasi deb bilgan.
"О политической стратегии и тактике русских коммунистов" degan maqolasida Stalin shunday deydi: "Компартия как своего рода орден меченосцев внутри государства Советского, направляющий органы последнего и одухотворяющий их деятельность".
Kompartiyaning rasmiy shiorlari esa "Партия - это Ленин" (Lenin tirikligida), keyin esa «Сталин — это Ленин сегодня» bo'lgan. Kommunistlar buyuk insonlarning yetakchiligiga bunday katta urg'u berishi alaloqibat nafaqat shahsga sig'inish bilan tugadi, balkim jamiyatni chuqur isloh qilishga ham yo'l bermadi. Lenin, Stalinlar tayyor bo'lmagan, qarshilik ko'rsatayotgan jamiyat ustidan tajriba o'tkazdi. Natijada, bunday buyuk shaxs- markazli modernizatsiyaning kommunistik loyihasi tanazzulga uchradi desa ham bo'laveradi. Buni masalan, SSSR kabi qudratli davlat bir kunda tarix sahnasidan yoqolib ketganidan ham ko'rsa bo'ladi.
Biz, hozirgi o'zbeklar, ham Tomas Karlaylning nazariyasining dunyodagi eng so'nggi muhlislaridanmiz. Buni, masalan, O'zbekistonda barcha ishlar "muhtaram prezidentimiz rahnamoligida" amalga oshirilishidan, o'zgarish va islohotlarning muvaffaqiyatini o'zimizdan emas, aynan rahbarlarning tashabbusi va shijoatida deb bilishimizdan ko'rsa bo'ladi. Amaldagi rahbarning bir so'zi bilan tashqi va ichki siyosatimizdagi masalalarga munosabatimiz ham bir zumda o'zgarib ketaveradi.
Boshqa rivojalngan va rivojlanayotgan davlatlarda esa millat taqdirini biror bir shaxsning hatti-harakatlariga bo'glashdan allaqachon voz kechilgan. Hech qaysi inson, naqadar u irodasi kuchli, aqli raso va boshqa buyuk hislatlar egasi bo'lmasin, yakka o'zi butun boshli millatni isloh qila olmagan, qila olmayapti va qila olmaydi ham.
Toki jamiyat islohotlarga egalik qilib, ularda faol ishtirok etmaguncha.
Shuning uchun "peshvoi millatlardan" najot kutmay yashash kerak. Bu borada Sharqiy Yevropaning tajribasi, jumladan Sovet zulmi ostida yashagan chex yoki polyaklar ixtiro qilgan parallel polis, muqobil madaniyat va hokazo tushunchalar qo'l keladi.
O'zbek ziyolilarimiz tanishib o'zlashtirishi lozim bo'lgan muhim konsepsiyalardan biri "Parallel polis" tushunchasidir. Chex faylasufi Vatslav Bendaning davlatga qarab qolmasdan jamiyat uchun kerakli islohotlarni amalga oshirish haqidagi fikrlarini tarjima qildim.
O'qib, o'z fikringizni bildiring, iltimos.