Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

NEFT VA GAZ - MA'LUMOT KANALI

ng_uz
Boğlanish uçun: @sh_uz Neft va gaz olami! 📚 Kitoblar 📺 Videolar 🌏 Yangiliklar 🏆 Test öyinlari 🔥 va boshqa qiziqarli faktlar, maʼlumotlar, rasmlar, memlar, roliklar!!! Manzil: @ng_uz
Subscribers
4 444
24 hours
-3
30 days
-34
Post views
2 430
ER
54,68%
Posts (30d)
8
Characters in post
933
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Other
Audience gender
Mixed audience
Audience age
-
Audience financial status
Mixed
Audience professions
Others
Summary
-
October 23, 11:56
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

Sho‘rtan neft-gaz qazib chiqarish boshqarmasi bilan hamkorlik doirasida bitiruvchilar bandligi ta’minlanmoqda
2026-yil 23-oktabr kuni Sho‘rtan neft-gaz qazib chiqarish boshqarmasi hamda Iqtisodiyot va pedagogika universiteti o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida korxona vakillari universitetga tashrif buyurishdi.
Tashrifda Sho‘rtan neft-gaz qazib chiqarish boshqarmasi direktor o‘rinbosari, bosh geolog Bahodir Ochilov, kadrlar bo‘limi boshlig‘i Behruz Jo‘rayev hamda korxonaning yetakchi mutaxassislari ishtirok etdilar.
Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — “Neft va gaz ishi” ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash, ularning bandligini qo‘llab-quvvatlash hamda yosh mutaxassislarni bevosita ishlab chiqarish jarayonlariga jalb etishdan iborat bo‘ldi.
Muloqot davomida korxona vakillari va universitet mas’ullari o‘rtasida bitiruvchilarni ishga qabul qilish, ularning kasbiy salohiyatidan samarali foydalanish hamda oliy ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, “Neft va gaz ishi” ta’lim yo‘nalishining 4-kurs kunduzgi hamda 5-kurs sirtqi ta’lim shakllarida tahsil olayotgan talabalardan bir necha nafari korxonaning kadrlar zaxirasiga qabul qilindi. Shuningdek, ular universitetni tamomlagach, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishga qabul qilinishlari yuzasidan o‘zaro kelishuvga erishildi.
Ta’kidlash joizki, oliy ta’lim muassasasining asosiy vazifasi nafaqat talabalarga nazariy bilim berish, balki ularni zamonaviy ishlab chiqarish talablariga javob beradigan, o‘z kasbini puxta egallagan va mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislar etib tayyorlashdan iborat.
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti hamkor tashkilotlar bilan aloqalarni rivojlantirish, talabalar uchun munosib ish o‘rinlarini yaratishga ko‘maklashish va bitiruvchilar bandligini ta’minlashga qaratilgan tashabbuslarni izchil davom ettiradi.
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti — sifatli ta’lim, mustahkam hamkorlik va munosib kelajak sari!
📞
Aloqa markazi:
+998752306060
(Qashqadaryo)
😎
Yozish
+998557056060
(Samarqand)
😎
Yozish
💠
Litsenziya Nº 194419 25.12.2023
📍
Manzil:
Qarshi shahri, Gungon MFY, Jayxun ko
‘
chasi, 11A-uy
📍
Manzil:
Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Jo
‘
yi soy MFY, Yasmin ko
‘
chasi, 11-uy
🕊
Telegram
|
📱
Instagram
|
🌍
Web-sahifa

October 22, 04:35
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

📢
Diqqat, talabalar!
🎓
Ishga joylashish uchun muhim imkoniyat!
📅
22–23-oktabr kunlari Iqtisodiyot va pedagogika universitetida Sho‘rtan neft-gaz qazib chiqarish boshqarmasi mas’ul mutaxassislari tomonidan ishga qabul qilish jarayonining 1-bosqich test sinovlari o‘tkaziladi.
Test sinovlarida kimlar ishtirok etishi mumkin?
☑️
Kunduzgi ta’lim shaklining 4-bosqich talabalari;
☑️
Sirtqi ta’lim shaklining 4–5-bosqich talabalari.
Kelajagingiz sari muhim qadamni bugun tashlang!
Aziz talabalar, ushbu imkoniyatdan unumli foydalaning, test sinovlariga puxta tayyorgarlik ko‘ring va o‘z bilim hamda salohiyatingizni namoyon eting. Bu siz uchun kasbiy faoliyatingizni boshlash yo‘lidagi muhim imkoniyatlardan biri bo‘lishi mumkin.
📌
Murojaat uchun:
Neft va gaz kafedrasi.
📞
Aloqa markazi:
+998752306060
(Qashqadaryo)
😎
Yozish
+998557056060
(Samarqand)
😎
Yozish
💠
Litsenziya Nº 194419 25.12.2023
📍
Manzil:
Qarshi shahri, Gungon MFY, Jayxun ko
‘
chasi, 11A-uy
📍
Manzil:
Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Jo
‘
yi soy MFY, Yasmin ko
‘
chasi, 11-uy
🕊
Telegram
|
📱
Instagram
|
🌍
Web-sahifa

October 11, 18:05
Media unavailable
3
Show in Telegram

​​
SANEG?!
@ng_uz

October 11, 18:04

#Ana_xolos
O‘zbekistondagi eng yirik neft qazib chiqaruvchi kompaniya neft konlariga bo‘lgan huquqlaridan ayrilgani ma’lum bo‘ldi. Gap – Saneg kompaniyasi haqida ketmoqda. Bu kompaniyaga bir necha yil oldin neft qazib chiqarishni ko‘paytirish dasturi doirasida 104 ta neft koni bo‘yicha litsenziya berilgan edi. Kuni kecha Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Sohibjon Murodov bu litsenziyalar bekor qilinganini ma’lum qildi.
Saneg tomonidan xususiylashtirilgan Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi ham hozirda davlat ixtiyoriga qaytarilgan. Sohibjon Murodovning aytishicha, bunga xususiylashtirish to’lovlari vaqtida to’lanmagani sabab bo’lgan. Endi davlat zavodni moliyaviy sog’lomlashtirish choralarini ko’rmoqda.
Qayd etish kerakki, garchi konlar neft qazib chiqarishni oshirish maqsadida investorga berilgan bo‘lsa-da, amalda ko‘rsatkichlar ko‘payish o‘rniga, pasaydi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, neft ishlab chiqarish 2021-yildagi 774 ming tonnadan 2025-yilda 656 ming tonnaga tushib qolgan, ya’ni to‘rt yil ichidagi pasayish 15 foizni tashkil etmoqda.
@ng_uz

October 10, 11:08
Media unavailable
1
Show in Telegram

Тадбиркор совуқда скутерда ишга борган ходимларига BMW совға қилди
Батафсил
👇
👇
👇
https://qalampir.uz/n/144339
Расмий саҳифаларимизга обуна бўлинг:
RASMIY
|
LIVE
|
SPORT
|
TV
|
ENGLISH

October 10, 09:44
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

Iqtisodiyot va pedagogika universitetida
“Ilm-fan va texnologiyalarning dolzarb muammolari”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘z faoliyatini boshladi.
Anjuman Iqtisodiyot va pedagogika universiteti rektori, texnika fanlari nomzodi, professor
Otabek Nashvandovich Bozorov
ning kirish nutqi bilan ochildi. Rektor o‘z chiqishida ilmiy anjumanning dolzarbligi, ko‘zlangan maqsadlar, ilmiy tadqiqotlarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni hamda xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari haqida so‘z yuritib, ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi.
Tadbirning tabrik qismida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi Qashqadaryo viloyati hududiy bo‘limi boshlig‘i
Abduazizov
Laziz Abduaziz o’g’li
, “O‘zbekneftgaz” AJ “Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi” MChJ direktori
Aslanov
Shuhrat Choriyevich
hamda “O‘zbekneftgaz” AJ Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi boshlig‘i
Ne’matov
Zoxid Begmatovich
so‘zga chiqib, ilm-fan, innovatsiya va ishlab chiqarish o‘rtasidagi uzviy hamkorlikning muhim jihatlari xususida fikr bildirdilar.
Anjumanda mamlakatimiz va xorijiy davlatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari vakillari, taniqli professorlar hamda akademiklar ilmiy ma’ruzalari bilan qatnashdilar.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Saidahror Saidahmedovich G‘ulomov
, Qozog‘iston Respublikasining M. Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti professori, Qozog’iston Respublikasi Davlat mukofoti laureati, kimyo fanlari doktori
Kazim Sadykovich Nadirov
, AQSHning Kolorado davlat universiteti qurilish va atrof-muhit muhandisligi kafedrasi professori
Robert Ettema
, Pokistonning Sindh qishloq xo‘jaligi universiteti professori
Muhammad Ismail Kumbhar
o‘z chiqishlari bilan ishtirok etdilar.
Shuningdek, Toshkent Davlat Agrar universiteti professori, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), akademik
Saidasror Saidahmedovich G‘ulomov
, Indoneziyaning PGRI Semarang universiteti rektori, professor
Sapto Budoyo
, Rossiyaning Qozon federal universiteti Madaniyatlararo kommunikatsiya instituti, I. A. Boduen de Kurtene nomidagi Chet tillar va tarjima oliy maktabi professori va dekani
Elzara Vasilovna Gafiyatova
, Toshkent Amaliy Fanlar universiteti professori
Baxtiyor Rajabovich Mengliyev
hamda Hindistonning EIILM-Kolkata dotsenti
Supriya Paul
anjumanda o‘z ilmiy qarashlari va tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Anjumanda xorijiy mutaxassislarning bevosita va onlayn shaklda ishtirok etishi ilmiy muloqot ko‘lamini yanada kengaytirib, xalqaro tajriba almashish uchun muhim imkoniyat yaratdi.
Tadbir davomida aniq, muhandislik, tabiiy hamda ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari, zamonaviy ilmiy yondashuvlar, innovatsion ishlanmalar va tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.
Uch kun davom etadigan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
mahalliy va xorijiy tadqiqotchilar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, ilmiy tajribalarni o‘zaro almashish, istiqbolli innovatsion tashabbuslarni ilgari surish hamda ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti — ilm-fan, innovatsiya va xalqaro hamkorlik sari dadil qadam!
📞
Aloqa markazi:
+998752306060
(Qashqadaryo)
😎
Yozish
+998557056060
(Samarqand)
😎
Yozish
💠
Litsenziya Nº 194419 25.12.2023
📍
Manzil:
Qarshi shahri, Gungon MFY, Jayxun ko
‘
chasi, 11A-uy
📍
Manzil:
Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Jo
‘
yi soy MFY, Yasmin ko
‘
chasi, 11-uy
🕊
Telegram
|
📱
Instagram
|
🌍
Web-sahifa

October 10, 08:49
Media unavailable
3
Show in Telegram

​​
Dam olish kuningiz maroqli oʻtsin
😅
@ng_uz

October 10, 01:49
Media unavailable
3
Show in Telegram

​​
Шўрдарё скв №3 газ чиқди
@ng_uz

September 18, 17:42
Media unavailable
1
Show in Telegram

​​
O‘zbekistonda suyultirilgan gazning birjadagi narxi bir kunda 60 foizga oshdi. 17-sentabr kuni bir tonna propan narxi 11,9 million so‘mga yetdi.
Birjadagi narxning bunday oshishi zapravkalardagi gaz narxiga ham ta’sir qilishi mumkin. Prognozlarga ko‘ra, propan narxi litri uchun 12 ming so‘mga yaqinlashishi mumkin.
Narxlarning oshishi bozor tamoyillariga asoslangan narx belgilash tizimiga o‘tilishi bilan bog‘liq. Propandan foydalanadigan haydovchilar uchun bu yoqilg‘i xarajatlarining sezilarli darajada oshishini anglatishi mumkin.
@ng_uz

September 15, 14:03
Media unavailable
3
Show in Telegram

​​
Buxorodagi neft omborida yong‘in chiqdi.
15-sentyabr kuni Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida joylashgan neft mahsulotlarini saqlash omboridagi rezervuarlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda ombordagi rezervuarlardan biridan kuchli alanga ko‘tarilganini ko‘rish mumkin.
@ng_uz