Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

NKMK jamg'armasi

nkmk_jamgarmasi
"NKMK jamg‘armasi" davlat muassasasining rasmiy sahifasi Web-sayt: fondnkmk.uz Facebook: https://www.facebook.com/profile.php?id=100076181619278 Youtube: @nkmkjamgarmasi3221 Instagram: https://www.instagram.com/nkmk_jamgarmasi/#
Subscribers
3 210
24 hours
7
30 days
7
Post views
468
ER
14,58%
Posts (30d)
163
Characters in post
838
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Sports
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Healthcare & Medicine
Summary
October 28, 04:09
Media unavailable
1
Show in Telegram

KUNINGIZ XAYRLI O‘TSIN!
—G’alabaga ishonch – yarim g’alaba!
✍️
Muhammadqodir Abdullayev.
_________________
#SPORT
Davlatimiz rahbari navbatdagi Prezident Olimpiadasiga start berdi.
Ushbu sport musobaqasida
"NKMK jamg‘armasi" DM
sport muassasalarida shug‘ullanayotgan yosh sportchilar ham ishtirok etmoqda. Ularga omad va g‘alabalar tilaymiz.
Bizni kuzatib boring.
👩‍💻
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
|
Aloqa_boti
|
Web-sayt

October 27, 12:17
Media unavailable
4
Show in Telegram

#NAVOIY
#KUTUBXONA
#Sanatoriy_profilaktoriy
📚
Ko‘chma kutubxona: kitobxonlarga uslubiy ko‘mak
🟢
“Farhod” madaniyat saroyi kutubxonasi
kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish bilan birga, ko‘chma kutubxona punktlari faoliyatini ham yo‘lga qo‘ygan. Shunday punktlardan biri
“Metallurg” sanatoriy-profilaktoriyasi
hududida faoliyat yuritadi.
Yaqinda
“Farhod” madaniyat saroyi kutubxonasi
kutubxonachilari Yuliya Shyolokova
va
Aynura Razzaqova
tomonidan mazkur kutubxona faoliyati o‘rganildi.
Tashrif davomida kundalik daftarlarini to‘g‘ri yuritish, kutubxona fondi harakatini hisobga olish hamda fondni tekshirishga oid hujjatlarni rasmiylashtirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, sanatoriy-profilaktoriy kutubxonachisiga hujjatlarni yuritish va kutubxona ishini samarali tashkil etish bo‘yicha uslubiy yordam ko‘rsatildi.
📖
Kitobxonlikni qo‘llab-quvvatlash ma’naviy-ma’rifiy ishlarning muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Bizni kuzatib boring.
👩‍💻
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
|
Aloqa_boti
|
Web-sayt

October 27, 11:16
Media unavailable
1
Show in Telegram

#TAYINLOV
➡️
Rizayev Zafar Atoullayevich “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi” davlat muassasasi Boshqarmasining yuridik xizmati boshlig‘i lavozimiga
tayinlandi.
🟢
Muassasa jamoasi
Zafar Atoullayevich
ning kelgusi ishlariga ulkan muvaffaqiyatlar va ezguliklar tilaydi.
____________________________
#НАЗНАЧЕНИЕ
➡️
Ризаев Зафар Атоуллаевич назначен на должность начальника юридической службы Управления государственного учреждения «Фонд Навоийского горно-металлургического комбината».
🟢
Коллектив учреждения желает
Зафару Атоуллаевичу
больших успехов и новых достижений в дальнейшей профессиональной деятельности.
Bizni kuzatib boring.
👩‍💻
Подписаться на канал:
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
|
Aloqa_boti
|
Web-sayt

October 27, 10:15
Media unavailable
1
Show in Telegram

#TAYINLOV
➡️
Xasanov Firuz Nematovich “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi” davlat muassasasi Boshqarmasining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘limi boshlig‘i
lavozimiga
tayinlandi.
🟢
Muassasa jamoasi
Firuz Nematovich
ning kelgusi ishlariga ulkan muvaffaqiyatlar va omadlar tilaydi.
____________________________
#НАЗНАЧЕНИЕ
➡️
Хасанов Фируз Нематович назначен на должность начальника отдела информационно-коммуникационных технологий Управления государственного учреждения «Фонд Навоийского горно-металлургического комбината».
🟢
Коллектив учреждения желает
Фирузу Нематовичу
больших успехов и удачи в дальнейшей работе.
Bizni kuzatib boring.
👩‍💻
Подписаться на канал:
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
|
Aloqa_boti
|
Web-sayt

October 27, 08:55
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Muhim
#TIBBIYOT
Prezidentimiz
tibbiyotga katta orzular bilan kirib kelayotgan yoshlarga
ishonch bildirdi.
–
Orangizdan kelajakning buyuk shifokorlari, olimlari va kashfiyotchilari chiqishiga ishonaman!
Bizning vazifamiz ana shu
iqtidorlarni kashf etish, ularga ishonish va orzularini ro‘yobga chiqarish
uchun imkoniyat yaratishdan iborat
,
– dedi mamlakatimiz yetakchisi.
Shu maqsadda
“Tibbiyot novatorlari” milliy hamjamiyati
tashkil etildi. Mazkur platforma t
alabalar, yosh shifokorlar, olimlar, tajribali ustozlar va xorijdagi vatandoshlarni birlashtiradi.
– Men bir narsani so‘rayman:
har bir tibbiyot xodimi o‘ziga savol bersin: “Bugun inson salomatligi uchun kechagidan ko‘ra ko‘proq nima qila oldim?”.
Agar har birimiz shu savolga javob qidirib ishlasak,
tibbiyotimizda ham, xalqimizning salomatligida ham katta o‘zgarishlar bo‘ladi,
– dedi Prezidentimiz uchrashuv yakunida.
Bizni kuzatib boring.
👩‍💻
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
|
Aloqa_boti
|
Web-sayt

October 27, 08:45
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Muhim
#TIBBIYOT
Xorijiy klinikalarda tajriba to‘plagan
vatandosh shifokorlar mamlakatimiz shifoxonalariga jalb etiladi.
– Biz ularni o‘zimizdagi shifoxonalarga olib kelib,
Yangi O‘zbekiston tibbiyotida o‘z maktabini yaratishiga xizmat qiladigan yangi tizimni
yo‘lga qo‘yamiz,
– dedi Prezidentimiz.
Bunday mutaxassislarning oylik
ish haqiga 50 million so‘mgacha ustama
to‘lanadi.
Ish joylari zamonaviy uskunalar bilan jihozlanadi.
Ularga atrofida
kuchli jamoa shakllantirish, birga ishlaydigan shifokor, assistent va hamshiralarni mustaqil tanlash
imkoniyati beriladi.
Nufuzli konferensiyalarda qatnashish va xorijdagi hamkasblari bilan tajriba almashish xarajatlari qoplanadi.
Bu ishlar
26 ta ixtisoslashgan markazdan
boshlanadi. Har bir markaz direktori kelasi yili
5-10 nafardan vatandosh shifokorni jalb etishga
mas’ul bo‘ladi.
Bizni kuzatib boring.
👩‍💻
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
|
Aloqa_boti
|
Web-sayt

October 27, 08:43
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Muhim
#TIBBIYOT
Davlatimiz rahbari shifokor mehnatining qadri haqida so‘z yuritib, ma’rifatparvar alloma
Abdurauf Fitratning “Insonga xizmat qilgan har bir soha muqaddas, ammo inson sog‘lig‘iga xizmat qilgan soha – ulug‘roqdir” degan so‘zlarini
esladi.
Tizimda
kamida 15 yil ishlagan xodimlarning ipoteka kreditining bir qismini qoplash
uchun 50 milliard so‘m ajratildi. Shu imkoniyat orqali kelasi yil
1 ming nafar tibbiyot xodimi yangi uyga ko‘chib o‘tadi.
Bu imkoniyat
yosh kadrlar
uchun ham joriy qilinadi: har yili
500 nafar yosh tibbiyot xodimining ipoteka krediti boshlang‘ich badalining 25 foizi qoplab beriladi.
Kelgusi yildan
olis hududlarda ishlaydigan barcha shifokorlarning oylik qo‘shimcha ustamasi 2 million so‘mdan 4,5 million so‘mga oshiriladi.
Bunday hududga ishga kirgan shifokorga
50 million so‘m bir martalik rag‘bat puli
ham beriladi.
Bizni kuzatib boring.
👩‍💻
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
|
Aloqa_boti
|
Web-sayt

October 27, 08:35
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Muhim
#TIBBIYOT
Prezidentimiz kelgusi yildan
kardiologiya, gepatologiya, oftalmologiya va gematologiya kabi yo‘nalishlarda o‘nta sun’iy intellekt tizimi
ishga tushirilishini ma’lum qildi.
– Bemorni masofadan kuzatish, nutq orqali kasallikni aniqlash va dori-darmon xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha yangi yechimlar joriy etiladi,
– dedi davlatimiz rahbari.
Bu yechimlar tibbiyotda sun’iy intellektdan foydalanish ko‘lamini kengaytiradi.
Shifokorlar ishida yangi texnologiyalarni qo‘llashga e’tibor kuchaytiriladi.
Har bir viloyatda
“Eng yaxshi AT operatori” va “Raqamli tibbiyotning eng yaxshi shifokori” tanlovlari
o‘tkaziladi. G‘oliblar
100 million so‘mdan mukofot
oladi.
Bizni kuzatib boring.
👩‍💻
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
|
Aloqa_boti
|
Web-sayt

October 27, 08:33
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Muhim
#TIBBIYOT
Kelasi yildan
26 ta ixtisoslashgan markaz direktori bilan bir yillik kontrakt asosida ishlashga
o‘tiladi. Har bir direktor
sohaga yangilik kiritish, quyi bo‘g‘in xodimlari malakasini oshirish va ilmni amaliyotga joriy qilish
bo‘yicha aniq majburiyat oladi.
Nufuzli xorijiy universitet klinikalaridan mutaxassislar jalb qilinib, markazlardagi kamchiliklar ko‘rsatiladi va direktorlarning vazifalari aniq belgilanadi.
Direktorlar yil yakunida jamoatchilik oldida hisobot beradi. Ish natijasiga qarab kontrakt uzaytiriladi.
Prezidentimiz respublika, viloyat va tumandagi har bir shifoxona hamda
poliklinika faoliyatiga aholining o‘zi baho beradigan mexanizmlarni kelasi yildan joriy etish
vazifasini qo‘ydi.
Har bir
shifokor va hamshiraning oyligi KPIga bog‘lanishi, bunda aholining tibbiy xizmatdan qoniqish darajasi asosiy mezon bo‘lishi
qayd etildi.
Bizni kuzatib boring.
👩‍💻
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
|
Aloqa_boti
|
Web-sayt

October 27, 08:31
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Muhim
#TIBBIYOT
Prezidentimiz kelasi yil
har bir hududga kamida 150 million dollar investitsiya va grant jalb qilish
vazifasini qo‘ydi. Bu borada hududlar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.
Dunyo tibbiyotida
genomika, hujayra va biotexnologiyalar orqali ilgari davolash imkonsiz bo‘lgan ko‘plab kasalliklarga yechim topilayotganini
qayd etildi. Biroq ilmiy taraqqiyot inson oldidagi mas’uliyatni ham oshiradi.
– Inson hayoti va salomatligi bilan bog‘liq
tadqiqotlarda uning huquqi, roziligi va qadr-qimmati birinchi o‘rinda turishi shart,
– dedi davlatimiz rahbari.
Shu bois,
bioetika va biotexnologiya sohalari uchun mustahkam huquqiy asos
yaratiladi.
Garvard tibbiyot maktabi
bilan hamkorlikda
irsiy kasalliklar bo‘yicha mutaxassislar o‘qitiladi va genetik tekshiruv joriy etiladi.
Bizni kuzatib boring.
👩‍💻
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
|
Aloqa_boti
|
Web-sayt