Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar
Bu suhbat/podcast vakillari bilan yaqindan aloqa ✌️ Hamkorlik masalasi bo‘yicha - @nmagapadmin Donat uchun: https://taps.uz/nmagap/d
Subscribers
9 236
24 hours
-7
30 days
—
Post views
6 004
ER
65,01%
Posts (30d)
5
Characters in post
710
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Entertainment & Media
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Media & Communication
Summary
October 24, 14:02
Media unavailable
1
Show in Telegram

🤔
“O‘zbeklik” 15 yildan keyin yo‘qoladimi?
Nega odamlar mustaqil fikrlashdan ko‘ra olomonga ergashishni afzal ko‘radi? Biz haqiqat deb bilgan narsalar aslida qanchalik to‘g‘ri? Falsafa inson hayotini o‘zgartira oladimi?
NmaGap’ning navbatdagi mehmoni — faylasuf Xurshid Yo‘ldoshev.
Bu galgi suhbatimizda milliy qadriyatlar, jamiyatdagi stereotiplar, olomon psixologiyasi, demokratiya, falsafa va hayotning mazmuni haqida bahsli, ammo o‘ylashga majbur qiladigan fikrlar yangradi.
Bu suhbat sizga tayyor javoblar bermaydi. Aksincha, shu paytgacha o‘zingizga berib ko‘rmagan savollarni uyg‘otishi mumkin.
🎬
Suhbatni to’liq ko’rish uchun YouTube kanalimizga o’ting:
👉
https://youtu.be/BDFeGJ5KRL0
📌
NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz!
@nmagapsuhbat

October 17, 14:04
Media unavailable
1
Show in Telegram

🎮
”Buzg’unchi” strimer!
Minglab tomoshabinlarni ekran qarshisiga yig‘adigan Abuser aslida kim? Strimerlik orqali mashhurlikka erishish osonmi? Kamera o‘chganidan keyin uning hayoti qanday davom etadi?
“NmaGap” loyihasining navbatdagi mehmoni — Abuser taxallusi bilan tanilgan strimer Abduaziz G‘ulomov!
Bu galgi suhbatda strimerlik olamining ko‘pchilik bilmaydigan tomonlari, mashhurlik ortidagi bosim, ilk daromadlar, tanqidlar va shaxsiy hayot haqida gaplashdik.
🔹
Strimerlar aslida qancha pul topadi?
🔹
Abuser qanday qilib mashhurlikka erishdi?
🔹
Strimerlik kasbmi yoki shunchaki o‘yin?
🔹
Mashhurlik insonni qanchalik o‘zgartiradi?
🔹
Abuserning kameradan tashqaridagi hayoti qanday?
🔥
Bu safar Abuser bilan game o'ynamaymiz, ochiqchasiga gaplashamiz:
https://youtu.be/E6YuBysh67c?si=hwUazPA9xLnzqo82
📌
NmaGap — Keling, miriqib suhbatlashamiz!
@nmagapsuhbat

October 10, 14:01
Media unavailable
1
Show in Telegram

🤑
Bankrotlikdan MILLIONER bo’ldim!
Biznesda millionlab dollar ishlab topish muvaffaqiyatmi? Yoki haqiqiy muvaffaqiyat — topgan pulingni saqlab qolish, xatolardan xulosa chiqarish va hammasini qaytadan boshlay olishmi?
Bu galgi mehmonimiz — tadbirkor va biznes konsultant Ilhom Begimqulov.
Suhbat davomida katta pullar ortidagi ko‘rinmas muammolar, biznesdagi og‘riqli xatolar, yuzlab xodimlar uchun mas’uliyat va inson hayotini butunlay o‘zgartirib yuboradigan voqealar haqida gaplashdik.
Bu suhbatda faqat muvaffaqiyat tarixi emas, uning ortida turgan yo‘qotishlar, murakkab qarorlar va ko‘pchilik bilmaydigan haqiqatlar ham bor.
📹
Yangi podkast YouTube kanalimizda:
👉
https://youtu.be/uCzBBiJALmM
📌
NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz!
@nmagapsuhbat

October 03, 14:07
Media unavailable
1
Show in Telegram

😎
Ozg’inlik KAYF!
Siz hozir ekranda ko’rib turgan qahramonimizni avvallari 150 kgdan past tasavvur qilish qiyin edi. Shum bolaning rekordlarini hali hech kim takrorlay olganicha yo’q, lekin nimaiki ortiqcha bo’lsa, u zarardir, ayniqsa, TAOM.
“NmaGap” loyihasining navbatdagi qahramoni bloger Elbek Ibragimov!
Elbek akaning vazni hozir 80 kg, bu natijaga qanday erishgani Sizga ham qiziqmi?
📹
Eng mayda detallarigacha shu yerda gaplashdik:
👉
https://youtu.be/vb-i9zuGsIo
📌
NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz!
@nmagapsuhbat

September 29, 14:03
Media unavailable
1
Show in Telegram

🏗
Quruvchilarning yuzi “ochildi”!
Uylarning bir kvadrat metri 100 dollarga tushishi mumkinmi? Sergelida 500 dollarga uy topiladimi? Kotlovandan uy olgan mijoz qancha foyda qiladi?
“NmaGap”ning yangi sonida investor va qurilish sohasidagi tadbirkor
Anvarjon Fazliddinzoda
bilan qurilish bozorining ko‘pchilik bilmaydigan tomonlari haqida ochiq suhbatlashdik.
— Qurilishdagi haqiqiy daromad qancha?
— Uy qurishdan avval qanday ruxsatlar olinadi?
— Qaysi hududlardan uy sotib olmagan ma’qul?
— Nega Samarqandda pul ko‘p?
— Mijozning puli qachon 100% qaytariladi?
— Pul rostdan ham xotirjamlikni yo‘qotadimi?
Shuningdek,
12 yillik musofirlik
, oilaviy biznes, boylarning hobbilari va Instagramdagi aldamchi hayot haqida ham gaplashdik.
📹
To’liq suhbatni ko’rish uchun:
👉
https://youtu.be/0T2P-n9WiSA
📌
NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz!
@nmagapsuhbat

September 26, 14:04
Media unavailable
1
Show in Telegram

🔥
Bomba Anakonda Takonda!
Instagramda har kuni turli tuman blogerlarni ko’ramiz, ularning ba’zilariga havas qilamiz, ba’zilaridan motivatsiya olamiz, ba’zilarining esa qilayotgan ishlari hayratlantiradi.
Shunaqa hayratlantiradigan blogerlardan biri bugun “NmaGap” mikrafonlari qarshisida.
Suhbatimizning navbatdagi qahramoni bloger Ilyos Berdiyev.
Ortiqcha cho’zib o’tirishga hojat yo’q. Yigitning originali bilan suhbat Sizni YouTubeda kutyapti:
👉
https://youtu.be/qcQ-3gfFpbg?si=v_OLCU2GPe-UEsgD
📌
NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz!
@nmagapsuhbat
YouTube
|
Instagram
|
TikTok

September 19, 14:04
Media unavailable
1
Show in Telegram

🏃
Sportdan tug’ilgan startup!
Intizom, chidamlilik va katta maqsadlar - bu safargi suhbat sport hamda startap olamini birlashtiradi.
“NmaGap”ning navbatdagi mehmoni - bir yil ichida 5 ta Ironman musobaqasini yakunlagan sportchi, xalqaro tajribaga ega tadbirkor va Deepen startapi asoschisi Farhod Furqatov.
18 yil xorijda yashab, AQSh startap ekotizimida tajriba orttirgan Farhod aka nima uchun O‘zbekistonga qaytdi? Sport klublaridagi oddiy daftar va Excel jadvallaridan boshlangan muammoni qanday qilib 180 dan ortiq klub foydalanadigan biznesga aylantirdi? Ironman startap qurishda qanday yordam berdi?
Suhbatda sportni biznesga aylantirish, investitsiya jalb qilish, xorijiy bozorga chiqish, 40 yoshdan keyin yugurishni boshlash va sog‘lom hayot uchun pul to‘lash madaniyati haqida gaplashdik.
📹
To’liq suhbatni ko’rish uchun:
👉
https://youtu.be/EUnQcWwhkw0
📌
NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz!
@nmagapsuhbat

September 12, 14:01
Media unavailable
1
Show in Telegram

UFC 5 yilda futbolni”uradi!”
Intizom, xarakter, natija va doimiy harakat — bu safar suhbat oddiy motivatsiyadan ko‘ra chuqurroq bo‘ladi.
“NmaGap”ning navbatdagi qahramoni MMA treyneri Jasco Coach, ya’ni Jasur Alijonov.
MMA uning hayotiga qanday kirib kelgani, murabbiylik yo‘li, jangovar sport ortidagi og‘ir mashg‘ulotlar, shogirdlarni nafaqat jismonan, balki ruhiy jihatdan ham jangga tayyorlash, g‘alaba va mag‘lubiyatni qabul qilish — suhbatda oktagon tashqarisida ko‘rinmaydigan jarayonlar haqida ham gaplashdik.
📹
YouTubega GO:
👉
https://youtu.be/UY7Ibzj3jCo
📌
NmaGap — Keling, miriqib suhbatlashamiz!
@nmagapsuhbat

September 05, 14:22
Media unavailable
1
Show in Telegram

🐟
Tabiatga OZOR bermang!
O‘zbekistonda rostdan ham 4 metrlik laqqa bormi?
Dinozavr qanday qilib tovuqqa “aylanib” qolgan?
Darvin nazariyasiga ishonish kerakmi o‘zi?
Bu safar shu va bundan ham qiziq savollarni biolog olim, ixtiolog va genetik
Baxtiyor Sheraliyev
ga berdik.
Baliqlardan boshlangan suhbatimiz evolyutsiya, genetika, din, tibbiyot, Xitoydagi hayot va ta’lim, bolalar tarbiyasigacha borib yetdi.
Ba’zi joylarda hayron qoldik, ba’zilaridan yana savol berdik, ayrim javoblardan keyin esa rosa bahslashgimiz keldi
😉
📹
Xullas, bu safar ham zeriktirmaydigan suhbat bo‘ldi:
👉
https://youtu.be/wXNpW6-Q5MM
📌
NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz!
@nmagapsuhbat

August 29, 14:06
Media unavailable
2
Show in Telegram

🚗
24/7 ESHIK ochamiz!
Instagramda Mashina ochish nomi ostida faoliyat yuritadigan bloger, yana ham aniqrog’i jamoa haqida siz ham eshitgan bo’lsangiz kerak. Mashinasi yoki uyi qulflanib qolganlarga supermandek yordamga shoshiladigan bu yigitlarga tasanno aytmaslikning iloji yo’q.
Bugun “NmaGap” studiyasida Mashina ochish blogi muallifi Ismoil Bahodirov. Instagram, u yerdagi kontentlar o’z yo’liga, bizga Ismoil akaning ichki dunyolarini ochish qiziq bo’ldi.
Suhbat allaqachon YouTubeda:
👉
https://youtu.be/cB591BKVhxw
📌
NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz!
@nmagapsuhbat