Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Nurafshon shahri hokimligi

nurafshonpressa
Rasmiy sayt: https://nurafshon.uz Instagram: https://instagram.com/nurafshonshaharhokimligi Facebook: https://fb.me/nurafshonshaharhokimligi Youtube: https://www.youtube.com/channel/UCgd5F
Subscribers
3 186
24 hours
11
30 days
19
Post views
637
ER
19,99%
Posts (30d)
243
Characters in post
909
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
September 11, 13:45
Media unavailable
9
1
Show in Telegram





Kambag‘allikni qisqartirish: har bir oila uchun aniq vazifalar belgilandi
Prezident raisligida joriy yil 3-sentabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida
Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov
Dehqonobod mahallasida
bo‘lib, hokimga biriktirilgan kambag‘al oilalarning ijtimoiy va iqtisodiy holatini o‘rgandi.
✔️
O‘rganish davomida oilalarning muammolari va mavjud imkoniyatlari tahlil qilinib, ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha manzilli choralar belgilandi. Jumladan, bir oilaning bog‘cha yoshidagi farzandini imtiyoz asosida maktabgacha ta’lim tashkilotiga joylashtirish bo‘yicha mas’ullarga topshiriq berildi.
✔️
Shuningdek, yana bir oilada mehnat qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan fuqaroni doimiy ish bilan ta’minlash, xonadonlardagi bo‘sh yer maydonlaridan unumli foydalanish hamda uy sharoitida daromad keltiruvchi faoliyatni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
Shundan so‘ng mahalladagi
“mahalla yettiligi”
faoliyati o‘rganilib, kambag‘allik darajasini qisqartirish va uni bartaraf etish bo‘yicha aniq va manzilli topshiriqlar berildi.
❗️
Bunda
xotin-qizlar, yoshlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar
hamda daromad topish imkoniyatiga ega bo‘lgan aholini mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishga keng jalb etish, har bir oila bilan individual ishlash va belgilangan vazifalar ijrosini qat’iy nazoratga olish vazifalari belgilandi.

Telegram
🌐
Instagram
🌐
Website

Facebook

September 11, 13:30
Media unavailable
4
1
Show in Telegram





Barqaror elektr ta’minoti yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda
Nurafshon shahrining "Hurriyat" MFY hududida
aholi xonadonlarini
barqaror va sifatli elektr energiyasi
bilan ta’minlash, mavjud elektr tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash hamda tarmoq quvvatini mustahkamlashga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda.
Ayni paytda TP 376-sonli transformator beton ustunlarni o‘rnatish hamda elektr uzatish tarmoqlarini yangilash doirasida SIP kabel tortish ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur ishlar yakunlangach, hududdagi elektr tarmoqlarining ishonchliligi oshirilib, iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlash sifati yaxshilanishi ko‘zda tutilgan.
Nurafshon shahrida aholiga qulay va barqaror infratuzilma yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Telegram
🌐
Instagram
🌐
Website

Facebook

September 11, 10:46
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

1️⃣
2️⃣
3️⃣
4️⃣

Rasmiy yuqori oylik fuqaroning kelajakdagi pensiya manfaatida ham ko‘rinishi kerak: xorijiy tajriba nima deydi?
✔️
Amaldagi tartibda pensiya hisoblashda
6,0 mln so‘mgacha
bo‘lgan ish haqi qismi inobatga olinadi. Shu sababli yuqori daromadli fuqarolar uchun rasmiy ish haqi va kelajakdagi pensiya o‘rtasidagi bog‘liqlikni yanada kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.
🐈‍⬛
Ko‘plab davlatlarda pensiya hisoblanadigan daromad uchun chegara mavjud. Shu bilan birga, yuqori daromadli fuqarolarning pensiya manfaatlarini saqlash uchun kasbiy pensiya va qo‘shimcha jamg‘arma mexanizmlari ham qo‘llanadi.
🔼
Jamg‘arib boriladigan pensiya mexanizmlarini rivojlantirish
esa rasmiy mehnatga rag‘batni kuchaytirib, pensiya tizimini yanada adolatli va barqaror qilishga xizmat qilishi mumkin.
➡️
Har bir fuqaro o‘zining rasmiy mehnati va qo‘shgan hissasi kelajakdagi pensiyasida aks etishiga ishonch hosil qilishi kerak.
🇺🇿
Batafsil
|
🇬🇧
More
#Pensiya
#IshStaji
#PensiyaTizimi
#XalqaroTajriba
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
Х

September 11, 09:29
Media unavailable
10
1
Show in Telegram





Milliylik va tibbiyot — qadriyatlar uyg‘unligi
Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi
jamoasi tomonidan tibbiyot sohasida zamonaviy yondashuvlarni qo‘llash bilan bir qatorda, xalqimizning boy milliy qadriyatlari va an’analarini asrab-avaylash hamda targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Telegram
🌐
Instagram
🌐
Website

Facebook

September 11, 09:02
Media unavailable
4
2
Show in Telegram





NURAFSHON SHAHRIDA ISLOHOTLAR SHTABI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Toshkent viloyati prokurori o‘rinbosari
X. Jalolov
, Nurafshon shahar hokimi
Q. Xamdamov
hamda shahar prokurori
T. Karimov
ishtirokida Nurafshon shahrida tashkil etilgan
Islohotlar shtabi faoliyati o‘rganildi
.
O‘rganish davomida aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida shaffoflikni ta’minlash hamda bozorlarni raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, raqamlashtirish jarayonida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari atroflicha muhokama qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda qonuniylikni mustahkamlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
O‘rganish yakunida belgilangan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, aholi manfaatlarini himoya qilish hamda iqtisodiy jarayonlarda shaffoflikni yanada oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Telegram
🌐
Instagram
🌐
Website

Facebook

September 11, 04:34
Media unavailable
2
Show in Telegram





📺
OAV NIGOHIDA:
Nurafshon shahrida
"
Yong‘indan ogohlik”
umummilliy kampaniyasi doirasida amalga oshirilayotgan profilaktik ishlar tafsilotlari
O‘zbekiston 24
telekanalining
"Vaziyat"
dasturida.

Telegram
🌐
Instagram
🌐
Website

Facebook

September 11, 04:01
Media unavailable
1
Show in Telegram





Nurafshon shahar hokimligi ishsiz fuqarolarni shahardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga taklif etadi
Hurmatli fuqarolar!
Agar siz ayni paytda ish izlayotgan bo‘lsangiz, o‘zingizning mutaxassisligingiz, malakangiz va qiziqishlaringizga mos bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin.

Shuningdek, ishga joylashish masalasida qo‘shimcha ma’lumot olish yoki amaliy ko‘makka ehtiyoj sezsangiz, yashash hududingizdagi hokim yordamchisi yoki mahalla yettiligi a’zolariga murojaat qilishingiz mumkin.
❗️
Sizni munosib ish bilan ta’minlash va bandligingizni oshirish yo‘lida hamkorlik qilishga tayyormiz.

Telegram
🌐
Instagram
🌐
Website

Facebook

September 10, 13:52
Media unavailable
10
1
Show in Telegram





Nurafshon dehqon bozorida raqamlashtirish jarayonlari amalga oshirilmoqda

Bugun
Nurafshon shahar hokimi
Qobil Xamdamov
,
shahar prokurori
To‘lqin Karimov
hamda
shahar IIB boshlig‘i Azizbek Yuldashev
ishtirokida
Nurafshon dehqon bozoridagi
mavjud holat o‘rganildi.
🔘
O‘rganish davomida bozor faoliyatini zamonaviy talablar asosida tashkil etish, savdo jarayonlarini raqamlashtirish, xizmatlar shaffofligini ta’minlash va boshqaruv samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔘
Xususan, savdo rastalari va tadbirkorlik subyektlari haqidagi ma’lumotlarni elektron shaklda yuritish, savdo jarayonlarini nazorat qilish, narx-navoni monitoring qilish hamda hisob-kitoblarni raqamli tizimlar orqali amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Shuningdek,
elektron to‘lovlarni kengaytirish, noqonuniy savdoning oldini olish, soliq tushumlarini to‘liq va shaffof ta’minlash
hamda bozor infratuzilmasini raqamli boshqaruv vositalari asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
🔘
Jarayon davomida savdogarlar va xaridorlar bilan bevosita muloqot qilinib, ularning fikr va takliflari o‘rganildi. Bozor hududida sanitariya, kommunal, kadastr, jamoat va yong‘in xavfsizligi bilan bog‘liq masalalarga ham e’tibor qaratildi.
❗️
Bozor faoliyatini
“raqamli bozor” tamoyillari asosida tashkil etish
, xizmatlar sifatini oshirish, savdo jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash va aholiga yanada qulay sharoit yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifa va topshiriqlar berildi.

Telegram
🌐
Instagram
🌐
Website

Facebook

September 10, 12:38
Media unavailable
2
Show in Telegram





📺
OAV NIGOHIDA:
Nurafshon shahrida aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish va muammolarni hal etish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda
Tafsilotlar “O'zbekiston” telekanali lavhasida.

Telegram
🌐
Instagram
🌐
Website

Facebook

September 10, 12:14
Media unavailable
10
1
Show in Telegram





Yoshlar bilan ochiq muloqot: muammo va takliflar o‘rganildi
Davlat rahbari tashabbusi
bilan
payshanba kuni “Yoshlar kuni”
sifatida belgilanganidan buyon
Nurafshon shahrida yoshlar
bilan
ochiq muloqotlar muntazam ravishda
tashkil etib kelinmoqda.
Har hafta aniq reja asosida o‘tkazilayotgan uchrashuvlarda yoshlarning murojaatlari, muammo va takliflari o‘rganilib, ularni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda tashabbuslarini amalga oshirishga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bugun ham Nurafshon shahar hokimi Q. Xamdamov, shahar prokurori T. Karimov hamda shahar IIB boshlig‘i A. Yuldashev ishtirokida yoshlar bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida yoshlarning murojaatlarini tinglash bilan birga, har bir masala yuzasidan aniq yechim va amaliy choralarni belgilashga e’tibor qaratildi. Muloqotda yoshlar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini boshlash va kengaytirish, ishga joylashish, kasb-hunar o‘rganish, moliyaviy ko‘mak olish, mavjud imtiyozlardan foydalanish hamda boshqa yo‘nalishlardagi masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Shahar hokimi Q. Xamdamov uchrashuv avvalida yoshlarning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslarini tinglash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar siyosati doirasidagi ishlarni yanada samarali tashkil etish mazkur muloqotning asosiy maqsadi ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, uchrashuv davomida yoshlar tomonidan ilgari surilgan qator taklif va tashabbuslar muhokama qilinib, ularni amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Telegram
🌐
Instagram
🌐
Website

Facebook