Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Nuruddin Blogs

nuruddinblogs
Texnologiyalar, Startuplar va ba’zida offtop. Kofe olib bermoqchimisiz? Marhamat: https://www.tirikchilik.uz/nuruddin Add me on other social media: instagram.com/nuruddinblogs / instagram.com/imnuruddin t.me/imnuruddin
Subscribers
6 530
24 hours
-3
30 days
35
Post views
1 461
ER
22,37%
Posts (30d)
35
Characters in post
887
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Business & Economy Blog
Audience gender
Male
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Technology & Software Development
Summary
October 26, 14:45
Media unavailable
1
Show in Telegram

Bu hafta Apple press-relizlarga boy böladiganga körinadi va bugun yangi OLED iPad Mini bilan boşlanmoqda:
- 8,5 dyuymli OLED displeyi
- A20 Pro çipi
- Karnay örniga "Akustik displey"
- IP67 darajadagi himoya
- N1 va C2 chiplari
- Boşlanğiç narxi 699$ (avvalgi avlodga nisbatan 200$ qimmat)
Ekran ANÇA yaxshilangan, chip ham ANÇA kuchli, xullas, kutilgan yangilanish bo‘ldi. Yangi audiotizimni sinab köriş kk. Lekin saytda 120 gersli yoki ProMotion haqida hech narsa yöq, demak... 60 Gers ekan-da?
@nuruddinblogs

October 26, 08:52
Media unavailable
3
Show in Telegram

Bu belaruslik Silikon vodiysida muhandis bo‘lib ishlagan, hozir milliardlab ko‘rishlar soniga ega va Gordon Ramzi bilan ishlaydigan dunyodagi eng mashhur pazandalik blogerlaridan biri.
Ishimiz tugasa shunaqa ishlar bilan shugullansek bo'ladi)
@nuruddinblogs

October 25, 06:26

Ijtimoiy tarmoqlarda
1in8b.life
veb-o‘yini paydo bo‘ldi. Bu yer yuzidagi tasodifiy inson hayotini boshdan kechirish uchun simulyator bo‘lib, unda bola hayotining birinchi daqiqasidan to o‘limigacha davom etishi kerak. Odatda voqealar fonda kechsa-da, ba’zan o‘yin asosiy qarorlarni qabul qilishni so‘raydi.
Bu "sinf burchagida yolg‘iz o‘tirgan bola bilan gaplashaymi," "kuchukchaga ism tanla," keyin ish, sherik va hokazo. O‘yin qahramon yashaydigan mamlakatga moslashadi.
Nuanslardan: mualliflar reallik ustida bosh qotirgan, sizning qahramoningiz Hindiston yoki Nigeriyada tug‘ilish ehtimoli katta.
Bu o‘yinning yaratgan hikoyalaridan biri:
"O‘yinda o‘yinchining 16 yashar qizi bor edi. U tug‘ilgan mamlakatda qizlarni 16 yoshda erga berishadi. Qarindosh-urug‘lari, shahar oqsoqollari unga turmushga chiq, deb zug‘um o‘tkazardi.
O‘yinchi bu bosimga qarshilik qildi, atrofdagilar bilan munosabati buzilishiga qaramay, qizining o‘qishini davom ettirishini, universitetga kirishini talab qildi.
O‘yinchining virtual hayoti tugagach, dafn marosimida qizi aytdi:
"Otam doim biz tomonda edi."
Hatto o‘yinda ham himoya qilmoqchi bo‘lgan odamingni topganday bo‘lasan.
Albatta, bunday ta’sirli lahzalardan tashqari, eng dramatik voqealar ham talaygina. Masalan, qimorboz hech qachon ajrashishga ariza bermagan, er-xotinning o‘limi sababli esa 5 marta uylangan - qimorbozning o‘zi, shunday bo‘lsa ham, hech bo‘lmasa politsiyaga qo‘ng‘iroq qilish kerak, degan.
@nuruddinblogs

October 23, 17:17
Media unavailable
1
Show in Telegram

⌨️
Yangi Özbek Alifbosi uçun maxsus dastur — Yangi Alifbo 2026!
Yangi alifbodagi harflarni (Oʻ/Ö, Gʻ/Ğ, Sh/Ş, Ch/Ç) oddiy klaviaturada terişda noqulayliklarga duç kelyapsizmi?
✨
Dasturning qulayliklari
:
🔹
Klaviaturangizni yangi alifbo harflariga tez va oson moslaştiradi
🔹
Matn yoziş tezligingizni oşiradi
🔹
Word’da eski hujjatlaringiz bormi? Uni 1-tugma bilan yangi alifboga avtomat ötkaza olasiz!
Örnatiş va foydalaniş juda oddiy
Loyiha-StartUP'mizni qoʻllab-quvvatlang!
📥
Dasturni bepul yuklab oling:
👉
📥
Yangi Özbek Alifbosi
|
🎬
YouTube
|
yuklanmasa
📥
şu yerdan
köçiring.
👨‍💻
tezyechim.uz jamoasi

October 22, 13:06

Marketingga qancha sarflash kerak, kimni yollash kerak, natija deb nimani hisoblash kerak? O'zbekistonda bu savollarga javob beradigan mahalliy ma'lumot hozirgacha yo'q edi.
Lokals Marketing shu bo'shliqni to'ldiradigan tadqiqot chiqardi. Agentlik 2019-yildan beri O'zbekiston va Markaziy Osiyoda mahalliy va xalqaro brendlar bilan ishlaydi va 200 dan ortiq strategik va kommunikatsiya loyihasini amalga oshirgan.
Tadqiqot uchun 54 ta biznes egasi, CEO va marketing direktori bilan chuqur intervyu o'tkazilgan. Xulosalar esa I-Hamkorning 157 mingdan ortiq kompaniya bo'yicha 2025-yilgi soliq ma'lumotlarida tekshirilgan.
Eng qiziq raqamlar:
• kompaniyalarning 65 foizida marketing qarorlarini egasining o'zi qabul qiladi, 70 foizida strategiya yo'q;
• aylanmasi 100 mln dollardan oshgan 71 ta kompaniya bozor tushumining 18,9 foizini oladi. Bu eng kichik 146 ming kompaniya birgalikda ishlaganidan ko'p.
Natijada "7 Qadam" marketing narvoni chiqqan: biznes aylanmasiga qarab bosib o'tadigan yetti bosqich. Har biri uchun marketingga kim javob berishi, qancha byudjet odatiy ekani, kompaniyalar qaysi tuzoqqa tushishi va nimaga hozircha pul sarflamaslik kerakligi yozilgan.
Startap yoki o'sayotgan biznes egasi bo'lsangiz, 4 ta savol orqali kompaniyangiz qaysi qadamda ekanini va marketingingiz biznesdan orqada qolmaganini tekshirib olasiz.
Tadqiqot haqida batafsil:
https://lokals.uz/uz/insights/7-qadam
@nuruddinblogs

October 22, 03:19
Media unavailable
2
Show in Telegram

Kecha kechasi kenimcha Kiberxavfsizlik olamidagi eng qonli kechalardan biri bo’ldi shekilli, ketma ketlikda PHP, Railway, Gitlab, NodeJS yana eMudhra ham. Internetni juda katta qismi afsuski har xil hujumlarga moyil bo’lib qoldi. Bugun ishda ertalabdan nima qilishni bilmayotgan bo’lsangiz, bu o’zingizdagi versiyalarni tekshirish va patchlarni qo’yish menimcha.
Vaziyat shundayki xatto FBI bn NSA ham PHP dagi xavf haqida ogohlantirdi.
Quyida bu oy bo’lib o’tgan barcha hodisalar:
Oct 21:
• PHP2Shell
• Railway
• Node.js
• LiteLLM
• GitLab
• SBI
• eMudhra
Oct 20:
• Plex2Shell
• SiteGuard
• Siemens
Oct 19:
• OVHcloud CLI
Oct 17:
• Opencode
E’tibor qaratish lozim bo‘lgan 15 ta kiberhodisa va zaiflik:
• Railway: mijozlarning maxfiy ma’lumotlari fosh bo‘ldi
• LiteLLM: PyPI va Dockerdagi zararli relizlar
• Zeabur: infratuzilma buzib kirildi
• OpenCode: sun’iy intellekt (SI) API kalitlari sizib chiqdi
• OVHcloud CLI: rasmiy binar fayllarga bekdor o‘rnatilgan deb taxmin qilinmoqda
• Rank Math PRO: rasmiy plaginda zararli dastur topildi
• TeamUpdraft: mijozlar haqidagi ma’lumotlar olindi
• ConnectWise: bulutli zaxiralash tizimidagi identifikatsiya ma’lumotlari o‘g‘irlandi
• Tensorlake: zararlangan npm to‘plami
• SubQuery: bekdor npm paketi
• GhostAction: GitHub’dagi zararli ish jarayonlari
• PHP: o‘ta xavfli RCE (kodni masofadan ishga tushirish) zaif tomonlari
• Node.js: xavfsizlikka oid zaifliklar bartaraf etildi
• eMudhra: sertifikatlashtirish markazi kalitlari qo‘lga kiritildi
• Tailscale: eMudhra hodisasining oqibatlari
Hodisalar har xil, biroq xulosa bitta: biz ishongan dasturiy ta’minotning o‘zi zaif nuqtamizga aylanishi mumkin.
Bog‘liqliklar (dependencies), plaginlar, paketlar reyestri, yig‘ish konveyerlari (build pipelines), rasmiy binar fayllar hamda sertifikatlash markazlari — bularning barchasi sinchiklab tekshirilishi shart.
Muhandis sifatida faqatgina "Kodimiz xavfsizmi?" degan savol bilan cheklanib qolmasligimiz kerak.
@nuruddinblogs

October 21, 07:55
Media unavailable
5
Show in Telegram

Tilmoch dan bugun til bayrami munosabati bilan Sarpo yuborishibdi. Juda kreativ.
@nuruddinblogs

October 21, 05:05
Media unavailable
1
Show in Telegram

🇺🇿
O‘zbek tili bayrami muborak!
1989-yil 21-oktyabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Ushbu sana munosabati bilan tilimizning boy yozuv tarixiga nazar tashlaymiz.
Bir yarim ming yil davomida tilimiz beshta yozuvda bitildi:
𐰾𐰇𐰔 · سوز · sɵz · сўз · so‘z
Yozuvlar besh bor o‘zgardi, ammo tilimizning jozibasi o‘zgarmadi.
📖
Toshbitiklardan bugungi klaviaturagacha bo‘lgan yo‘l haqida maqolamizni o‘qing:
tilmoch.ai/21-oktyabr
🎁
Bayram sovg‘asi: pulli obunalar 21% arzonroq!
Chegirma Pro va Max’ning barcha (1, 3 va 12 oylik) tariflariga 27-oktyabr oxirigacha amal qiladi.
Bayramingiz muborak!
💚
Tilmoch jamoasi

October 20, 07:30

Shaxsiy maʼlumotlarimizni kim koʻryapti?
YHXB xodimi sizni toʻxtatib, planshetiga qaraganda u yerda faqat guvohnomangiz chiqmaydi. Oilangizda kimlar borligi, nomingizdagi uy, ish joyingiz, hatto daromadingiz ham chiqadi. Yoʻl harakati xavfsizligiga bularning nima aloqasi bor?
Bugun YHXBda yoki profilaktika inspektorida tanishi bor odam pasport raqamingiz yoki mashina raqamingiz bilan siz haqingizda deyarli hamma narsani bilib olishi mumkin. Buni xodimlar kamera oldida ham bemalol koʻrsatib berishyapti.
Firma ochib koʻring. Roʻyxatdan oʻtganingizdan bir-ikki daqiqa oʻtib buxgalterlar va banklar qoʻngʻiroq qila boshlaydi. Siz raqamingizni ularga bermagansiz. Demak, kimdir maʼlumotingizni sotyapti.
Qonun bunga yoʻl qoʻymaydi. Konstitutsiyaning 31-moddasi va “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonun maʼlumotlarimizni himoya qiladi. Muammo shundaki, fuqaro oʻz maʼlumoti kim tomonidan, qachon va nima uchun koʻrilganini bilmaydi. Bilmagan narsasini esa isbotlay olmaydi.
Shu masala boʻyicha tahliliy maʼlumotnoma tayyorladim. Asosiy taklifim:
🔹
har bir organ faqat oʻz funksiyasiga tegishli maʼlumotni koʻrsin;
🔹
maʼlumotingiz koʻrilsa,
my.gov.uz
orqali sizga kim, qachon, qanday asosda ko`rganligi haqida xabarnoma kelsin;
🔹
shu xabarnoma bilan sudga murojaat qila olasiz, sudda esa xodim maʼlumotingizni nima uchun koʻrganini oʻzi isbotlab bersin.
Hujjatni toʻliq oʻqib chiqing, fikringizni yozing. Masalaga tegishli organlar ham eʼtibor qaratadi degan umiddaman.
📎
Tahliliy maʼlumotnoma ilova qilinadi
.
@u_generalissimus

October 19, 07:05
Media unavailable
2
Show in Telegram

❗️
Ўзбекистонда Google Pay хизмати ишга тушди
Самарқанд шаҳрида
Марказий Осиё мамлакатлари ва АҚШ ўртасидаги “C5+1”
форматидаги тадбирлар доирасида
“Рақамли технологиялар”
мавзусида панель сессияси ташкил этилди.
Унда
Google Cloud’
нинг Давлат сиёсати ва давлат ташкилотлари билан алоқалар йўналиши бўйича раҳбари
Марчин Красуски
Google Pay хизматининг Ўзбекистонда ишга туширилгани эълон қилинди.
@pressuzb