Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar

nuu_students
⚡ Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan. Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi. 📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Subscribers
4 430
24 hours
30 days
-30
Post views
1 606
ER
36,25%
Posts (30d)
32
Characters in post
934
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation Student Life
Audience gender
Female
Audience age
18-24
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
June 11, 15:05

❗️
O'qishni ko'chirish qachon boshlanadi?
Amaldagi qonunchilikka ko'ra,
15-iyul kunidan
rasman o'qishni ko'chirish uchun qabul jarayonlari boshlanadi va
5-avgust
kuniga qadar davom etadi.

Ariza topshirish uchun quyidagi saytlar orqali onlayn ro'yxatdan o'tiladi:
👉
transfer.edu.uz
— davlat oliygohining biridan boshqasiga;
👉
my.uzbmb.uz
— xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan
xorijiy va nodavlat
oliy ta'lim muassasalaridan davlat oliygohlariga.
@NUU_students

June 11, 04:58
Media unavailable
1
Show in Telegram

📢
YANGIYO’L
shahrida ishlashga tayyormisiz? Siz uchun SUPER ish taklifimiz bor....
🏢
Kutib oling... Registan LC
Yangiyoʻl
filiali o'z jamoasiga malakali ustozlarni ishga taklif qiladi!
💼
Mavjud ish o'rinlar:
— Matematika
— Ingliz tili
— Ona tili
— Tarix va Huquq
— Kimyo va Biologiya
🤝
Biz taklif qilamiz:
— Yuqori oylik maosh va barqaror ish o'rni
— Moslashuvchan ish grafigi
— Yosh, do‘stona, va qo'llab-quvvatlovchi jamoa
— O'quv kurslarimiz uchun maxsus chegirmalar
— Shaxsiy va professional o‘sish imkoniyati
— Bonuslar va mukofotlar
🎯
Agar
Registan LC Yangiyoʻl filialida
uzoq muddatli karyera qurishni istasangiz, hoziroq bot orqali kirib, boʻsh ish o'rinlariga anketa toʻldiring
👉🏻
Anketa toʻldirish uchun bosing
Murojat uchun:
@registan_lc_hr
📌
Bu yangilikni Yangiyoʻllik tanishlaringizga ham yuborib qo'ying!

June 10, 08:05
Media unavailable
1
Show in Telegram

❗️
Bazaviy va tabaqalashtirilgan kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 10-iyunga qadar uzaytirildi
Abituriyentlar, ularning ota-onalari va oliy ta’lim tashkilotlarining murojaatlari inobatga olinib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli bayoni bilan quyidagi toifadagi fuqarolar uchun to‘lov-kontrakt muddatlari uzaytirildi:
— bakalavriat va magistraturada bugungi kunga qadar darslarda qatnashib, yakuniy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan abituriyentlar;
— o‘qishi ko‘chirilgan
(ko‘chirib tiklangan)
va qayta tiklangan talabalar.
Ular uchun bazaviy va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning bir yillik o‘qitish qiymatining
100 foizini to‘lash hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning
so‘nggi muddati 2026-yil
10-iyunga qadar
(shu kuni ham)
uzaytirildi.
@NUU_students

June 10, 04:45

❗️
Ta'lim shaklini o'zgartirish tartibi haqida
🗄
Oliygoh ichida faqat ta'lim shaklini o'zini o'zgartirish – OTM komissiyasi hal qiladi;
🗄
Bir davlat oliygohidan boshqasiga ta'lim shaklini o'zgartirib ko'chirish – vazirlik xulosasiga ko'ra amalga oshadi (bir davlat OTMdan boshqasiga perevod uchun uzrli sabab kerak);
🗄
Xorijiy, nodavlat oliygohlaridan davlat oliygohlariga ta'lim shaklini o'zgatirib ko'chirishda – testdan yetarli ball to'plab o'qishi ko'chirilsa, ta'lim shakli bo'yicha xulosani ko'chirayotgan OTM moddiy texnik bazaga qarab o'zgartirishi mumkin;
🗄
Nodavlat oliygohlardan boshqasi – ko'chirayotgan OTM hal qiladi
🗄
Nodavlat oliygohning o'zida ta'lim shaklini o'zgartirish – OTM komissiyasi xulosasiga asosan amalga oshiriladi.
@NUU_students

June 08, 04:41

❗️
Xotin-qizlar uchun tavsiyanomalar nega
my.uzbmb.uz
saytida ko‘rinmayapti?
Ko‘plab abituriyentlarda xotin-qizlar uchun ajratilgan qo‘shimcha davlat granti bo‘yicha
tavsiyanomalar
my.uzbmb.uz
platformasida aks etmayotgani kuzatilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan tavsiyanoma olgan talabgorlarning yakuniy
ro‘yxati hali tegishli reyestrga to‘liq kiritilmagan.
Shu sababli ayrim abituriyentlarning tavsiyanomalari platformada ko‘rinmayapti.
Vazirlar Mahkamasining 402-son qaroriga muvofiq, tavsiyanoma olgan talabgorlarning yakuniy ro‘yxati 14-iyunga qadar Bilim va malakalarni baholash agentligiga taqdim etilishi belgilangan.
Tavsiyanoma chiqmasa, o‘zim qo‘lda kiritsam bo‘ladimi?
Xotin-qizlar uchun berilgan tavsiyanomalar
abituriyentlar tomonidan qo‘lda kiritilmaydi
. Mazkur imtiyozlar tizimda
avtomatik ravishda aks ettiriladi.
Faqat xalqaro sertifikatlar ma’lumotlarini abituriyentlar mustaqil ravishda tizimga kiritishlari mumkin.
Shuningdek,
my.gov.uz
platformasi orqali tavsiyanoma olgan bo‘lsa-da, uning ma’lumotlari hozircha
my.uzbmb.uz
saytida ko‘rinmayotgan abituriyentlarning tavsiyanomalari
qabul jarayoni yakuniga qadar agentlik bazasiga kiritilishi kutilmoqda.
Tavsiyanoma ma’lumotlari hali aks etmagan taqdirda ham abituriyentlar fanlar majmuasini tanlash va ro‘yxatdan o‘tish jarayonini davom ettirishlari mumkin.
Imtiyozlar keyinchalik tizimga avtomatik ravishda qo‘shiladi.
Xavotirlanishga asos yoʻq.
@NUU_students

June 06, 03:42

❗️
O'qishni ko'chirish jarayonlari boshlanishiga 40
kun qoldi.
Ariza topshirish uchun quyidagi saytlar orqali onlayn ro'yxatdan o'tiladi:
➡️
transfer.edu.uz
— davlat oliygohining biridan boshqasiga;
➡️
my.uzbmb.uz
— xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta'lim muassasalaridan davlat oliygohlariga.
Arizalar qachon beriladi?
● O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar har yili 15-iyuldan 5-avgustgacha beriladi.
● Arizalar har yili 5-avgustdan 30-avgustga ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekistondagi bir OTMdan boshqasiga ko‘chirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor:
■ Talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga;
■ Davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin.
O‘qishini ko‘chirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
● ko‘chirishni istagan ta’lim yo‘nalishi, o‘quv tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza;
● reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma nusxalari;
● ichki perevod bo'lsa asoslantiruvchi hujjat;
● pasport yoki ID nusxasi.
Quyidagi holatlarda o‘qishni ko‘chirish arizalari rad etilishi mumkin:

akkreditasiyaga ega bo‘lmagan xorijiy OTMda yoki ularning filiallarida o‘qiganlar;

mavjud ta’lim shaklidan boshqa ta’lim shaklida o‘qiganlarga;

OTMning markazlari, bo‘limlari, o‘quv-maslahat punktlari va boshqalarda o‘qiganlarga;

1-kurs 1-semestrni tugatmasdan o‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lganlar;

OTMda mos ta’lim yo‘nalishi yoki shakli bo‘lmaganida, fanlar bo‘yicha farqlar 4 tadan oshganda;

kontrakt asosida o‘qiyotganlar to‘lovni o‘z muddatida to‘lamaganda;

talabaning shaxsiy yig‘ma jildi o‘z muddatida berilmaganida;

grant bilan ko‘chirish uchun bo‘sh o‘rinlar bo‘lmaganida;

OTM moddiy-texnika bazasi imkoniyati cheklanganda;

maqsadli qabul qilinganlar boshqa ta’lim yo‘nalishiga, boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirmoqchi bo‘lganda;

kechki ta’limdan sirtqi ta’limga hamda kechki ta’limning bir ta’lim sohasidan ikkinchi ta’lim sohasiga;

talaba O‘zbekiston va xorijiy oliy ta’lim muassasalarining o‘zaro kelishuvi asosida qabul qilinib qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olgan yoki tahsil olayotgan bo‘lsa.
➡️
Grant asosida o‘qishni ko‘chirish uchun faqat grantda o‘qiyotgan talabalar ariza berishi mumkin hamda ariza berilgan OTMning joriy yildagi qabul kvotasida grant o‘rinlar mavjud bo‘lishi kerak.
➡️
Ko‘zi ojizlar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarga ajratilgan kvotada grant asosida o‘qiyotganlar o‘qishi granti asosida ko‘chiriladi.
➡️
Xorijiy OTMdan o‘qishni O‘zbekiston OTMlariga ko‘chirmoqchi bo‘lganlar maxsus sinov (test yoki yozma ish yoki kasbiy (ijodiy) imtihon shaklida) topshiradi.
@NUU_students

June 05, 07:32

❗️
ESLATMA 5 KUN QOLDI!
Prezident va nomli stipendiyalar tanlovida ishtirok eting!
🎓
2026/2027-o’quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga ichki tanlovlar boshlandi
❗️
Tanlovda ishtirok etish uchun 10-iyunga qadar (o’sha kuni ham) talaba tahsil olayotgan fakultet dekanatiga murojaat qilishi mumkin.
Tanlovda faqatgina bakalavriat 3-4-bosqich va 2-bosqich magistratura talabalari ishtirok etishlari mumkin.
Qo'shimcha ma’lumot:
📞
+998902881808
@NUU_students

June 05, 03:20
Media unavailable
1
Show in Telegram

❗️
2026-2027-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish 5-iyundan boshlandi
2024-yildan boshlab,
davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga
(kasb-hunar maktabi bundan mustasno)
qabul qilish bo‘yicha imtihonlar
“avval test, so‘ng tanlov
” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi
belgilangan.
Bunda abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib,
dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda
ishtirok etadi.
Oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari
iyul-avgust
oylarida o‘tkaziladi.
@NUU_students

June 04, 11:29

❗️
Rasman
:
ertadan qabul boshlanadi!
— Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul
(5-iyundan 25-iyunga qadar)
👉
my.uzbmb.uz

Magistratura mutaxassisliklariga qabul
(1-yuldan 30-iyulga qadar)
👉
magistr.edu.uz

Ikkinchi mutaxassislikka qabul
(10-iyuldan 10-avgustga qadar)
👉
my.edu.uz
— O‘qishni ko‘chirish
(15-iyuldan 5-avgustga qadar)
👉
transfer.edu.uz
— davlat OTMning biridan boshqasiga;
👉
my.uzbmb.uz
— xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.
@NUU_students

June 04, 03:55

❗️
Ta’lim granti tanlovi uchun kitobxonlik madaniyati bo‘yicha test sinovi muddati e’lon qilindi
Ta’lim grantiga talabgorlar (1-2-kurs bakalavr va 1-kurs magistrantlar) “Ijtimoiy faollik indeksi”ning birinchi mezoni — “Kitobxonlik madaniyati” bo‘yicha (avval e’lon qilingan kitoblardan tuzilgan) 20 ta testni bajarishi kerak bo‘ladi.
Talabgorlar joriy yilning 5-6-iyun kunlari soat 9.00 dan boshlab ushbu test sinovida shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan belgilangan auditoriyalarda oflayn ishtirok etadi.
@NUU_students