
Obod Masjid | 🌙 Jumodul avval oyi
6262 4700 8030 9524 S.J
Assalomu Alaykum va Rahmatulloh , aziz birodar opa-singil aka ukalarimiz hozirgacha 1 685 000 so’m yeg’ilinibti, alhamdulillah. Azgincha masjidlar uchun himmat qib qoldan kegancha ehson qilib yokida ozimizni yaqinlarimizga ulashib qo’ysegam, ajriga sherik bo’lgan bo’lamiza. Qani bir himmatila cheksiz ekanligini ko’rsatib qo’yila
😁
😅
Yangi ehson oyimizni ochiq deb e’lon qilamiz.. Bu oyda yig‘iladigan ehsonlarimiz masjidlarimiz tozaligi uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarni xarid qilish hamda changyutgichlarimizni ta’mirlashga sarflanadi, In shaa Alloh Hozirda qo‘limizda 8 ta plesos bor.…
Yangi ehson oyimizni ochiq deb e’lon qilamiz..
Bu oyda yig‘iladigan ehsonlarimiz masjidlarimiz tozaligi uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarni xarid qilish hamda changyutgichlarimizni ta’mirlashga sarflanadi, In shaa Alloh
Hozirda qo‘limizda 8 ta plesos bor. Ularning barchasi texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi va kerakli ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi lozim. Alhamdulillah, bu plesoslarimiz anchadan beri masjidlarimiz xizmatida kelmoqda.
Bundan tashqari, masjidlarimiz ozodaligini saqlash uchun turli xil tozalik vositalariga ham ehtiyojimiz bor. Hisob-kitoblarimizga ko‘ra, bu oyda taxminan
10 million so‘m
mablag‘ yig‘ishimiz kerak bo‘ladi.
Maqsadimiz — zarur mahsulotlarni imkon qadar ko‘proq g‘amlab qo‘yish va, in shaa Alloh, qish faslini ham bemalol o‘tkazish.
😄
Birgalikda masjidlarimizga xizmat qilishda davom etamiz, In shaa Alloh
6262 4700 8030 9524 S.J
Bizga rahmat aytmang, Obod Masjid jamoasi azolarining ota-onalari haqqiga duo qiling..
Agar bir kun Obod Masjid sababli masjidga kelgan bo‘lsangiz, qalbingizda Allohga yaqinlikni his qilgan bo‘lsangiz yoki biror yaxshilikka qadam qo‘ygan bo‘lsangiz, biz sizlardan faqat bir narsani so‘raymiz.
Obod Masjid jamoasi azolarining ota-onalari haqqiga duo qiling.
🤲🏻
Alloh ularning ota-onalariga umr barakasi, sihat-salomatlik, qalb xotirjamligi va ikki dunyo saodatini ato etsin. biz qilayotgan har bir xayrli ishimizni O‘z dargohingda qabul aylab. Shu amallarimizni ota-onalarimiz uchun ham ajr-u savoblar sababchisi qilgin. Bizni tarbiyalab, voyaga yetkazgan, haqqimizga duolar qilgan insonlarni rahmatingdan benasib qoldirma.
Obod Masjid jamoasi bu yo‘lda maqtov uchun emas, Allohning roziligiga erishish va insonlarga yaxshilik ulashish niyatida xizmat qilmoqda. Zero Amallar niyatlarga bogʻliqdir. Agar shu xizmatlarimiz orqali bir insonning qalbiga nur kirgan, masjid hizlatlariga sababchi qilgan bo‘lsa, ota-onalarimiz uchun ham ajr-u savoblarga sababchi qilsin.
Biz uchun eng katta mukofot — samimiy duolardir.
Zero, farzandning qilgan yaxshiligi ortida ota-onaning tarbiyasi, duosi va mehnati mujassam. Shu bois, bizning xizmatlarimizdan biror manfaat topgan bo‘lsangiz, iltimos, bizni dunyoga keltirgan, tarbiya bergan ota-onalarimizni ham duolaringizda unutmang.
Alloh Obod Masjid jamoasining barcha a’zolarini ota-onalariga rahmat olib keladigan, ota-onalarining roziligiga erishadigan va el-yurtga manfaat yetkazadigan bandalaridan qilsin.
Ota-onalarimizni borlarida e’zozlashni, duolarini olishni nasib etsin. O‘tganlariga rahmat, tiriklariga uzoq va barakali umr ato etsin.
Alloh barchamizning ota-onalarimizni O‘z rahmatiga olsin, gunohlarini mag‘firat qilsin va bizni ular uchun davomli savob bo‘ladigan farzandlardan aylasin.
🤲🏻
..
❤️
Assalomu Alaykum va Rahmatulloh, hasharchila siladan shu paytgacha soramagan bir narsani soramoqchi edik)))
🕌
MASJIDGA EHSON QILING — BU ODDIY XAYRIYA EMAS… Ba’zan inson katta savob olish uchun katta mablag‘ kerak deb o‘ylaydi. Aslida esa Alloh yo‘lida berilgan ozgina ehson ham ixlos bilan qilinsa, juda ulug‘ amal bo‘lishi mumkin. Masjid — Allohning zikri qilinadigan…
🕌
MASJIDGA EHSON QILING — BU ODDIY XAYRIYA EMAS… Ba’zan inson katta savob olish uchun katta mablag‘ kerak deb o‘ylaydi. Aslida esa Alloh yo‘lida berilgan ozgina ehson ham ixlos bilan qilinsa, juda ulug‘ amal bo‘lishi mumkin. Masjid — Allohning zikri qilinadigan…