
REGISTRATOR OFIS Bo‘limining rasmiy kanali
❗️
Endi talaba o‘zini o‘zi hemis tizimidan o‘
chirishi mumkin
my.edu.uz
tizimida yangi xizmat ishga tushirildi. Talaba HEMIS tizimiga kiritilgan OTMda o‘qishni xohlamasa,
ONE ID
orqali quyidagi manzilga kirib, HEMISdan chiqish uchun so‘rov yuborishi mumkin:
https://my.edu.uz/service/student_delete/107/apply
❗️
Bunda 2 xil holat mavjud:
1.
Agar talabaga buyruq yoki farmoyish biriktirilgan bo‘lsa, so‘rov yuborilganda talaba avtomatik o‘chirilmaydi. OTM administratori tegishli hujjatlarni
rad etgandan so‘ng
talabani o‘chiradi.
2.
Agar talabaga hech qanday buyruq yoki farmoyish biriktirilmagan bo‘lsa, so‘rov yuborilgach, talaba
hemis tizimidan avtomatik o‘chiriladi.
#
Muhim
⚡️
#Rasmiy
🆕
XORIJIY VA NODAVLAT OLIY TA’LIM MUASSALARIDAN TDIUGA O‘QISHINI KO‘CHIRGAN TALABALAR DIQQATIGA
Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkazilgan maxsus test sinovlari natijalari bo‘yicha o‘tish bali va undan yuqori ball (talab bajarildi) to‘plagan talabgorlar tegishliligi bo‘yicha joriy yil
7-8-9-sentyabr
kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (
2-o‘quv binosi, 1-etaj, Registrator ofisi
)ga quyidagi hujjatlar bilan murojaat qilishlari so‘raladi.
✅
pasport yoki ID karta asli va nusxasi (2 ta nusxa);
✅
belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma yoki transkript tasdiqlangan nusxasi (to‘liq varianti) (2 ta nusxa) (agar transkript xorijiy tilda bo‘lsa, tarjima qilingan nusxasi);
✅
my.uzbmb.uz
orqali shaxsiy profilida ro‘yxatdan o‘tkazilgan onlayn ariza (screenshot) nusxasi (2 ta nusxa);
✅
test sinovlari uchun talabgor Bilim va malakalarni baholash agentligi ruxsatnomasi (2 ta nusxa);
✅
imtihon natijasi (test javoblari varaqasi) nusxasi (2 ta nusxa).
📌
Navbat kutib qolishning oldini olish hamda o‘qishini ko‘chirayotgan talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida universitetga tashrif buyurishda quyidagi sanalarga qatʼiy amal qilishingiz va o‘zingizga tegishli sanada kelishingiz so‘raladi:
📆
2026-yil 7-sentyabr: Kunduzgi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha:
✍️
Iqtisodiyot
ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tavsiya etilgan talabgorlar;
📆
2026-yil 8-sentyabr: Kunduzgi quyidagi ta’lim yo‘nalishlar bo‘yicha:
✍️
Bank ishi;
✍️
Buxgalteriya hisobi;
✍️
Moliya va moliyaviy texnologiyalar;
✍️
Menejment;
✍️
Biznesni boshqarish.
✍️
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar;
✍️
Turizm va mehmondo'stlik;
✍️
Axborot xavfsizligi
ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha
📆
9-sentyabr:
Sirtqi, kechki, masofaviy
ta’lim shakli bo‘yicha tavsiya etilgan talabgorlar;
Izoh: Mazkur eʼlon xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishini ko‘chirgan talabgorlarga tegishli.
#natija
⚡️
O‘qishni ko‘chirish bo’yicha natijalar eʼlon qilindi
2026/2027-o‘quv yili uchun
transfer.edu.uz
platformasi orqali davlat oliy ta’lim tashkilotlariga
o‘qishni ko‘chirish (yoki ko‘chirib tiklash)
yuzasidan ariza yuborganlar diqqatiga!
Davlat oliy taʼlim tashkilotlarining biridan boshqasiga
o’qishni ko’chirish bo‘yicha
yuborilgan arizalar to‘liq ko‘rilib chiqilib, yakuniy xulosalar shakllantirildi.
✅
Talabalar o‘z arizalari natijasini
transfer.edu.uz
platformasidagi
shaxsiy kabineti
orqali bilishlari mumkin.
O‘qishi ko‘chirilishi tavsiya etilgan talabalar
o‘qishi ko‘chirilayotgan oliy ta’lim tashkilotlariga
murojaat qilishlari lozim.
@magistrlarofficial
⚡️
Rasman: oʻqishni koʻchirish boʻyicha ruxsatnomalar e'lon qilindi
Xorijiy va nodavlat oliygohlaridan davlat oliygohlariga oʻqishni koʻchirish boʻyicha test sinovlarida qatnashish uchun
ruxsatnomalar shakllandi.
Talabgorlar
my.uzbmb.uz
saytidagi shaxsiy kabinetlariga kirish orqali ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin
⚡
️
Bugun
oʻqishni ko'chirishning
soʻnggi kuni.
Ariza topshirish uchun quyidagi saytlar orqali onlayn ro'yxatdan o'tiladi:
➡️
transfer.edu.uz
— davlat oliygohining biridan boshqasiga, xususiy oliygohlarning biridan boshqasiga;
➡️
my.uzbmb.uz
— xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta'lim muassasalaridan davlat oliygohlariga hamda xorijiy oliygohlardan nodavlat oliygohlarga.
Arizalar qachon beriladi?
● O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar har yili 15-iyuldan
5-avgustgacha beriladi
–
bugun soʻnggi kun.
● Arizalar har yili 5-avgustdan 30-avgustga ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekistondagi bir oliy ta'lim tashkilotidan boshqasiga ko‘chirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor:
■ Talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga;
■ Davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin.
O‘qishini ko‘chirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
● ko‘chirishni istagan ta’lim yo‘nalishi, o‘quv tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza;
● reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma nusxalari;
● ichki perevod bo'lsa asoslantiruvchi hujjat;
● pasport yoki ID nusxasi.
Quyidagi holatlarda o‘qishni ko‘chirish arizalari rad etilishi mumkin:
✅
akkreditasiyaga ega bo‘lmagan xorijiy OTMda yoki ularning filiallarida o‘qiganlar;
✅
mavjud ta’lim shaklidan boshqa ta’lim shaklida o‘qiganlarga;
✅
OTMning markazlari, bo‘limlari, o‘quv-maslahat punktlari va boshqalarda o‘qiganlarga;
✅
1-kurs 1-semestrni tugatmasdan o‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lganlar;
✅
OTMda mos ta’lim yo‘nalishi yoki shakli bo‘lmaganida, fanlar bo‘yicha farqlar 4 tadan oshganda;
✅
kontrakt asosida o‘qiyotganlar to‘lovni o‘z muddatida to‘lamaganda;
✅
talabaning shaxsiy yig‘ma jildi o‘z muddatida berilmaganida;
✅
grant bilan ko‘chirish uchun bo‘sh o‘rinlar bo‘lmaganida;
✅
OTM moddiy-texnika bazasi imkoniyati cheklanganda;
✅
maqsadli qabul qilinganlar boshqa ta’lim yo‘nalishiga, boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirmoqchi bo‘lganda;
✅
kechki ta’limdan sirtqi ta’limga hamda kechki ta’limning bir ta’lim sohasidan ikkinchi ta’lim sohasiga;
✅
talaba O‘zbekiston va xorijiy oliy ta’lim muassasalarining o‘zaro kelishuvi asosida qabul qilinib qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olgan yoki tahsil olayotgan bo‘lsa.
➡️
Grant asosida o‘qishni ko‘chirish uchun faqat grantda o‘qiyotgan talabalar ariza berishi mumkin hamda ariza berilgan OTMning joriy yildagi qabul kvotasida grant o‘rinlar mavjud bo‘lishi kerak.
➡️
Ko‘zi ojizlar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarga ajratilgan kvotada grant asosida o‘qiyotganlar o‘qishi granti asosida ko‘chiriladi.
➡️
Xorijiy OTMdan o‘qishni O‘zbekiston OTMlariga ko‘chirmoqchi bo‘lganlar maxsus sinov (test yoki yozma ish yoki kasbiy (ijodiy) imtihon shaklida) topshiradi
@tsue_hemis
❗️
HEMIS tizimining yangi versiyasi oliygohlar uchun e’lon qilindi!
#hemis
HEMIS tizimining
1.9.39 (27.07.2026-y.)
yangi versiyasi oliy ta’lim tashkilotlari uchun taqdim etildi. Ushbu yangilanishda quyidagi
yangi imkoniyat va takomillashtirishlar
joriy etildi:
1️⃣
ERP Sport tizimi bilan integratsiya amalga oshirildi
HEMIS tizimi O‘zbekiston Respublikasi
Sport vazirligining “ERP Sport”
yagona elektron boshqaruv tizimi bilan integratsiya qilindi. Endilikda
talabalarning sport razryadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarini avtomatik olish
imkoniyati yaratildi.
2️⃣
Grant taqsimoti reytingini kuzatish funksiyasi qo‘shildi
Talabalarning
grant taqsimotida ishtirok etish uchun topshirgan arizalari
bo‘yicha to‘plagan
ballari asosida reytingini kuzatish
funksionali ishlab chiqildi.
3️⃣
Kalendar reja ijrosini monitoring qilish imkoniyati yaratildi
Rahbariyat, dekan va Registrator ofisi
rollari uchun o‘qituvchilarning dars mashg‘ulotlarini olib borishdagi
kalendar reja bajarilishini monitoring qilish
funksiyasi joriy etildi.
4️⃣
Qarzdor talabalar funksionali takomillashtirildi
“O‘zlashtirish”
menyusidagi
“Qarzdor talabalar”
bo‘limi yanada takomillashtirildi hamda unga
qo‘shimcha filtrlash imkoniyatlari
qo‘shildi.
5️⃣
Dashboarddagi nazorat ko‘rsatkichlari kengaytirildi
HEMIS
Dashboard
iga quyidagi yangi nazorat indikatorlari qo‘shildi:
•
Fansiz o‘quv rejalar
;
•
Tafovutli o‘quv rejalar
;
•
Tasdiqlanmagan diplomlar
;
•
Nashr qilinmagan diplomlar
;
•
Shartnoma olmagan talabalar
;
•
Ortiqcha sirtqi talabalar
;
•
Muqobil talabalar nisbati
;
•
Guruhsiz talabalar
.
ℹ️
Mazkur yangilanishlar
OTTlarda o‘quv jarayonini boshqarish
,
monitoring qilish
hamda
ma’lumotlar almashinuvini yanada samarali tashkil etish
ga xizmat qiladi.
🌐
@tsue_hemis
Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, Hurmatli Prezident!
@magistrlarofficial
📘
Grant turlarini tanlash bo‘yicha qo‘llanma
Mazkur qo‘llanmada talabalar uchun mavjud grant turlarini tanlash mezonlari va tartibi keltirilgan.
📌
Muhim izoh:
✅
“Qo‘shimcha davlat granti”
bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun oliy ta’lim tashkilotiga alohida kvota ajratilgan bo‘lishi talab etilmaydi.
✅
“Oliy ta’lim tashkiloti granti”
bo‘yicha ham oldindan alohida kvota belgilangan bo‘lishi shart emas.
⚠️
Mazkur grant turlari tegishli mezonlarga javob beradigan talabalarga tizim tomonidan tanlov uchun avtomatik ravishda ko‘rsatiladi.
🔹
Talaba bir vaqtning o‘zida bir nechta grant turiga mos kelgan taqdirda, ulardan
faqat bittasini tanlashi
mumkin.
🌐
@tsue_hemis