Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

ZARAFSHON SHAHAR MA'NAVIYAT VA MA'RIFAT BO'LINMASI

oltin_zarafshon_bu

Ushbu kanal Zarafshon shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo'linmasi tomonidan tashkil qilingan. Bunda ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar yoritib boriladi

Subscribers
739
Post views
44
ER
5,92%
Posts
62 897
October 22, 12:05
Media unavailable
4
Show in Telegram

#Zarafshon_shahar
#3_maktab
#ma
'naviyat_soati
2025-yil 20-oktyabr kuni Zarafshon shahar  3- maktabi 11-"V" -sinfida maktab MMIBDO' D.Berdiyarova  tomonidan "Boqiy shaharlar"mavzusida  ma'naviyat soati darsi tashkil etildi.
Darsda o'quvchilarga Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlari ma'lumotlar berildi. milliy
tarbiya.uz
platformasi orqali berilgan mavzu va vedio namoyishlaridan o'quvchilar bahramand bo'ldilar.
|Rasmiy kanal
https://t.me/oltin_zarafshon_bu

October 22, 11:14
Media unavailable
6
Show in Telegram

Joylarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada yaxshilash, aholini yurtimizdagi islohotlardan xabardor qilish, ularda shukronalik xissini oshirish maqsadida Yangi Zarafshon mahallasida “madaniyat va ma’rifat oyligi” doirasida tadbiri o‘tkazildi
Tadbirda kuy-qo‘shiqlar yangrab, ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashildi.
|Rasmiy kanal
https://t.me/oltin_zarafshon_bu

October 22, 05:38

#Muhim_hujjat
9 ta tashkilotning tuman (shahar) bo‘linmalari hokimlik tuzilmasiga o‘tkaziladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarni barqaror iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish uchun tuman (shahar) hokimliklari faoliyatini tubdan takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni (21.10.2025 yil PF-186) qabul qilindi.
Unga ko‘ra,
2026-yil 1-yanvardan boshlab
tajriba-sinov tariqasida
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” maqomidagi 33 ta hamda Surxondaryo viloyatining qolgan barcha tuman (shahar)larida
➡️
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
➡️
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
➡️
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,
➡️
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,
➡️
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
➡️
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,
➡️
Madaniyat vazirligi,
➡️
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi,
➡️
Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘linmalari
tuman (shahar) hokimliklari boshqaruviga o‘tkazilmoqda.
Maqsad —
tuman (shahar) hokimliklarida boshqaruvning ixcham va natijadorlikka yo‘naltirilgan samarali tizimini yo‘lga qo‘yish.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
You Tube
|
X
|
Aloqa

October 21, 13:43
Media unavailable
7
Show in Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev IT-parkka tashrif chog‘ida sun’iy intellekt texnologiyalarini mamlakatimiz vazirlik va idoralari faoliyatiga hamda boshqa sohalarga keng tatbiq etishga qaratilgan loyihalar
taqdimoti
bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев в ходе посещения IT-парка ознакомился
с проектами,
направленными на широкое внедрение технологий искусственного интеллекта в деятельность министерств и ведомств, а также в другие сферы.
#Mirziyoyev
#taqdimot
#suniyintellekt
#loyihalar
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 21, 13:43
Media unavailable
1
Show in Telegram

Davlatimiz rahbariga sun’iy intellekt asosida turli sohalarda amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimot qilindi.

Главе государства представлены проекты, реализуемые в различных сферах с использованием ИИ.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 21, 13:06
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

1️⃣
2️⃣
3️⃣
4️⃣
5️⃣
6️⃣
ZARAFSHONDA VOLEYBOL MUSOBAQASI
Zarafshon shahrida sportning voleybol turi bo‘yicha shahar musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqada shahar IIB boshlig‘i Sardor Latipov, shahar O‘zLeDEP deputatlari D.Bahranova, X.Tolibov, G‘.Farmonov,  S.Boboyorova,  E.Davlatov, shahardagi korxona-tashkilotlardan 13 ta jamoalar ishtirok etdi.
Musobaqa 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami munosabati bilan ayollar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida O‘zLiDEPdan Zarafshon shahar Kengashi deputati D.Bahranova tashabbusi bilan deputatlik guruhi, shahar Maʼnaviyat va maʼrifat bo‘linmasi hamkorligida o‘tkazildi.
G‘olib jamoalar deputatlar tomonidan diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandi.
👌
Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati
🧠
Veb Sayt |
✈️
Telegram
|
🌐
Facebook
|
📸
Instagram
|
▶️
Youtube

October 21, 12:38
Media unavailable
2
Show in Telegram

#Buyuk_el_farzandi
#2_3_band_ijrosi
Zarafshon shahar Axborot – kutubxona markazi ochiq maydonida 2025 - yil “Buyuk el farzandi” mavzusida va 21 - oktabr kuni “Til - millat ko‘zgusi” mavzusida ko‘rgazma tashkil etildi. Tadbirda kutubxonaga ilk bora nashr qilinib, qabul qilingan “O‘zbek adabiyoti xazinasidan” deb nomlangan ko‘p jildlik kitoblar majmuasidan kitob taqdimoti o‘tkazildi. Mazkur loyihada asrlar davomida to‘plangan boy va bebaho adabiy merosimizni ayniqsa yoshlar o‘rtasida keng ommalashtirish orqali ularni intellektual salohiyatini oshirish, shuningdek jamiyatda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilishi maqsad qilingan. Yangi adabiyotlar kitobxonlarda katta qiziqish uyg‘otdi va ular bu haqida o‘z fikr mulohazalarini bildirishdi. Tadbirda 35 nafar kitobxon ishtirok etdi.
Rasmiy kanal
https://t.me/oltin_zarafshon_bu

October 21, 12:35
Media unavailable
2
Show in Telegram

#Ayol_ma
’rifati
#Kitobxon_onalar
Zarafshon shahar axborot-kutubxona markazi o‘quv zalida joriy yilning 17 – oktabr kuni Zarafshon shahar axborot-kutubxona markazida har oyning 17- sanasida o‘tkaziladigan “Kitobxon onalar” kuni dasturi bo‘yicha “Kitobxonlik oiladan boshlanadi: Kitobxon ona-kitobxon bola g‘oyasini yanada keng targ‘ib qilish maqsadida shahar hokimligi bilan hamkorlikda “Oqila ona-kitobxon avlodning poydevori” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbir mavzusidan maqsad ona va bola birgalikda kitob o‘qishini targ‘ib qilish, onalarning farzand tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyatini namoyon qilishdir. Bu tadbir oilalarda kitobxonlik muhitini shakllantirish, yoshlarda o‘qish madaniyatini rivojlantirish hamda onalarning jamiyatdagi ma’naviy yetakchilik rolini ko‘rsatishga qaratilgan.
Rasmiy kanal
https://t.me/oltin_zarafshon_bu

October 21, 10:11
Media unavailable
1
Show in Telegram

Endilikda vazirlar va tarmoq rahbarlarining
raqamlashtirishga mas’ul o‘rinbosarlari bir vaqtning o‘zida sohada sun’iy intellektni rivojlantirishga ham javobgar bo‘lishi
belgilandi.
Shahar va tumanlarda ham
hokimlarning raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha maslahatchisi
lavozimi kiritiladi.
Barcha vazirlik va hokimliklarga o‘z tuzilmasida
sun’iy intellektni rivojlantirish bilan shug‘ullanadigan alohida bo‘linma
tashkil qilish va ularning oldiga, eng avvalo,
ish samaradorligi va xizmat sifatini oshirish, ortiqcha xarajat, “yashirin” iqtisodiyot va byurokratiyani qisqartirish kabi masalalarga sun’iy intellekt orqali yechim topish
bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab berish topshirildi.
Yuqori ko‘rsatkichga erishgan, xorijiy til biladigan, texnologik bilimi kuchli
100 nafar mutaxassis AQSH, Yevropa, Singapur, Yaponiya kabi davlatlarga olti oylik kurslarga
yuboriladi.
Kelgusi yildan
vazirlik va hududlarda sun’iy intellektni joriy etish holatini baholaydigan reyting tizimi
ishga tushiriladi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 21, 10:11
Media unavailable
1
Show in Telegram

Prezident soha uchun yiliga 2 ming nafar mutaxassis tayyorlayotgan
oliygohlarning birortasida sun’iy intellekt laboratoriyasi yo‘qligiga
e’tibor qaratdi.
Keyingi o‘quv yiliga qadar
10 ta oliy ta’lim muassasasini zamonaviy laboratoriya bilan jihozlash
reja qilingan. Shu bilan birga, banklarning bittadan oliygohda, jami
9 ta shunday laboratoriya tashkil qilish tashabbusi
ma’qullandi.
“Yangi O‘zbekiston” universitetida
“tarmoq – oliygoh – hamkor” tamoyilida ishlaydigan “sun’iy intellekt klasteri”
ishga tushiriladi. Keyingi o‘quv yilidan “TOP-300” talikka kirgan universitetlar bilan hamkorlikda
sun’iy intellekt bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturi
yo‘lga qo‘yiladi.
Oliygohlarda
sun’iy intellekt, fintex, kiberxavfsizlik, IT muhandislik, aerokosmik va bulutli texnologiyalar
kabi yo‘nalishlar uchun
davlat granti kvotalari 35 foizga oshiriladi.
Talabalarning sun’iy intellektga qiziqishini oshirish maqsadida
oliygoh jamoalari o‘rtasida sun’iy intellekt bo‘yicha umummilliy tanlov
o‘tkaziladi.
Qulay ekotizim yaratilgani uchun yil boshidan
mahalliy startaplarga rekord miqdorda –
264 million dollar sarmoya
kiritildi. Lekin bunda
sun’iy intellekt sohasidagi startaplar ulushi hali kamligi
aytildi.
Shu bois, bunday startaplarni ko‘paytirish maqsadida
mukofot jamg‘armasi 1 million dollar bo‘lgan “Sun’iy intellekt sohasidagi eng yaxshi startap” tanlovini o‘tkazish
taklif qilindi.
Facebook
|
Instagram
|
X