
OSIYO MUXTAROVA|Rasmiy kanal
Makkada yomg‘ir…
🕋
🌧️
❤️
Ka’ba uzra yog‘ayotgan yomg‘ir — qalblarga taskin, ko‘zlarga yosh, dillarga umid bag‘ishlaydi…
Allohim, shu muborak yomg‘ir tomchilari hurmatidan duolarimizni ijobat, gunohlarimizni mag‘firat, qalblarimizni pok aylagin. Har bir tomchisi rahmat, har bir duomiz ijobat bo‘lsin.
🤲🏻
Meni tanigan, meni sevgan, qalbida menga mehr saqlagan barchangizni duolarimda esladim…
🥹
❤️
Ka’baning qarshisida turib, har biringiz uchun yaxshilik, xotirjamlik, baxt-saodat va qalb oromlarini so‘radim. Allohim, sizni ham O‘zining muborak maskanlariga chorlasin, qalbingizdagi eng go‘zal niyatlaringizni ijobat aylasin.
🤲🏻
❤️
Sizlar mening duolarimda, men esa Allohning omonatida…
🕋
🤍
Men uchun aziz bo‘lgan Kabam…
❤️🩹
Ka’bam, nihoyat, keldim… Qalbimda sog‘inchim, ko‘zlarimda yoshim, tilimda duolarim bilan. Seni qancha sog‘inganimni faqat Alloh biladi.
🥹
🤍
Bu lahzani qalbim necha bor orzu qildi, necha bor xayolimda seni quchdim. Bugun esa mana, qarshingdaman… Qalbim sokin, ko‘zlarim nam, ruhim esa shukronaga to‘la.
Allohim, bu visolni oxirgisi qilma, meni yana va yana Baytingga chorla…
🤲🏻
🕋
❤️
Qadrli Madinam…
🤍
🥹
Seni yana sog‘inib qolaman… Ko‘chalaringni, sokinligingni, qalbimga orom bergan muborak manzillaringni sog‘inaman.
Senga xayr deyishga tilim bormaydi, Madinam… Men senga
xayr emas, ko‘rishguncha
deyman.
💚
Inshaalloh, keyingi safar sening muborak ko‘chalaringda yolg‘iz emas, aziz o‘quvchilarim va meni mehr bilan kuzatib kelayotgan qadrdon obunachilarim bilan birga yurish nasib etsin.
🤲🏻
Ular bilan birga Ravzai sharifga sog‘inch bilan borish, ko‘zlarda yosh, qalblarda shukr bilan duo qilish qanday go‘zal bo‘lsa kerak…
Allohim, bizni yana va yana bu muborak shaharga chorla! Barchamizga Madinani ziyorat qilish baxtini nasib et.
Qadrli Madinam, seni sog‘inib qolaman… Xayr demayman, ko‘rishguncha deyman!
🕌
💚
Xurmo daraxti bizga sabrni o‘rgatadi: u yillar davomida o‘sadi, jazirama issiqqa bardosh beradi va oxirida insonlarga shirin meva tuhfa qiladi. Ba’zan hayot ham shunday — sabr ortidan shirinlik keladi.
Uhudim…
❤️
🥹
Qadrli Uhudim, seni ko‘rib, bag‘ringda turib, tarixingni his qilish qanday baxt…
Bu tog‘ bag‘rida qancha tarix, qancha saboq, qancha ko‘z yosh va sadoqat yashiringan. Ey Uhud, Payg‘ambarimiz ﷺ seni sevganlar, sen esa qalbimizdagi muhabbatning bir bo‘lagiga aylangansan.
Uhudim, seni ko‘zlarim bilan ko‘rdim, ammo qalbim bilan his qildim…
❤️🩹
🤍
Qalbi qaynoq xolajonlarim, mehribon guruhdoshlarim bilan xurmo bog‘idamiz…
🌴
❤️
Har biringizning qalbingizda bir olam mehr, yuzingizda tabassum, suhbatlaringizda fayz bor. Shunday go‘zal maskanlarda, shunday samimiy insonlar davrasida bo‘lishning o‘zi bir baxt.
🥹
🤍
Allohim, mana shunday mehrli davralarimizni ko‘paytirsin, qalblarimizni doimo bir-biriga yaqin qilsin!
🌿
💕
Qadrli Madinam, senga to‘ymayapman…
🥹
🤍
Ko‘ch alaringdan yursam, qalbim taskin topadi, masjidingga boqsam, ko‘zlarimga yosh keladi. Har bir go‘shang menga aziz, har bir lahzang yuragimga muhrlanmoqda.
Senga kelganimda ketgim kelmaydi, ketayotganimda esa qalbimning bir bo‘lagi senda qoladi…
Madina, bu oddiy sog‘inch emas, bu qalbning o‘z maskanini topganidagi ishqidir.
🤍
🕌
Allohim, yana va yana shu muborak shaharga kelishni nasib etgin. Omin!
🤲🏻
Madina bo’ylab ziyoratga ketayapmiz.
Makkaga ketish oldidan!
Dunyodagi eng go‘zal baxtlardan biri — kimningdir duolarida bo‘lish ekan…
❤️
🥹
Madina ko‘chalarida meni tanib, izlab topib, mehr bilan bag‘riga bosgan, go‘zal duolarini ayamagan opa-singillarim… Sizlardan Alloh rozi bo‘lsin!
🤲🏻
❤️
To‘g‘risi, ijodimni shuncha inson sevib kuzatishini, qalblaridan joy olishini, bir kun kelib muborak Madina ko‘chalarida ham tanib, izlab topishlarini hech tasavvur qilmagan ekanman.
Bugun angladimki, insonning eng katta boyligi — qalblarda qoldirgan mehri, eng go‘zal mukofoti esa samimiy duolarda eslanish ekan.
🥹
❤️
Har biringizning mehringiz qalbimga iliqlik, ko‘zlarimga quvonch, ruhimga qanot bag‘ishladi.
Mehringiz uchun ming rahmat, azizlarim!
Sizlarni menga tanitgan, qalblaringizga mehr solgan Allohga hamdlar bo‘lsin. Barchangizni Alloh O‘z panohida asrasin, duolaringiz ijobat, qalblaringiz obod bo‘lsin. Madinada bir-birimizga qilgan duolarimiz ijobat bo‘lib, yana go‘zal maskanlarda uchrashish nasib etsin. Omin!
🤲🏻
❤️
Mehr-muhabbat millat, irq tanlamaydi…
❤️
🌍
U ko‘zlarda, samimiy tabassumda, qalbning go‘zalligida yashaydi. Bugun afrikalik opalarim bilan mazza qilib suhbatlashdik, mehr ulashdik.
🥹
❤️
Manzillar uzoq, qalblar esa yaqin…
Turli yurtlardan bo‘lsak-da, bizni birlashtiradigan tuyg‘ular bir xil — mehr, samimiyat va insoniylik.
Axir, qalblar bir-birini tushunishi uchun bir tilda gaplashish shart emas, ba’zan birgina tabassumning o‘zi kifoya…
🤍
🌍
✨