
TIFV RASMIY
#Ona_tilim_faxrim
O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi, bugungi holati, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi islohotlari va istiqboldagi vazifalar
O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi mamlakatimizda milliy o‘zlikni anglash, davlatchilik anʼanalarini mustahkamlash, jamiyatdagi ijtimoiy birlikni taʼminlash va milliy madaniy merosni rivojlantirish bilan chambarchas bog‘liq. Аyni paytda, davlat tilining nufuzi faqat uning huquqiy maqomi bilan emas, balki ilm-fanda, taʼlimda, davlat boshqaruvida, iqtisodiyotda, axborot texnologiyalarida va kundalik ijtimoiy muloqotda qay darajada samarali qo‘llanishi bilan ham belgilanadi.
👉
Maqolani o‘qish
Xurshidjon XAYRULLAYEV,
Samarqand davlat chet tillar instituti kafedra mudiri
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
#Xalqaro_forum
#Buxoro
“O‘zbekiston – Yaponiya” xalqaro ta’lim forumi va yarmarkasi Buxoroda tashkil etiladi
Yaponiyada tahsil olishni istaysizmi? Unda 28-oktabr kuni Buxoro shahrida bo‘lib o‘tadigan
xalqaro ta’lim forum-yarmarkasi
da ishtirok eting!
Tadbirda
Yaponiyaning 23 ta universiteti
vakillari qatnashadi. Ishtirokchilar universitetlarning ta’lim dasturlari,
Yaponiyada o‘qish imkoniyatlari hamda xalqaro hamkorlik istiqbollari
bilan tanishishlari mumkin.
Forum-yarmarkada sizni nimalar kutmoqda?
✅
Yaponiya universitetlari vakillari bilan uchrashuvlar;
✅
Yaponiyada ta’lim olish imkoniyatlari haqida ma’lumot;
✅
Universitetlarning ta’lim dasturlari bilan tanishish.
👍
Buxoro davlat texnika universiteti va Yaponiya universitetlari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokamasi.
Sana:
28-oktabr
Manzil:
Buxoro shahri, Wyndham mehmonxonasi
Vaqti:
13:30–17:30
Abituriyentlar, talabalar, ota-onalar, o‘qituvchilar hamda ta’lim muassasalari rahbarlarini xalqaro forum-yarmarkada ishtirok etishga taklif etamiz.
Ro‘yxatdan o‘tish
Batafsil maʼlumot:
🌐
www.ujc.uz
☎️
+998 78 120-73-94; +998 78 120-73-95
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
#tabiatni_asraylik
☘️
Tabiatni asrash – kelajakni asrashdir
🗣
“
Eko himoya – Eko zanjir
”
loyihasining volontyorlari
o‘zlarining navbatdagi turkum videoroligini aynan mana shu hayotiy haqiqatga bag‘ishlashdi. Ushbu media mahsulot atrof-muhitga bo‘lgan munosabatimizni o‘zgartirish, ekologiyaga bo‘lgan e’tibor va mas’uliyatni har bir yondashuvda yanada kuchaytirishga qaratilgan amaliy da’vatdir.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
#Innovatsion_yoshlar
🩺
AUS Med: tibbiyotning raqamli yuragi
Andijon davlat tibbiyot instituti Davolash fakultetining
6-kurs
talabasi
Ikromjon Kamiljanov
tibbiyot va raqamli texnologiyalarni birlashtiruvchi
AUS Med
loyihasi ustida ishlamoqda.
Loyiha raqamli fonendoskop va mobil ilova yordamida yurak hamda o‘pka tovushlarini yozib olish, tahlil qilish va masofadan uzatish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. Tizim auskultatsiya natijalarini elektron shaklda saqlash, shifokorlar o‘rtasida masofaviy maslahatlashuvlarni tashkil etish hamda tibbiyot talabalarining diagnostik ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishi mumkin.
AUS Med
loyihasining prototipi ishlab chiqilgan, mobil ilovasi esa
Google Play
platformasiga joylashtirilgan.
Ikromjon
institutda o‘tkazilgan innovatsion loyihalar tanlovida ishtirok etib, loyihani rivojlantirish uchun
50 million
so‘m moliyalashtirish olgan. Shuningdek, u
“Mirzo Ulug‘bek vorislari”
tanlovining respublika bosqichiga ham loyihasi bilan chiqqan.
AUS Med
— yosh mutaxassisning tibbiy bilim va raqamli texnologiyalarni uyg‘unlashtirishga qaratilgan izlanishi.
Bunday loyihalar tibbiy diagnostika imkoniyatlarini kengaytirish va zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
#InnoWeek_2026
Farg‘onada InnoWeek–2026 innovatsion haftaligiga start berildi
23–24-oktabr kunlari Farg‘ona yoshlar texnoparkida
“O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar”
shiori ostida InnoWeek–2026 innovatsion haftaligining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazma doirasida hududdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari olimlari va professor-o‘qituvchilarining ilmiy ishlanmalari, iqtidorli talaba-yoshlar hamda yosh tadqiqotchilarning 40 dan ortiq istiqbolli startap loyihalari namoyish etilmoqda. Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari o‘zlarining innovatsion mahsulotlarini taqdim etildi.
Tadbirning ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish, yoshlarning istiqbolli g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish muhimligini ta’kidladilar.
Haftalik doirasidagi ko‘rgazma va taqdimotlar olimlar, yosh tadqiqotchilar va tadbirkorlar o‘rtasida tajriba almashish, yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda innovatsion g‘oyalarni rivojlantirish uchun imkoniyat yaratmoqda.
Eslatib o‘tamiz, InnoWeek–2026 xalqaro innovatsion haftaligining asosiy tadbirlari 27–29-oktabr kunlari Toshkent shahridagi CAEx xalqaro ko‘rgazma majmuasida bo‘lib o‘tadi.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
#Nostrifikatsiya
#Test2026
Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 2026-yil 29-oktabr kuni
o‘tkaziladi
📋
Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiradigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi PDF faylda tanishish mumkin
(
my.gov.uz
sayti yoki
Davlat xizmatlari markazlari
orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali
)
.
❗️
Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat
(pasport yoki ID-karta)
bilan kelishlari lozim.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
#Talaba_yutugʻi
O‘zMU magistranti BPIC xalqaro loyihasining O‘zbekistondagi rasmiy vakiliga aylandi
☑️
O‘zbekiston Milliy universitetining 2-bosqich magistranti
Yorqin Abduqahhorov
Xitoy Xalq Respublikasida o‘tkazilayotgan
BPIC New Industry “Golden Egret”
xalqaro loyihasida grant asosida ishtirok etib, qator yutuqlarga erishmoqda.
🌍
Xususan, u 35 ta davlat vakillari qatnashgan xalqaro konferensiyada O‘zbekistonning raqamlashtirish va sun’iy intellekt sohasidagi yutuqlari, amalga oshirilayotgan islohotlar hamda istiqboldagi imkoniyatlari haqida ingliz va xitoy tillarida ma’ruza qildi.
🔖
Xalqaro tadbir doirasida
“Certificate of Honor”
faxriy sertifikati va
450 AQSh dollari miqdoridagi stipendiya
bilan taqdirlangan yosh magistrant yana bir muhim natijaga erishdi – BPIC xalqaro loyihasining
O‘zbekistondagi rasmiy vakiliga
aylandi.
🔹
Shuningdek, Xitoyning Xiamen shahrida o‘tkazilgan uchrashuvlarda BPIC vakillari bilan o‘zbekistonlik talabalar uchun xitoy tilini o‘rganishga mo‘ljallangan stipendiya dasturlarini yo‘lga qo‘yish va qo‘shma innovatsion loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildi.
🔹
Xalqaro loyiha doirasida Yorqin Abduqahhorov Xitoyning ilg‘or texnologik kompaniyalari faoliyati bilan yaqindan tanishib, sun’iy intellekt yordamida boshqariladigan haydovchisiz avtobuslar va tibbiy chiqindilarni utilizatsiya qilish va qayta ishlash texnologiyalarini O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlarini o‘rganmoqda.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
#Milliy_qadriyatlar_targibotçisi
🇺🇿
“Milliy qadriyatlar tarğibotçisi” tanlovining final bosqiçi iştirokçilari aniqlandi.
🏛
Ta’lim va ilm-fan vazirligi huzuridagi Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi
tomonidan
joriy yilning 7-16-oktabr kunlari
“Milliy qadriyatlar tarğibotçisi”
respublika körik-tanlovining
hududiy bosqiçi
ötkazildi.
📺
Videoni HF formatda köriş
🔹
Hududiy bosqiç natijalariga köra quyidagi iştirokçilar tanlovning respublika bosqiçi yöllanmasiga ega böldi:
➡️
Töxtanazarov Abduvahob Abdulatif öğli
– Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi Yoşlar bilan işlaş, ma’naviyat va ma’rifat bölimi boşliği.
➡️
Toirova Feruza Qobilovna
– Buxoro davlat tibbiyot instituti Yoşlar bilan işlaş, ma’naviyat va ma’rifat bölimi boşliği.
➡️
Akramov Şerzod Xalmirzayeviç
– Qarşi davlat universiteti Yoşlar bilan işlaş, ma’naviyat va ma’rifat bölimi boşliği.
➡️
Tursunov Şaxzod Ramazonoviç
– Özbekiston milliy pedagogika universiteti dekani örinbosari.
➡️
Xolmöminov Möminmirzi Zokir öğli
– Özbekiston davlat san’at va madaniyat instituti dekani örinbosari.
➡️
Norbekov Suxrob Farxod öğli
– Toşkent axborot texnologiyalari universiteti dekani örinbosari.
➡️
Jumaniyozov Jasurbek Nazarboyeviç
– Urganç davlat tibbiyot instituti dekani örinbosari.
➡️
Allaniyazova Miyrixan Zaripbayevna
– Nukus davlat pedagogika instituti dekani örinbosari.
➡️
Ergaşeva Muhayyoxon Ğanijonovna
– Andijon davlat pedagogika instituti dekani örinbosari.
➡️
Dadaqöziyev Muzaffar Rahnamoyeviç
– Farğona davlat texnika universiteti dekani örinbosari.
➡️
Sobirxanov Abdulbositxon Toxirxon öğli
– Namangan davlat universiteti dekani örinbosari.
➡️
Yusupov Ğiyos Ğulom öğli
– Navoiy davlat universiteti dekani örinbosari.
➡️
Bobotoyev Mirjalol Ibodullayeviç
– Samarqand davlat universiteti dekani örinbosari.
➡️
Xidirov Muhiddin Hursanoviç
– Termiz davlat universiteti dekani örinbosari.
➡️
Taşbayev Asliddin Kumakoviç
– Özbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali dekani örinbosari.
☑️
Tanlovning yakuniy bosqiçida iştirokçilar özaro 3 ta şart: taqdimot, savol-javob va milliy qadriyatlar va an’analarni tarğib etişga qaratilgan sahna körinishi yoki şe’riy kompozitsiya böyiça bellaşadilar.
✨
Tanlovning respublika bosqichi joriy yilning
3-4-noyabr kunlari Toşkent
şahrida Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat instituti mezbonligida bölib ötadi.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
#SavolJavob
✈️
Oilaviy zo‘ravonlikka qarshi qanday kurashish mumkin?
Bu haqda Guliston davlat universiteti dotsenti Shoira Fayziyeva fikr bildiradi.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
#Kasbiy_taʼlim
Tibbiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan yoshlar uchun Koreyada o‘qish imkoniyati
Chortoq Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida
Koreya Respublikasining
Taegu Science University universiteti
bilan hamkorlikda
1+2 shaklidagi qo‘shma ta’lim dasturlari
joriy etilmoqda.
Mazkur dastur doirasida o‘quvchilar dastlabki
1 yilni O‘zbekistonda, keyingi 2 yilni esa
belgilangan til talablariga javob bergan holda
Koreya Respublikasida
davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
👉
Batafsil
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram