Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar
Toshkent shahar Kasbiy taʼlim boshqarmasi. Manzil: Yashnobod tumani, Parkent ko'chasi 331-uy Boshqarma boshlig’iga murojaat: @OTFIV_Tashkent_bot
Subscribers
6 430
24 hours
30 days
-50
Post views
1 859
ER
28,91%
Posts (30d)
116
Characters in post
589
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Other
Audience gender
Mixed audience
Audience age
-
Audience financial status
Mixed
Audience professions
Others
Summary
-
June 12, 04:04
Media unavailable
1
Show in Telegram

#UstozZiyo
Dunyo ko‘zgulari – asli ustozlar, Toshkent ma’rifat maskanida
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram
|
Instagram
|Facebook
| Telegram-bot

June 11, 06:34
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🔺
“Intensiv kasb lagerlari” yo‘lga qo‘yiladi
Mahallalardagi yoshlarning kasb-hunar egallashiga ko‘maklashish maqsadida texnikumlarda
“Intensiv kasb lagerlari”
tashkil etiladi.
Mazkur o‘quv kurslari doirasida yoshlar
🔸
Sartaroshlik
;
🔸
Oshpazlik
;
🔸
Tikuvchilik
;
🔸
Elektromontaj
;
🔸
Santexnika
;
🔸
Payvandlash
kabi mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan amaliy kasblarni qisqa muddatda o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram |
Instagram
|Facebook
|
Threads
| Telegram-bot

June 11, 05:34
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️
Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxati belgilandi
Adliya vazirligi Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi
(ro‘yxat raqami 3849, 09.06.2026 y.)
📝
Xususan, ushbu ro‘yxatda maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus, kasbiy va oliy ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan 465 ta pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar belgilandi.
☑️
Shu jumladan, professor, dotsent, katta o‘qituvchi, kichik o‘qituvchi, metodist, tarbiyachi, yo‘riqchi, uslubchi va boshqalar pedagogik lavozimlar hisoblanadi.
📌
Ma’lumot uchun, "Pedagogning maqomi to‘g‘risida"gi Qonunning 3-moddasiga muvofiq ta’lim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida ta’lim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi hamda tegishli ma’lumotga, kasbiy tayyorgarlikka va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan jismoniy shaxs pedagogdir.
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram |
Instagram
|Facebook
|
Threads
| Telegram-bot

June 11, 04:03
Media unavailable
1
Show in Telegram

#JadidlarMerosi
Rafiq Mo‘min (1900–1951)
— iste’dodli shoir, dramaturg, ma’rifatparvar pedagog va bolalar adabiyotining rivojiga munosib hissa qo‘shgan ijodkor.
U Namangan shahrida tavallud topgan. Yoshligidan adabiyot va she’riyatga mehr qo‘yib ulg‘aygan. Oilasidagi Navoiy, Fuzuliy va Mashrab ijodiga bag‘ishlangan adabiy suhbatlar uning ma’naviy kamolotida muhim o‘rin tutgan. Ayniqsa, Mashrab ijodi ta’sirida ilk she’rlarini yaratib, bir muddat “Mashrab” taxallusi bilan ijod qilgan.
Ijodkor sifatida bolalar uchun ko‘plab she’rlar, sahna asarlari va tarbiyaviy asarlar yaratgan. Xalq og‘zaki ijodi asosida yozilgan
“Yoriltosh”
hamda fuqarolar urushi voqealariga bag‘ishlangan
“Gulyor”
dramalari uning mashhur asarlari sirasiga kiradi. Ushbu asarlarni sahnalashtirishda ham bevosita ishtirok etgan.
Rafiq Mo‘min o‘z ijodi va pedagogik faoliyati orqali yoshlarni ilm-ma’rifatga, ezgulik va vatanparvarlikka chorlagan ma’rifatparvar ziyoli sifatida xalqimiz madaniy merosida munosib o‘rin egallaydi.
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram |
Instagram
|Facebook
|
Threads
| Telegram-bot

June 10, 15:01
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Jamoatchilik_muhokamasi
🔰
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga
"Kasbiy taʼlim agentligi tizimiga oʻtkazish orqali qayta tashkil etiladigan texnikumlar roʻyxatiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida"
gi
buyruq loyihasi
e’lon qilindi.
Muhokamalarda faol ishtirok etib, takliflaringizni
regulation.gov.uz
sayti orqali qoldiring
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram |
Instagram
|Facebook
|
Threads
| Telegram-bot

June 10, 11:59
Media unavailable
5
Show in Telegram

#YangiO‘zbekistonBunyodkorlari_2026
🏆
Kasbiy mahorat sinovi tuman bosqichlari davom etmoqda
“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari – 2026”
kasbiy mahorat milliy tanlovining tuman bosqichlarida yoshlar o‘z bilim, ko‘nikma va mahoratlarini namoyish etmoqdalar.
Tanlov yoshlarning kasbiy salohiyatini yuzaga chiqarish hamda malakali kadrlar safini kengaytirishga qaratilgan
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram |
Instagram
|Facebook
|
Threads
| Telegram-bot

June 10, 09:48
Media unavailable
5
1
Show in Telegram

Kuchli ta'lim kuchli pedagogdan boshlanadi!
🇺🇿
Aynan shu sababli
«Oʻzbekiston – 2030» strategiyasining 4-maqsadi
pedagoglar maqomi, bilimi va malakasini xalqaro standartlar darajasiga koʻtarishga
bag`ishlangan.
💙
Bu amalda nimani anglatadi?
- Pedagoglarning maoshi 2023-yilga nisbatan 2 baravarga oshadi.
- 500 ming nafar xodim uzluksiz malaka oshiradi.
- Olis hududlarga va eng muhim yoʻnalishlarga davlat granti asosida tayyorlangan yangi kadrlar keladi.
💻
Pedagoglarga eʼtibor – bu har bir farzandimizning kelajagiga eʼtibordir!
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Threads
|
Telegram-bot

June 10, 07:02
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Bandlik #KasbiyTa’lim
📢
Tibbiyot texnikumi bitiruvchilari uchun yangi imkoniyat!
🏥
Toshkent shahridagi davlat tibbiyot muassasalarida mavjud vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e’lon qilindi.
Tanlovda tibbiyot texnikumlari bitiruvchilari ishtirok etib, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha munosib ish o‘rniga ega bo‘lishlari mumkin.
📌
Vakant lavozimlar bilan tanishish va hujjat topshirish uchun:
vacancy.argos.uz
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram |
Instagram
|Facebook
|
Threads
| Telegram-bot

June 10, 05:40
Media unavailable
1
Show in Telegram

#KasbiyTaʼlimRahbari
“Direktor bilan bir kun” | Ta’limdagi mas’uliyat va natija
.
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram |
Instagram
|Facebook
|
Threads
| Telegram-bot

June 09, 15:01
Media unavailable
9
Show in Telegram

🏆

Barkamol avlod – 2026": Toshkent yoshlari respublika chempioni!
“Barkamol avlod – 2025” sport musobaqalarining respublika final bosqichida Toshkent shahri jamoasi faxrli
1-o‘rinni
qo‘lga kiritdi.
Akademik litseylar hamda kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchilaridan tarkib topgan jamoa yuksak mahorat, matonat va jamoaviy hamjihatlik namunasini namoyon etdi.
🎉
Olimpiya shaharchasida bo‘lib o‘tgan tantanali taqdirlash marosimida g‘olib jamoaga
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘asi
tantanali ravishda topshirildi.
Ushbu yuksak natija yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishi, qat’iyati va ustozlarining fidokorona mehnati samarasidir.
👏
G‘olib yoshlarimiz va ustoz murabbiylarimizni ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etamiz va kelgusidagi musobaqalarda ham ularga yanada yuksak zafarlar tilaymiz!
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Threads
|
Telegram-bot