
Oliy ta'lim yangiliklari va yutuqlari
📌
Namanganda 18 million so‘m evaziga nodavlat universitetning 3-bosqichiga o‘qishga kiritishni va’da qilgan shaxs ushlandi
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaroni 18 million so‘m evaziga nodavlat oliy ta’lim muassasasining 3-bosqichiga o‘qishga kiritishni va’da qilgan shaxs ushlandi.
Afsuski, bunday noqonuniy tartibda yuqori bosqichlarga qabul qilingan talabalar ko‘p. Mazkur holatlar vakolatli organlar tomonidan atroflicha o‘rganilishi lozim.
✈️
Obuna bo’ling
➡️
@OTM_Minbari
📱
“APK Qo‘riqchi” dasturini QR-kod orqali o‘rnatish bo‘yicha videoyo‘riqnoma
Zararli
APK-fayllar telefonga o‘rnatilgach, firibgarlar bank ilovalari, SMS-kodlar va shaxsiy ma’lumotlarga kirish imkoniga ega bo‘lishi mumkin. “APK Qo‘riqchi”
dasturi bunday tahdidlardan himoyalanishga mo‘ljallangan.
Dasturini
QR-kod orqali o‘rnatish tartibi videoyo‘riqnomada bosqichma-bosqich ko‘rsatilgan.
Videoni diqqat bilan tomosha qilib, ko‘rsatmalarga ketma-ket amal qiling.
⚠️
Noma’lum shaxslardan messenjerlar orqali yuborilgan
APK-fayllarni — ular “taklifnoma”, “hujjat” yoki “rasm” deb nomlangan bo‘lsa ham — ochmang va o‘rnatmang.
Dasturni faqat ko‘rsatilgan rasmiy manbadan yuklab oling.
🎥
Videoyo‘riqnomani yaqinlaringizga ham ulashing.
Farg‘ona viloyati IIB Kiberjinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi
✈️
Obuna bo’ling
➡️
@OTM_Minbari
📌
Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlari uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
🧾
Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga ajratilgan 1 420 ta, shuningdek, Qoraqalpog‘istonlik yoshlarga xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga ajratilgan 200 ta maqsadli kvota uchun bo‘lib o‘tadigan imtihonlarga ruxsatnomalar e’lon qilindi.
📆
Test sinovlari 2026-yil
28-oktabr (chorshanba)
kuni bo‘lib o‘tadi.
🌎
Test sinovida ishtirok etuvchi talabgorlar
test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsatnomani
my.uzbmb.uz
saytidagi shaxsiy kabinetlari orqali yuklab olishlari mumkin.
📌
Ruxsatnomada
test sinovi o‘tkaziladigan
sana, manzil va vaqt
ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan test sinovlariga ruxsatnomada ko‘rsatilgan vaqtdan kechikmagan holda kelishi so‘raladi.
🆔
Talabgorlar test sinovlari bo‘lib o‘tadigan binoga
shaxsini tasdiqlovchi hujjat
(pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.
❗
Talabgorlardan imtihonga ortiqcha buyumlar
(elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv qurollari, ichimlik, ovqat, shaxsiy buyumlar va boshqalar)
olib kelmaslik
so‘raladi.
✈️
Obuna bo’ling
➡️
@OTM_Minbari
📌
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun milliy sertifikat imtihonida limit yo‘q
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun milliy sertifikat imtihonida
talabgorlar soniga limit qo‘yilmagan
.
🗓
Ro‘yxatdan o‘tish boshlandi, arizalar
5-noyabrgacha
qabul qilinadi.
✈️
Obuna bo’ling
➡️
@OTM_Minbari
📌
Maktab o‘qituvchilari va rahbarlariga qanday ustamalar to‘lanadi?
1️⃣
Mentor-o‘qituvchi — maoshining 20 foizi.
Tuman (shahar)da “Kasbiy rivojlanish soati” va “Kasbiy rivojlanish kuni”ni o‘tkazadigan yuqori malakali o‘qituvchilarga har oy beriladi. Mablag‘ asosiy ish joyidagi maktab direktor jamg‘armasidan to‘lanadi va boshqa ustamalarga qo‘shiladi (PQ-231).
2️⃣
Xalqaro olimpiada g‘olibini tayyorlagan o‘qituvchi va direktor — 200, 175 yoki 150 foiz.
IMO, IPhO, IChO, IBO va IOI’dagi oltin, kumush va bronza medal uchun navbatdagi o‘quv yili davomida to‘lanadi.
3️⃣
Direktor — 20 foiz, o‘rinbosar — 10 foizgacha.
Ish samaradorligi 100 ballik tizimda baholanadi.
4️⃣
Direktorlar kengashi a’zosi — bazaviy stavkaga 20 foiz.
Samaradorlik uchun 20 foiz olayotgan direktorga bu ustama berilmaydi.
✈️
Obuna bo’ling
➡️
@OTM_Minbari
📌
Xususiy bog‘cha va maktablar uchun vazirlik litsenziyasi bekor qilinishi mumkin
Ta’lim va ilm-fan vaziri
Erkinjon Turdimov
Samarqanddagi yig‘ilishda xususiy bog‘cha va maktablarni litsenziyalash tartibini qayta ko‘rib chiqish zarurligini aytdi.
«SES, qurilish, “pojarniy” va boshqa tegishli tashkilotlar ko‘rib, ruxsat bergan bo‘lsa, vazirlik nimaning evaziga litsenziya beradi? Umuman, xususiy bog‘cha va maktab ochishda vazirlikning litsenziya berish masalasini yo‘qotish kerak», — dedi vazir.
📌
Yig‘ilishda yana:
🔹
maktab direktorlarini majlislarga chaqirish amaliyotiga chek qo‘yilishi aytildi;
🔹
oliy va maktabgacha ta’limda ikkita yirik loyiha rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi;
🔹
ta’lim muassasalari murojaatlari uchun alohida elektron platforma ishga tushirilishi bildirildi;
🔹
xususiy ta’lim muammolarini hal qilmagan mas’ullar tanqid qilindi, vazifasini bajarmagan vazirlik xodimlari ishdan ketishi mumkinligi ogohlantirildi.
✈️
Obuna bo’ling
➡️
@OTM_Minbari
📌
Endi birorta maktab direktori yigʻilishga chaqirilmaydi.
Barcha tuman xokimlariga etkazinglar,
chaqirmoqchi boʻlsa birinchi vazirlikdan ruxsat soʻraydi.
Erkinjon Turdimov, taʼlim va ilm-fan vaziri
✈️
Obuna bo’ling
➡️
@OTM_Minbari
📌
DARSGA
KELMAGAN “AKADEMIK QARZDOR TALABA”NING KURSDAN QOLDIRILISHI
(kredit-modul tizimi boʻyicha)
🍟
1 ta fan uchun 6 kredit ajratilgan.
🍟
1 kredit 30 soatga teng.
🍟
1 ta fanning 6 krediti 180 soatga teng (6 • 30 = 180).
🍟
180 soatning 40 foizi (72 soat) auditoriya soatiga, qolgan 60 foizi (108 soat) esa mustaqil taʼlimga ajratilgan.
❕
Talaba
auditoriya uchun ajratilgan
72 soatning ¼ qismini (yaʼni 18 soatni) qoldirsa,
yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
Yakuniy nazoratga kiritilmagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi. Akademik qarzdor talaba kursdan qoldiriladi. Mana shu tariqa bakalavriat yoʻnalishidagi talaba
8 yil oliy taʼlim
muassasasida qolishi mumkin.
✈️
Obuna bo’ling
➡️
@OTM_Minbari
#tavsiya
✅
📣
Ilm-fan sohasidagi eng ishonchli Telegram kanallardan biri tavsiya etiladi!
🎓
Ilmiy izlanishlar, Scopus va Web of Science xalqaro ilmiy jurnallari, ilmiy maqolalar nashri, grantlar hamda akademik rivojlanishga oid foydali ma’lumotlardan xabardor bo‘lishni istagan barcha uchun ajoyib imkoniyat!
🌐
Scopus va Web of Science ma'lumotlar bazalaridagi jurnallarda bepul maqolalar chop qilishni o'gatadigan online kurslar
🎯
Scopus va Web of Science jurnallari uchun ilmiy maqolalar yozishni o‘rgatadigan online kurslar
✅
Secret ilmiy loyihasi haqida ma'lumot olish
🚀
Phd in Science bepul ilmiy loyihasi haqida ma'lumot olish
🎁
Girls in Science iqtidorli qizlarimiz uchun alohida loyihalar
🔝
Materiallari Scopus ma'lumotlar bazasiga indeksatsiya qiladigan konferensiyalar
🚀
Students in Science bepul ilmiy loyihasi haqida ma'lumot olish
🎯
Scopus ma'lumotlar bazasidagi maqola chop qilish bepul bo'lgan jurnallar
✅
Ilmiy tadqiqotchilar uchun maxsus online kurslar
💯
Bepul loyihalar, master-class va vebinarlar haqida ma’lumotlar
🚀
Ilm-fan yo‘lida rivojlanishni istagan barcha ustozlar, tadqiqotchilar, doktorantlar va talabalarni ushbu Telegram kanalga zudlik bilan obuna bo‘lishga chorlaymiz!
Ko‘proq ma’lumot:
https://t.me/publish_uz
📌
“Aravani tortolmagan kadr bizning oramizda bo‘lmaydi” — Erkinjon Turdimov
Ta’lim va ilm-fan vazirligi tizimida hududiy rahbarlar va boshqa mas’ul lavozimlardagi kadrlar faoliyati tahlil qilinadi. Bu haqda Erkinjon Turdimov ma’lum qildi.
Aravani hamma o‘zi tortishi kerak. Aravani tortolmayotganlar nima bo‘ladi? Safdan tushib qoladi”, - dedi vazir.
✈️
Obuna bo’ling
➡️
@OTM_Minbari