Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

otm_xorazm
Reklama: @Ilhom_Babajanov 🏛 Ushbu kanalda Xorazm viloyatidagi oliy ta'lim muassasalari haqida eng so‘nggi ma'lumotlarni berib boramiz!
Subscribers
8 172
24 hours
-18
30 days
-298
Post views
903
ER
11,05%
Posts (30d)
98
Characters in post
783
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
July 28, 16:41
Media unavailable
1
Show in Telegram

🏫
Ma'mun universiteti Media markazi tomonidan suratga olingan
"Qayroq"
filmi xalqimizning og'ir sinovlarga to'la davri, ma'rifat yo'lida kurashgan fidoyi insonlar va ularning matonatini badiiy talqin etadi.
🎥
Film tomoshabinni tarixning unutilmas sahifalari sari yetaklar ekan, jasorat, vatanparvarlik va ilm-ma'rifatning qadrini yana bir bor his etishga chorlaydi. Har bir kadrda davr ruhi, har bir lavhada esa millat taqdiri va insoniy kechinmalar o'z aksini topgan.
📽
"Qayroq"
– bu shunchaki film emas, balki o'tmish saboqlarini bugungi avlodga yetkazuvchi badiiy asardir.
@OTM_XORAZM

July 28, 16:31
Media unavailable
2
Show in Telegram

#Videolavha
🤩
UrDPI talabalari “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil” dasturi doirasida Toshkent sari yoʻl oldi
Urganch davlat pedagogika instituti talabalari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurish maqsadida Toshkent shahriga joʻnab ketdi.
©️
Urganch
davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
👉
@OTM_XORAZM

July 28, 16:26
Media unavailable
10
1
Show in Telegram

#Dolzarb_90_kun#ichki_turizm#Toshkent
🏛
Tarix bilan yuzma-yuz: UrDU talabalari Islom sivilizatsiyasi markazida
🕌
Bugun, 28-iyul kuni
Urganch davlat universitetining
50 nafar talabasi
Toshkent shahridagi
Islom sivilizatsiyasi markazi
ga sayohat qildilar.
Tashrif davomida talabalar markazda saqlanayotgan noyob qo‘lyozmalar, tarixiy hujjatlar,
bebaho eksponatlar
hamda xalqimizning
ko‘p asrlik ilmiy va madaniy meros
ini o‘zida mujassam etgan zamonaviy ko‘rgazmalar bilan yaqindan tanishdilar.
Mazkur tashrif yoshlar uchun ajdodlarimizning boy
ilmiy-ma’rifiy merosini chuqurroq anglash
, buyuk allomalarimizning
jahon sivilizatsiyasi taraqqiyoti
ga qo‘shgan ulkan hissini yanada teran his etish, tariximizga bo‘lgan qiziqish va
milliy g‘urur tuyg‘ularini mustahkamlash
da muhim ahamiyat kasb etdi.
Zero, o‘z tarixini anglagan, ajdodlari merosini qadrlagan yoshlar kelajakni yanada yuksak maqsadlar bilan bunyod etadi.
©️
UrDU Matbuot xizmati
👉
@OTM_XORAZM

July 28, 08:02
Media unavailable
1
Show in Telegram

July 28, 06:31

❗️
B2 sertifikati yo‘q xorijiy til o‘qituvchilari bilan mehnat shartnomasini bekor qilish taklif etildi
📄
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan
‘‘Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida’’
gi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga
qoʻyildi
. Loyihaga koʻra, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi 312-son qarorining 9-bandiga yangi norma kiritilishi taklif etilmoqda.
📌
Unga koʻra, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan xorijiy til oʻqituvchilari uchun talab etiladigan tegishli sertifikatga ega boʻlmagan
xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda
bekor qilinadi.
📑
Xorijiy til oʻqituvchilarining kamida B2 darajadagi
milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatga ega boʻlish talabi amaldagi hukumat qarorida avvaldan belgilangan. Muhokamaga qoʻyilgan loyiha esa ushbu talab bajarilmagan taqdirda qoʻllaniladigan huquqiy normani aniqlashtirmoqda.
Loyiha
2026-yil 12-avgustga qadar
jamoatchilik muhokamasida boʻladi. Yakuniy qaror muhokama natijalariga koʻra qabul qilinadi.
@OTM_XORAZM

July 27, 19:19
Media unavailable
1
Show in Telegram

🚨
FAKT: Chelsea Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘olib bo‘lgani uchun olgan mukofot puli, Ispaniya terma jamoasining Jahon chempionatida g‘olib bo‘lgani uchun olgan mukofotidan ko‘proq.
💰
Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati g‘olibligi: $120 million
🏆
Jahon chempionati g‘olibligi: $50 million
🔵
@CHELSEA_BLUECO

July 27, 11:59
Media unavailable
2
Show in Telegram

⚡️
Xiva shahrida Xitoyning Lyaonin pedagogika universiteti filiali barpo etilmoqda.
➡️
Xiva shahrida Urganch davlat universiteti bilan hamkorlikda Konfutsiy instituti tashkil etilmoqda. Ushbu oliygohda o‘quv jarayonlari 2026/2027 o‘quv yilidan boshlanishi rejalashtrilgan.
👉
@OTM_XORAZM

July 27, 06:11


Ijtimoiy reyestrdagi oilalar farzandlari uchun ajratilgan grant qanday ishlaydi?
✈️
Xabaringiz bor, 2026/2027-oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakliga
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlari
uchun davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlarining
10 foiziga
teng qoʻshimcha grant oʻrinlari
ajratilgan.
Ushbu qoʻshimcha davlat granti faqat abituriyent tanlagan
birinchi (1-ustuvor)
bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga nisbatan qoʻllaniladi. Abituriyent tanlagan ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi ustuvor yoʻnalishlarga mazkur imtiyoz tatbiq etilmaydi.
❗️
Shuningdek, qoʻshimcha grant
faqat kunduzgi taʼlim shakli
uchun amal qiladi. Kechki, sirtqi va masofaviy taʼlim shakllarida ushbu imtiyoz qoʻllanilmaydi.
Qabul parametrlarida, masalan, “Ona tili va adabiyoti” taʼlim yoʻnalishi uchun 54 ta qoʻshimcha grant oʻrni koʻrsatilgan boʻlsa, bu alohida universitet uchun emas, balki
respublika bo‘yicha
ushbu taʼlim yo‘nalishiga ajratilgan umumiy grant o‘rinlari sonini
anglatadi.
✈️
Qoʻshimcha grantga tavsiya etish respublika miqyosida amalga oshiriladi. Yaʼni, abituriyentlar birinchi tanlagan taʼlim yoʻnalishi boʻyicha toʻplagan ballari ketma-ketligiga qarab saralanadi.
Bunda abituriyent davlat granti uchun belgilangan
oʻtish ballining kamida 80 foizini
toʻplagan boʻlishi shart. Ushbu talabni bajarganlar orasidan eng yuqori ball toʻplagan abituriyentlar qoʻshimcha grant oʻrinlariga tavsiya etiladi.
➡️
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlari bir vaqtning oʻzida ushbu toifa hamda boshqa imtiyozli davlat grantlari boʻyicha tanlovda ishtirok eta olmaydi. Yaʼni, ular
faqat bitta imtiyozli grant turi
boʻyicha talabgor boʻlish huquqiga ega.
👉
@OTM_XORAZM

July 26, 19:25
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

📌
A
l-Xorazmiy universiteti kirish imtihoni o'tkaziladigan hududlar va manzillar
Abituriyentlar o‘zlariga eng yaqin hududni tanlab, kirish imtihonda ishtirok etishlari mumkin.
🟡
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
🟡
Jizzax viloyati
🟡
Qashqadaryo viloyati
🟡
Samarqand viloyati
🟡
Surxondaryo viloyati
🟡
Farg‘ona viloyati
🟡
Xorazm viloyati
🟡
Toshkent shahri
⚠️
Muhim eslatma imtihon ishtirokchilari quyida keltirib o‘tilgan hujjatlar bilan begilangan manzilga kelishlari lozim.

Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi (ID karta yoki pasport);

Imtihon ruxsatnomasining chop etilgan nusxasi.
Hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, abituriyent imtihonga kiritilmaydi. Shuningdek, barcha ishtirokchilardan imtihon boshlanishidan kamida 30 daqiqa oldin belgilangan manzilga yetib kelishlari tavsiya etiladi.
👉
@OTM_XORAZM

July 26, 15:22
Media unavailable
1
Show in Telegram


OTMga kirishda tanlov ustuvorligi nima? Qaysi birini tanlash kerak?
Abituriyentlarga yo‘nalish tanlash huquqi berilganda
davlat grantini
ustuvorlik sifatida belgilashi mumkin.
👉
Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida:
🔹
Davlat grantini tanlasa
— tanlagan barcha taʼlim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida saralanadi;
🔹
Ta’lim yo’nalishini tanlasa
— avval har bir taʼlim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.
Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo‘nalishdan biriga kirishimning farqi yo‘q,
asosiysi davlat grantiga kirishim kerak"
, desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo‘nalishimga kirishim shart,
kontraktga kirsam ham roziman
" desa unda ustuvorlikni yo‘nalishga beradi.
P/S: Yuqoridagi suratda buning ketma-ketligi ko’rsatilgan.
👉
@OTM_XORAZM