Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Ozodbek Nazarbekov

ozodbek_axmadovich
O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning rasmiy kanali Instagram: https://instagram.com/ozodbek_axmadovich
Subscribers
13 149
24 hours
-19
30 days
-292
Post views
1 563
ER
11,89%
Posts (30d)
82
Characters in post
762
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Media & Communication
Summary
September 11, 14:06
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

⚡️
O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasida musiqa ta’limi sohasida hamkorlik kengaymoqda
Safar doirasida Londondagi nufuzli Royal College of Music (RCM) rahbari
Kevin Porter
bilan uchrashdik. Muloqotda O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi Favqulodda va muxtor elchisi
Ravshan Usmonov
ham ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida oliy musiqa ta’limini zamonaviy talablar asosida modernizatsiya qilish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, milliy va jahon mumtoz musiqasi uyg‘unligini xalqaro miqyosda targ‘ib etish masalalarini muhokama qildik.
Muzokaralar yakunida O‘zbekiston va RCM o‘rtasida bir qator ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishdik.
Xususan, O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi va RCM o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri anglashuv memorandumini imzolash, talabalar hamda professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqdamiz.
Shuningdek, RCM professorlarini O‘zbekistondagi konservatoriya va ixtisoslashtirilgan musiqa maktab-internatlariga mahorat darslari o‘tkazish uchun jalb etish, o‘zbekistonlik yosh pedagoglarning Londonda malaka oshirishi va amaliyot o‘tashi uchun imkoniyatlar yaratish bo‘yicha kelishib oldik.
Iqtidorli yosh musiqachilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekistonning eng salohiyatli yosh ijrochilarini "El-yurt umidi" jamg‘armasi hamda maxsus grantlar asosida RCMning bakalavriat va magistratura dasturlarida tahsil olish imkoniyatlarini yaratish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishdik.
Ijodiy yo‘nalishda esa RCM orkestri va bastakorlari bilan hamkorlikda o‘zbek milliy cholg‘ulari va maqom san’ati asosida simfonik asarlar yaratish, shuningdek, Londonning nufuzli sahnalarida qo‘shma konsertlar tashkil etishni rejalashtirdik.
Ishonchim komilki, mazkur kelishuvlar O‘zbekistonda musiqa ta’limi tizimiga ilg‘or xalqaro tajriba va standartlarni joriy etish, yosh musiqachilarimizning kasbiy salohiyatini oshirish hamda milliy musiqa san’atimizni xalqaro maydonda keng targ‘ib qilishda muhim amaliy qadam bo‘ladi.
📲
Telegram
📲
Instagram

September 10, 19:49
Media unavailable
2
2
Show in Telegram

⚡️
Londonda O‘zbekiston musiqa ta’limini rivojlantirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishdik
Ayni kunlarda Angliyada xizmat safarimiz doirasida Buyuk Britaniya Musiqa ta’limi uyushmasi —
Music Mark
rahbari
Jennifer Makki
bilan uchrashib, O‘zbekistondagi Bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyatini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish hamda soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash masalalarini muhokama qildik.
Uchrashuvda O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi
Ravshan Usmonov
ham ishtirok etdi.
Muzokaralar yakunida O‘zbekistondagi ilg‘or musiqa maktablarini bosqichma-bosqich
“Music Mark International Partner School”
maqomi bo‘yicha xalqaro sifat sertifikatidan o‘tkazish, shuningdek, Buyuk Britaniyaning
“A Common Approach”
zamonaviy o‘qitish dasturini milliy ta’lim tizimiga moslashtirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishdik.
Shuningdek, pedagoglar malakasini oshirish, zamonaviy ta’lim metodikalarini joriy etish, alohida ehtiyojga ega bolalar uchun inklyuziv ta’lim va musiqa terapiyasi yo‘nalishida Britaniya tajribasidan foydalanish hamda ikki mamlakat yoshlar orkestrlari va ijodiy jamoalari o‘rtasida qo‘shma konsert va festivallarni tashkil etish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirdik.
Ishonamanki, mazkur kelishuvlar O‘zbekistonda yosh musiqachilarni tayyorlash tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, pedagoglar salohiyatini oshirish va musiqa ta’limi sohasida xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
📲
Telegram
📲
Instagram

September 10, 16:25
Media unavailable
4
1
Show in Telegram

⚡️
O‘zbekiston va Buyuk Britaniya musiqa sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda
Bugun Buyuk Britaniya Musiqa industriyasi uyushmasi (
UK Music
) rahbari
Tom Kiehl
bilan hamkorlik uchrashuvi o‘tkazdik.
Muloqotda O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi Favqulodda va muxtor elchisi
Ravshan Usmonov
ham ishtirok etdi. Uchrashuv davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni, xususan, musiqa sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, ilg‘or tajriba almashish va istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildik.
Britaniyaning musiqa bozorini boshqarish, ovoz yozish sanoati va zamonaviy musiqa menejmenti sohalaridagi ilg‘or tajribasini O‘zbekistonda joriy etish muhim yo‘nalishlardan biri sifatida belgilandi.
Shuningdek, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, musiqachilar, prodyuserlar va ovoz muhandislari uchun britaniyalik mutaxassislar ishtirokida trening va mahorat darslarini tashkil etish bo‘yicha fikr almashdik.
Bugungi kunda musiqa industriyasini raqamlashtirish, mualliflik huquqini himoya qilish, striming platformalari bilan samarali ishlash va raqamli bozorda ijodkorlar manfaatlarini ta’minlash ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois bu yo‘nalishlarda hamkorlikni kuchaytirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratdik.
Qolaversa, ikki mamlakat ijodkorlari ishtirokida qo‘shma festivallar, gastrol safarlari va xalqaro musiqa loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildik.
Uchrashuv yakunida bildirilgan tashabbuslarni amaliy bosqichga olib chiqish, qo‘shma loyihalarni shakllantirish va o‘zaro hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib oldik.
Ishonamanki, ushbu hamkorlik O‘zbekiston musiqa san’atining xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirish, ijodkorlarimiz uchun yangi imkoniyatlar yaratish hamda musiqa industriyasini zamonaviy tendensiyalar asosida rivojlantirishga xizmat qiladi.
📲
Telegram
📲
Instagram

September 08, 13:25
Media unavailable
2
Show in Telegram

Oʻzbekiston va Serbiya Prezidentlari Strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisida deklaratsiyani imzoladilar.

Президенты Узбекистана и Сербии подписали Декларацию об установлении отношений стратегического партнерства.
📲
Telegram
📲
Instagram

September 08, 13:04
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich Strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisida qoʻshma deklaratsiyani
imzoladilar.
Davlat rahbarlari huzurida ikki tomonlama hujjatlar almashildi.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Республики Сербия Александр Вучич
подписали
Совместную декларацию об установлении отношений стратегического партнерства. В присутствии лидеров состоялась церемония обмена двусторонними документами.
#Mirziyoyev
#tashrif
#Serbiya
#hujjatlar
📲
Telegram
📲
Instagram

September 08, 12:16
Media unavailable
2
Show in Telegram

Oliy darajada O‘zbekiston – Serbiya muzokaralari bo‘lib
o‘tdi.
📲
Telegram
📲
Instagram

September 08, 12:03
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev
va Serbiya Respublikasi Prezidenti
Aleksandr Vuchichning
yuzma-yuz va rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi
muzokaralari
boʻlib oʻtdi.
#Mirziyoyev
#tashrif
#Serbiya
#muzokaralar
📲
Telegram
📲
Instagram

September 08, 11:06
Media unavailable
2
Show in Telegram

Belgradda Prezident
Shavkat Mirziyoyev
ni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.

В Белграде состоялась церемония официальной встречи Президента
Шавката Мирзиёева.
📲
Telegram
📲
Instagram

September 08, 11:04
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

Belgraddagi Serbiya saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoy
evni tantanali kutib olish
marosimi
bo‘lib o‘tdi.

Во Дворце Сербии в Белграде прошла
церемония
торжественной встречи Президента Республики Узбекистан
Шавката Мирзиёева.
#Mirziyoyev
#tashrif
#Serbiya
#marosim
📲
Telegram
📲
Instagram

September 05, 18:08
Media unavailable
2
Show in Telegram

AQShning Sietl shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh konsulxonasi
rasman ochildi
.
Bu Tinch okeani shimoli-g‘arbiy mintaqasida mamlakatimizning birinchi konsullik muassasasi bo‘lib, uning ochilishi O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir.
Yangi Bosh konsulxona savdo, investitsiya, texnologiya, ta’lim hamda xalqlararo aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
📲
Telegram
📲
Instagram