Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Parkent tumani hokimligi Axborot xizmati

parkent_hokimiyati
Murojaat uchun: +99899 7946263 Telegram: @Botir_Shogulomov Parkent tumani hokimligi Website https://www.parkent-tum.uz/
Subscribers
4 236
24 hours
-5
30 days
57
Post views
1 198
ER
28,28%
Posts (30d)
209
Characters in post
1 491
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
September 11, 14:02
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

#jarayon
⚡️
⚡️
⚡️
SHTABLAR FAOLIYATI NAZORATDA
Bugun Toshkent viloyati prokurorining o‘rinbosari Xayrulla Bo‘riyev, Parkent tumani prokurori Qahramon Mirsagatov hamda viloyat prokuraturasi bo‘lim prokurori Nurbek Anarov tomonidan tumanda faoliyat yuritayotgan qator shtablarning ish jarayonlari o‘rganildi.
Xususan, Yoshlar ishlari bo‘yicha shtab, Xorazm tajribasi asosida kambag‘allik va ishsizlikni qisqartirish bo‘yicha tuman shtabi, Parkent tumani islohotlar shtabi hamda Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha tuman maxsus shtabi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
O‘rganish davomida shtablar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, belgilangan vazifalarning ijrosi hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar muhokama qilindi.
Mas’ullarga tegishli yo‘nalishlarda ishlarni yanada samarali tashkil etish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.
Kanalga ulanish:
⬇️
⬇️
⬇️
💬
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Instagram
🌐
Website

September 11, 13:26
Media unavailable
4
Show in Telegram

⚡️
⚡️
⚡️
Yoshlar bilan ochiq muloqot
📌
Parkent tuman hokimi Elmurod Po‘latov tuman mutasaddi rahbarlari bilan birgalikda tumandagi “Asil ta’lim” o‘quv markaziga tashrif buyurdi.
📌
Tashrif davomida o‘quv markazida yaratilgan sharoitlar, yoshlarning ta’lim olishi uchun mavjud imkoniyatlar bilan tanishildi.
📌
Shuningdek, tuman hokimi markazda tahsil olayotgan yoshlar bilan uchrashib, ularning ta’lim, kasb-hunar egallash, xorijiy tillarni o‘rganish hamda kelgusidagi rejalari yuzasidan suhbatlashdi.
📌
Muloqot davomida yoshlarning fikr va takliflari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi.
📌
Yoshlar bilan samimiy va ochiq muloqot — ularning kelajagi uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.
Kanalga ulanish:
⬇️
⬇️
⬇️
💬
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Instagram
🌐
Website

September 11, 10:40
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

1️⃣
2️⃣
3️⃣
4️⃣

Rasmiy yuqori oylik fuqaroning kelajakdagi pensiya manfaatida ham ko‘rinishi kerak: xorijiy tajriba nima deydi?
✔️
Amaldagi tartibda pensiya hisoblashda
6,0 mln so‘mgacha
bo‘lgan ish haqi qismi inobatga olinadi. Shu sababli yuqori daromadli fuqarolar uchun rasmiy ish haqi va kelajakdagi pensiya o‘rtasidagi bog‘liqlikni yanada kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.
🐈‍⬛
Ko‘plab davlatlarda pensiya hisoblanadigan daromad uchun chegara mavjud. Shu bilan birga, yuqori daromadli fuqarolarning pensiya manfaatlarini saqlash uchun kasbiy pensiya va qo‘shimcha jamg‘arma mexanizmlari ham qo‘llanadi.
🔼
Jamg‘arib boriladigan pensiya mexanizmlarini rivojlantirish
esa rasmiy mehnatga rag‘batni kuchaytirib, pensiya tizimini yanada adolatli va barqaror qilishga xizmat qilishi mumkin.
➡️
Har bir fuqaro o‘zining rasmiy mehnati va qo‘shgan hissasi kelajakdagi pensiyasida aks etishiga ishonch hosil qilishi kerak.
🇺🇿
Batafsil
|
🇬🇧
More
#Pensiya
#IshStaji
#PensiyaTizimi
#XalqaroTajriba
🐎
🐎
🐎
🐎
🐎
каналга уланиш
⤵️
⤵️
⤵️
https://t.me/olmaliq7_24

September 11, 05:48
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

#sessiya
⚡️
⚡️
⚡️
DEPUTATLAR TUMANIMIZ HAYOTIGA OID MUHIM MASALALARNI KO‘RIB CHIQISHDI
Bugun Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma to‘qqizinchi sessiyasi tuman hokimligining kichik majlislar zalida bo‘lib o‘tdi.
Unda tumanimiz hokim Elmurod Po‘latov, deputatlar, tegishli tashkilot rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
Sessiya davomida hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, jamoatchilik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda aholi uchun muhim bo‘lgan qator masalalar muhokama qilindi. Jumladan, “Ochiq byudjet” — Fuqarolar tashabbusli byudjeti jarayonida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan va ovoz berish yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilgan jami 8ta loyihaning takliflarni tanlab olish hamda ularga mablag‘ yo‘naltirish masalasi ko‘rib chiqildi. Shuningdek, Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputatlarining odob-axloq qoidalariga o‘zgartirish kiritish hamda magistral yo‘llarni quyosh panellari yordamida yoritish tizimini joriy etish holatini o‘rganish yakunlari ham muhokama qilindi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullarning hisobot va axborotlari tinglanib, deputatlar tomonidan tegishli fikr-mulohazalar bildirildi. Sessiya yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Bizni kuzatib boring:
PARKENT_TONGI_GAZETASI

September 10, 14:18
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

📢
📢
📢
📢
📢
⚡️
⚡️
⚡️
TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILADI
Hurmatli Parkent tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar!
Parkent tuman hokimligi hamda “Asakabank” AJ Bosh ofisi O‘rta biznes departamenti direktori Azizbek Qosimov va tijorat banklari hamkorligidat Parkent tumani hokimligining kichik majlislar zalida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkaziladi.
Uchrashuv davomida tadbirkorlik faoliyatida yuzaga kelayotgan muammo va to‘siqlar, qonuniy manfaatlarni ta’minlash hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga oid masalalar muhokama qilinadi.
📒
11.09.2026

soat 10:30 da
📍
Parkent tumani hokimligi binosida
Tadbirkorlarni o‘zlarini qiynayotgan masalalar, taklif va murojaatlari bilan ochiq muloqotda faol ishtirok etishga taklif etamiz!
Bizni kuzatib boring:
PARKENT_TONGI_GAZETASI

September 10, 08:13
Media unavailable
1
Show in Telegram

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari
Saida Shavkatovna Mirziyoyeva
hozirgi lavozimi bilan o‘rindoshlik asosida Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi lavozimiga tayinlandi.
Boshqaruvchi Moliya markazi kengashining Bosh kotibi hisoblanadi, kun tartibini shakllantirishni tashkil etadi, rais qatnashmagan majlislarda ularga raislik qiladi.
Moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yishni muvofiqlashtirish boshqaruvchi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi. Birinchi navbatdagi hujjatlarni tayyorlash, davlat organlari va Markaz tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish shular jumlasidan.
Shuningdek, Moliya markazi nomidan O‘zbekistonda va xorijda xalqaro tashkilotlar, investorlar hamda hamkorlar bilan munosabatlarda Markazga vakillik qilish, kadrlar bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etish, jumladan, Moliya markazi ma’muriyatining ijrochi direktorini va uning o‘rinbosarlarini tayinlash, Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi rahbariyati bo‘yicha tavsiyalar kiritish ham boshqaruvchining muhim funksiyalari sirasiga kiradi.
Boshqaruvchi, shuningdek, bitimlar tuzish, ishchi guruhlar tashkil etish va ekspertlarni jalb qilish huquqiga ega.

Указом Президента Республики Узбекистан Руководитель Администрации Президента Республики Узбекистан
Мирзиёева
Саида Шавкатовна
назначена на должность управляющего Ташкентского международного финансового центра по совместительству с ныне занимаемой должностью.
Управляющий считается Генеральным секретарем Совета Финансового центра, организует формирование повестки, а в отсутствие председателя – председательствует на его заседаниях.
Ключевым направлением деятельности управляющего станет координация запуска Финансового центра: подготовка первоочередных документов, выстраивание взаимодействия между государственными органами и структурами центра.
В числе важных функций также представление Финансового центра во взаимоотношениях с международными организациями, инвесторами и партнерами в Узбекистане и за рубежом, а также участие в кадровых решениях, включая назначение исполнительного директора Администрации Финансового центра, его заместителей и внесение рекомендаций по руководству Управления финансовых услуг.
Управляющий также вправе заключать соглашения, создавать рабочие группы и привлекать экспертов.
Facebook
|
Instagram
|
X

September 10, 06:03
Media unavailable
1
Show in Telegram

Kiber jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida Parkent tumani prokurori Qahramon Mirsagatovning MUROJAATI
Hurmatli Parkent tumani aholisi!
Bugungi kunda axborot texnologiyalari hayotimizning ajralmas bir qismiga aylandi. Internet hozirgi kunda jamiyatning barcha jabhalariga kirib borgan desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.
Lekin bu kabi qulayliklar bilan birga kiber jinoyatchilik xavfi ham kundan-kunga ortib bormoqda. Shaxsga doir ma’lumotlarni qo‘lga kiritish, firibgarlik, o‘g‘rilik, fishing va hisobga noqonuniy kirish kabi holatlar kundan-kunga ko‘paymoqda.
Shu bois barchangizni kiberxavfsizlik masalalarida yanada ehtiyotkor va mas’ul bo‘lishga chaqiramiz.
Zero, Parkent tumanida joriy yilning 8 oyida kiber jinoyat qurboni bo‘lgan shaxslardan
480 ta murojaat
kelib tushgan va e’tibor bering, ularga yetkazilgan moddiy zarar
5 milliard so‘mdan oshib ketgan.
Shu munosabat bilan barcha fuqarolarni quyidagi xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqiraman:
1. Shaxsiy ma’lumotlarni muhofaza qiling.
Bank kartasi ma’lumotlari, SMS-kodlar, parollar, pasport ma’lumotlarini hech kimga bermang. Banklar va davlat tashkilotlari telefon orqali konfidentsial kodlar va shaxsga doir ma’lumotlarni so‘ramasligini esda tuting.
2. Murakkab parollar va ikki bosqichli tasdiqlashdan foydalaning.
Hisoblaringiz uchun murakkab parollar yarating va ularni muntazam almashtirib turing. Mumkin bo‘lgan barcha servisларда ikki bosqichli autentifikatsiyadan foydalaning.
3. Shubhali xabar va havolalarga ishonmang.
Noma’lum manbadan yuborilgan fayl, havola yoki to‘lov so‘rovlarini ochmang. “Kartangiz blok qilindi”, “mukofot yutib oldingiz”, “Sudga chaqiruv” kabi xabarlar ko‘p hollarda firibgarlar tuzog‘i bo‘ladi.
4. Qurilmalaringizning xavfsizligini ta’minlang.
Telefon va kompyuterdagi dasturlarni yangilab boring. Antivirusdan foydalaning, faqat ishonchli manbalardan ilovalar o‘rnating.
5. Onlayn to‘lovlarni faqat ishonchli saytlarda amalga oshiring.
To‘lov qilishdan oldin sayt manzilining “HTTPS” bilan boshlanganiga ishonch hosil qiling. Onlayn bozorlarda notanish shaxslarga “oldindan to‘lov”ni amalga oshirmang.
6. Farzandlaringizning internetdagi faoliyatini nazorat qiling.
Yoshlar onlayn firibgarlikning eng oson qurbonlari bo‘lishlari mumkin. Ularni internetning turli xavflari haqida xabardor qiling.
Kiberxavfsizlik — faqat davlat idoralari yoki mutaxassislar vazifasi emas. Bu har birimizning shaxsiy mas’uliyatimizdir.
O‘zingiz va yaqinlaringizni himoya qiling!
Xavfsiz internet — xavfsiz jamiyat demakdir.
Kanalga ulanish:
⬇️
⬇️
⬇️
💬
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Instagram
🌐
Website

September 09, 13:57
Media unavailable
1
1
Show in Telegram


Yangi mehmonxonalar qurish va mavjudlarini yangilashni rag‘batlantirish maqsadida mehmonxona subyektlari uchun imtiyozli kreditlash tartibi joriy etildi.
➡️
Kreditlash shartlari:
🔷
Mehmonxona qurish uchun — 50 milliard so‘mgacha;
🔷
Mehmonxonani rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun — 20 milliard so‘mgacha;
🔷
Kredit muddati — 10 yil (120 oy)gacha;
🔷
Imtiyozli davr — 2 yil;
🔷
Kreditlar tijorat banklari tomonidan ajratiladi.
➡️
Foiz xarajatlarini qoplash:
Kreditlarning milliy valyutada yillik 16 foizdan, xorijiy valyutada esa SOFR, EURIBOR yoki SHIBOR stavkalaridan oshgan qismi bo‘yicha foiz xarajatlari “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan qoplab beriladi.
➡️
Murojaat tartibi:
Kredit mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyoj Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy turizm boshqarmalari orqali yig‘iladi va Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markaziga taqdim etiladi.
📌
Batafsil ma’lumot uchun:
Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi,
Tadbirkorlar bilan ishlash bo‘limi:
☎️
Tel.: +99877 448 77 88.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official

September 09, 13:56
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

⚠️
MAHALLIY BUDJET, TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA IQTISODIY ISLOHOTLAR MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
🇺🇿
Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashida hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish hamda belgilangan dasturlar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
📌
“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19¹-moddasi talablariga muvofiq
, Kengashning Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
📌
Yig‘ilishga
doimiy komissiya raisi Shuxrat Abduxamidovich Abduvoxidov
raislik qildi. Unda komissiya a’zolari, tuman Kengashi kotibiyati mudiri, kotibiyat bosh mutaxassislari hamda tegishli tashkilot va muassasalar vakillari qatnashdi.
📌
Yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masala — Parkent tumanida jamoatchilik fikri asosida “Ochiq budjet” axborot portalining “Tashabbusli budjet” loyihasida 2026-yilning 2-mavsumida shakllangan tadbirlarda g‘olib bo‘lgan takliflarni tasdiqlash to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqishdan iborat bo‘ldi.
💡
📌
Muhokama davomida “Tashabbusli budjet” loyihasining navbatdagi mavsumida fuqarolar tomonidan ilgari surilgan va g‘olib deb topilgan takliflarning mazmuni, ularni amalga oshirish jarayonlari hamda ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.
📌
Doimiy komissiya a’zolari tomonidan g‘olib takliflarning belgilangan tartibda amalga oshirilishi, mablag‘larning maqsadli sarflanishi, bajarilayotgan ishlarning sifati va natijadorligini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli savollar berilib, zarur tushuntirishlar olindi.
📌
Shuningdek, jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan loyihalarni amalga oshirishda fuqarolarning manfaatlari, hududlarning mavjud ehtiyojlari va belgilangan vazifalarning to‘liq bajarilishiga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.
➡️
Yig‘ilish yakunida hisobot yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar inobatga olinib, tegishli tashkilotlarga aniq vazifalar belgilandi. Shuningdek, mazkur masalani Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish belgilandi hamda
namunaviy doimiy komissiya qarori asosida
Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining tegishli qarori qabul qilindi.
📱
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
👇

Telegram

Facebook
🌐
Instagram
🇺🇿
Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi axborot xizmati

September 09, 13:48
Media unavailable
2
2
Show in Telegram

#profilaktik_suhbat
⚡️
⚡️
⚡️
AFV ETILGAN SHAXSLAR BILAN PROFILAKTIK SUHBAT
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 25- avgustdagi "Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida"gi PF-173-son Farmoniga asosan, jazodan ozod etilgan shaxslar bilan profilaktik ishlar olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan tumanimizda afv etilgan hamda jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilingan shaxslar bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi. Tadbirda Parkent tumani IIB boshlig‘i, podpolkovnik Jamshidbek Kosimov, 1-mintaqa muvofiqlashtirish markazi boshlig‘i, podpolkovnik Shahnoza Xoshimova hamda Toshkent viloyati IIBB JXX Probatsiya boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Sanjar O‘ktamov ishtirok etdi.

Shuningdek, ularning murojaat va muammolari o‘rganilib, ijtimoiy hayotga moslashishi, jamiyatda munosib o‘rin egallashi hamda kelgusida huquqbuzarlik va jinoyat sodir etmasligi yuzasidan profilaktik tavsiyalar berildi.
Bizni kuzatib boring:
PARKENT_TONGI_GAZETASI