
Pastdarg‘om.uz
#Kiberogohlik
SOXTA TREYDING VA KRIPTOAKTIV TAKLIFLARIDAN OGOH BO‘LING!
📈
«Pul tiking, mablag‘ingizni bir necha barobar ko‘paytirib beramiz» kabi va’dalarga ishonmang!
⚠️
Firibgarlar oson va tez daromad va’dasi orqali mablag‘ingizni qo‘lga kiritishga urinishi mumkin.
BUNYODKORLIK VA TAYYORGARLIK JARAYONLARI NAZORATDA
🇺🇿
Maʼlumki, tuman hokimi J.Pardayev ijtimoiy soha obyektlarida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va ularning kuz-qish mavsumiga tayyorligi bo‘yicha muntazam o‘rganish olib bormoqda.
🆙
Navbatdagi o‘rganishlar davomida dastlab,
Qorag‘uppa mahallasida
yangi barpo qilinayotgan zamonaviy poliklinikaning qurilish jarayoni bilan tanishildi.
🏙
So‘ng, Chimboy mahallasidagi
42-sonli oilaviy poliklinikaning
isitish tizimi, obodonchiligi, shart-sharoitlari va muammolari o‘rganildi.
🏫
Xuddi shunday o‘rganishlar
Yangisanoat mahallasidagi 32-umumiy o‘rta taʼlim maktabida
davom etdi.
✅
O‘rganishlar davomida har bir obyektda aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan aniq vazifalar belgilanib, tegishli masʼullarga ushbu yuzasidan topshiriqlar berildi.
ELEKTR ENERGIYASI ISTEʼMOLCHILARI DIQQATIGA!
Hurmatli isteʼmolchilar!
Bugun soat
10:00 dan 18:00 gacha
Galatut, Gumbaz, Elbek, Shombuloq, Qo‘shchinor, Zormon, Temiryo'l, Qorasuv, Mash’al, Oshiq ota, Boldir va Chimboy mahallalarida
elektr energiyasi vaqtincha o‘chiriladi.
Sababi, ushbu hududlarni elektr energiyasi bilan taʼminlovchi "Jasur", "Shiypon", "Shombuloq", "Avangard", "Siyovush" va "Uchqora" elektr uzatish tarmoqlarida kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari olib boriladi.
Ushbu noqulaylik uchun tuman elektr taʼminoti korxonasi isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.
📣
Eʼlon!
👨💼
Pastdarg‘om tumani aholisi uchun navbatdagi sayyor qabul bugun,
18-sentabr kuni Qo‘qoni mahallasida joylashgan 20-maktabda
o‘tkaziladi.
🔎
Hurmatli fuqarolar! Sayyor qabulda ishtirok etib, o‘zingizni qiynayotgan muammo va takliflaringizni bildirishingiz mumkin.
⚠️
Eslatma: Sayyor qabul
soat 15:00 da
boshlanadi.
KUN HIKMATI:
Asrashing kerak bo‘lgan eng nafis narsa - vaqtdir. Sen esa uni osongina zoye qilmoqdasan!
Abdul Fattoh Abu G‘udda
_______
КУН ҲИКМАТИ:
Асрашинг керак бўлган энг нафис нарса - вақтдир. Сен эса уни осонгина зое қилмоқдасан!
Абдул Фаттоҳ Абу Ғудда
#Foydali
YOD YETISHMASA...!
⏺️
Hozirda ko‘pchilik yod yetishmovchiligi muammosidan aziyat chekadi.
⏺️
250 gr yong‘oq po‘chog‘ni yaxshilab yuvib, ustidan 700 gr. sovuq suv quying va olovga qo‘ying. Qaynab chiqqach olovni pasaytirib, yana 20-30 daqiqa qopqoqni yopiq xolda qaynating. Olovdan olgach 2 soat tindiring. Keyin suzgichdan o‘tkazib, chinni yoki sirli idishga solib, sovutgichda saqlang. Qaynatmani bir kunda 2-3 maxal ovqatdan 30 daqiqa oldin 2-3 osh qoshiqdan iching.
✅
Buqoq kasalligidan profilaktika maqsadida muolajani bir yilda 4 martta takrorlang
Tashqi reklama — hudud qiyofasining muhim bezagi
🪧
Tashqi reklama nafaqat tadbirkorlik subyektlari faoliyatini targ‘ib etish, balki hududning umumiy qiyofasi va obodonligiga ham xizmat qiladi. Shu bois reklama vositalarining tartibli, zamonaviy va belgilangan talablar asosida joylashtirilishi muhim ahamiyatga ega.
🔎
Ayni paytda tuman hokimligi ishchi guruhi tomonidan
Samarqand–Juma D065 avtomobil yo‘li
bo'yidagi mahallalar
hududlarida tashqi reklama vositalarining joylashtirilishi va amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi o‘rganilmoqda.
🇺🇿
O‘rganishlar davomida O‘zbekiston Respublikasining
“Davlat tili haqida”gi
hamda
“Reklama to‘g‘risida”gi
Qonunlari mazmun-mohiyati tadbirkorlarga tushuntirilmoqda. Qonun talablariga mos kelmaydigan, tartibsiz va noqonuniy o‘rnatilgan, shuningdek, ma’naviy jihatdan eskirgan tashqi reklama vositalari aniqlanib, belgilangan tartibda bartaraf etilmoqda.
✅
Shuningdek, tashqi reklama vositalarini joylashtirishda
yo‘l harakati xavfsizligi, hududning me’moriy-estetik ko‘rinishi hamda davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish
zarurligi ta’kidlanmoqda.
✅
Tadbirkorlik subyektlaridan tashqi reklama vositalarini o‘rnatishda amaldagi qonunchilik talablariga rioya qilishlari so‘raladi. Belgilangan tartibni buzish holatlarida qonunchilikda nazarda tutilgan ma’muriy choralar qo‘llaniladi.
📌
Ma’lumot uchun:
noqonuniy tashqi reklama o‘rnatish qonunbuzarlik hisoblanadi. Bunday holatlar uchun qonunchilikda
bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 70 baravarigacha
miqdorda jarima belgilangan.
✅
Bugungi kunda
1 BHM — 440 000 so‘m
.
🌟
Yashab turgan uyimizni otam 12 yil oldin yerni egallab olib qurilish qilganlar. 4 yil oldin vafot etdilar. Xatlovda shu uyni o'zimni nomimga rasmiylashtirib olsam bo'ladimi?
📩