Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

🇺🇿 Past Darg‘om: kecha va bugun

pdhuz
"Past Darg‘om haqiqati" gazetasi. Foto va video xabarlaringizni quyidagi botga 👇 jo‘nating 👉 @PDH_UZ_murojaat_bot 👉 Turli yo‘nаlishdagi materiallar platformasi. 👉 Ayrim fikrlar tahririyat nuqtai nazarini bildirmaydi.
Subscribers
1 762
24 hours
-1
30 days
21
Post views
303
ER
17,2%
Posts (30d)
127
Characters in post
750
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
News
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
October 27, 13:42
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

PASTDARG‘OMLIKLAR VILOYATDAGI ENG YIRIK PAXTA XIRMONINI JAMLADI
🌱
Joriy yil tumanda
264 ta
fermer xo‘jaliklari tomonidan
13 095 gektar
maydonda g‘o‘za parvarishlanib,
“oq oltin”
yaratildi.
🌺
Qilingan mehnatlar samarasini berib, yaralgan hosilni nobudgarchiliksiz, sifatli terib olish yuzasidan ishlab chiqilgan tadbirlar ham o‘zini oqladi.
67 988 tonnalik
paxta xirmoni bir oydan ko‘proq muddat ichida tiklanib, marra
100,2 foizga
bajarildi.
✅
Shu o‘rinda
"Xolbobo", "K-Eldor"
kabi ko'plab fermer xo‘jaliklari har gektar yerdan
50-55 sentnerdan
,
"Surmanov Otaqul SA", "Xoshimjon", "Pastdarg‘om oltin yerlari"
nomli fermer xo‘jaliklari esa,
60-65 sentnerdan
hosil olganini alohida eʼtirof qilish lozim.
✅
Mavridi ekan, yerga chigit ekilgan palladan yaganalash, chopiq qilish, sug‘orish, paxta terimida qo‘yingki barcha agrotexnik tadbirlarda qo‘li tekkan tumandoshlarimizga va uyushqoqlik bilan terimda ishtirok etgan terimchilarimizga minnatdorchilik bildiramiz.
✅
Maʼlumot uchun, Pastdarg‘om tumani respublikadagi g‘o‘za parvarishlanadigan 135 ta tumanlar ichida paxta yetishtirish hajmi bo‘yicha 6-o‘rinda turadi.

October 27, 11:46
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

YUKSAK ISHONCH VA SHIJOAT MEVASI
🇺🇿
Pastdarg‘om tumani hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezident olimpiadasining Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan iqtidorli va shijoatli yoshlar bilan rahbarlar o‘rtasida samimiy muloqot tashkil etilgan edi.
✅
​Ushbu samimiy uchrashuv va ko‘rsatilgan yuksak e’tibor yosh sportchilarimizga o‘zgacha kuch, g‘ayrat hamda mustahkam ishonch bag‘ishladi.
✅
Natijada, bugun start olgan nufuzli musobaqada pastdarg‘omlik yoshlar bahslarni katta shijoat bilan boshlashdi.
✅
​Quvonchli va faxrli tomoni shundaki, musobaqaning ilk kuniyoq tumandoshimiz dastlabki oltin medalni jamoamiz hisobiga yozib qo'ydi.
🥇
​
Yengil atletika bo‘yicha
3000 metrga
sportcha yurish bahslarida munosib qatnashgan
Pastdarg‘om tumani Gumbaz mahallasida
istiqomat qiluvchi sportchimiz
Shaxnura Elyorovna Yo‘ldashova faxrli 1-o‘rinni egalladi
va Prezident olimpiadasining oltin medali hamda chempionlik diplomiga sazovor bo‘ldi.
✅
​
Yosh sportchimiz va uning ustozlarini ushbu muvaffaqiyat bilan qutlab, musobaqada qatnashayotgan barcha pastdarg‘omlik yoshlarga navbatdagi zafarlarni tilaymiz!

October 27, 11:09
Media unavailable
4
Show in Telegram

MUROJAATLAR BILAN ISHLASH BO'YICHA MAXSUS SEMINAR
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Past Dargʻom tumanidagi Xalq qabulxonasi tashabbusi bilan tumanidagi barcha tashkilot va muassasalarning murojaatlar bilan ishlashga masʼul xodimlari uchun maxsus oʻquv seminari tashkil etildi.
Batafsil o’qish:
👇
https://pdh.uz/category/view?id=1850
facebook
👉
https://www.facebook.com/pdhuzadmin/friends/
Web-sayt
👉
http://pdh.uz/
📍
Bizni kuzating
👉
@pdhuz

October 27, 03:57
Media unavailable
1
Show in Telegram

Эшиклар ҳар қанча катта бўлмасин, уларнинг калити кичкина бўлади.
✍️
Чарльз Диккенс
📍
Bizni kuzating
👉
@pdhuz

October 26, 07:04
Media unavailable
3
Show in Telegram

"BUYUK SHARAF - OLIY XIZMAT" XALQARO NISHONLARI TOPSHIRILDI
🇺🇿
​Bugun Pastdarg‘om tumanida Ichki ishlar organlari tashkil etilganining 35 yilligi hamda 25 oktyabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbiri o‘zgacha shukuhga boy bo‘ldi.
👨‍💼
​Tantanali marosimda tuman hokimi Jamshid Pardayev so‘zga chiqib, yurtimiz tinchligi, xalqimizning osoyishta hayotini taʼminlashdek sharafli va masʼuliyatli ishda o‘z hayotini fido etib kelayotgan barcha soha xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy tabrikladi. Ularning mashaqqatli va fidokorona xizmatlari el-yurt nazarida ekanini alohida eʼtirof etdi.
✅
​Samimiy ruhda o‘tgan tadbir davomida xizmat vazifasiga sadoqat bilan yondashib, yuqori natijalarga erishib kelayotgan bir guruh fidoyi xodimlar taqdirlandi.
👮‍♂️
Xususan,
Abdurashidov Jamshid Abdurashid o‘g‘li
hamda
To
s
htemirov Abbos G'ulom o‘g‘li
"Scientific Academy" ilm-maʼrifat markazining Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) miqyosida taʼsis etilgan
“BUYUK XIZMAT – OLIY SHARAF”
xalqaro esdalik nishoni hamda guvohnomalari bilan tantanali ravishda taqdirlandilar.
✅
​Yuksak mukofotlarni tuman hokimi Jamshid Pardayev o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi va ularning kelgusidagi masʼuliyatli faoliyatlariga ulkan zafarlar tiladi.

October 26, 06:00
Media unavailable
10
Show in Telegram

TINCHLIK POSBONLARI BAYRAM BILAN QUTLANDI
🇺🇿
Mamlakatimiz xavfsizligi va hududiy yaxlitligini taʼminlash, jamiyatimizda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish yo‘lida qatʼiyat, matonat hamda sergaklik bilan xizmat qilayotgan ichki ishlar organlari xodimlarining mehnati tahsinga sazovor.
🇺🇿
Bugun, Pastdarg‘om tumanida Ichki ishlar organlari tashkil etilganining 35 yilligi hamda 25 oktyabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.
👨‍💼
Tadbirda tuman hokimi J.Pardayev va sektor rahbarlari soha fidoyilarini samimiy tabriklab, vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, xalqimizning tinch-osuda hayotini taʼminlashdek masʼuliyatli va sharafli ishlarida mustahkam sog‘lik tiladi.
✅
Shu bilan birga, xizmat vazifasiga masʼuliyat bilan yondashib kelayotgan namunali xodimlarning bir guruhiga tashakkurnomalar hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
✅
Davrada yangragan ko‘ngilochar kuy-qo‘shiqlar tadbirga o‘zgacha shukuh baxsh etdi.

October 26, 04:06
Media unavailable
2
Show in Telegram

🔥
Isitiş mavsumi: is gazidan qanday saqlaniş kerak?
Havo sovib, uy-joylarni isitiş boşlandi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi şu munosabat bilan aholiga xavfsizlik böyiça
maslahatlar berdi
. Eng muhimlari:
🔍
1. Mavsum oldidan körikdan ötkazing
Peç va gaz jihozlarini tekşiring. Mörkon, dudburon va şamollatiş tizimi berkilib qolmaganiga e’tibor bering, çunki ötgan qişdan beri ularga heç kim qaramagan.
🚫
2. Sifatsiz peç örnatmang
Quyidagi peçlardan foydalanmang:
— muvofiqlik sertifikati yöq;
— ilgari işlatilgan va nosoz;
— özboşimçalik bilan özgartirilgan.
🛠
3. Malakasiz ustalarga işonmang
Nosozlikni özingiz tuzatişga urinmang. Sertifikati va tajribasi yöq ustalarni ham çaqirmang. Bu işni faqat gaz va elektr ta’minoti mutaxassislari qilişi kerak.
🌙
4. Nazoratsiz qoldirmang
— Yoqilgan peç va gaz jihozini qarovsiz qoldirmang.
— Xonani tez-tez şamollatib turing.
— Tunda isitiş jihozlarini öçirib qöying.
🏢
5. Köp qavatli uylarda
Şamollatiş kanalini peçning dudburoni sifatida işlatiş yoki uni berkitib qöyiş taqiqlanadi.
⚠️
Is gazi rangsiz va hidsiz, uni sezmay qoliş oson. Özingizni va yaqinlaringizni ehtiyot qiling.

October 26, 03:56
Media unavailable
1
Show in Telegram

Хотиржам бўлиш ҳазилакам гап эмас. Бу деярли бахтли бўлиш демакдир.
✍️
Гюстав ФЛОБЕР
📍
Bizni kuzating
👉
@pdhuz

October 25, 06:11
Media unavailable
2
Show in Telegram

SIZ BORSIZKI...
Siz borsizki, kunimizda xotirjamlik, tinchlik bor,
Sizda esa el-yurt deya halovat yoʻq bir nafas.
Olloh sizni qoʻllab tursin, omon boʻlsin boshingiz,
Umringizni tark etmasin matonat, mardlik abas.
Siz borsizki, ishonch degan togʻlarimiz mustahkam,
Tun-kuningiz shu Vatanning shoni uchun tikilgan.
Shu boismi, eʼzozdasiz, hurmatdasiz har qachon,
Yoʻlingizga ezgu ahddan oppoq nurlar toʻkilgan.
Qonunlarga himoyachi, demak, elga zoʻr posbon,
Yurtning otar har  tonggi bu oromi yoʻq joningiz.
Adl turib shu Vatanga mudom umri fidosiz,
Shu sababdan shavkatlarga burkalgan har oningiz.
Siz borsizki, yurak dildan kuylar mard-maydonlarni,
Toleyingiz quyosh yangligʻ charaqlab, porlab kulsin.
Taʼzimdamiz, ey kasbiga, oʻz soʻziga sodiqlar,
Dilda ezgu kalom sizga- bayram muborak boʻlsin.
Guljahon MARDON qizi.
Buzni kuzatish:
👉
@pdhuz

October 24, 05:53
Media unavailable
1
Show in Telegram

📖
Matbuot nashri yoki kitob olib o‘qisam, uyda kichkintoylar ham xuddi shu holatni takrorlaydi.
O‘sha payt "Qush uyasida ko‘rganini qiladi" deb bejizga aytishmaganiga amin bo‘lasan kishi. Tarbiyaning boshi ham har doim shaxsiy namuna-da...
📍
Bizni kuzating
👉
@pdhuz
facebook
👉
https://www.facebook.com/pdhuzadmin/
Web-sayt
👉
http://pdh.uz/