Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Peshqadamlar Karvoni

peshqadam_karvoni
"PESHQADAMLAR KARVONI" tashkilotining rasmiy sahifasi 📝 "Peshqadam" jamiyatiga qo‘shilish uchun so‘rovnoma: https://forms.gle/UnuvWYKuyoGmdtbM8 Murojaatlar uchun: @peshqadam_murojaat
Subscribers
8 605
24 hours
-11
30 days
65
Post views
996
ER
11,57%
Posts (30d)
75
Characters in post
968
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Books
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
October 26, 08:15
Media unavailable
3
Show in Telegram

🌟
Yolg‘iz mutolaa qilayotganingizda sizga rag‘bat yetishmaydimi?
💚
Jamoaviy mutolaa qilish bu borada ajoyib yechim bo‘la oladi.
📈
O‘zingizga hamfikr kitobxonlarni bo‘lsa “Irmoqlar” hamjamiyatidan topasiz!
📚
Bu yerda kitob o‘qishni kundalik odatga aylantirgan, kunini mutolaasiz tasavvur qila olmaydigan kitobsevarlar jam bo‘lgan.
📖
Hamjamiyatda ayollar, erkaklar va bolalar uchun alohida guruhlar tashkil etilgan bo‘lib, har oy belgilangan asarlar birgalikda mutolaa qilinadi. Kitob yakunlangach esa mualliflar, ustozlar va soha mutaxassislari ishtirokida suhbatlar uyushtirilib, o‘qilgan asarlar yuzasidan fikr almashiladi.
Kitobxonlar safiga qo‘shilishni istasangiz,
@Irmoqlar_bosh_koordinatori
profiliga murojaat qiling!
🌐
Telegram
3️⃣
Instagram
🌐
YouTube
4️⃣
Facebook

October 25, 14:05
Media unavailable
2
Show in Telegram

#Odoblandiya
🚩
🚩
🚩
🚩
🚩
🚩
🚩
🚩
🚩
🚩
Bolalarga odob o‘rgatish har bir ota-onaning vazifasi.
🪶
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining “Ijtimoiy odoblar” kitobi asosida yaratilayotgan multfilm bu borada sizga yordamchi bo‘lsin.
📎
Uni farzandlaringiz bilan birga tomosha qiling. So‘ngra ko‘rganlaringizni ular bilan muhokama qiling.
📚
Multfilmning 9-qismi “Ijtimoiy odoblar” kitobining “Kalom odobi” mavzusidagi “G‘iybat” va “Chaqimchilik” bo‘limlari asosida tayyorlandi.
✨
Ushbu mavzularni oldindan o‘qib, o‘rganib chiqing. Shunda farzandlaringizning savollariga aniq va to‘g‘ri javob berish bilan birga, multfilm orqali yetkazilmoqchi bo‘lgan ma’noni ham to‘ldirib bera olasiz.
☺️
Shu tariqa bolalarimizga zarur odoblarni birgalikda o‘rgatib boramiz.
🔗
Oldingi qismlarga havola:
1-qism
2-qism
3-qism
4-qism
5-qism
6-qism
7-qism
8-qism
🌐
Telegram
3️⃣
Instagram
🌐
YouTube
4️⃣
Facebook

October 25, 07:16

October 25, 07:16
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Irmoqchalar
Kichkina ovozlar, katta taassurotlar!
Bolajonlarning kitob haqida so‘zlashini tinglashning o‘zgacha zavqi bor. Ayniqsa, ular o‘qiganlarini o‘z so‘zlari bilan, bor hayajoni va samimiyati bilan hikoya qilib berishsa...
Ba’zan so‘z topolmay to‘xtalishadi, ba’zan bir voqeani hayajon bilan qayta-qayta aytishadi. Ammo har bir jumla ortida katta bir mehnat bor: o‘qish, tushunish, eslab qolish va fikrini ifodalashga intilish.
Bugun ana shu jajji kitobxonlarimizning ovozlarini bir eshittirishga jamladik.
Ularni tinglang, zavqlaning va albatta, olqishlang!
❕
Zero, bugun
kitob haqida dadil so‘zlashga urinayotgan bolajonlar
— ertaga
o‘z fikrini erkin ifoda eta oladigan inson
lar bo‘lib ulg‘ayadilar.
Irmoqchalar safiga qo‘shilish uchun
@Irmoqlar_bosh_koordinatori
profiliga “Irmoqcha” deb yozing.
Sizga loyiha, yosh guruhlari va ishtirok etish tartibi haqida batafsil ma’lumot yuboriladi.
🌊
Irmoqchalar — kitob qanotida bilimlar sari biz bilan!
🌐
Telegram
3️⃣
Instagram
🌐
YouTube
4️⃣
Facebook

October 24, 14:01
Media unavailable
3
Show in Telegram

💡
“Peshqadam” jamiyati O‘zbekistonning turli hududlarida, shuningdek, xorijda o‘zbeklar istiqomat qiladigan maskanlarda kutubxonalar tashkil etish, kitobni insonlarga yanada yaqinlashtirishdek ezgu maqsad yo‘lida birlashgan insonlarni o‘z atrofida jamlagan.
📚
Bu xayrli ishga har kim o‘z imkoniyatidan kelib chiqib hissa qo‘shmoqda: kimdir kutubxona uchun joy ajratsa, yana kimdir uni kitoblar bilan ta’minlashni, boshqalar esa faoliyatini yuritishni o‘z zimmasiga olgan. Ana shunday sa’y-harakatlar natijasida kutubxonalarimiz soni qariyb 80 taga yetdi.
🌷
Ular orasida barcha kutubxonalarimiz uchun namuna bo‘lib xizmat qilayotgan maskan bor.
Bu — “Peshqadamlar Karvoni” binosida joylashgan “KitobQand” kutubxonasi.
💞
Ushbu nomni kutubxonaga ustoz Odinaxon Muhammad Sodiqning o‘zlari berganlar. Kuni kecha esa “KitobQand” o‘z nomiga munosib, chinakam totli mutolaa maskani ekanini yana bir bor namoyon etdi.
🫂
Kutubxonaning 3 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbir mehmonlarga unutilmas taassurotlar va qiziqarli lahzalarni tuhfa etdi. Tadbir mehmonlariga “KitobQand”ning uch yillik faoliyatiga bag‘ishlangan maxsus videolavha ham namoyish qilindi.
▶️
Bugun ana shu videolavhani siz bilan ham baham ko‘rmoqchimiz!
🌐
Telegram
3️⃣
Instagram
🌐
YouTube
4️⃣
Facebook

October 24, 08:50
Media unavailable
4
Show in Telegram

📚
Jamiyatimiz safiga kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida qo‘shilgan yurtdoshlarimiz talaygina. Ular orasida Andijon shahrida joylashgan “Yuksalish” maktabi direktori Manzuraxon Ahmedova ham borlar.
📕
Ular ayollar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirish bilan bir qatorda, onalarni farzandlariga qadriyatlarimizga asoslangan go‘zal sharqona tarbiya berishga targ’ib qilib kelyaptilar.
✨
Kuni kecha O‘zbek tili bayrami haftaligi doirasida “Yuksalish” maktabida onalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
📸
Onalar ishtirokidagi bahs ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. Bunga videoni tomosha qilib, o‘zingiz ham guvoh bo‘lishingiz mumkin.
🌷
Ayollarimiz, onalarimiz vaqtlarini behuda ishlarga, keraksiz suhbatlarga emas, balki mana shunday
intellektual bahslarga, ilm majlislariga va kitobxonlikka
sarflayotganlari quvonarli hol!
☺️
A’zomiz Manzuraxon Ahmedovaga tashakkurimizni izhor qilamiz!
🌐
Telegram
3️⃣
Instagram
🌐
YouTube
4️⃣
Facebook

October 23, 14:05
Media unavailable
2
Show in Telegram

Kichik irmoqlardan katta marralar sari!
🌟
“Peshqadam” jamiyatining “Kutubxonalar tashkil etish va kitobxonlikni rivojlantirish” yo‘nalishida “Irmoqlar” kitobsevarlar jamiyati o‘z faoliyatini olib boradi.
✨
Bundan roppa-rosa bir yil avval esa ushbu jamiyat qoshida “Irmoqchalar” tashkil etilgan edi.
📖
“Irmoqchalar” — 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarni kitob va mutolaa atrofida birlashtiruvchi, ularda kitobga muhabbat uyg‘otishni maqsad qilgan jamiyat.
❗️
To‘g‘risi, jamiyatga ilk qadam qo‘yilganida biroz xavotir, bir qancha savollar ham yo‘q emasdi.
“Bolajonlar mutolaaga qanchalik qiziqish bildirisharkin? Ular ham “Irmoqlar”dek muntazam kitob o‘qiy olarmikan? Eng muhimi, bu vaqtinchalik bo‘lib qolmasdan, doimiy odatga aylana olarmikan?”
🫂
Axir, bolalarni kitob atrofida birlashtirishning o‘zi bir masala bo‘lsa, ularning mutolaaga bo‘lgan mehrini saqlab qolish, kitobxonlikni hayotining bir qismiga aylantirish yana bir mas’uliyat edi.
Ammo vaqt ko‘rsatdiki, bu xavotirlar o‘rinsiz ekan!
🫀
“Irmoqchalar” nafaqat o‘zini oqladi, balki kutganimizdan-da yaxshiroq natijalarni ko‘rsatdi. Kichik kitobxonlarimizning mutolaaga bo‘lgan ishtiyoqi, intilishi va faolligi bizni quvontirishda davom etmoqda.
🎉
Kuni kecha ana shu “Irmoqchalar” jamiyatining bir yilligini birgalikda nishonladik!
📸
Ushbu tadbirdan sizlar uchun kichik bir lavha tayyorladik.
🌐
Telegram
3️⃣
Instagram
🌐
YouTube
4️⃣
Facebook

October 23, 06:56
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Shaxsiy_rivojlanish
*️⃣
Maqsadlaringiz xomxayolligicha qolib ketmayaptimi?
🌐
Telegram
3️⃣
Instagram
🌐
YouTube
4️⃣
Facebook

October 22, 14:06
Media unavailable
1
Show in Telegram

October 22, 06:54
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Professional mutaxassis bo‘lish uchun nechta til bilish kerak?
📌
Sohasining ustasi bo‘lish uchun nechta til bilish kerakligi emas, qaysi tillarni qanday darajada bilish va ulardan kasbiy faoliyatda foydalana olish muhim.
🟤
Ona tili
— fikrni aniq ifodalash, tahlil qilish, ilmiy matn yozish va bilimlarni boshqalarga yetkazish uchun.
🟤
Ingliz tili
— xalqaro tadqiqotlar, ilmiy maqolalar, kasbiy adabiyotlar va zamonaviy bilimlardan foydalanish, xalqaro hamkorlik o‘rnatish uchun.
🟤
Uchinchi til
— muayyan soha, kasbiy maqsad va hududlarga qarab qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish uchun.
💡
Masalan, arab tili islomshunoslikda, nemis tili ayrim muhandislik va ilmiy yo‘nalishlarda, xitoy tili esa Xitoy bilan bog‘liq sohalarda foydali bo‘lishi mumkin.
❗️
Aslida o‘zbek tilini puxta bilish ham professional kompetensiyaning muhim qismidir. Zero, xalqaro bilimlarni o‘zlashtirish bilan birga, ularni o‘zbek tilida tahlil qilish, tushuntirish va yangi ilmiy materiallar yaratish ham muhim. Uchinchi yoki to‘rtinchi til esa muayyan kasbiy ehtiyojga qarab ustunlik beradi. Bu qat’iy qoida emas. Chunki ayrim kasblarda boshqa tillarni bilish zarur, boshqalarida esa chuqur kasbiy bilim va tahliliy ko‘nikmalar ustuvor.
Siz bugungi o‘zbek mutaxassisi sifatida ona tilingizdan qay darajada samarali foydalana olyapsiz?
🌐
Telegram
3️⃣
Instagram
🌐
YouTube
4️⃣
Facebook