
Pharmacology.uz
💊
Detraleks (Detralex)
🔹
Xalqaro nomi:
Diosmin + Hesperidin
🧪
Tarkibi:
Har bir tabletkada:
Diosmin – 450 mg
Hesperidin – 50 mg
📌
Farmakologik guruhi:
Venotonik va angioprotektor vosita.
⚙️
Ta'sir mexanizmi:
Venalar tonusini oshiradi.
Venoz dimlanishni kamaytiradi.
Kapillyarlar mustahkamligini oshiradi va ularning o'tkazuvchanligini kamaytiradi.
Limfa oqimini yaxshilaydi.
Oyoqlardagi shish va og'riqni kamaytiradi.
✅
Qo'llanilishi:
Surunkali venoz yetishmovchilik.
Varikoz kasalligi.
Oyoqlarda og'irlik, shish va og'riq.
Gemorroy (o'tkir va surunkali).
💊
Qabul qilish tartibi:
Surunkali venoz yetishmovchilikda:
Odatda kuniga 2 tabletka (ovqat bilan).
O'tkir gemorro yda:
Dastlabki 4 kun: kuniga 6 tabletka.
Keyingi 3 kun: kuniga 4 tabletka.
So'ng shifokor tavsiyasiga ko'ra davom ettiriladi.
⚠️
Nojo'ya ta'sirlari:
Ko'ngil aynishi.
Qorin og'rig'i, ich ketishi.
Bosh og'rig'i yoki bosh aylanishi.
Allergik toshma va qichishish (kam hollarda).
🚫
Qarshi ko'rsatmalar:
Preparat tarkibiga allergiya.
Bolalarda qo'llash tavsiya etilmaydi.
Homiladorlik va emizish davrida faqat shifokor tavsiyasi bilan.
💡
Muhim tavsiyalar:
Varikozda davolash bilan birga kompression paypoq kiyish, uzoq vaqt tik turmaslik va vaznni nazorat qilish foydali.
Gemorroyda dori simptomlarni kamaytiradi, ammo sog'lom ovqatlanish va qabziyatning oldini olish ham muhim.
❗
Eslatma:
Detraleks kasallikni to'liq davolamaydi, balki venoz qon aylanishini yaxshilab, simptomlarni kamaytiradi. Preparatni shifokor tavsiyasiga muvofiq qabul qiling.
Qarindoshlarim un maxsus tayyorlandi
😉
🚨
👉
@Pharmacology_uz
👈
❤️
KARDIOLOGIYAGA QIZIQASIZMI?
🫀
EKG o'rganishni istaysizmi? Unda bizning guruhimizga qo'shiling!
📚
25 kunlik EKG Challenge
🗓
10-avgustdan start!
Har kuni:
✅
Yangi EKG misollari
✅
Tahlil va izohlar
✅
Muhim klinik tavsiyalar
✅
Bilimingizni mustahkamlash uchun mashqlar
🔗
Telegram guruhimiz:
t.me/tma_yurakishqibozlari
⚡️
O'zingizni sinab ko'ring va EKG o'qish ko'nikmalaringizni yangi bosqichga olib chiqing!
💊
BEPANTEN KREM
❇️
Dori shakli:
sirtga qo‘llash uchun krem
♻️
Tarkibi
:
ta'sir etuvchi modda: dekspantenol
💠
Farmakoterapevtik guruhi:
(Regenerantlar va reparantlar)
Jarohat va yaralarni davolash uchun vositalar. Jarohatni bitiruvchi vositalar.
✅
Qo‘llanilishi:
🔸
Teri shikastlanishlarida:
– giperemiya, yengil kuyishlar (quyoshdan va boshqa xil)
– qizargan teriga profilaktik ishlov berish
– yoriqlar, tirnalishlar
– radio-fototerapiya yoki UB-nurlanish natijasidagi terini ta‘sirlanishlarida terini bitishi va epitelizasiyasini tezlashtirish
– laktasiya davrida sut bezlari parvarishida
✅
Qo‘llash usuli va dozalari:
–
Kremni yupqa qilib, kuniga 1-2 marta terining shikastlangan sohalariga surtiladi
– Emizikli ayollarda ko'krakni parvarish qilish: krem har bir oziqlantirishdan keyin ko'krak uchlariga surtiladi
– Emizikli bolalarda har safar taglik (pampers) almashtirilganda krem surtiladi
🚷
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas!
🚫
Nojo‘ya ta‘sirlari:
🔹
Juda kamdan-kam hollarda allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.
💊
@Pharmacology_uz
💊
https://youtu.be/61aG0emnA9M?si=OD0ErxEGBZ7N34jO
👶
Akusherlik parezlari va falajlari
(Tug‘ruq jarayonida nerv shikastlanishi natijasida yuzaga keladigan holatlar)
Ba’zi og‘ir yoki murakkab tug‘ruqlarda chaqaloqning bo‘yin, yelka yoki yuz nervlari cho‘zilishi yoki bosilishi mumkin. Natijada qo‘l harakati sustlashadi yoki falaj rivojlanadi. Eng ko‘p zararlanuvchi soha — yelka nerv chigali (braxial pleksus).
🔹
Asosiy turlari:
1️⃣
Erb-Dyushenn parezi (yuqori turi)
Eng ko‘p uchraydi. C5–C6 nerv ildizlari zararlanadi.
📌
Belgilari:
• Qo‘l tanaga yopishgan bo‘ladi
• Tirsak yozilgan
• Bola qo‘lini ko‘tarmaydi
• Yelka harakati sustlashadi
➡️
“Ofitsiant qo‘li” holati kuzatiladi.
---
2️⃣
Klyumpke parezi (pastki turi)
C8–Th1 nerv ildizlari zararlanadi.
📌
Belgilari:
• Kaft va barmoqlar sustligi
• Ushlash refleksi pasayadi
• Qo‘l panjasi osilib turishi mumkin
Ba’zida Horner sindromi ham qo‘shiladi.
---
3️⃣
Total braxial falaj
Butun qo‘l harakatsiz bo‘lib qoladi. Eng og‘ir turi.
---
4️⃣
Yuz nervi parezi
📌
Belgilari:
• Yuz qiyshayishi
• Yig‘laganda bir tomoni kam harakat qiladi
• Ko‘z to‘liq yopilmasligi mumkin
---
5️⃣
Diafragma parezi
📌
Belgilari:
• Nafas qisilishi
• Tez nafas olish
• Ko‘krak qafasi notekis harakati
---
🔴
Xavf omillari:
• Yirik homila
• Yelka tiqilib qolishi
• Qiyin tug‘ruq
• Vakuum yoki qisqich ishlatilishi
• Chanoq bilan kelish
---
💊
Davolash:
• Erta tashxis
• Fizioterapiya
• Massaj
• Harakat mashqlari
• Nevrolog va ortoped nazorati
• Zarurat bo‘lsa jarrohlik
📌
Ko‘p bolalarda erta reabilitatsiya bilan yaxshi tiklanish kuzatiladi.
@nevrolog_bekzod_usmonov
🇩🇪
🇩🇪
✨
✨
🚩
🚩
🚩
🚩
🚩
🚩
🚩
🚩
🚩
🚩
✨
✨
🇩🇪
🇩🇪
🚀
🚀
🚀
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
QABUL BOSHLANDI.
🚀
🚀
🚀
📚
A1 GURUHIGA QABUL E’LON QILAMIZ!
⭐️
Nemis tilini
0 dan boshlang
va kelajagingiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini oching!
🇩🇪
🇩🇪
🇩🇪
📅
Boshlanish sanasi: 15.09.2026
📍
Manzil:
ADTI asosiy binosi
🗓
Darslar:
Haftada 3 kun online va ofline mavjud
💰
To‘lov:
250 000 so‘m / oy
👨🏫
Darslar B2 sertifikatiga ega ustozlar tomonidan olib boriladi!
🔥
🔥
Sifatli ta’lim • Qulay narx • Professional yondashuv
🎯
Joylar soni cheklangan!
Bugunoq ro‘yxatdan o‘ting!
📲
📞
Murojaat uchun:
☎️
+998887004808
📱
@deutsch4808
🇩🇪
🇩🇪
PULSE LINGO — til o‘rgan, imkoniyatlarni qo‘lga kirit!
🚀
https://t.me/pulselingo
Normodoks — doksilamin + vitamin B6 (piridoksin) kombinatsiyasi. Har bir tabletkada:
Doksilamin suksinat — 10 mg
Piridoksin gidroxlorid (B6) — 10 mg.
🩺
Nima uchun ishlatiladi?
Asosan ko‘ngil aynishi va qusishni kamaytirish uchun, jumladan homiladorlikdagi ko‘ngil aynishi/qusishda qo‘llanadi. Doksilamin — H1-antigistamin bo‘lib, sedativ (uyqu keltiruvchi) ta’sirga ham ega.
💊
Qabul qilish
Yo‘riqnomada odatda ½–1 tabletka kechqurun, uxlashdan oldin tavsiya qilinadi; zaruratda shifokor nazorati bilan 2 tabletkagacha oshirilishi mumkin.
⚠️
Nojo‘ya ta’sirlari
uyquchanlik, holsizlik
bosh aylanishi
og‘iz qurishi
siydik tutilishi
qabziyat
Alkogol bilan birga ichilmaydi, chunki sedativ ta’sir kuchayadi. Boshqa uyqu beruvchi, benzodiazepin yoki opioid dorilar bilan ham ehtiyot bo‘lish kerak.
Muhim: Normodoksni oddiy “vitamin B6” deb qabul qilish noto‘g‘ri — uning asosiy farmakologik faol komponenti doksilamin hisoblanadi.
Surunkali buyrak yetishmovchiligi
https://t.me/MedBaseTherapy
😎
Siz 2026-yil Tibbiyot talabalari safiga qoʼshildingizmi?
Unda quydagi kanallar aynan siz uchun!
😎
Siz istagan tibbiyotning barcha yoʼnalishlariga oid Telegram kanallarga
Koʼk yozuv
ustiga bosish orqali qoʼshilib oling!
https://t.me/addlist/7UHdEs7cVRliMzZi
↖️
Tibbiyot talabalariga yuborib qoʼyamiz
🛫