Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

PHARMAKON

pharmakon_uz
Dori-darmonlar haqida ma'lumotlar berib boriladigan kanal Dorilarni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing Reklama 👉 @tibbiy_reklama1
Subscribers
3 090
24 hours
30 days
-90
Post views
469
ER
15,4%
Posts (30d)
1
Characters in post
730
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Medicine
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Healthcare & Medicine
Summary
April 27, 17:35


Bolalarda yassioyoqlik profilaktikasi uchun ortopedik oyoq kiyimlar qachondan kiygiziladi?

Dr. Muxtorov javobi:
Ilmiy manbalarga (AAP, ESPR va bolalar ortopediyasi bo‘yicha klinik tavsiyalar) ko‘ra, sog‘lom bolalarda 3–4 yoshgacha kuzatiladigan yassioyoqlik ko‘pincha fiziologik holat hisoblanadi. Chaqaloq va kichik yoshdagi bolalarda oyoq kaftida yog‘ qavati qalin bo‘lgani hamda boylam-apparati yetilmagani sababli oyoq kafti tekis ko‘rinadi. Bu patologiya emas va maxsus ortopedik oyoq kiyim talab qilmaydi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, sog‘lom, og‘riqsiz va funksional buzilishsiz bolalarda profilaktik maqsadda ortopedik poyabzal yoki supinator qo‘llash yassioyoqlikning oldini olmaydi. Aksincha, oyoq mushaklarining tabiiy rivojlanishi uchun bola imkon qadar yalangoyoq (xavfsiz muhitda) yurishi tavsiya etiladi.
Ortopedik oyoq kiyimlar quyidagi holatlarda tavsiya etiladi:
▪️
4–5 yoshdan keyin saqlanib qolgan va rigid (qotib qolgan) yassioyoqlik;
▪️
Oyoqda og‘riq, tez charchash yoki yurish buzilishi;
▪️
Nevrologik yoki ortopedik kasalliklar;
▪️
Shifokor tomonidan aniqlangan anatomik deformatsiyalar.
Kanalga ulanish
👉
@pediatric_uz

March 20, 07:51
Media unavailable
1
Show in Telegram

Yurtimizda yashayotgan har bir mo‘min- musulmonni bugungi qutlug‘ ayyom Ramazon Hayiti bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Sizlarga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy totuvlik, baxt va omad tilayman! Ushbu qutlug‘ kunda qilgan barcha yaxshi niyatlaringiz ijobat bo‘lsin! Ramazon oyida qilgan barcha xayrli ishlaringiz dargohida qabul bo‘lsin!
Yurtimiz tinchligiga, xalqimiz totuvligiga ilohim ko‘z tegmasin!
Ollohim sizu bizni o‘z panohida asrasin!
Yana bir marta ayyom muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan Doctor Muxtorov!
Kanalga ulanish
👉
@Pediatric_uz
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube

March 20, 04:57
Media unavailable
1
Show in Telegram

Tomoqda achishish va tez-tez shamollash bezovta qilayaptimi?
Haroratning keskin o‘zgarishi organizmning himoya kuchlarini susaytirib, surunkali kasalliklarning kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Tonzilgon
®
N immunitetni qo‘llab-quvvatlashga va ilk alomatlar bilan kurashishga yordam beradi:

tomoqdagi yallig‘lanishni kamaytiradi;

immun tizimini qo‘llab-quvvatlaydi;

organizmga infeksiya bilan tezroq kurashishda yordam beradi;

kompleks davolash va profilaktika uchun mos.
🌿
Fitoniring texnologiyasi asosida yaratilgan — o‘simlik komponentlari kuchi va isbotlangan samaradorlikni birlashtiradi.
Tonzilgon
®
N — tomoq himoyasi va immunitetni qo'llab-quvvatlash!
Tonzilgon
®
N ni yaqin dorixonadan xarid qilishingiz yoki
👉
onlayn
buyurtma berishingiz mumkin.

March 09, 17:28

O'zbek tilini ayrim o'zbeklardan yaxshi biladigan amerikalik olim - Nikolas Kontavas
https://youtu.be/ykbchtupA14?si=OdzUJZQEgaRxSeR6
Kanalga ulanish:
👉
@Maqsud_Muxtor

March 08, 07:12
Media unavailable
1
Show in Telegram

Aziz ayollar!
Sizlarni bugungi Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! Sizlarga uzoq umr, sihat-salomatlik va oilaviy baxt tilayman! Omad har doim yor bo‘lsin! Hamisha bahor gullariday ochilib yurish nasib etsin! Yuzingizni kulgu hech qachon tark etmasin! Yana bir marta bayram muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan Doctor Muxtorov
Kanalga ulanish
👉
@Pediatric_uz
Telegram
|
Instagram
|
Facebook

March 04, 21:16

Bolalarga har bir narsani erinmasdan tushuntirib berish biz ota-onalarni burchimiz!
Ernest Xemingueyni "Dahshatli kutish" hikoyasini o‘qisangiz, nima demoqchi ekanligimni tushunib olasiz!
https://telegra.ph/Ernest-Xeminguey-Dahshatli-kutish-hikoya-09-05
Kanalimiz
👉
@Maqsud_Muxtor

February 24, 19:36
Media unavailable
1
Show in Telegram

👶
Barcha onalar o'qishi shart bo'lgan kitob endi Oʻzbekistonda!
Bola salomatligi, tarbiyasi va onalarning eng ko‘p beradigan savollariga javoblar — bularning barchasi doktor Komarovskiyning
“365 tavsiya”
kitobida jamlangan!
Farzandingiz sogʻlom, baxtli va tinch uxlasin desangiz — mashhur pediatr Yevgeniy Komarovskiyning “
365 tavsiya
” kitobi aynan siz uchun!
Bu Ukrainalik mashhur
pediatr Yevgeniy Komarovskiy
tomonidan yozilgan, butun dunyoda bestseller maqomiga ega asar O'zbekistonda ilk bor.
Har bir sahifada — tajriba, ilm va ota-onalarga kerakli maslahatlar.
Komarovskiy aytganini qilgan onalar– farzandlari sog‘lom, o‘zlari esa xotirjam bo'lishadi.
Har kuni bitta tavsiya — 1 yil davomida bolaning sog‘lom o‘sishi uchun foydali maslahatlar!
🍼
Ovqatlantirish
😴
Uxlatish
🤧
Shamollashda parvarish
💊
Zarur bo‘lganda qanday yordam berish kerak?
❗️
Shoshiling! Kitoblar soni cheklangan!
📍
O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi.
Kitob narxi : 100000 so'm
📲
Buyurtma uchun:
@Bola_Books
Kanalga ulanish:
👉
@Bolajonbooks

January 28, 16:23
Media unavailable
1
Show in Telegram

Dunyodagi eng muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloq: tibbiyot mo‘jizasi
AQShning Ayova shtatida tug‘ilgan Nash Kin nomli chaqaloq tibbiyot tarixiga kirdi. U atigi 21 haftalik homiladorlik davrida — ya’ni normal 40 haftalik muddatdan 133 kun oldin dunyoga kelgan. 2024-yil 5-iyulda tug‘ilgan Nashning vazni bor-yo‘g‘i 283 gramm bo‘lgan. Shunga qaramay, u yashab qolib, Guinness World Records tomonidan “dunyodagi eng muddatidan oldin tug‘ilgan tirik qolgan chaqaloq” sifatida rasman e’tirof etildi.
Ilmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 22 haftadan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarning yashab qolish ehtimoli juda past hisoblanadi. Chunki bu bosqichda o‘pka, miya va boshqa hayotiy organlar hali to‘liq shakllanmagan bo‘ladi.
U Ayova universiteti Stead Family bolalar shifoxonasida qariyb 6 oy NICU (yangi tug‘ilganlar reanimatsiyasi)da parvarish qilindi. Hozir Nash uyda ota-onasi bilan, ayrim tibbiy qo‘llab-quvvatlash vositalari bilan yashamoqda.
Kanalga ulanish
👉
@Pediatric_uz
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube

January 25, 18:34
Media unavailable
1
Show in Telegram

📚
Tadqiqot: Kitob o‘qish umringizni
uzaytiradi
— muntazam ravishda kitob o‘qisangiz, miya qarishi sekinlashadi.
Tadqiqotchilar 50 yosh va undan katta bo‘lgan 3635 nafar insonlarni 12 yil davomida kuzatib borishdi hamda o‘qish odatlarining umr ko‘rish bilan qanday bog‘liqligini o‘rganishdi. Ular muntazam ravishda kitob o‘qiydigan odamlar umuman kitob o‘qimaydigan kishilarga qaraganda o‘rtacha 23 oy ko‘proq yashashini aniqlashdi. Bu natija hatto ta’lim, daromad, sog‘liq holati, tushkunlik va aqliy qobiliyat kabi omillarni hisobga olgan holda ham o‘z kuchini yo‘qotmadi.
• O‘qish paytida miyangiz meditatsiya holatiga tushadi, asab tizimingiz tinchlanadi va stress darajasi minimal darajaga tushadi.
• Miyangiz bir necha barobar sekinroq qariydi, demensiya va aqli zaiflik paydo bo’lishi xavflari esa minimallashadi!
• Kuniga kamida 20 daqiqa o‘qing. Bunga hatto audiokitoblar ham to‘g‘ri keladi, eng muhimi, e’tiborni videolar va boshqa keraksiz narsalarga emas, balki asarlarga qaratishdir.
Kanalimiz
👉
@Maqsud_Muxtor

January 10, 19:22
Media unavailable
1
Show in Telegram

Nestlé bolalar ozuqasi qaytarib olinmoqda. Ota-onalar
xavotirda
Nestlé rasman e’lon qilgan, qaytarib olinayotgan mahsulotlar ro‘yxatida: NAN 1, NAN 2, NAN kislomolochniy, NAN Supreme hamda ALFARE Amino kabi mahsulotlarning aniq partiya raqamlari ko‘rsatilgan:
• NAN 1 OPTIPRO
– 51490346AB, 51750346AA, 51900346AE, 51760346AA, 52180346AB, 52670346AE, 52680346AD, 51500346BA, 51910346BA partiyalari.
• NAN 2 OPTIPRO
– 5172080622, 5206080621, 5298080624, 5205080661, 5206080661, 5289080661, 5290080661, 5204080611, 5205080611 partiyalari.
• NAN Kislomolochniy
(0-12 oy) –51230017A1 partiyasi.

NAN Supreme
(0-12 oy) – 52790742C1 partiyasi.

ALFARÉ Amino
–51050017Y2, 51470017Y1, 52730017Y1 partiyalari.
Boshqa partiyalar va Nestlé'ning qolgan bolalar ozuqasi mahsulotlari bu qarorga kirmaydi.
Manba:
kun.uz
Kanalga ulanish
👉
@Pediatric_uz
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube