
Prezident maktabi | Buxoro shahri
📚
XALQARO TA’LIM YARMARKASIDA ISHTIROK ETISH UCHUN SARALASH BOSQICHI O‘TKAZILDI
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining 2026-yil 4-iyundagi 94-AF-son buyrug‘iga muvofiq, Prezident maktablarining 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida
Xalqaro ta’lim yarmarkasida (Education Fair) ishtirok etish uchun saralash jarayoni
tashkil etilmoqda.
Saralashning maktab bosqichida o‘quvchilarning:
🔹
akademik salohiyati;
🔹
ilmiy loyihalari va tadqiqot ishlari;
🔹
innovatsion g‘oyalari;
🔹
xalqaro va respublika miqyosidagi olimpiada hamda tanlovlardagi yutuqlari;
🔹
xorijiy til bo‘yicha sertifikatlari;
🔹
ijtimoiy faolligi va liderlik ko‘nikmalari;
🔹
xalqaro ta’limga bo‘lgan qiziqishi
🎓
Eng munosib va salohiyatli o‘quvchilar keyingi bosqichda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
✨
✅
Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
Telegram
🌍
Xalqaro ta’lim yarmarkasi uchun saralash bosqichi o‘tkazildi!
Bugun Prezident maktabining 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida
Xalqaro ta’lim yarmarkasida ishtirok etish uchun saralash bosqichi
o‘tkazildi.
Saralash jarayonida o‘quvchilarning
akademik salohiyati, erishgan yutuqlari, liderlik va taqdimot ko‘nikmalari hamda xalqaro ta’limga qiziqishi
baholandi.
🎓
Eng munosib va salohiyatli o‘quvchilar keyingi bosqichda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
✨
✅
Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
Telegram
#Samimiy_tabrik
Hurmatli
Gulshod Maxmudova Rustamovna!
🏵
Sizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan
“O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni
bilan taqdirlanganingiz bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, pedagogik faoliyatingizda ulkan zafarlar, yangi yutuqlar va kelgusi ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilaymiz!
🌷
El-yurtimiz ravnaqi va yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga qo‘shayotgan munosib hissangiz doimo e’tirof etilib, sharafli faoliyatingiz bardavom bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Buxoro shahridagi Prezident maktabi jamoasi
🎬
“QAYERGA QAYTAMIZ?” — Bilim olgan manzilimizdan, o‘zligimizga qaytamiz!
🇺🇿
Bugun Buxoro shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilariga mazmuni chuqur va katta hayotiy savolni o‘rtaga tashlaydigan
“QAYERGA QAYTAMIZ?”
nomli qisqa film namoyish etildi.
🌍
Film qahramonlari —
Xorazmlik Mushtariy Madraximova
hamda
Qashqadaryolik O‘ktam Xo‘jaqulov
. Ular dunyoning nufuzli universitetlarida tahsil olib, katta bilim va tajriba orttirgan bo‘lsalar-da, o‘z kelajaklarini
ona Vatan bilan bog‘lashni tanladilar
.
🎓
Ularning hayot yo‘li o‘quvchilarga muhim bir haqiqatni eslatadi:
dunyoning istalgan nuqtasida ta’lim olish mumkin, ammo olingan bilimni Vatan ravnaqi uchun sarflash — alohida mas’uliyat.
📌
Film namoyishi bosqichma-bosqich sinflar kesimida qo’yib berildi.
✅
Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
Telegram
🇺🇿
Tonggi nutq — yoshlar va iqlim tashabbuslari haqida!
🌱
🌍
🌱
Bugun Buxoro shahridagi Prezident maktabi 9-sinf o‘quvchisi,
RCOY Central Asia 2026 ishtirokchisi Akbar Axtamov
o‘quvchilarga
Markaziy Osiyo Sub-hududiy Yoshlar Konferensiyasi (RCOY Central Asia 2026)
haqida batafsil ma’lumot berdi.
📚
Nutq davomida RCOYning maqsadi, uning yoshlarni iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda birlashtirishdagi o‘rni, shuningdek, yoshlarning mintaqaviy va global iqlim siyosatiga qo‘shayotgan hissasi haqida so‘z yuritildi.
🌍
Ayniqsa,
suv resurslarini boshqarish, ekologik texnologiyalar va mintaqaviy barqarorlik
kabi muhim yo‘nalishlarga e’tibor qaratildi.
✨
Tadbir orqali o‘quvchilar iqlim o‘zgarishi kabi global muammolarni hal etishda yoshlarning ovozi, tashabbusi va amaliy harakatlari naqadar muhim ekanini yanada chuqurroq angladilar.
✅
Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
Telegram
🌅
Tonggi nutq — buyuk ajdodlarimiz merosini o‘rganishdan boshlanadi!
📚
✨
✅
Buxoro shahridagi Prezident maktabida sinflarga yurtimizning buyuk allomalari, olimlari va ilm-fan namoyandalarining nomlari berildi.
Shu munosabat bilan har kuni ertalabki
“Tonggi nutq”
jarayonida o‘quvchilar o‘z sinflariga nomi berilgan buyuk ajdodlarimizning hayoti, ilmiy faoliyati va bebaho merosi haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etib bormoqdalar.
🇺🇿
🌟
Navbatdagi tonggi nutqda o‘quvchilar buyuk tabib, faylasuf va qomusiy olim
Abu Ali ibn Sino
ning hayoti, ilmiy faoliyati va jahon ilm-faniga qo‘shgan ulkan hissasi haqida mazmunli taqdimot namoyish etdilar.
✅
✅
Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
Telegram
#Freedom250Roadshow
#BuxoroPrezidentMaktabi
🇺🇸
🇺🇿
O‘quvchilarimiz “Freedom 250 Roadshow” tadbirida
🌐
10-sentabr kuni Buxoro shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchilari maktab maslahatchisi
Akbarali Sodiqov
hamrohligida Buxoro Yoshlar markazida tashkil etilgan “Freedom 250 Roadshow” ko‘chma ko‘rgazmasida ishtirok etdilar.
🤝
Tadbir davomida o‘quvchilar EducationUSA, AQShning Virjiniya shtatida joylashgan James Madison University, American University of Technology (AUT), Honeywell va Pepsi kompaniyalari vakillari bilan bevosita muloqot qildilar.
🚀
Fortune 500 ro‘yxatidan joy olgan Honeywell kompaniyasi vakillari tashkilot faoliyati, xalqaro kompaniyadagi karyera yo‘nalishlari va yoshlar uchun taklif etiladigan amaliyot dasturlari haqida ma’lumot berdilar. Pepsi vakillari esa kompaniya tadbirlarini rejalashtirish va tashkil etish jarayonlari bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
🎓
AUT vakillari Toshkentda ta’lim olish, Arizona State University bilan hamkorlikdagi dasturlar hamda tegishli talablarni bajargan holda o‘qishning yakuniy bosqichini AQShda davom ettirish imkoniyatlari bilan tanishtirdilar. James Madison University vakillari bilan suhbatda esa o‘quvchilar AQShdagi universitet ta’limi va talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot oldilar.
🌍
EducationUSA vakillari yuqori sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan EducationUSA Academy Connects hamda boshqa xalqaro ta’lim dasturlari haqida batafsil tushuncha berdilar.
☑
Ushbu uchrashuv o‘quvchilarimizga xalqaro ta’lim va karyera yo‘nalishlarini yaqindan o‘rganish, tashkilot vakillariga bevosita savollar berish hamda professional muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini berdi.
✅
Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
Telegram
🎓
O‘QUVCHILARIMIZDAN YANGI XALQARO NATIJALAR
🎓
Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilari xalqaro imtihonlar va ta’lim dasturlarida yuqori natijalarni qayd etishda davom etmoqda.
✔️
Parvina Bahodirova
— Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi —
IELTS 8.5 (C2)
;
✔️
Guljahon Farhodjonova
— Toshkent shahridagi Prezident maktabining 8-sinf o‘quvchisi —
IELTS 7.5 (C1)
;
✔️
Ibrohim Bahtiyorov
— Toshkent shahridagi Prezident maktabining 8-sinf o‘quvchisi —
IELTS 7.0
;
✔️
Bunyod Nadirov
— Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi —
IELTS 8.0 va Digital SAT 1470
;
✔️
Jahongir Jo‘rayev
— Buxoro shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi —
IELTS 8.0
.
✔️
Shuningdek, Nukus shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 10-sinf bitiruvchisi
Malika Xo‘jamuratova
xalqaro
“Technology Leaders of the Future” (TLF)
dasturiga to‘liq qabul qilindi. U Kipr va Italiyada
IB dasturi asosida matematika, fizika va kompyuter fanlarini chuqur o‘rganish
imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bizni kuzating
💻
web
🌐
Telegram
▶️
YouTube
🌐
Instagram
🌐
Facebook
⚙️
Portal
✨
Direktor
👋
😊
Barchaga salom, bizda ajoyib yangilik.
📣
"Eco-Schools Uzbekistan" loyihasiga 2026–2027-o‘quv yilida a'zo bo'lish uchun qabul jarayonini ochiq deb e'lon qilamiz.
🏫
Mamlakatimizdagi barcha maktablar
havola
orqali arizalarni to‘ldirgan holda loyihaga qo'shilishlari mumkin. Arizalarni qabul qilish 2026-yilning 10-sentabr kunidan 4-oktabr kunigacha davom etadi. To‘ldirilgan arizalarni
@qabul_eco_schools
manziliga yuborish zarur.
☝️
"Eco-Schools Uzbekistan" loyihasiga qo‘shilish va ekologik harakatning bir qismiga aylanish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! Butun maktabingiz va mahallangiz bilan birgalikda atrof-muhitni asrash va yashil kelajakni yaratishga hissa qo‘shing.
~~~
👋
😊
Всем привет, у нас отличная новость!
📣
Мы объявляем о начале приема заявок на участие в проекте Eco-Schools Uzbekistan в 2026–2027 учебном году.
🏫
Все школы нашей страны могут присоединиться к проекту, заполнив заявку по
ссылке
. Прием заявок будет проходить с 10 сентября по 4 октября 2026 года. Заполненные заявки необходимо отправить на
@qabul_eco_schools
.
☝️
Не упустите возможность присоединиться к проекту Eco-Schools Uzbekistan и стать частью экологического движения! Вместе со своей школой и махаллёй внесите свой вклад в защиту окружающей среды и создание зелёного будущего.
#EcoSchoolsUzbekistan
😀
Zamin
🌐
Instagram
🌐
Facebook