Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Prezident maktabi | Qarshi shahri

pmqarshi
http://t.me/pmqarshi https://www.instagram.com/pmarshi_official/ https://youtube.com/@pmqarshi_official1?si=bFywTwTX6RpYDwBB Shiorimiz: Biz o'quvchilarimizni nafaqat oliy ta'lim muassasalariga, shuningdek ularni katta hayotga ham tayyorlaymiz.
Subscribers
2 507
24 hours
-2
30 days
7
Post views
556
ER
22,18%
Posts (30d)
56
Characters in post
800
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation Student Life
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
October 22, 13:55
Media unavailable
2
Show in Telegram

🇺🇿
“O‘ZBEK TILIM — O‘ZBEK ELIM” CHELLENJI
🤩
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Qarshi shahridagi Prezident maktabi rahbariyati ham chellenjda faol ishtirok etdi.
🔸
Maktab rahbariyati vakillari shoir Notmurod Narzullayevning “O‘zbek tilim, o‘zbek elim” she’ridan parchalar aytib, ona tilimizga bo‘lgan mehr va ehtiromlarini ifoda etdilar.
🔸
Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va faxrimiz timsolidir!
😀
Qarshi shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
YouTube

October 22, 08:19
Media unavailable
1
Show in Telegram

Qashqadaryo yoshlari taʼlim va intellektual musobaqalarda yuqori natijalarga erishmoqda.
Qarshi shahridagi Prezident maktabi “Cambridge” imtihonlarida
98 foiz natija bilan respublikada birinchi bo‘ldi.
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari
“Zakovat” turnirida g‘olib chiqdi.
Kosonlik 11-sinf o‘quvchisi Murodjon Xalimov SAT imtihonida maksimal 1600 ballni
qo‘lga kiritdi. Davlatimiz rahbari bunday iqtidorli yoshlar ko‘pligini, ularga
aniq fanlarni xorijiy tillarda o‘rgatish imkoniyati yaratilsa, yuqori natijalar har bir tumanda bo‘lishini taʼkidladi
. Kelasi yildan
barcha tumanlarda bittadan maktabda aniq fanlarni chet tilida o‘qitish boshlanadi.
Shu bilan birga, o‘zbekistonlik yoshlar
robototexnika bo‘yicha jahon chempioni
bo‘ldi. Yil yakunigacha
har bir tumanda robototexnika to‘garagi ochilib, jihozlanadi.
Har yili mart oyida
o‘quvchilar o‘rtasida viloyat chempionati
o‘tkaziladi. Birinchi o‘rin egasiga
30 million,
ikkinchi o‘ringa
20 million,
uchinchi o‘ringa
10 million so‘m mukofot
beriladi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 22, 06:23
Media unavailable
2
Show in Telegram

🇺🇿
CHALLENGE | ONA TILIM — FAXRIM!
🤩
Qarshi shahridagi Prezident maktabining 9-sinf o‘quvchilari 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati shoir Muhammad Yusufning “Ona tilim” she’rini ifodali tarzda ijro etishdi.
🔸
Ona tilimizga bo‘lgan mehr va ehtiromni tarannum etuvchi ushbu chiqish orqali o‘quvchilarimiz milliy qadriyatlarimizga sadoqat va ona tilimizga bo‘lgan muhabbatlarini namoyon etdilar.
🔸
Ona tilimiz — millatimiz faxri, ma’naviyatimiz ko‘zgusi!
😀
Qarshi shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
YouTube

October 21, 18:36
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

🇺🇿
ONA TILIM — MILLATIM FAXRI!
🤩
Qarshi shahridagi Prezident maktabida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan bayramona badiiy tadbir tashkil etildi.
🔸
Tadbir davomida o‘quvchilarimiz ona tilimizga bo‘lgan mehr va ehtiromlarini namoyon etib, turli she’riy chiqishlar, musiqiy va raqs namoyishlari hamda mazmunli sahna ko‘rinishlari bilan ishtirok etdilar.
🔸
Ushbu badiiy tadbir o‘zbek tilining jozibasi, boy tarixi va milliy qadriyatlarimizni yana bir bor namoyon etib, ishtirokchilarda ona tilimizga nisbatan faxr va g‘urur tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.
🔸
Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz va ma’naviy boyligimiz timsolidir!
😀
Qarshi shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
YouTube

October 21, 14:03
Media unavailable
2
Show in Telegram

🇺🇿
XORIJIY O‘QITUVCHILAR O‘ZBEK TILIDA!
🤩
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Qarshi shahridagi Prezident maktabining xorijiy o‘qituvchilari maktabda o‘qitiladigan STEM fanlariga o‘zbek tilida ta’rif berishdi.
🔸
Ushbu tashabbus ona tilimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromni namoyon etish, o‘zbek tilining nufuzini yuksaltirish hamda uning ilm-fan va ta’lim sohasidagi imkoniyatlarini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.
🔸
Turli millat va madaniyat vakillarini birlashtirgan ta’lim maskanida o‘zbek tiliga bo‘lgan ehtirom alohida ahamiyat kasb etadi.
🔸
Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz va ma’naviy boyligimiz!
😀
Qarshi shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
YouTube

October 21, 07:40
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🇺🇿
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni!
Bugun,
21-oktabr
o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 37 yil to‘ldi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan ushbu sana
"O‘zbek tili bayrami" kuni
sifatida Qonun bilan belgilab qo‘yildi.
Dunyoda yetti mingga yaqin til va lahjalar bor. Ularning faqat ikki yuzga yaqini
Davlat tili maqomi
ga ega. Ana shu tillar orasida
"O‘zbek tili"
ham borligidan haqli ravishda faxrlanamiz.
Til buyuk ajdodlarimizdan meros milliy qadriyat, tafakkur qurolidir. Tafakkurimiz mahsulini namoyon etish til vositasida amalga oshiriladi. Quvonch-u shodligimizni ham, g‘am-tashvishimizni, reja-yu muammolarimizni ham ifoda etadigan vosita tilimiz hisoblanadi. Mehrimizni, qahrimizni, xayrixohligimiz yo nafratimizni til yordamida bayon etamiz. Tilimizning bebaho ne’mat ekanligi avvalo ana shunda.
Til – millat tafakkurining bebaho xazinasi, ulkan boyligi sifatida ijtimoiy hayotda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni
21-oktabr O‘zbek tili bayrami kuni
bilan samimiy muborakbod etadi!
_________________________
🇺🇿
October 21 — Uzbek Language Day!
Today, October 21, marks the 37th anniversary of granting the Uzbek language the status of the State Language. On the initiative of our President, this date was designated by Law as "Uzbek Language Day".
Among nearly seven thousand languages and dialects in the world, only about two hundred have State language status. We are rightfully proud that the Uzbek language is among these languages.
Language is a national value inherited from our great ancestors and a tool of intellect. The product of our intellect is expressed through language. Our language is the means to express our joy and happiness, our grief and worries, as well as our plans and problems. We express our affection, anger, goodwill, or hatred through language. It is first and foremost in this that our language is an invaluable blessing.
Language — as an invaluable treasure and a huge wealth of national intellect, plays an important role in social life.
The team of the Agency for Specialized Educational Institutions sincerely congratulates all our compatriots on October 21 — Uzbek Language Day!
✅
Telegram
📹
YouTube
✅
Instagram
✅
Facebook
💼
Veb-sayt
🎤
Direktor

October 20, 15:47
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Tayinlov
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan
Mirzaliyev Sanjar Mahamatjan oʻgʻli
– Taʼlim va ilm-fan vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u Belarus–Oʻzbekiston qoʻshma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutining ijrochi direktori sifatida faoliyat yuritgan.
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin

October 20, 15:47
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Tayinlov
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Taʼlim va ilm-fan vazirligida qator kadrlar tayinlovlari amalga oshirildi
Yo‘ldoshev Oybek Behzodovich
– Taʼlim va ilm-fan vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u “PwC Uzbekistan” kompaniyasining Davlat sektori, infratuzilma va ESG boʻyicha konsalting amaliyoti direktori sifatida faoliyat yuritgan.
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin

October 20, 15:47
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Tayinlov
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan
Pardayeva Mehriniso Doniyorovna
– Taʼlim va ilm-fan vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi boshqarma boshligʻi sifatida faoliyat yuritgan.
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin

October 20, 06:51
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

🇺🇿
“SAVODXON TASHKILOT — SAVODLI JAMIYAT”
🤩
Qarshi shahridagi Prezident maktabida xodimlarning savodxonligini oshirish, ona tilimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromni mustahkamlash hamda yozma nutq madaniyatini rivojlantirish maqsadida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori ostida beg‘araz diktant tadbiri tashkil etildi.
🔸
Diktantda maktab xodimlari faol ishtirok etib, o‘zlarining imlo savodxonligi va yozma nutq ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.
🔸
Bunday ma’rifiy tadbirlar davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish, xodimlarning savodxonligini oshirish hamda jamiyatda til madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.
🔸
Savodli xodim — savodli tashkilot, savodli tashkilot esa savodli jamiyat poydevoridir!
😀
Qarshi shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
YouTube