
103_Press_Official
#ОАВда_биз
Тез ёрдам тизимидаги ислоҳотлар самараси
.
😎
Бухоро тиббиёти
Tez yordam chaqirishning oltin qoidasi
‼️
🚑
"103" xizmati — bu shoshilinch va hayot uchun xavfli holatlar uchun. Oddiy isitma yoki yengil og‘riqlarda poliklinika shifokoriga murojaat qilish yetarli. Yodda tuting: to‘g‘ri chaqiruv — kimgadir saqlab qolingan hayot degani.
Videoni saqlab qo‘ying va yaqinlaringizga ulashing!
Respublika tez tibbiy yordam markazi Buxoro viloyati filiali axborot xizmati
Bizni kuzatishda davom eting
https://t.me/tezyordambuxoro
🔴
🟦
🟦
🟦
✅
Tez tibbiy yordam tizimi transformatsiya qilinib, sohani malakali kadrlar bilan ta'minlashga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda.
📍
Xususan, ayni shu maqsadni ko‘zlab, Koreya Respublikasining KOFIH jamg‘armasi hamkorligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Samarqand, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida o‘quv-simulyatsiya markazlari tashkil etilgan edi. Kuni kecha ularning navbatdagisi Nurafshon shahrida ish boshladi.
❓
Xo‘sh, bu yerda xodimlarning ko‘nikmalarini mustahkamlash uchun qanday sharoitlar yaratilgan?
📹
SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavha orqali ushbu savolga javob topasiz.
🚑
SSV Matbuot xizmati.
🌐
Web-site
🔵
Telegram
👥
Fb
📷
Instagram
#Axborot24
| 09.09.2026
O‘quv-simulyatsiya markazi ochildi
mtrk.uz
|
Instagram
|
Youtube
|
Facebook
|
Telegram
|
X (twitter)
#Yangilik
🔴
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
❗️
Nurafshonda Koreyaning KOFIH jamg‘armasi hamkorligida o‘quv-simulyatsiya markazi ochildi
✅
Nurafshon shahrida Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent viloyati filiali negizida Koreya Respublikasining KOFIH jamg‘armasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan o‘quv-simulyatsiya markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
🏥
Ta’kidlanganidek, yurtimizda Prezidentimiz tomonidan
tibbiyotni rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalar va raqamlashtirish
imkoniyatlari asosida uni xalq rozi bo‘ladigan tizimga aylantirishga qaratilgan ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Mazkur o‘quv-simulyatsiya markazining ishga tushirilishi bu boradagi sa’y-harakatlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.
🟢
Bu yerda tez tibbiy yordam shifokor, feldsher va hamshiralarining
yurak-o‘pka reanimatsiyasi, og‘ir jarohatlar, insult, o‘tkir yurak-qon tomir kasalliklari, shoshilinch tug‘uruq
kabi kritik vaziyatlar bilan bog‘liq amaliy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash uchun barcha sharoit yaratilgan.
🎥
SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan shu haqdagi videolavha bilan yaqin vaqtlarda tanishasiz.
🚑
SSV Matbuot xizmati.
🌐
Web-site
🔵
Telegram
👥
Fb
📷
Instagram
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🇺🇿
🇰🇷
Toshkent viloyatida zamonaviy oʻquv-simulyatsiya markazi ishga tushirildi
🚑
Bugun —
8-sentabr kuni
Respublika tez tibbiy yordam markazining Toshkent viloyati filialida zamonaviy
oʻquv-simulyatsiya markazi
faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Mazkur markaz
Koreya xalqaro sogʻliqni saqlash jamgʻarmasi (KOFIH)
koʻmagida Oʻzbekistonda shifoxonagacha boʻlgan bosqichda tez tibbiy yordam xizmati salohiyatini oshirishga qaratilgan grant loyihasi doirasida tashkil etildi.
🤝
Loyiha Respublika tez tibbiy yordam markazi va KOFIH hamkorligida amalga oshirilmoqda.
🎯
Loyihaning asosiy maqsadi
— shifoxonagacha boʻlgan bosqichda tibbiyot xodimlarining kasbiy salohiyati va amaliy koʻnikmalarini oshirish orqali aholiga koʻrsatilayotgan tez tibbiy yordam sifatini yanada yaxshilash.
📌
Loyiha haqida
Loyiha
2019-yilda
boshlangan.
🔹
1-bosqich
2023-yilda yakunlanib, Toshkent va Samarqand shaharlarida oʻquv-simulyatsiya markazlari tashkil etildi. Ushbu bosqich doirasida Koreya tomonidan
2,8 mln AQSH dollari
miqdorida mablagʻ ajratildi.
🔹
2-bosqich
2024-yilda boshlangan boʻlib, uning doirasida mamlakatning barcha hududlarida zamonaviy oʻquv-simulyatsiya markazlarini tashkil etish koʻzda tutilgan. Ushbu bosqich uchun
8 mln AQSH dollari
ajratilgan.
🩺
Markazda nimalar oʻrgatiladi?
Markaz zamonaviy tibbiy simulyatorlar va oʻquv jihozlari bilan taʼminlangan.
Bu yerda
shifokorlar, feldsherlar va haydovchilar
uchun amaliy mashgʻulotlar oʻtkaziladi.
Jumladan:
▪️
bazaviy va kengaytirilgan yurak-oʻpka reanimatsiyasi;
▪️
yangi tugʻilgan chaqaloqlarda reanimatsiya;
▪️
pediatriyada bazaviy reanimatsiya;
▪️
shifoxonagacha boʻlgan bosqichda jarohatlarda tez yordam;
▪️
shoshilinch tugʻruqlarda tibbiy yordam;
▪️
hayot uchun xavfli holatlarda tez tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha amaliy koʻnikmalar.
🚐
Markaz
mobil oʻquv uskunalari
bilan ham jihozlangan. Bu esa oʻquv mashgʻulotlarini uzoq va chekka hududlarda ham tashkil etish imkonini beradi.
🚑
Toshkent viloyati filiali raqamlarda
Bugungi kunda filial tarkibida
240 ta koʻchma tez tibbiy yordam brigadasi
aholiga xizmat koʻrsatmoqda.
Shundan:
🔴
20 ta
— reanimatsion;
🔵
166 ta
— umumiy amaliyot shifokorlari;
🟢
48 ta
— feldsherlik;
🟠
6 ta
— psixiatriya brigadasi.
👨🏫
Markazning barqaror faoliyatini taʼminlash maqsadida Toshkent viloyati filialining
3 nafar mutaxassisi Koreya Respublikasida Training of Trainers (ToT)
dasturi boʻyicha maxsus tayyorgarlikdan oʻtdi.
Endilikda ular hududda tez tibbiy yordam xodimlarini zamonaviy simulyatsion texnologiyalar asosida oʻqitish va amaliy koʻnikmalarini baholash jarayonida ishtirok etadi.
📈
Yangi markaz — bu nafaqat oʻquv bazasi, balki tez tibbiy yordam xodimlarining amaliy salohiyatini muntazam oshirish, favqulodda holatlarda tez va toʻgʻri qaror qabul qilish koʻnikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladigan zamonaviy maydondir.
Tadbirda
Toshkent viloyati hokimligi, viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi, Respublika tez tibbiy yordam markazi rahbariyati, jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari
ishtirok etdi.
📍
Taʼkidlash joizki, grant loyihasining 2-bosqichi doirasida bundan avval
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Surxondaryo va Fargʻona viloyati filiallarida
ham ana shunday oʻquv-simulyatsiya markazlari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.
#tez_tibbiy_yordam
#simulyatsiya_markazi
#KOFIH
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Web-site
|
YouTube
🟦
🟦
🟦
Hafta yakuni:
sog‘liqni saqlash sohasiga oid haftaning eng muhim voqealari dayjesti.
—
Итоги недели:
дайджест важнейших событий в сфере здравоохранения.
—
Weekly review:
A digest of the most important healthcare events of the week.
🚑
SSV Matbuot xizmati.
🌐
Web-site
🔵
Telegram
👥
Fb
📷
Instagram
Agar
miokard infarkti belgilari
kuzatilsa, vaqtni boy bermang —
zudlik bilan 103 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling!
🚑
❤️
Yurakdagi og‘riqni e’tiborsiz qoldirmang — har bir daqiqa muhim!
Respublika tez tibbiy yordam markazi Buxoro viloyati filiali axborot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlash, ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda uzluksiz kasbiy taʼlim tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar
taqdimoti
bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился
с презентацией
предложений по совершенствованию системы подготовки медицинских и фармацевтических кадров, их государственной регистрации и непрерывного профессионального образования.
#Mirziyoyev
#taqdimot
#tibbiyot
#talim
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
🖥
🖥
🖥
🇺🇿
Tez tibbiy xizmat: kecha, bugun va ertaga
_______________
🇷🇺
Работа по развитию системы скорой медицинской помощи
#tez_tibbiy_yordam
#islohot
#Uzb35
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Web-site
|
YouTube