YANGIARIQ TUMANI HOKIMLIGI | RASMIY
#Yoshlar_kuni
#Yangiariq_tumani
“Yoshlar kuni” doirasida Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida Yangiariq tumani Shirsholi mahallasidagi 9-sonli umumta’lim maktabi o'quvchi
yoshlari bilan Sog
'lom turmush tarzi madaniyatini shakllantirish yuzasidan bir qator tadbirlar tashkil etildi.
Dastlab, maxsus turnik va bruslar bilan jihozlangan maydonchalarda sport turlari sifatida Street workout va arqon tortish o'
yinlari tashkil etildi hamda maktab sport zalida milliy sport o
'yinlari sifatida kurash sport turi boʻyicha yoshlar o'z kuchlarini sinab ko'rishdi. Tadbir yakunida, sport musobaqasida ishtirok etgan ishtirokchilar munosib ravishda diplom va esdalik sovgalari bilan taqdirlandilar.
Tadbir yakunida, viloyat Adliya boshqarmasi boshlig'i N.Jumanyozov yoshlar bilan samimiy, ochiq muloqot o`tkazdi.
Muloqotda yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, qonunchilikda belgilangan huquqlar va imtiyozlar yuzasidan tushuntirishlar berildi va yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.
Yangiariq tumani hokimligi
axborot xizmati
✅
Muammo, taklif, yechim va natija
✅
Bugun tuman hokimligi majlislar zalida xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining navbatdagi sessiya yig'ilishi bo'lib o'tdi.
✅
Yig'ilishni Kengash raisi B.Abdullayev boshqarib bordi, shuningdek, yig'ilishda deputatlar, mas'ul tashkilot rahbarlari va soha mutaxassislari ishtirok etishdi.
✅
Kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan rahbarlarning hisobotlari atroflicha tinglandi va qaror loyihalari tasdiqlandi.
✅
Bundan tashqari, deputatlar tomonidan kelgusida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va infratuzilmani yaxshilash bo'yicha bir qator takliflar bildirilib, tegishli dasturlar va chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.
Yangiariq tumani hokimligi
axborot xizmati
#Payshanba_yoshlar_kuni
#Yangiariq_tumani
🇺🇿
Prokuror va yoshlar uchrashuvi
🇺🇿
Bugun Yangiariq tumani Qo'riqtom mahallasida Xorazm viloyati prokurori Murodxon Ahmedovning yoshlar bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.
🇺🇿
Uchrashuvda shuningdek, tuman hokimi Zafarbek Matnazarov va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.
🇺🇿
Samimiy muloqot tarzida o'tgan uchrashuvda yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi hamda murojaat va masalalarning aksariyati shu yerning o'zida ijobiy yechimini topgan bo‘lsa, qolgan masalalar va takliflar yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriq berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Yangiariq tumani hokimligi
axborot xizmati
TIZIM UYGʻONMOQDA
Bu — oddiy shior emas. Bu — jamiyat vijdonining uygʻonishi, adolatga boʻlgan ehtiyojning yana bir bor namoyon boʻlishi. Yashirin iqtisodiyot — bu nafaqat raqamlardagi kamchilik, balki ishonchga tushgan soya, taraqqiyot yoʻlidagi koʻrinmas toʻsiqdir.
Bugun soliq idoralari oldida turgan vazifa — faqat tushumni oshirish emas. Bu — shaffoflikni qaror toptirish, halol mehnatni qadrlash, har bir fuqaroning ertangi kuniga boʻlgan ishonchini mustahkamlashdir. Zero, adolatli tizim — bu kuchli davlat poydevoridir.
Soliq qoʻmitasi va Toshkent shahar soliq boshqarmasi hamkorlikda tayyorlangan “Shahar bedarvoza emas”
nomli videorolik aynan shu gʻoyalarning amaliy ifodasidir. Bu — ogohlik ramzi. Bu — har qanday shubhali operatsiyalar zanjiri aniqlanishi va uzilishi muqarrarligini anglatadi. Chunki zamonaviy jamiyatda yashirin qolish imkoni kun sayin kamaymoqda.
Raqamli izlar, tahlillar va hamkorlik — barchasi bir maqsadga xizmat qiladi: qonun ustuvorligi.
Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar — bu yoʻl xaritasi, lekin uning ijrosi har bir masʼul xodimning vijdoni va sadoqatiga bogʻliq.
Keskin kurash — bu jazo berish emas, balki tizimni sogʻlomlashtirish, iqtisodiyotni “oqlash” va jamiyatni poklash jarayonidir.
Zero, haqiqat shundaki: yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash — bu davlat va jamiyatning birgalikdagi harakati. Har bir halol toʻlangan soliq — bu maktablar, yoʻllar, shifoxonalar va kelajakka qoʻyilgan sarmoyadir.
Tizim uygʻondi. Endi navbat — ongning uygʻonishida.
Тelegram
|Facebook
|YouTube|
Instagram
|X|
Threads
E’tirof- har qanday xodim faoliyati uchun munosib rag‘bat
Soliq organlarida faoliyat yuritayotgan eng yuqori ko‘rsatkichlarga ega
30 nafar xodimdan iborat TOP-30 ro‘yxati
shakllantirildi. E’tiborlisi, ushbu nufuzli ro‘yxatda
Yangiariq tumani “Arboblar”, “Achchiqquyi”, “Saburzon” shaharcha, “Qo’ng’irot" mahallalari soliq inspektori Azizbek Xudaynazarov
ham bor. Bu esa hududlarda olib borilayotgan islohotlar, xodimlar malakasini oshirish va samaradorlikni ta’minlash borasidagi ishlar o‘z samarasini berayotganini ko‘rsatadi.
KPI tizimi xodimlarni rag‘batlantirish, ularning professional rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash hamda soliq organlari faoliyatining shaffofligi va natijadorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Eng yaxshi natija ko‘rsatgan xodimlar esa boshqalar uchun ibrat bo‘lib, tizimda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga hissa qo‘shmoqda.
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
|
X
|
Threads
#2_liga
✅
IKKINCHI LIGA | FUTBOL
⚽️
Yangiariq
🆚
Xonqa
📆
29.04.2026 | 17:00
🏆
Ikkinchi Liga | 1-tur
🏟
Yangiariq markaziy stadioni
🚩
Bosh hakam: Sapayev Zokir
🏳
Yordamchilar: Ro‘zmetov Inomjon, Ruzmatova Oltinoy
✍️
Komissar: Masharibov Sarvar
🔥
Yangi mavsum…
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi, "Zamin" xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mahmudovna Mirziyoyevaning ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy sahifalari va Telegram kanali ochildi.
Endi bu yerda Birinchi xonim faoliyati, safarlari, uchrashuvlari, muhim loyihalari va tashabbuslari haqidagi dolzarb yangiliklarni kuzatib borish mumkin.
Voqealardan xabardor bo‘lish uchun O‘zbekiston Birinchi xonimining rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling:
Telegram:
t.me/Ziroat_Mirziyoyeva_First_lady
Instagram:
instagram.com/ziroat_mirziyoyeva_
Facebook:
facebook.com/share/1AznLKkuSx
—
У Первой леди Республики Узбекистан, председателя Попечительского совета Международного общественного фонда «Zamin» Зироат Махмудовны Мирзиёевой появились официальные страницы в социальных сетях и канал в Telegram.
Теперь здесь можно следить за актуальными новостями о деятельности Первой леди, ее поездках, встречах, ключевых проектах и инициативах.
Чтобы быть в курсе событий, подписывайтесь на официальные страницы Первой леди Узбекистана:
Telegram:
t.me/Ziroat_Mirziyoyeva_First_lady
Instagram:
instagram.com/ziroat_mirziyoyeva_
Facebook:
facebook.com/share/1AznLKkuSx
Facebook|
Instagram|
X
#Lazgi
-2026
✅
Xiva shahrida III "
Lazgi
" xalqaro raqs festivalining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda festival g‘oliblari nomlari e’lon qilindi. O‘zbekiston vakili
Mohira Jovliyeva
festivalning bosh mukofoti-Gran pri sohibi bo‘ldi! Shuningdek, 1,2,3-o‘rinlarni egallagan yakkaxon raqs ijrochilari va raqs jamoalari tegishli diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandilar. Festivalning tantanali yopilish marosimida viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov ishtirok etdi.
Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati
Xorazm.uz
| Facebook
|
Telegram
|
Instagram|
Youtube
Yangiariq tumanida Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rik o'tkazildi.
Batafsil videoda.
Xorazm viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmati xodimlarining tezkor saʼy-harakatlari natijasida bir holatda fuqaroning hayoti saqlab qolindi va bir holatda talon-taroj qilishning oldi olindi.
———
Хоразм вилояти ИИБ ҳузуридаги Қўриқлаш хизмати ходимларининг тезкор саъй-ҳаракатлари натижасида бир ҳолатда фуқаронинг ҳаёти сақлаб қолинди ва бир ҳолатда талон-тарож қилишнинг олди олинди.
Бизнинг расмий сахифалар
👇
Telegram
|
Instagram