
ProRector dasturida ishlash
🔐
ProRector: dars jadvallari endi parol bilan himoyalanadi!
Havolani bilgan har kim jadvalni ko‘ra olmasligi uchun yangi imkoniyat qo‘shdik.
✅
Har bir sinf uchun alohida parol
✅
Har bir o‘qituvchi uchun alohida parol
✅
Umumiy jadvallar uchun ma’muriyat paroli
📌
Qanday ishlaydi?
1⃣
Zavuch «Havolalar» sahifasini ochadi (ProRector’da qo‘yilgan parol bilan).
2⃣
Har bir havola yonida shu havolaga mos parol ko‘rinadi.
3⃣
Parol tugmasini bossa, «havola + parol» nusxalanadi. Uni o‘quvchi yoki o‘qituvchiga yuborish yetarli.
👤
Sinf paroli bilan kirgan faqat o‘z sinfining jadvalini ko‘radi. O‘qituvchi esa faqat o‘z jadvalini.
🌐
prorector.uz
Ўқитувчининг дарс жадвали мобил қурилмада шундай очилади.
Синф дарс жадвалини телефонда кўриниши. Жорий кундаги жадвал автоматик кўринади ва жорий дарс ҳам ажралиб туради.
https://youtu.be/5DYWMuLED4Y
📌
Dars jadvali o‘zgardi, lekin hamma xabar topdimi?
Jadval o‘zgarganda uni o‘quvchilar va ota-onalarga yetkazish tez-tez chalkashlik tug‘diradi.
ProRector
buni juda sodda hal qiladi.
🔗
Bitta havola, doim yangi jadval
Jadvalni dasturning o‘zidan bir tugma bilan
prorector.uz
platformasida e’lon qilasiz. Har bir maktab uchun doimiy havola hosil bo‘ladi:
Namuna
👉
prorector.uz/MaktabKodi
Parol:
00112200
💡
Qanday ishlaydi?
Jadvalni o‘zgartirgach, «Nashr qilish» tugmasini qayta bosasiz, shu yetarli. Havola o‘zgarmaydi, ichidagi jadval avtomatik yangilanadi. Rasm yoki fayllarni qayta yuborish shart emas.
👥
Kim uchun nima qulay?
🎒
O‘quvchilar:
o‘z sinfining haftalik va bugungi jadvalini telefonda tez ko‘radi.
👨👩👧
Ota-onalar:
farzandining sinf havolasini bir marta saqlab qo‘yadi, jadval doim dolzarb bo‘ladi.
👩🏫
O‘qituvchilar:
shaxsiy haftalik jadvalini alohida havola orqali kuzatadi.
🏫
Ma’muriyat:
barcha o‘qituvchi va sinflar jadvalini ustun yoki qator ko‘rinishida nazorat qiladi.
✨
Qo‘shimcha imkoniyatlar
🔗
Barcha havolalar bitta sahifada, nusxalash tugmasi bilan
👁
O‘qituvchi, fan va xona raqamini ko‘rsatish yoki yashirish
📅
Toq/juft haftalar va guruhli darslar
🖨
Bir bosishda chop etishga tayyorlash
🌐
33 tilda foydalanish
🔒
Jadvalni faqat maktab ma’muriyati parol orqali yangilaydi
🚀
Dasturni hoziroq yangilab, o‘zingiz sinab ko‘ring!
🌐
Sayt:
www.prorector.uz
💬
Guruh:
@ProRectorGroup
🎬
Videolar:
@ProRectorChannel
Ассалому алайкум. Ҳурматли устозлар!!!
ProRector дастури фойдаланувчилари 3600 дан ошди.
Ушбу муваффақият муносабати билан тез орада дастурга
Бонус сифатида
ҳамма учун фойдали бўлган янги функцияни тақдим этамиз!
🚀
ProRector 2026 — Dars jadvalini tez va oson tuzing!
📌
2026–2027 o‘quv yili uchun eng qulay yechim:
✅
3 600+
maktab O‘TIBDO‘ lari tanlovi;
✅
To‘liq o‘zbekcha
, sodda va ishonchli;
✅
Excel yuklash:
Dars taqsimotini yuklang va darhol dars jadvalini shakllantiring!
✅
Nashr qilish:
Tayyor dars jadvalini
https://prorector.uz
saytiga joylash va barcha uchun alohida sahifa yaratish!
Excelda tayyorlagan dars taqsimotingizni bepul yuklab dasturni sinab ko'rishingiz mumkin!
🔗
Havolalar:
🌐
Sayt:
www.prorector.uz
💬
Guruh:
@ProRectorGroup
Videolar:
@ProRectorChannel
Ассалому алайкум. Ҳурматли устозлар.
Кимни дастури ишламай қолса, қуйидагиларни синаб кўриш тавсия қилинади:
1.Интернетга бошқа усулда уланиб кўринг. Хусусан
телефонни точка доступи
ни ёқиб интернетга уланиб дастурни қайта ишга тушуринг.
2. Антивирус дастурини вақтинча тўхтатинг ёки бутунлай ўчириб юборинг. Сўнгра компютерни қайта ёқиб дастурни ишга туширинг.
3. Юқоридагилар
иш бермаса
, дастурни бошқа компютерга ўрнатинг ва қайта рўйхатдан ўтинг. Бунда фио, тел рақам аввалги сафаргидек ёзилиши керак. Изоҳга эса
компютер алмашди
деб ёзинг. Эски тўлов чекини юклаб рўйхатдан ўтинг.
Мурожат учун:
@islomov86
🌸
1-октябрь — Ўқитувчилар ва мураббийлар куни!
🌸
Ҳурматли устозлар!
Сизларни барчангизни касб байрамингиз —
Ўқитувчилар ва мураббийлар куни
билан самимий муборакбод этамиз!
🎉
Ёш авлодга таълим ва тарбия беришдек шарафли ва масъулиятли меҳнатингиз, сабр-тоқатингиз ва фидойилигингиз учун чуқур миннатдорчилик билдирамиз.
Сизларга мустаҳкам соғлик, оилавий хотиржамлик, бахт-саодат ва касбий фаолиятингизда улкан муваффақиятлар тилаймиз!
🌷
Ҳар бир дарсингиз самарали, ҳар бир шогирдингиз ютуғи эса сиз учун қувончли натижа бўлсин!
Байрамингиз муборак, азиз устозлар!
💐
— ProRector жамоаси